Putinga qöyilgan talab, havosi iflos Toşkent va IIBBning “soxta obrösi” - hafta dayjesti
|15:00 / 16.10.202240 98016 min
Uydan haydab çiqarilayotgan ijaraçilar muammosini kötargan talaba IIBga “profilaktik suhbat”ga çaqirildi. Agar qonunlar töğri işlasa, uni suhbatga çaqirganlarning özlari suhbatga çaqirilişi kerak – ijod erkinligiga tösqinlik qilgani, mansab vakolatidan çetga çiqqani uçun. Yakunlanayotgan haftaning şu va boşqa mavzulari – Kun.uz dayjestida.
Rahmon Putindan SSSR paytidagidek munosabatni bas qilişni talab qildi
Dayjyestimizni haftaning eng asosiy siyosiy voqeasi bilan boşlasak. Juma kuni Ostonada bölib ötgan “Markaziy Osiyo – Rossiya” formatidagi birinçi sammitda Tojikiston prezidenti Imomali Rahmon kutilmagan çiqişi bilan köpçilikni hayron qoldirdi. U özining 8 daqiqa davom etgan hissiyotli nutqida Rossiya prezidenti Vladimir Putinni keskin tanqid qildi.
Rahmon aylana stolda röparasida ötirgan Putinga murojaat qilarkan, uning SSSRni tiklaş haqidagi eng oxirgi umidlarini ham butkul kömib taşlagan bölsa ajab emas. Tojikiston prezidenti Moskvaning Markaziy Osiyo davlatlarini teng huquqli şerik deb körmasligini oçiqçasiga Putinning yuziga aytdi. “Biz har doim asosiy strategik hamkorimizning manfaatlarini hurmat qilib kelganmiz. Öz navbatida, bizni ham hurmat qilişlarini xohlaymiz”, dedi u.
Rahmon nutqining oxirida gapning pöskallasini aytib qöya qoldi: “Markaziy Osiyo davlatlariga nisbatan sobiq sovet ittifoqida bölgani kabi siyosat bölmasin”.
Foto: AKIpress
E’tiborlisi, bu yangi formatdagi sammit aynan Rossiya prezidentining taşabbusi bilan ötkazilgan edi. Xalqaro maydonda obrösizlanib, tobora yakkalanib borayotgan Putin bu orqali göyoki qalin ittifoqçilari bordek körsatişga uringandir ehtimol, lekin amalda buning butkul teskarisi bölib çiqdi. U yaqin yillarda hali heç qaysi xalqaro anjumanda bunaqangi daşnom eşitmagandi. Qisqasini aytganda, Rahmonning çiqişi Rossiya rahbariyati uçun diplomatik va geosiyosiy frontdagi katta mağlubiyat böldi.
Umuman olganda, Ukrainaga bosqindan keyin hozirgi Rossiya rahbariyatining özi neçta ittifoqçisi qolgan, degan savolga javob şu hafta ma’lum böldi. Çorşanba kuni BMT Boş assambleyasida dunyoning naq 143 ta davlati Ukrainaning 4 ta hududi Rossiya tomonidan annexia qilinganini qoraladi va Moskvadan bu qarorlarini bekor qilişni talab qildi. Bu haqdagi rezolyutsiyaga bor-yöği 5 ta davlat qarşi çiqdi. Rossiyaning özidan taşqari, Belarus, Suriya, Şimoliy Koreya va Nikaragua.
35 ta davlat, xususan Markaziy Osiyo davlatlari va Xitoy rezolyutsiyaga
Şu örinda, Markaziy Osiyo va Rossiya mavzusini davom ettirib aytişimiz kerakki, oxirgi paytlarda Kremlga qarşi demarş qilayotgandek köringan ittifoqçi faqat Tojikiston emas. Qirğiziston ham Moskva bilan munosabatlari iliq emasligini yaşirib ötirmayapti.
Ötgan hafta bu norozilik Qirğiziston Taşqi işlar vazirining matbuot kotibi Çingiz Kustebayevning tilidan yangragan edi. U qirğiz-tojik çegarasidagi qonli voqealardan keyin Vladimir Putin Imomali Rahmonga yana orden berganini qoralagandi.
