28 yanvar kuni Qozon şahridagi Markaziy bozorda Rossiya kuç tuzilmalari reyd ötkazib, Özbekiston fuqarolariga kuç işlatdi. Kun.uz bilan boğlangan vatandoşimizga köra, bunday vaziyatlarda migrantlar ruhiy bosim ostida qoladi: yoki pul berib qutulişadi yoki deportatsiya bölişmoqda. «Şu mavzuni olib çiqinglar, zora kimningdir nazariga tuşsa», – deydi yurtdoşimiz.
Joriy yil 28 yanvar kuni Tatariston Respublikasi poytaxti Qozon şahridagi Markaziy bozor – «Kolxoznyy rynok» hududida Rossiya Federal migratsiya xizmati (FMS) xodimlari tomonidan reydlar uyuştirildi. Kun.uz bilan boğlangan özbekistonlik yurtdoşimizga köra, öşa kungi reyd davomida Rossiya kuçişlatar tuzilmalari Özbekiston fuqarolari bilan qöpol munosabatda bölib, kuç işlatib olib ketgan.
«U yerdagi muomalani körib yiğlab yuboradi odam. Şunçalik qadrsiz qilinadimi? Işçilar Özbekiston fuqarolari. Şu mavzuni olib çiqinglar, zora kimningdir nazariga tuşsa», – deydi murojaatçi. Uning ma’lum qilişiça, bunday reydlar 6 fevral kuni ham sodir bölgan.
«FMS xodimlari kuçişlatar tuzilmalar bilan reydlar taşkil qilinganda migrantlarning aksari ruhiy bosim ostida qoladi. Har qança [pul] berib bölsa ham qutulib qolsam deydi. Bunaqa reydlarda iştirok etayotgan xodimlar bilişadi: migrantlar köpinça özlari registratsiya qilingan joyda yaşamaydi. Bu qoidabuzarlikning özi qonunan 2500 rubl jarima bilan hal böladi, lekin xodimlar 5000 rubldan oladi. Migrantning hujjati yöq bölsa, yana ham köproq olişadi. Bundan taşqari, hisobot uçun, albatta, qançadir migrantlar vaqtinçalik izolyatorga olib boriladi va keyinroq deport qilinadi. Ba’zilarni muhlat berib qöyib yuborişadi», — deydi u.
Vatandoşimizning aytişiça, migrantlarga reydlar asosan özbek va tojiklar yiğilgan joylarda böladi. Reyd vaqtida heç narsaga qaralmaydi, balki hujjati töliq, hattoki yaşaş guvohnomasiga ega bölsa ham olib ketaveradi. Hujjatlar tekşirilgaç qöyib yuborilişi mumkin. Uning aytişiça, fuqarolarda Rossiya-Özbekiston diplomatik vakolatxonalariga murojaat qilişdan foyda yöq degan fikr bor.
«Konsulxonaga murojaat qilib nimanidir hal qilganlar kamçilikni taşkil etadi. Navbatlar juda katta böladi. Bir işni qoyillatişmaydi, ammo öz vaqtida tuşlikka çiqişadi. Oxirgi marta borganimizda, 2021 yil edi adaşmasam, şerigim bir masalada urişib çiqib ketgandi. Konsullik xodimlarini öşa yerda iş kunini ötkazib oliş qiziqtiradi», — deydi murojaatçi.
Uning ta’kidlaşiça, Rossiyaning hududlariga qarab migrantlarga munosabatlar farq qiladi.











