Yaqin 5–10 yilda Özbekistonda ham pulli yöllar paydo bölişi kutilmoqda. Xöş, bu Özbekistonda yölsozlik va avtomobillar qatnovi bilan boğliq muammolarni hal qila oladimi?

Pulli yöllar qaçondan paydo bölgan?

Aslida, pulli yöllar insoniyat uçun yangilik emas. Qadimda aravada, otda yoki piyoda sayohat qilgani, yöldan foydalangani uçun sayohatçilardan boj yoki soliq undirilgan. Ot-ulovlar örnini avtomobillar egallaşi ortidan bepul yöllar bilan bir qatorda pulli yöl, köprik va tunnellar paydo böldi.

Tarixdagidan farqli ölaroq, zamonaviy pulli magistrallarda yöl haqi miqdori transport vositasining turiga, uning oğirligiga yoki ğildirak öqlari soniga qarab özgaradi. Katta va oğir transport vositalari uçun tariflar odatda avtomobillarga nisbatan yuqori haq tölanadi.

Qayd etilişiça, taxminan 1706 yildan boşlab Angliya va Uelsda şahar va şaharlararo yöl tarmoqlari va transport aloqalarini yaxşilaş va rivojlantiriş maqsadida pulli yöllar trestlari taşkil etilgan. Uşbu organlar parlamentning alohida hujjatlari bilan tayinlangan va yöllardan foydalaniş uçun boj yiğiş huquqiga ega bölgan, bu esa eng muhim yöllarni quriş, rekonstruksiya qiliş va saqlaş xarajatlarini qoplagan.

1830 yilda Angliyada va Uelsda taxminan 1000ta trest salkam 48 ming kilometrga çözilgan pulli yöllarni boşqargani, qariyb 8 mingta punkt orqali tölovlarni yiğib olingani yozib qoldirilgan. Trestlarning faoliyati hisobiga 1870-yillarga borib davlatlarning yöl-transport infratuzilmasi sezilarli darajada yaxşilandi, qişloq xöjaligi va savdo rivojlandi.

Natijada XX asrda Yevropadagi boşqa davlatlarda ham köpriklar, tunnellar va boşqalar kabi yöllar va yöl inşootlari qurilişini moliyalaştiriş uçun zamonaviy pulli yöllar qurila boşlangan. Jumladan, 1924 yilda Italiya, 1927 yilda esa Gretsiya şaharlararo yöllardan foydalanuvçilar uçun tölov joriy qildi. 50–60-yillarga borib Fransiya, Ispaniya va Portugaliya ham davlat budjetidan yölsozlikka katta mablağlar ajratmay turib infratuzilmani rivojlantirişga, ya’ni sohani xususiy kompaniyalarga topşirişga öta boşladi.