“Qirğizistonga qarşi ötgan yili aprel oyidagi harbiy tajovuzdan keyin ham darhol Tojikiston prezidenti taqdirlangan edi. Endi esa unga göyoki “mintaqaviy barqarorlik va xavfsizlikni ta’minlaşga qöşgan hissasi uçun” Rossiyaning “Vatan oldidagi xizmatlari uçun” ordeni berilyapti”, – degandi Qirğiziston vakili.
Şundan keyin, bu bayonotga mos ravişda, Qirğiziston prezidenti Sadir Japarov Putinning 70 yoşli yubileyini nişonlaş uçun Sankt-Peterburgga bormadi. Uning matbuot kotibi buni Japarovning “iş grafigi” bilan izohlab qöya qolgandi.
Payşanba kuni bu uç prezident Ostonada uçraşdi. Uçraşuv boşida Imomali Rahmon Sadir Japarov bilan qöl berib körişişni istamadi.
Rossiyadagi vatandoşlarning videomurojaatlari
Qrim köprigining portlatilişi va Ukrainadagi Rossiya qöşinlariga yangi qömondon tayinlanişi ortidan duşanba va seşanba kunlari Ukrainaning köplab şaharlariga bombalar yoğdirildi. Vaziyat jiddiylaşişi ortidan Özbekistonning Kiyevdagi elçixonasi Ukrainadagi vatandoşlarga murojaat bilan çiqib, mamlakatni tark etişga çaqirdi. Şuningdek, diplomatlarimiz vaziyat izga tuşgunga qadar Ukrainaga bormay turişni maslahat beryapti.
Afsuski, uruş sabab Rossiyaning ayrim hududlaridagi vatandoşlarimizning ham hayoti xavf ostida. 11 oktyabr kuni Rossiyaning Ukrainaga çegaradoş Kursk viloyatidagi tibbiyot universitetida öqiyotgan özbekistonlik talabalar videomurojaat bilan çiqib, prezidentdan ularning öqişini Özbekistonga köçirib berişni söradi. Sönggi vaqtlarda bu yerga raketa zarbalari köpaygan, hududdagi atom elektr stansiyasiga ham hujumlar bölgan.
Videodan kadr
“Biz özimizdan özimiz vahima kötarayotganimiz yöq. Qozoğiston Respublikasi bu yerda hali vaziyat unça notinç bölmay turgan paytda – mart oyidayoq öz talabalarining öqişini Qozoğistonga köçirib bergan edi. Biz esa mana endi, vaziyat sal xavotirli tus olayotgan paytda murojaat qilyapmiz”, – dedi talabalar.
Taşqi işlar vazirligining ma’lum qilişiça, Özbekistonning Moskvadagi elçixonasi diplomatlari vaziyatni örganiş va muammoga yeçim topiş uçun Kursk viloyatiga yöl olgan.
Foto: Telegram / Astra
Şu hafta Rossiyadagi vatandoşlarimiz tarqatgan yana bir video ham uruşga taalluqli. Moskvada yaşovçi Siroj Nabiyev harbiy komissarlikdan çaqiruv qoğozi olganini ma’lum qildi. Uning aytişiça, heç qaçon Rossiya fuqarosi bölmagan, şuning uçun heç qanaqa harbiy hisobda ham turmaydi.
“Men allaqaçon Özbekiston elçixonasiga murojaat qildim, ular menga kelib ariza yozişimni aytişdi. Çaqiruv qoğozi böyiça heç qayerga bormasligim haqida ham ogohlantirişdi”, – deydi u.
IIBB qaçondan beri senzor bölib qoldi?
Video muallifning "Uzglobal TV" nomli YouTube-kanalidan öçir(tir)ilgan.
Rossiyadagi safarbarlik nafaqat Moskvadagi, balki özimizning Toşkentdagi köplab hamyurtlarimizga ham boşoğriq böldi. Muhojirlar oqimi sabab poytaxtda ijara narxlari oşdi. Oşgan narxda tölaşni xohlamagan ijaraçilarni uydan çiqarib yuboriş holatlari kuzatilyapti.
