Moskvadagi teraktdan keyin Özbekiston rasmiylari aholiga yana murojaat bilan çiqdi. Migrantlarni qöllab-quvvatlaş böyiça yangi çoralar e’lon qilindi. Toşkentdagi katta bozorlar köp qavatli savdo markazlariga aylantiriladi. “Bunyodkor”ning Rivaldo va Denilson oldidagi qarzlarini kim tölaşi ma’lum böldi. Ortda qolayotgan haftaning şu va boşqa muhim xabarlari – Kun.uz dayjestida.
Haftaning eng muhim voqeasi – “Taşabbusli budjet” ğoliblarining e’lon qilinişi böldi. Bu loyiha millionlab özbekistonliklarga mahalliy amaldorlar bergan va’dalar bajarilişini kutib ötirmay, öz yaşaş joyidagi muammolarni özlari mustaqil hal etiş imkonini bergani bilan ahamiyatli. Juma kuni Iqtisodiyot va moliya vazirligi bu yilgi birinçi mavsum ğoliblarini e’lon qilişi bilan respublika böylab eng faol mahallalar öz ğalabasini nişonlaşni boşlab yubordi.
Bu safar fuqarolarning taşabbuslarini amalga oşiriş uçun avvalgi mavsumga qaraganda 2 barobardan köproq – 3,4 trln sömga yaqin mablağ ajratilgan va şu sabab ğoliblar soni ham şunga yaraşa köproq böldi. “Bir fuqaro – bir ovoz” tamoyili joriy etilgani hisobiga bu galgi ovoz beriş nisbatan adolatliroq ötganini ham ta’kidlaş kerak. Şuning hisobiga berilgan ovozlar soni ötgan mavsumdagi 18 milliontadan bu mavsumda qariyb 12 milliontaga tuşdi. 36 millionlik aholimizning katta qismi hali pasport olmagani, kattalarning ham bir neça million nafari xorijda ekanini inobatga olsak, 12 million fuqaroni qamrab olgan “Open budjet”ni Özbekistonda fuqarolik jamiyatining eng katta loyihasi deb atasak böladi.
Bizning bu ijobiy bahomizga loyiha tanqidçilari qöşilmasligi tayin. Ayniqsa, budjet taşkilotlari xodimlarini majburiy ovoz yiğişga safarbar qiliş va oçiqçasiga ovoz sotib oliş holatlari eng köp muhokamalarga sabab bölyapti. Audiosi çiqib ketgan Navoiy viloyati Qiziltepa tumani hokimi örinbosari Ölmas Istamov bilan boğliq holat dengizdan tomçi ekani aniq. U tumandagi taşkilotlar rahbarlarini “Open budjet”da ovoz töplaşga majburlab, aks holda işdan böşatiş bilan tahdid qildi va onlayn majlisdagi bu gaplari internetda çiqib ketgaç, majburiy mehnatga jalb qiliş moddasi bilan ma’muriy jarimaga tortildi. U topşiriqni hokim berganini aytgan bölsa-da, hokimning harakatlariga huquqiy baho berilgani yoki yöqligi ma’lum emas.
Nima bölganda ham, 30 yil içida birinçi marta özbekistonliklar özlari tölayotgan soliqlarning kiçikkina bölsa-da bir qismini, ya’ni mahalliy budjetlarning qöşimça daromadlaridan 30 foizini qayerga işlatişni özlari hal qilyapti. Istagan odam taklif kiritişi, istagan fuqaro özi xohlagan taklifga ovoz berişi mumkin, eng köp ovoz olgan takliflarga pul ajratilişi esa kafolatlangan. Aksinça bölganida, bu 3,4 trillion sömni qayerga sarflaşni ham kabinetlardagi çinovniklar belgilab bergan bölardi.
Kuzatilayotgan muammolar esa – u majburiy mehnat böladimi, ma’muriy buyruqbozlik yoki fuqarolaring şaxsiy ma’lumotlari bilan boğliq masalami, bular – “Open budjet”siz ham mavjud bölib kelayotgan muammolar. Loyiha ularni faqat yuzaga çiqaryapti. Şunday ekan, ayniqsa ma’muriy bosim ostida ovoz yiğilişi böyiça mas’ullardan murosasiz bölişni talab qiliş maqsadga muvofiq, bizningça.
