Poytaxt hokimligi 2034 yilgacha berilgan reklama pasportlarini bekor qilmoqchi: tadbirkor va davlat organlari o‘rtasida huquqiy bahs yuzaga keldi
Toshkent shahrida dizayn-kod kuchga kirgach, Raqamli rivojlanish departamenti ko‘p qavatli uylar tomiga o‘rnatilgan reklama konstruksiyalarini demontaj qilish bo‘yicha tadbirkorlarga talabnomalar yubora boshladi. Tadbirkor Kun.uzʼga yuborgan murojaatida reklama joylari uchun davlatga yuz millionlab so‘m to‘laganini, reklama pasportlari esa yana bir necha yil amal qilishi kerakligini aytmoqda.