Yoşga boğliq baxtiyorlik, BYD'ning murojaati va kamaygan tuğilişlar - hafta dayjesti
|01:00 / 24.03.202428 07711 min
Özbekiston global baxt indeksida öz örnini yaxşiladi. Fuqarolarning dronlardan foydalanişi böyiça yangi qonun qabul qilindi. Nikohlar kamayib, ajrimlar köpayişi fonida tuğilişlar ham kamaymoqda. BYD elektromobillari importi çeklanişi mumkin. Ötgan haftaning şu va boşqa xabarlari – Kun.uz dayjestida.
Özbekiston – eng baxtli 50 davlat qatorida
20 mart – Xalqaro baxtiyorlik kunida BMT özining an’anaviy baxt reytingini e’lon qildi. Bu safargi reyting 2021–2023 yillarni öz içiga oladi. Unga köra, Özbekiston aholisi eng baxtli 50 ta davlat qatoriga qöşilgan. Mamlakatimiz oxirgi 3 yil davomida baxtiyorlik indeksida öz örnini 7 poğonaga yaxşilab, 143 ta davlat orasida 47-örinni egallagan.
Bu reytingni BMT jamoatçilik fikrini örganuvçi taşkilotlar bilan hamkorlikda tuzadi. Oxirgi 3 yilda ötkazilgan sörovlarda özbekistonliklar özining baxt darajasini Kantril şkalasi böyiça 10 balldan örtaça 6,2 ballga baholagan. Bu – MDH davlatlari orasidagi eng yuqori natija.
Tadqiqotçilar bu safargi hisobotda ilk marta baxtiyorlik darajasini yoşga qarab tahlil qilişgan. Aniqlanişiça, butun dunyoda yoşlar eng baxtli qatlam sanaladi va odamlarning yoşi ulğaygan sari örtaça baxt darajasi asta-sekin pasayib boradi. Özbekistonda esa buning teskarisi, odam yoşi ötgani sayin özini baxtliroq deb his qilişi ortadi. Şunga köra, mamlakatimizda özini eng baxtli deb hisoblaydigan yoş qatlami bu – 60 yoşdan oşganlar bölsa, 30 yoşgaça bölganlar özini ança kamroq baxtli deb hisoblaydi.
BYD avtomobillari importi çeklanişi mumkin
Haftaning eng köp muhokama qilingan mavzularidan biri yana avtosanoatga talluqli böldi. Duşanba kuni imzolangan prezident qarori bilan, Özbekiston hukumati va BYD kompaniyasi örtasida imzolangan investitsiya şartnomasi tasdiqlandi. Şartnomaga asosan, Jizzaxda elektromobil va gibrid avtomobillarni SKD usulida yiğiş yölga qöyilmoqda.
Xitoy kompaniyasi bilan bunday kelişuvga erişilgani haqida 2022 yil oxirida e’lon qilingan edi. Loyihani amalga oşiriş uçun “BYD Uzbekistan Factory” nomli qöşma korxona taşkil etilgan bölib, uning 60 foiz uluşi “Özavtosanoat”ga, 40 foizi BYD'ga
. Qöşma korxona 2024 yil oxirigaça zavod quvvatini yiliga 50 mingta avtomobil yiğiş darajasiga yetkazişi közda tutilgan. Keyinçalik işlab çiqariş quvvati yiliga 500 ming donagaça oşirilişi mumkin.
18 mart kungi qarorda yozilişiça, investor, ya’ni BYD kompaniyasi Özbekiston hukumatiga murojaat qilib, BYD avtomobillari Özbekistonga “tartibsiz” ravişda import qilinayotgani, olib kirilayotgan modellar mahalliy iqlim va yöl şaroitlariga mos emasligi, rasmiy kafolati ham yöqligini ta’kidlagan va şu sabablarga köra BYD brendi ostidagi elektromobil va gibrid avtomobillar importini çeklaşni söragan. Şu murojaatga asosan Özbekiston rasmiylari 2024 yil 1 iyulgaça BYD'ning bu talabini qondiriş böyiça takliflar işlab çiqadigan böldi. Belgilanişiça, bu takliflar Jahon savdo taşkiloti tamoyillariga zid bölmasligi kerak.
Bu yangilikdan keyin, önlab yillardan beri avtosanoatdagi monopoliyadan aziyat çekib kelayotgan özbekistonlik iste’molçilarda endi elektromobil bozori ham monopoliyaga aylanişi haqidagi xavotirlar kuçaydi. Eslatib ötamiz, avvalroq xorijda işlab çiqarilgan avtomobillarni Özbekistonga faqat va faqat rasmiy dilerlar olib kirişiga oid tartibni qayta tiklaş masalasi körib çiqilayotgani ma’lum bölgandi.