Toşkent bozorlari köp qavatli savdo markazlariga aylanadi
Toşkent şahrini bir yildan beri boşqarib kelayotgan Şavkat Umrzoqov “vazifasini bajaruvçi” qöşimçasidan xalos bölib, hokim lavozimiga tasdiqlandi. 3 aprel kuni davlat rahbari iştirokida ötgan sessiyada şahar deputatlari “Özavtosanoat”ning sobiq rahbari nomzodini bir ovozdan yoqlab ovoz berdi. Şavkat Mirziyoyevning sözlariga köra, deputatlar bildirgan bu yuksak işonç yangi hokimdan katta mas’uliyat, tinimsiz mehnat va fidoyilikni talab qiladi.
Prezident sessiyada sözlagan nutqida Umrzoqovga qator topşiriqlar berdi. Unga köra, investitsiya loyihalari orqali iş örinlarini köpaytiriş maqsadida, şahar hokimi yirik developerlar bilan muzokaralar ötkazib, Yunusobod tumanida 24,5 gektar joyni egallab turgan 14 ta davlat taşkiloti örnida tijorat obektlari qurişni taklif qiladi. Bu obektlardan 8 tasi Amir Temur şoxköçasida joylaşgan 3-4 qavatli eski binolar ekani aytilyapti. Bu binolarni olgan tadbirkorlar ularni yerosti avtoturargohiga ega köp qavatli savdo va xizmat obektlari, ofis va mehmonxona şaklida qayta qurişi kerak böladi. Bunda Yunusobod tumani hokimligi, tuman soliq bölimi, moliya instituti, FHDYo arxiv binosi, Majburiy ijro byurosi binolari nazarda tutilayotgan bölişi mumkin.
Şavkat Mirziyoyev bunday loyihalarni bank filiallari örnida va davlat taşkilotlari egallab turgan 24,5 gektar negizida ham amalga oşiriş mumkinligini aytdi. Masalan, “Taşselmaş”da joylaşgan Sanoatqurilişbankning Yaşnobod filiali örnida 21 qavatli bino qurilişi kutilyapti. 40 mln dollarga baholangan loyihani bankning özi amalga oşirmoqçi. Bundan taşqari, şahardagi yirik bozorlarni köp qavatli qilib qayta quriş ham taklif etilyapti. Xususan, Yunusobod dehqon bozori örnida 6 qavatli majmua qurilişi mumkin.
“4,8 gektarlik Yunusobod dehqon bozori 1 qavatli bölgani uçun dimiqib ketgan. Aloqabank (Irisbekov) va xorijiy investorlar yer ostiga 2 qavat, yer ustiga 6 qavat qilib qurişga 40 mln dollar sarmoya kiritib, 2500 iş örni yaratiş taklifini bergan”, – dedi davlat rahbari.
Şu kuni Şavkat Mirziyoyev Yangi Toşkent şahrida ilk inşootlar qurilişini ham boşlab berdi. Marosimda “Yangi Özbekiston” universiteti va Toşkent davlat pedagogika universitetining kampuslari, Milliy kutubxona, Milliy teatr, Alişer Navoiy nomidagi xalqaro ilmiy-tadqiqot markazi, Adabiyot muzeyi, ijod maktabi hamda Milliy maqom markaziga tamal toşi qöyildi. “Yangi şahar qurilişi ilm-fan, ma’naviyat maskanlaridan boşlanayotgani bejiz emas. Bular ma’rifatli jamiyat barpo etiş ğoyamizning asosi va namunasi böladi”, – dedi prezident.
