Xavfli Toşkent, oçilgan metan va namoyişçilarga hukm - hafta dayjesti
|14:23 / 05.02.202361 51214 min
Toşkent – bolalar uçun xavfli şahar. Har beş kunda bitta bola YTHga uçrab yo yaralanadi, yo öladi. Şahar bolalar uçun xavfsiz emasligini, 12 yaşar qizaloq zörlab öldirilganidan keyin, davlat ham tan oldi, lekin amaliy çoralar paysalga solinyapti. Ötgan haftaning şu va boşqa asosiy mavzulari – Kun.uz dayjestida.
Boğçalarda oyliklar maktablarniki bilan tenglaştiriladi
2023 yilda boğça xodimlarining maoşi oşiriladi. Maktabgaça va maktab ta’limi vazirligining rasman ma’lum qilişiça, yil oxirigaça boğçalarda işlayotgan pedagoglarning maoşlari maktab öqituvçilarining maoşlariga tenglaştiriladi. Boğçalar direktorlari ham maktablar direktorlari bilan teng maoş oladigan böladi.
Bundan taşqari, tarbiyaçining yordamçisi lavozimida işlovçilarning oyligi 70 foizga kötariladi, oşxona va buxgalteriya xodimlariga esa 100 foiz ustama tölanadi.
Qiziq yangiliklardan yana biri – boğçalarda biometrik identifikatsiya paydo böladi. Ya’ni barmoq izi yoki Face-ID orqali xodimlar va bolalarning davomati yuritiladi. Bu birinçi navbatda boğçalarda aslida işlamaydigan, lekin hujjatlarda nomiga oylik yoziladigan xodimlarga qarşi kuraşiş uçun kerak. Xabaringiz bölsa, bunaqa korrupsiyaviy holatlar davlat boğçalarida juda keng yoyilgan. Bir neça yil oldin maktabgaça ta’limdagi noqonuniy xarajatlarning salkam 30 foizi ana şu “ölik jonlar” hisobiga töğri kelardi.
Öğrilikni kamaytirişga harakat qiliş bilan birga, buning sabablaridan biri bölmiş oyliklar ham oşirilayotgani ijobiy holat. Lekin umumiy olib qaraganda, ta’lim sohasi haligaça oyliklar eng past sohalar qatorida qolyapti. Rasmiy statistikaga köra, 2022 yilda ta’lim sohasidagi örtaça oylik 2 mln 700 ming söm bölgan. Tibbiyotda esa 2 mln 600 ming söm. Bu – faoliyat turlari kesimidagi eng yomon körsatkiçlar. Pedagoglar va şifokorlarning örtaça oyligi hatto respublika böyiça örtaça oylik – 3 mln 900 ming sömga ham yetmaydi. Taqqoslaş uçun, ötgan yili savdo sohasi vakillarining örtaça oyligi 3 mln 900 ming söm, quriliş sohasi xodimlarida 4 mln 700 ming söm, sanoat korxonalarida işlovçilarda 4 mln 900 ming söm bölgan.
Mavzuga oid
Ötgan yilgi davlat dasturiga asosan, avgust-sentabr oylariga qadar malakali tibbiyot xodimlari va öqituvçilarning maoşini bosqiçma-bosqiç ming dollarga yetkaziş böyiça hujjatlar loyihalari işlab çiqilişi kerak edi. Prezident farmonidagi bu talab bajarilganmi-yöqmi, bizga ma’lum emas. 2023 yilgi davlat dasturi loyihasidan esa hali darak yöq. Fevral oyi boşlanganiga qaramay, loyiha hozirça jamoatçilik muhokamasiga qöyilmadi.
Qişga tayyorgarlik: Quyoş panellari, yangi quvvatlar va bazalt qoplamalar
Agar uyingizga quyoş panellari örnatsangiz, xarajatlarning bir qismini davlat budjetdan kompensatsiya qilib berişini eşitgan bölsa kerak. Şu hafta uy egalarini muqobil energiyaga ötişini rağbatlantiriş uçun yangi çora e’lon qilindi: agar panel örnatib, öz iste’molingizdan ortib qolgan elektr energiyasini davlatga sotsangiz, davlat energiyaning har bir kilovatti uçun hozirgidek 295 sömdan emas, 1000 sömdan tölay boşlaydi. Bu tartib 2023 yilda Farğona vodiysi viloyatlarida joriy etiladi.
Prezident Şavkat Mirziyoyev vodiyga safari davomida Andijon, Farğona va Namangan viloyatlarining energiya ta’minotini yaxşilaş böyiça şu va boşqa rejalarni e’lon qildi. Rejalarning aksariyati yaşil energetikaga taalluqli. Ijtimoiy soha obektlarida quyoş energiyasidan foydalaniş uçun alohida kompaniya taşkil etilib, unga 200 mln dollar beriladi. Kompaniya quyoş panellari va suv isitiş qurilmalarini özi örnatadi va yaşil energiyani budjet taşkilotiga 800 sömdan sotadi.