Ana şunday holatlardan biri deb körilgan video şu paytgaça ham oğriqli bölgan ijara mavzusini trendga çiqardi. Videoda bir ayol talaba qizlarni uydan haydab çiqarayotgani, uyni 600 dollarga boşqa odamga bermoqçi ekani aks etgan.
Keyinçalik bu video Jurnalistika universiteti talabalarining töqima ijodi ekani ma’lum böldi. Universitet bayonotida aytilişiça, Kun.uz'da çiqqan “Xavf ostida yaşayotgan ijaraçi qizlar” sarlavhali maqolani öqigan 1-kurs talabalari şunday video olişga qaror qilişgan.
Qiziği şundaki, kursdoşlari bilan birga real ijtimoiy muammoni öz vaqtida oçib bera olgan video muallifi buning uçun uzr söraşiga töğri keldi. Toşkent şahar Içki işlar boş boşqarmasi muallifni topib, u bilan “profilaktik suhbat” ötkazdi va bu haqda vahimali reportaj e’lon qildi. Reportajda video muallifi “soxta obro‘ orttiriş”da ayblangan.
IIBBning ijod erkinligiga qarşi sodir etgan bu qilmişi haqli ravişda jamoatçilik tanqidiga uçradi. Huquqşunos Xuşnudbek Xudoyberdiyev buni “şarmandalik” deb atab, içki işlar tizimiga “işi yöq it suğorar” degan naqlni eslatdi. Universitet rektori Şerzodxon Qudratxöja talabalarini qöllab-quvvatlab, ularni xafa qildirib qöymasligini aytdi. “Yangi Özbekiston – bu erkin Özbekiston, ijodkorlarga oçiq Özbekiston”, deya içki işlar tizimiga murojaat qildi rektor.
Bu voqealar fonida boşqa bir yoşlar tomonidan ayni şu ijara mavzusida işlangan yana bir rolik tarqaldi. Şahar IIBB tanqidlardan tegişli xulosa çiqarib, bu rolik mualliflarini profilaktik suhbatga çaqirmaydi deb umid qilib qolamiz.
Rossiyadan keluvçilar soni 3 barobarga oşgan
Toşkentda ijara ajiotaji 21 sentabrda e’lon qilingan safarbarlikdan avvalroq, şaharga talabalar kelgan paytdan boşlangandi. Qoçqinlar oqimi esa vaziyatni jiddiylaştirdi. Şunday şaroitda hukumat talabalarga istisno tariqasida qöşimça yordam berişga qaror qildi.
Vazirlar Mahkamasi bayoniga köra, boşqa hududdan kelib, yotoqxonaga joylaşmagan 1-kurs talabalariga sentabr va oktyabr oylari uçun istisno tariqasida ijara şartnomasi bor-yöqligidan qat’i nazar kompensatsiya tölanadigan böldi. Noyabrdan boşlab esa, yana avvalgi tartibda, ya’ni faqat ijara şartnomasi bor talabalarning xarajatlari qisman qoplab beriladi. Eslatib ötamiz, oylik kompensatsiya miqdori Toşkent şahrida 300 ming sömgaça, viloyatlarda esa 150 ming sömgaça deb belgilangan.
Hafta davomida ijara bozoridagi narxlarni biroz bölsa-da sovitişga umid uyğotadigan xabarlar ham böldi. Oxirgi ma’lumotlarga qaraganda, safarbarlikdan qoçgan rossiyaliklar eng köp borayotgan davlatlardan biri – Qozoğistonda ijara narxlari sekin-asta pasaya boşlagan. Juma kuni esa Rossiya prezidenti Vladimir Putin safarbarlikni 2 hafta içida yakunlaşga va’da berdi.
Aynan 21 sentabrdan keyin qança rossiyalik Özbekistonga kelgani böyiça rasmiy ma’lumot berilmayapti. Statistika qömitasi şu hafta oçiqlagan raqamlarga köra, sentabr oyida Özbekistonga Rossiyaning 78 ming fuqarosi turistik maqsadda kirib kelgan. Bu – aprel oyidagi körsatkiçdan 2,7 barobarga köp. Xalq ta’limi vazirligining ma’lum qilişiça, 21 sentabrdan 5 oktyabrgaça Özbekistondagi davlat maktablariga Rossiya fuqarolarining 30 nafar farzandi qabul qilingan.
