Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Davlat test markazi joriy o‘quv yilida ko‘p o‘zgarishlar bilan oliy ta'lim muassasalariga kirish imtihonini taqdim etgandi. Aslida o‘zgarishlar haqida prezident Shavkat Mirziyoyev 2017 yildayoq gapirgandi.
«Men o‘zim testga qarshiman. Test bo‘lsa ham kompyuterda topshiradi. O‘sha kuni bahosini olib ketadi. Natijani kutib yuradimi? Bu yil test imtihonlari qattiq bo‘ldi. Bundan keyin ijodiy imtihon olinadigan oliy o‘quv yurtlarida test bo‘lmaydi», — degandi davlat rahbari.
Kutilganidek, 2018/19 o‘quv yili OTM kirish imtihonlarida test sinovlarining javobi bir kunda e'lon qilindi. Test sinovlarining o‘zi esa naq 15 kun davom etdi. Bunga qanday erishildi, degan tabiiy va asosli savol paydo bo‘ladi. Quyidagi omillar test sinovlarini boshqacha tashkil etishga ta'sir qilgan bo‘lishi mumkin:
* Alohida iqtidor talab etiladigan madaniyat, san'at, dizayn, tasviriy va amaliy san'at, musiqiy ta'lim, san'atshunoslik, sport va jismoniy tarbiya sohasidagi ta'lim yo‘nalishlarida test sinovlari bo‘lmadi;
* Davlat test markazi xodimlarining soni keskin ko‘paytirildi va test javoblari varaqchalarini tekshiradigan qo‘shimcha uskunalar sotib olindi;
* Xorijiy tilni bilish darajasini aniqlovchi standartlashtirilgan ayrim test natijalari kirish imtihonlari uchun haqiqiy deb tan olindi.
Davlat test markazi oldiga qo‘yilgan asosiy vazifa – test sinovlarini o‘tkazish jarayoni imkon qadar shaffof bo‘lishiga erishish bo‘lgandi. Aslida ham shunday bo‘ldimi? Yo‘q. Ayrim holatlarda kuzatuvchi sifatida rasman e'tirof etilgan jamoatchilik vakillari, ayniqsa jurnalistlar ham test sinovlari o‘tkazilayotgan binoga yaqinlashtirilmagan vaziyatlar