Dronlar bilan boğliq huquqbuzarliklar uçun javobgarlik yengillaştirildi
Özbekistonda uçuvçisiz uçiş apparatlariga doir huquqbuzarliklar uçun qonunçilikda belgilangan jazolar haddan taşqari qattiq ekani rasman tan olindi va jazolar yumşatildi. 15 mart kuni imzolangan qonunga köra, dronlar bilan boğliq huquqbuzarliklarni sodir etgan şaxslar avval ma’muriy, keyin jinoiy javobgarlikka tortiladigan böldi. Bungaça barça holatlarda fuqarolar töğridan töğri jinoiy javobgarlikka tortib kelinayotgan edi.
17 iyundan kuçga kiradigan qonunga köra, uçuvçisiz uçadigan apparatlarni, ularning butlovçi va ehtiyot qismlarini qonunga xilof ravişda olib kiriş, ötkaziş, oliş, saqlaş yoki ulardan foydalaniş – uşbu obektning musodara qilinişiga va BHMning 10 barobaridan 20 barobarigaça ma’muriy jarimaga sabab böladi. Agar şaxs apparatni öz ixtiyori bilan topşirsa, ma’muriy javobgarlikdan ozod qilinadi. Agar ma’muriy jazo qöllanganidan keyin yana şu işni takrorlasa, jinoiy javobgarlikka tortiladi va 3 yilgaça qamalişi mumkin.
Sud-tergov amaliyoti tahlil qilinganida, amaldagi javobgarlik çoralari bunday qilmişning ijtimoiy xavflilik darajasiga nomutanosib ekani ma’lum bölgan. Bu, öz navbatida, fuqarolarning, şu jumladan turistlarning asosli e’tirozlari köpayişiga sabab bölgan, deyiladi qonunning kiriş qismida.
Eslatib ötamiz, köplab davlatlarda oddiy moslama deb köriladigan dronlarga nisbatan Özbekistonda juda qattiq çeklovlar borligi bir neça yildan buyon jamoatçilik tomonidan tanqid qilib kelinadi. Bir qator holatlarda taqiq va jazodan bexabar turistlar jinoiy javobgarlikka tortilgan va bu köplab muhokamalarga sabab bölgandi.
Kogonda maktab bolalarini olib ketayotgan avtobus YTHga uçradi
Duşanba kuni Buxoro viloyatining Kogon tumanida yilning eng mudhiş yöl-transport hodisalaridan biri röy berdi. Ertalab soat 10:30 lar atrofida maktab öquvçilarini olib ketayotgan avtobus çorrahada yuk maşinasiga borib urildi. Natijada bolalardan biri voqea joyida, yana biri keyinroq kasalxonada halok böldi. Qolgan 25 nafar yölovçiga birinçi tibbiy yordam körsatilgan.
Töqnaşuv natijasida avtobus ham, beton qoruvçi maşina ham ağdarilib ketgan. Voqea videosidan körinişiça, hodisa röy bergan paytda çorrahada svetofor işlamagan bölişi mumkin. Yuk maşinasi asosiy yölda bölgan, avtobus esa ikkinçi darajali yöldan çorrahaga kirib kelib, töqnaşuv sodir etgan.
Videoda, şuningdek, bolalarni taşiyotgan avtobus patrul avtomaşinasi hamrohligisiz harakatlanganini köriş mumkin. Buxoro viloyati prokuraturasi bolalarni avtobusda taşiş va hamrohlik qiliş işlarini taşkil qilişda qöpol qonunbuziliş holatlariga yöl qöygan mas’ullarga nisbatan “Mansabga sovuqqonlik bilan qaraş” moddasi bilan jinoyat işi oçdi.
Içki işlar organi esa yöl-transport hodisasi fakti yuzasidan jinoyat işi qözğatgan. Içki işlar vazirligi avtobus rulida bölgan 33 yoşli haydovçi vafot etgani haqidagi xabarlarni rad etib, u Buxoro şahar tibbiyot birlaşmasida davolanayotganini ma’lum qildi.
Özbekistonda tuğilişlar soni kamaydi
Nikohlar soni kamayişi va ajrimlar soni oşişi tendensiyalari yoniga yana bir salbiy trend qöşilgan bölişi mumkin: ma’lum bölişiça, mamlakatimizda 2018 yildan beri ilk marta tuğilişlar soni kamaygan. Statistika agentligi ma’lumotiga köra, 2024 yilning yanvar–fevral oylarida 137,5 mingga yaqin tirik tuğiliş holati qayd etilgan bölib, bu – ötgan yilning şu davriga nisbatan 3600 ta yoki 2,6 foizga kam.