Bundan taşqari, vodiydagi yirik korxonalarga özining elektr böyiça ehtiyojini 100 foiz özi ta’minlaş vazifasi qöyiladi. Zavod va fabrikalarda quyoş panellari örnatiş va kiçik stansiyalar quriş uçun xalqaro taşkilotlardan 2 mlrd dollar oliş rejalaştirilyapti. Uçta viloyatda jami 160 megavattli quyoş panellari örnatilişi, bundan taşqari tadbirkorlar iştirokida 100 ta mikro GES qurilişi ham ma’lum qilindi. Bu yil Pop va Farğona tumanlarida 600 megavattli 2 ta quyoş stansiyasi taşkil etiladi.
Energetika vazirligiga köra, yil oxirigaça salkam 3 gigavatt quvvatga yangi elektr stansiyalari işga tuşadi. Bu – 2022 yilga nisbatan ikki barobarga köp. Şu tariqa, Özbekiston energetika tarmoğining quvvati 4 yil içida salkam 6,5 gigavatga oşadi. Taqqoslaş uçun, 1991 yildan 2017 yilgaça işga tuşirilgan quvvatlarning jami yiğindisi bundan 2 barobar kam – 3,3 gigavatt bölgan.
Şavkat Mirziyoyev vodiyga safari davomida aytişiça, Söx tumanidagi yerosti gaz omborini qayta işga tuşiriş böyiça örganiş işlari boşlangan. Prezident qattiq sovuqdan qiyinçilik körgan tadbirkorlarga yengilliklar berilişini ma’lum qildi.
Toşkentda esa köp qavatli uylar fasadiga bazalt qoplab çiqiş işlari boşlandi. Bu işlar doirasida uylarning kommunikatsiya tarmoqlarini ham yangilaş közda tutilgan. Avvalroq xabar berganimizdek, nafaqat Toşkentdagi, umuman respublika böyiça 1991 yilgaça qurilgan köp qavatli uylarning hammasini issiqni yaxşi saqlaydigan izolyatsion material bilan qoplab çiqiş közda tutilgan.
Metan şoxobçalar 2 oy deganda oçildi
Özbekiston Rossiyadan AI-80 benzinini import qila boşladi. Rossiyaning özida bu markadagi benzinni işlab çiqariş allaqaçon töxtatilgan. “Gazprom”, “Tatneft” kabi korxonalar mahsulotni buyurtma asosida, Özbekiston uçun işlab çiqarayotgani aytilmoqda. Şoxobçalarda bu import benzin 6200 sömdan sotilyapti.
Kunlar ança ilib qolişi ortidan, gaz quyiş şoxobçalari ham oçila boşladi. Şoxobçalar hali oçilmay turib, ular oldida uzundan uzun navbatlar paydo böldi. Çeklov eng uzoq davom etgan Toşkent şahridagi metan-şoxobçalar 3 fevraldan faoliyatini tikladi. Şahardagi 35 ta stansiyadan 31 tasi ertalabki soat 7 dan keçki 7 gaça, qolgan törttasi keçki va tungi vaqtlarda işlayapti.
Juma kuni berilgan rasmiy ma’lumotga köra, avtomobillarga gaz töldiriş stansiyalariga beriladigan kunlik gaz miqdori 1 mln kubometrdan bir hafta içida 5 mln kubometrga yetkaziladi. Lekin bu ularning töla quvvatda işlay boşlaşini anglatmaydi. Çeklovlar kiritilmasidan oldin, şoxobçalar 24 soat işlagan vaqtlarda metan-şoxobçalarga kuniga kamida 7 mln kubometr gaz berilgan.
“Özgidromet” prognoziga köra, fevral oyida minus haroratli kunlar kam bölişi kutilyapti.
Yangihayotdagi fojia
Bu hafta Toşkentning Yangihayot tumanida 12 yaşar qizning murdasi zörlik va qotillik alomatlari bilan topilgani köpçilikni larzaga soldi. Qizaloq maktabdan qaytayotgan paytda yöqolib qolgan. Uni kun böyi izlaşganidan keyin, keçqurun öz uyi yaqinidagi ariqdan jasadi topilgan.
Qotillikda gumonlanuvçi sifatida 29 yoşli erkak qölga olingan. U şu mahallada yaşaydi, ötgan yili yozda qizça yaşagan uyda ustaçilik qilgan. Internetda tarqalgan videolarda qizaloq dugonasi bilan maktabdan qaytayotgani, ularning orqasidan bir erkak ergaşib yurgani körinadi.