Bolalar kambağalligi 13,7 foizgaça kamaygan
Özbekistonda har 7 ta boladan biri kambağallikda kun keçiryapti. Bu haqda UNICEF bilan birga tahlil olib borgan Iqtisodiy tadqiqotlar va islohotlar markazi ma’lum qildi. Aniqlanişiça, mamlakatda bolalar kambağalligi darajasi 2021 yildagi 21,5 foizdan 2023 yilda 13,7 foizgaça kamaygan. “Qişloq joylarda bolalarning kambağallik darajasi 24,6 foizdan 14,5 foizgaça, şaharlarda esa 18 foizdan 13 foizgaça kamaydi”, deyiladi hisobotda. Bundan ma’lum böladiki, 2021 yilda Özbekiston qişloqlarida yaşagan har törtta boladan biri kambağallikda kun keçirgan.
Tadqiqotga köra, bolalar kambağalligi darajasi eng past hududlar – Navoiy viloyati va Toşkent şahri ekan. Sirdaryo va Jizzax viloyatlarida esa bolalar kambağalligi nisbatan yuqori ekani aniqlangan. Mualliflarning qayd etişiça, ijtimoiy nafaqalar bölmasa, mamlakatda bolalar kambağalligi darajasi 1,6 baravar oşadi. Eslatib ötamiz, avvalroq farzand tuğilganda beriladigan bir martalik nafaqa oluvçilar soni qisqartirilgan edi.
Hafta davomida, misol uçun, Özbekistonda bolalar kambağalligini qisqartiriş dasturlariga sarflanişi mumkin bölgan millionlab dollar mablağ braziliyalik futbolçilarga berilişi ma’lum böldi. Seşanba kuni “Bunyodkor” klubi Rivaldo va Denilson işida bir neça yillik kelişuvga erişilganini e’lon qildi. Avvalroq FIFA qabul qilgan qarorga köra, “Bunyodkor” Rivaldoga 8,1 mln yevro, Denilsonga esa 1,1 mln dollar tölaşi kerak edi. Klub axborotiga köra, muzokaralar natijasida tölanişi lozim bölgan summa sezilarli kamaytirilgan va mablağlarni bir neça yil davomida bölib-bölib tölaşga kelişilgan. Tribuna.uz manbasiga köra, bu qarzdorliklarni “Bunyodkor”ning homiysi – “Özbekneftgaz” tölab beradi. Biz avvalgi dayjestda “Özbekneftgaz”ning sof foydasi ötgan yili 2 barobarga, oxirgi 3 yilda esa 5 barobarga kamayganini aytgandik. Sof foydasi kamaygani hisobiga budjetga dividend tölaşi ham karrasiga kamaygan kompaniya endi dividend şaklida davlat budjetiga tölaşi mumkin bölgan yana bir neça million dollarni ham futbolga yönaltiradigan bölyapti.
Bu holat rekord darajadagi budjet defitsiti şaroitida röy berayotgani ham e’tiborli. Iqtisodiyot va moliya vazirligining ma’lum qilişiça, 2023 yilda konsolidatsiyalaşgan budjet xarajatlari daromadlardan 59 trln söm yoki 5 mlrd dollarga oşib ketgan. Bu esa yalpi içki mahsulotning 5,5 foizi degani. Vaholanki, qonun böyiça bu körsatkiç 3 foizdan oşmasligi kerak edi. Yil davomida xarajatlar haddan taşqari oşib ketgaç, budjet qonuniga yana özgartiriş kiritişga töğri kelgandi.
Ta’kidlaş kerak, bunday holat 2019 yildan beri surunkali ravişda davom etyapti. Ya’ni hukumat ketma-ket tört yildan beri ruxsat berilganidan ança köproq xarajat qilib qöyayapti. Ortiqça xarajatlar esa, tabiiyki, taşqi qarzlarning oşişi va boşqa salbiy oqibatlarga olib keladi. Iqtisodiyot va moliya vazirligining oxirgi ma’lumotlaridan kelib çiqilsa, fiskal intizom 2024 yilda ham öşa-öşa darajada qolyapti: yilning birinçi çoragida davlat budjeti defitsiti salkam 20 trln sömga yetib qolgan.