Iqtisodçilar tuğilişlar sonining kamayişi agar davom etadigan bölsa, bu xavotirli ekanini aytadi. Jamoatçilik faoli Otabek Bakirovning sözlariga köra, Özbekistondagi hokimiyat almaşinuvidan keyin tuğilişning keskin ortişi daromadlarning ösişi bilan yuqori darajada boğliq bölib kelayotgandi. 2023 yilda esa, avvalroq xabar berganimizdek, aholi jon boşiga real daromadlarning ösişi pandemiya yilini hisobga olmaganda oxirgi 7 yildagi eng past daraja – 2,4 foizgaça sekinlaşgan edi.
20 mart kuni The Lancet jurnalida e’lon qilingan ilmiy maqolada aytilişiça, keyingi ön yilliklarda dunyoning aksariyat qismida tuğilişlar soni sezilarli darajada kamayadi. 2050 yilga borib dunyo davlatlarining har törttadan uçtasida aholisi sonining hozirgidan kamroq böladi. Bu esa işçi kuçi yetişmovçiligi va keksa aholiga ğamxörlik qiliş böyiça muammolarni çuqurlaştiradi.
Bu hafta yana nimalar röy berdi?
Özbekiston böylab Navröz tantanalari bölib ötdi. Eng yirik bayram tadbiriga Toşkentdagi “Humo” arenasi mezbonlik qildi. Bayramdan oldingi kunlarda prezident Şavkat Mirziyoyev “Muruvvat” uyidagi bolalar xolidan xabar oldi; Sergelida barpo etilayotgan Yoşlar boğiga ilk köçatlarni ekiş jarayonida qatnaşdi. 75 gektarlik maydonni egallagan Yoşlar boği Yangi Özbekiston boğidan keyin Toşkentdagi ikkinçi eng katta boğga aylanişi kutilyapti.
Poytaxtimiz havosi sifatini monitoring qiluvçi “Air Tashkent” portali işga tuşdi. Unda şahar hokimligi huzuridagi Raqamli rivojlaniş departamentiga tegişli 10 ta stansiyada qayd etilgan PM2,5, PM10 va PM1 zarralari darajasi, namlik, atmosfera bosimi, issiqlik markazlarining joylaşuvi, yonğin röy bergan hududlar kabi ma’lumotlarni oliş mumkin. Şveytsariyaning IQAir kompaniyasi şu hafta e’lon qilgan 2023 yil yakunlari böyiça hisobotga köra, Toşkent havosi eng iflos poytaxt-şaharlar röyxatida 22-örinni egallagan.
Tadbirkor Salim Abduvaliyevga nisbatan sud hukmi öqildi. Ötgan yili dekabrda qölga olingan Abduvaliyev 74 yoşli Salim Abduvaliyev Mirobod tuman sudi tomonidan qonunga xilof ravişda qurol saqlaşda aybdor deb topilib, 6 yilga ozodlikdan mahrum etildi. Tayinlangan jazo umumiy tartibli koloniyada ötalişi belgilandi. Kun.uz manbasiga köra, Toşkentda jinoyatçilikka qarşi kuraşiş doirasida qölga olinganlarning yana bir neçtasi böyiça iş sudga çiqarilgan.
“Defektolog” Dilorom Jabborova ustidan tergov harakatlari olib borilmoqda. U duduqlangan bolani sökiniş va qörqitiş usulida “davolaş”ga uringani aks etgan video sabab internetda maşhur bölib ketgandi. Bolalar ombudsmanining xabar berişiça, defektolog va logopedlardan iborat işçi guruh Jabborovaning uslubini “bolaga zöravonlik” va “ibtidoiy yondaşuv” deb topgan. Holat böyiça Yunusobod tuman IIB firibgarlik moddasi bilan jinoyat işi qözğatgan.
Onlayn auksionda oltin raqamlardan biri 1 mlrd 70 mln sömga sotildi. Noma’lum jismoniy şaxs bunça pulni +998200000000 mobil raqami uçun tölaşga tayyorligini bildirgan. Bunga qöşimça 32 mln sömlik komissiya yiğimi ham borligi inobatga olinsa, raqam uçun xarajat 1,1 mlrd sömga yetadi. Qoidaga köra, xaridor 5 kun içida tölov qilişi kerak. Eslatib ötamiz, Özbekistonda qimmatbaho mobil raqamlar 2019 yildan buyon auksion orqali sotib kelinadi.
Muallif – Komron Çegaboyev
Doimiy boşlovçi – Bobur Akmalov
Tasvirçi – Şohruzbek Abdurayimov
Surdotarjimon – E’zoza Ahmedova