Fojiadan keyin mahalladagi odamlar bolasini köçaga çiqarişga qörqib qoldi. Bu voqea “Xavfsiz şahar” konsepsiyasi haqidagi va’dalarni va buning uçun budjetdan ajratilgan pullarni muhokama markaziga çiqardi. Aytişlariça, qotillik röy bergan mahallaga örnatilgan kameralar işlamaydi. Gumondorni topişda asosiy ma’lumotlar odamlar öz uyiga örnatgan kameralar orqali olingan.
Qator faollar Özbekistonda ham pedofillarga nisbatan kimyoviy kastratsiyani qöllaş kerakligini aytmoqda. Bunaqa jazo turiga hatto Qozoğistonda ham allaqaçon ruxsat berilgan. Nafaqat kastratsiya, balki bunday jinoyatlarda aybdor deb topilgan odamlarning oçiq reyestri bölişi, içki işlar idoralarida va bolalar bilan işlaydigan hamma muassasalarda ularning suratlari ilib qöyilişi kerak.
Bu voqeadan atigi bir neça kun oldin bolalarga qarşi jinsiy zöravonlik jinoyatlari uçun jazoni oğirlaştiriş böyiça jamoatçilik takliflari inobatga olinmagani ma’lum bölgandi. Toşkent şahar Oila va xotin-qizlar boşqarmasi bergan bayonot esa hammasidan oşib tuşdi: boşqarma Yangihayotdagi voqea munosabati bilan ota-onalarga murojaat bilan çiqib, ulardan bolalarini maktabga özlari olib borib, özlari olib kelişni söradi. Davlat organining bunaqa iltimosi – “biz bolangizning maktabga xavfsiz borib-kelişiga kafolat bera olmaymiz”, deyiş bilan teng. Bayonotda bunaqa jinoyatlarning oldini oliş çoralari körilişi haqida bir oğiz ham gap yöq.
Aslini olganda, bunaqa murojaatsiz ham köp ota-onalar şundoğam bolasini maktabga özi olib boradi. Bunday qilolmayotgan ota-onalar ham bolasining maktabdan soğ-omon qaytişidan xavotirda yaşaydi. Çunki piyoda yurmaydigan amaldorlarning şarofati bilan şahar köçalari ölim yöllariga aylanib bölgan. Raqamlar öta darajada dahşatli. Rasmiy statistikaga köra, 2022 yilda Toşkentda örtaça har 5 kunda bitta bola avtohalokatga uçrab, yo jarohatlangan, yoki hayotdan köz yumgan.
Rasmiylar bu raqamlar uçun, bu fojialar uçun mas’uliyatni sezmayotgandek. “Xavfsiz şahar” böladi deb budjet puliga örnatilgan kameralar töliq işlamayapti, zöravonlik uçun jazoni qat’iylaştiriş haqidagi takliflar rad qilinyapti, aşaddiy qoidabuzar haydovçilarga jarima ballari qayta-qayta keçiktirilyapti... va mana endi oçiqçasiga aytilyapti: Bolang maktabdan soğlom qaytişini xohlasang, unda özing yonida yur!
Nukus voqealari böyiça hukm: Tajimuratovga 16 yil, Qallixanovaga ozodlik
Nukus voqealari böyiça birinçi jinoyat işi yuzasidan sud jarayonlari yakuniga yetdi. 2 oy davom etgan sud yakunida 22 nafar sudlanuvçining hammasi aybdor deb topildi. Namoyişlarning asosiy taşkilotçisi bölgan Dauletmurat Tajimuratov 16 yilga qamaldi. Jurnalist Lolagul Qallixanova 8 yilga ozodlikdan mahrum qilingan bölsa-da, sud jazoni 3 yillik sinov muddati bilan şartli deb belgiladi. Ya’ni u va yana bir sudlanuvçi sud zalidan ozodlikka çiqarildi.
“Öşa vaqtda menda ruhiy portlaş sodir bölgan. Xorijdagi qoraqalpoqlar bilan aloqada bölmaganman, faqat botga yozganlar bilan gaplaşgan bölişim mumkin, ammo uzoq muddat muloqot qilmaganman. Qamaladigan ikki kişi bölsa, biri Tajimuratov, biri men bölişim kerak edi. Qolganlarga rahmim kelyapti. U bilan ikkovimiz teppa-teng aybdormiz. Ikkalamiz bir xil xato qildik. Aslida biz jazolanişimiz kerak”, – dedi suddan keyin hamkasblariga intervyu bergan Qallixanova.
Jami 22 sudlanuvçining 16 nafari turli muddatlarga ozodlikdan mahrum etildi, 4 nafariga ozodlikni çeklaş jazosi berildi. Yana 2 sudlanuvçi şartli ravişda ozodlikdan mahrum qilindi.