Markaziy bank ma’lumotiga köra, jahonda oltin narxining qimmatlaşişi ortidan 1 aprel holatiga Özbekistonning xalqaro zaxiralari bir oy oldingiga nisbatan 2 mlrd dollarga köpayib, 25,37 mlrd dollarga yetgan. Lekin bu miqdor yil boşi bilan soliştirganda 374 mln dollarga kam. Jahon oltin kengaşining ma’lum qilişiça, narxlar hozirgiçalik baland bölmagan fevral oyida Özbekiston 12 tonnalik eksport bilan dunyoda eng köp oltin sotgan davlat bölgan. 2023 yil davomida esa mamlakatimiz oltin eksporti böyiça umumiy ikkinçi örinni egallagan. Nazariy jihatdan, oxirgi haftalarda jahon bozorida oltin narxining keskin oşgani budjet muvozanatini tiklaşda qöl kelişi mumkin, lekin iqtisodçilarning sözlariga köra, ortiqça va samarasiz xarajatlarga çek qöyilmasa, makroiqtisodiy körsatkiçlarga bosim kuçayib boraveradi.
Krokus teraktidan söng
Moskvadagi teraktdan keyin Özbekistonda ijtimoiy tarmoqlar orqali odamlarga terrorçilik qiliş takliflari kelib tuşa boşlagan. Bu haqda 3 aprel kuni Içki işlar vazirligi ma’lum qildi. Vazirlikka köra, Telegram orqali yuboriladigan bu xabarlarda jamoat joylarini pul evaziga minalaştiriş taklifi haqida söz boradi. Içki işlar vazirligining bildirişiça, bunday xabarlarni aholi orasida vahima uyğotiş maqsadida, firibgarlar tarqatyapti. Bunday xabarlarni olgan fuqarolar vahimaga tuşmasligi, bu xabarlarni boşqalarga ulaşmasligi, anonim şaxs bilan suhbatga kirişmasligi va darhol “102” raqamiga murojaat qilişi kerak.
Şu kunlarda Özbekistonning Turkiyadagi elçixonasi ham vatandoşlarga murojaat bilan çiqdi. Unda aytilişiça, Turkiya huquq-tartibot idoralari tomonidan IŞIDga aloqadorlikda gumonlanib yaqinda hibsga olingan 70 kişining orasida Özbekistonning bir fuqarosi ham borligi aniqlangan. Advokatlar aralaşuvi natijasida 39 yoşli andijonlik şaxsga nisbatan gumonlar öz isbotini topmagan va u qöyib yuborilgan. Diplomatik vakolatxona, hozirgi vaziyatdan kelib çiqib, ijtimoiy tarmoqlarda ekstremistik ruhdagi kanallar va saytlarga a’zo bölmaslik, mobil telefonlarda mutassiblik ruhidagi diniy kontentni saqlamaslik va tarqatmaslik, noma’lum şaxslardan kelgan da’vat va tanişuv haqidagi takliflarga javob bermaslikni tavsiya etdi. Xuddi şu tavsiyalar ayni kunlarda Rossiyada bölib turgan vatandoşlar uçun ham aktual bölib turibdi.
Vaziyatga prezident Şavkat Mirziyoyev Toşkent şahri hokimligida ötgan yiğilişda munosabat bildirdi. Davlat rahbari “murakkab va tahlikali zamonda yaşayotganimiz, Yaqin Şarqdagi va asosiy hamkorlarimiz örtasidagi mojarolar yeçim topmayotgani, şu jumladan Moskva viloyatidagi mudhiş terakt oqibatida xalqaro vaziyat yanada jiddiy tus olayotgani”ni ta’kidladi. Prezident global vaziyatning aholi daromadlariga salbiy ta’sirini kamaytiriş eng muhim vazifalardan biri ekanini ta’kidlab, bunda asosiy urğu mahallalarga qaratilişini qayd etdi.
