Ötgan oylarda, taşkillaştirilgan mehnat migratsiyasi bilan boğliq muammolar borasida Kun.uz'da bir neçta suriştiruv e’lon qilingan edi.
Suriştiruvlarda Koreyaga işga ketişdagi “öyinlar”, til imtihonlari jarayonida yuz berayotgan şubhali harakatlar, “öringa kiriş” holatlari, keng ommaga e’lon qilinmasdan ötkazilgan imtihonlar, davlatlararo şartnomalarda közda tutilmagan tölovlar haqida gapirildi, savollar kötarildi, Migratsiya agentligi faoliyatidan norozi bölganlarga mikrofon tutildi.
Hattoki, Koreyaga migratsiyaga yuboriş masalasini hal qiluvçi örtakaş bilan telefon orqali muloqot taşkil etildi: u “100 foizlik natija” usullari va uning bahosi haqida oçiq aytib berdi.
Taşqi mehnat migratsiyasi agentligi esa tizimdagi yaqqol körinib turgan bu muammolarni hal qilişga intiliş örniga, Kun.uz sayti ustidan Prezident administratsiyasi huzuridagi Axborot va ommaviy kommunikatsiyalar agentligiga şikoyat kiritdi.
Agentlik öz şikoyatida saytni “aniq dalillarga ega bölmagan” materiallarni e’lon qilişda ayblagan.
“Naşrda e’lon qilingan har bir material böyiça agentlik axborot xizmati tomonidan asoslantirilgan bayonotlar berilgani, materiallar muallifi va agentlik rahbariyati örtasida uçraşuv taşkil etilgani, Koreya Respublikasiga işga ketiş uçun bölib ötayotgan test jarayonlari bilan taniştiriş maqsadida press-tur taşkil etilganiga qaramasdan, agentlik va agentlik xodimlarini obrösizlantiriş maqsadida faqat taxmin va miş-mişlarga asoslangan materiallarning e’lon qilinişi davom ettirilmoqda”, – deyiladi bir nusxasi agentlik tomonidan tahririyatga taqdim etilgan arznomada.
Ta’kidlaş kerak, Kun.uz'da e’lon qilingan, Janubiy Koreyaga işga ketişdagi muammolar va “öyinlar” borasidagi seriyali materiallarning birortasi miş-miş yoki taxminga asoslanmagan.
Masalan, 2023 yil 24 mart kuni e’lon qilingan materialda Janubiy Koreyada mehnat qiliş imkoniyatini beruvçi imtihon kunlari keç e’lon qilayotgani, 2022 yilda 4 ta imtihon ötkazilgan bölib, ularning ikkitasi ommaga e’lon qilinmay ötkazib yuborilgani haqida gap boradi. Maqolalarda aytilgan fikrlarga tegişli tartibda asoslar keltirilgan. Agentlik holatni izohlay olmadi.

















