Favqulodda holat nimani anglatadi, şu kungaça neçta davlatda favqulodda holat e'lon qilindi? Favqulodda holat qaysi mamlakatda qanday tartibda joriy etildi? Quyida şu savollarga javob topamiz.

Tarixda joriy etilgan favqulodda holatlar

Tarixda favqulodda holat joriy etilişiga misollar juda köp. Ularning sabablari ham turliça – uruş yoki inqilobdan tortib örmon yonğinlari yoki çigirtkalar bosqinigaça. Ayrim davlatlarda favqulodda holat önlab yillar davom etgan.

1933 yil 23 martdan 1945 yil maygaça — «Reyxstagga öt qöyilgani»dan söng Germaniya prezidenti Gindenburg tomonidan kiritilgan. Favqulodda holat Gitler tomonidan noma'lum muddatgaça uzaytirilgan va Uçinçi reyx tugaguniga qadar davom etgan.

1950 yil 16 dekabrdan 1978 yil 14 sentyabrgaça — Koreya uruşi davrida AQŞ prezidenti Trumen tomonidan joriy etilgan. Uruş tugaganidan keyin ham favqulodda holat bekor qilinmagani ma'lum bölgaç, AQŞ Kongressi tomonidan bekor qilingan.

1981 yildan 2011 yil fevralgaça (30 yilga yaqin) — Husni Muborak prezidentlik lavozimini egallaşi bilan Misrda favqulodda holat tartibida yaşagan.

1963 yildan 2011 yil aprelgaça (48 yil!) Suriyada Arab sotsialistik uyğoniş partiyasi tomonidan joriy etilgan favqulodda holat tartibi amal qilgan.

1993 yil 3 oktyabrdan 4 oktyabrgaça Boris Yelsin Moskvada favqulodda holat e'lon qilgan.

2001 yil 14 sentabr — AQŞda 11 sentabr teraktlaridan keyin kiritilgan, bir neça marta uzaytirilgan, oxirgi marta 2017 yil sentyabrda uzaytirilgan.

2010 yil aprel — Qirğizistonda.

2014 yil 24 yanvarda — Yevromaydondagi voqealar sababli Qrim avtonom respublikasi oliy kengaşi (Ukraina tarkibida) favqulodda holat joriy etiş taklifi bilan çiqqan.

2015 yil 14 noyabrda — Fransiyada sodir etilgan terrorçilik hujumi sababli.

2016 yil 20 iyulda — Turkiyada harbiy töntarişga uriniş munosabati bilan uç oyga favqulodda holat joriy etilgan va keyin bir neça marta uzaytirilgan.

Koronavirus sababli qaysi davlatlarda favqulodda holat joriy etildi?