2 aprel kuni hukumat mas’ullari mehnat migratsiyasini tartibga soliş va mehnat migrantlarini qöllab-quvvatlaşning yangi çoralari böyiça Şavkat Mirziyoyevga taqdimot qildi. Ma’lum qilinişiça, bu yönalişda ham mahallalar orqali iş taşkil etilib, “xorijga iş – mahalladan” tamoyili yölga qöyiladi. Özbekistonning bir neçta davlatlardagi elçixonalarida mehnat migratsiyasi böyiça attaşe lavozimi kiritilişi, xorijdagi vatandoşlar uçun 24 soat işlaydigan “koll-markazlar” taşkil etilişi, Migratsiya agentligi huzurida fuqarolarni xorijiy tillarga örgatiş va işlaşga maqsadli tayyorlaş markazi oçilişi kutilyapti. Yana bir çora – migrantlarning işçi viza, yöl çiptasi, xorijiy til va kasb böyiça malakani baholatiş xarajatlari qisman qoplab beriladi.
Bu hafta yana nimalar röy berdi?
Nodirbek Abdusattorov FIDe reytingida yanada kötarilib, törtinçi öringa çiqdi. Mart oyi yakunlari böyiça 19 yoşli şaxmatçimiz 2765 oçko töplab, amaldagi jahon çempioni, xitoylik Din Lijyen va boşqa maşhur şaxmatçilardan özib ketdi va Özbekiston rekordini yangiladi. Bungaça Rustam Qosimjonov öz vaqtida dunyo reytingida 11-öringaça kötarilgandi. Hozir reytingdagi yuqori uçlikni Magnus Karlsen, Hikaru Nakamura va Fabiano Karuana band etib turibdi.
Metan-şoxobçalarda belgilangan eng baland çakana narxning amal qiliş muddati uzaytirildi. 6 oydan buyon 3250 söm tarzida uşlab turilgan narx 1 apreldan boşlab 100 sömga oşdi. Bu haqda 1 aprelga ötar keçasi e’lon qilingani oqibatida qator şoxobçalar avvaliga 3800 sömlik narx belgilab, keyin mas’ullarning talabi bilan narxni tuşirdi. Energetika vazirligiga köra, avtomobiliga 3350 sömdan ortiq narxda gaz töldirgan haydovçilar şoxobçaga çek bilan borib, ortiqça undirilgan pulni qaytarişlarini talab qilişga haqli.
Qozoğistonda 8 nafar özbekistonlik YTHga uçrab, halok böldi. 3 aprel kuni Aqtöbe viloyatida röy bergan fojiada Volvo yuk maşinasi Özbekiston fuqarosi boşqaruvidagi Toyota-Alhpard miniveni bilan töqnaşib ketgan. Oqibatda minivendagi özbekistonliklar – haydovçi va yetti nafar yölovçi voqea joyida halok bölgan. Dastlabki ma’lumotlarga köra, yuk avtomobilining şinasi yorilib ketib, haydovçi boşqaruvni yöqotgan va qarama-qarşi yönalişga çiqib ketgan. Prezident topşiriği bilan holat böyiça hukumat komissiyasi tuzilib, qurbonlarning jasadlari 5 aprel kuni tongda Mudofaa vazirligining maxsus bortida Termizga olib kelindi va yaşagan manzillariga yuborildi.
Sudyalarning jinoiy javobgarlikka tortilişi bilan boğliq navbatdagi holat Toşkentda kuzatildi. Jinoyat işlari böyiça Sergeli tuman sudi sudyasi Ş.A. firibgarlik va pora berişda gumonlanyapti. Boşqa bir holatda Raqobat qömitasining Andijon viloyati boşqarmasi bölim boşliği örinbosari 22,5 ming dollar bilan uşlandi. Tergov versiyasiga köra, u dorixonada dorilarni belgilangan referent narxlardan qimmat sotiş bilan boğliq 2 mlrd sömlik işni yopdi-yopdi qiliş uçun 30 ming dollar söragan, avalroq şundan 7,5 mingini olib, qolgan 22,5 mingini olayotganda qölga tuşgan.
Muallif – Komron Çegaboyev
Doimiy boşlovçi – Bobur Akmalov
Tasvirçi – Şohruzbek Abdurayimov
Surdotarjimon – E’zoza Ahmedova












