Yangi davrda Özbekistonda heç qaysi lavozim egalari hokimlarçalik köp va doimiy ravişda medianing e’tibor markazida turmagan bölsa kerak. Ular bu borada hatto şou-biznes vakillarini ham ortda qoldirdi deyiş mumkin. Lekin bu safar kötarilgan şov-şuvni avvalgilari bilan umuman taqqoslab bölmaydi.

Çorşanba kuni internetda Andijon viloyati hokimi Şuhrat Abdurahmonovga öxşaş odamning intim videosi tarqaldi. Avvaliga ayrimlar bu hokimni badnom qiliş uçun montaj qilingan video bölişi mumkinligini aytdi, lekin heç bir rasmiy idora “bu video soxta” deb çiqqani yöq. Viloyat hokimligi matbuot xizmati ham video haqiqiy yoki haqiqiy emasligiga munosabat bildirmadi. Rasmiy bayonotlarda “feyk”, “montaj” yoki “soxta” degan sözlar işlatilmadi.

Oradan ikki kun ötar-ötmas, Andijonni roppa-rosa 10 yildan beri boşqarib kelayotgan Abdurahmonov işdan olingani, uning örniga birinçi örinbosari Dilşodbek Karimov vaqtinça hokim bölgani haqida xabarlar tarqaldi. Bir neça soat ötib, bu ma’lumot rad etildi. Lekin bu xabar nafaqat Telegram'dagi turli-tuman norasmiy manbalar, balki Prezident administratsiyasiga yaqinligi aytiladigan kanallar va hatto rasmiy manbalarda ham çiqqaniga qaraganda, bu masala yuqori kabinetlarda haqiqatan ham muhokama qilingani, yakuniy qaror esa kimlardir kutgandek bölmaganini taxmin qiliş mumkin.

Juma va şanba kunlari Şuhrat Abdurahmonovning matbuot xizmati u viloyatning qator hududlarida bölib, yangi loyihalar bilan tanişayotgani aks etgan suratlar va videolar e’lon qildi. Hokimlik internetda Abdurahmonovning şa’ni va qadr-qimmatini kamsituvçi haqoratomuz postlar yozilayotgani böyiça prokuraturaga murojaat qilgan.

Bu holatda prokuratura nafaqat haqoratomuz postlar böyiça, balki videoning tarqalişi böyiça ham huquqiy çoralar körişi töğri bölardi. Çunki aynan video tarqalgan kun – 12 apreldan boşlab şaxs tanasining yoki jinsiy a’zolarining yalanğoç holdagi foto va videotasvirini uning roziligisiz tarqatganlik uçun jinoiy javobgarlik belgilovçi qonun kuçga kirdi. Töğri, videoni tarqatganlarni topib jazolaş uçun hokimning arizasi kerak böladi, lekin bu yerda boşqa gap ham bor.