Nukus voqealarida ayblanayotgan yana 39 kişi ustidan sud 6 fevralda boşlanadi.
Jamoat transporti “plan”dan ozod böladi
Özbekistondagi şaharlarning oğriqli muammosi – jamoat transportiga nihoyat faqat Toşkent emas, butun respublika miqyosida e’tibor qaratildi. Seşanba kuni prezident faqat şu masala yuzasidan alohida yiğiliş ötkazdi. Şavkat Mirziyoyev yiğilişda jamoat transportini “özgarişlardan orqada qolib ketgan soha” deb atadi.
Asosiy yangiliklardan biri – jamoat transportida kunlik tuşum böyiça «planni töldiriş» degan narsa bekor qilinadi. Prezident avtobuslarning köpi ertalab soat 8dan keçqurungi 7 gaça harakatlanişi, qolgan paytlarda odamlar bekatda uzoq kutişga yoki taksida yurişga majbur bölayotganini tanqid qildi.
Hozir faqat oylik yöl çiptalari bor. Endilikda yillik, çoraklik, kunlik va hatto soatlik yöl çiptalari ham paydo böladi. 1 iyulgaça hamma viloyat markazlarining Transport boş rejasi tayyor bölişi kerak. Hamma hokimlarga öz hududidagi transport infratuzilmasini yaxşilaş va bekatlarni tartibga keltiriş böyiça topşiriq berildi.
Şuningdek, transport korxonalariga davlat tomonidan mablağ ajratişda avtobusning yurgan masofasi va xizmat sifati asosiy mezon böladi. Xizmat sifatiga avtobusdagi qulayliklar va sanitar holat, keç qolmasdan bekatga yetib kelişiga qarab baho beriladi. Avtobus parkini yangilaş uçun tadbirkorlarni rağbatlantiriş yölga qöyiladi.
Yana bir yaxşi yangilik: Toşkentda avtobuslar uçun alohida yölagi bor köçalar soni 73 taga yetadi. Natijada avtobuslarning örtaça tezligi 1,5 baravar oşişi, bekatda köp kutib qoliş degan narsa tarixga aylanişi aytilyapti.
Bu hafta yana nimalar röy berdi?
Telefonidan diniy qöşiq topilgan yigit 5 yilga qamaldi. 21 yoşli Sardor Rahmonqulov 3 yil oldin sinfdoşiga Telegram orqali diniy qöşiq (naşida) yuborgan. Material 2022 yil 5 iyunda fuqaroning uyida IIB xodimlari ötkazgan tintuv paytida aniqlangan. Tergov vaqtida 6 oydan köproq qamoqda ötirgan Rahmonqulovga 30 yanvarda sud hukmi öqildi. Uning onasi öğliga nisbatan qiynoq qöllanganini aytmoqda.
Humo nomli milliy messenjer uçun obuna pulli ekani ma’lum böldi. Abonent tölovi davlat taşkilotlarida işlovçi xodimlar uçun oyiga 25 ming söm deb belgilangan. Lekin qiziği, pul keltiradigan bu dastur yangi emas: Telegram'ning oçiq kodlaridan foydalanib yaratilgan, Telegram bazasida işlaydi va Telegram bilan funksionali bir xil. Milliy messenjerni işlab çiqiş uçun heç qanaqa tendersiz “Unicon-Soft” kompaniyasi tanlangan. Raqamlaştiriş vazirligi bu ilova axborot xavfsizligi uçun kerakligini aytyapti.
Özbekiston demokratiya indeksida 149-örinni egalladi. The Economist'ning nufuzli reytingida Özbekistonning örni bitta poğonaga kötarilgan bölsa-da, körsatkiçlar uç yildan beri özgarmayapti. Transparency International'ning Korrupsiyani qabul qiliş indeksida esa Özbekistonning örni 14 ta poğonaga yaxşilangan:180 ta davlat orasida 126-örin. Ayni paytda, Boş prokuratura ma’lumotiga köra, 2022 yilda jinoyat sodir etgan amaldorlar soni 11 foizga oşib, 3116 nafarga yetgan. Ularning 110 nafari – respublika miqyosidagi mansabdorlardir.
Sobiq deputat Rasul Kuşerbayev tabiat resurslari vazirining maslahatçisi lavozimiga tayinlandi. Özining aytişiça, unga bu lavozimni Prezident administratsiyasi taklif qilgan. Eslatib ötamiz, Ekologiya qömitasi negizida taşkil etilgan Tabiat resurslari vazirligini Aziz Abduhakimov boşqaryapti. Hafta davomida, şuningdek, bir qator vazirlarga örinbosarlar, qömita va agentliklarga rahbarlar tayinlandi. Jahongir Ortiqxöjayevning senatorlik vakolati tugatildi.