2022 yil boşidan beri söm dollarga nisbatan 2,6 foiz qadrsizlandi. / Infografika: Markaziy bank saytidagi informerdan skrinşot
Şu va boşqa voqealar fonida dollar kursi may oyidan beri birinçi marta yana 11 100 sömlik psixologik nuqtadan ötdi. Yil boşidan beri sömning dollarga nisbatan qadrsizlanişi 2,6 foizni taşkil etdi. Umuman olganda, global miqyosda beqarorlik röy berganda kuzatiladigan odatiy tendensiya takrorlanyapti: AQŞ dollarining boşqa valutalarga nisbatan qiymati oşyapti. Ayni paytda jahon bozorlarida dollar 20 yillik maksimum narxlarda sotilyapti.
Toşkentdagi zaharli havo va tezlik çeklovi
Ijara narxlaridan taşqari, hafta davomida ekologiya va yöllardagi xavfsizlik muammolari ham aktual bölib turdi. Gidrometeorolog Erkin Abdulahadovning yozişiça, 12 oktyabr kuni soat 18:00da Toşkent dunyoning yirik şaharlari orasida havoning ifloslanişi böyiça 8-öringa çiqdi. Bu vaqtda havodagi PM-2,5 dispers zarraçalari me’yoriy qiymatlardan oşib ketgan.
Afsuski, Toşkent zaharli havoda böğilib qolayotgan paytlar borgan sari tez-tez uçrab turibdi. “Özgidromet” statsionar postlari qayd etgan ma’lumotlarga köra, 2 oktyabr kuni ertalab ham Toşkent havosi bir muddat nafas olib bölmaydigan darajada ifloslangan.
Ekologiya va daraxtlar kesilayotgani mavzusida bong urib kelayotgan jamoatçilik hozirça qoniqarli biror natijaga erişa olmadi. Lekin faollar boşqa bir “frontda” – şaharda avtohalokatlarni kamaytiriş masalasida birinçi ğalabaga erişdi. Toşkent kiçik halqa avtomobil yöli içidagi barça köçalarda harakatlaniş tezligi 70dan 60 km/soatga tuşiriladigan böldi. Şuningdek, qator köçalarda tezlik 50 km/soatgaça pasaytirildi.
Bu haqdagi qaror Toşkent şahar kengaşida yana bir ovozdan qabul qilindi. Yana deyotganimizga sabab – xuddi şu kengaş ikki hafta oldin bu yangilikka şubha bilan qarab, uni körib çiqişni keçiktirişni ham bir ovozdan ma’qullagan edi. Yodingizda bölsa, şundan keyin jamoatçilik faollari deputatlarni tanqid qilib, şaharda tezlikni pasaytiriş prezident topşiriği ekanini eslatgandi.
Yangilik qaçondan kuçga kirişi aniq emas. Kiçik halqi yöli içidagi hamma köçalarda tezlik çeklovi 60 km/soatga tuşirilişi uçun Hukumat qoşidagi maxsus komissiyaning ham qarori imzolanişi kerak. Qator köçalarga “50” belgilarini örnatib çiqiş işlari esa boşlangan.
Ma’lumot uçun, şu yilning 8 oyida Toşkentda 775 kişi avtohalokatga uçrab halok bölgan. Bu – dahşatli darajada katta raqam. Halokatlarning har ikkitadan bittasiga tezlik oşirilişi sabab bölyapti.
Fuqarolar taşabbuslariga – 8 trillion söm
"Taşabbusli budjet"da ğolib çiqqan mahallaning asfaltlangan köçasi / Foto: Qaşqadaryo viloyati hokimligi axborot xizmati
Fuqarolik jamiyati uçun yana bir yaxşi yangilik. Keyingi yil “Taşabbusli budjet” loyihalariga ajratiladigan mablağlar soni 3,5 barobarga oşiriladigan böldi. Bu degani budjetning 8 trillion söm pulini qayerga işlatişni amaldorlar emas, odamlarning özlari hal qiladi.
Prezident topşiriğiga asosan, 2023 yildan boşlab mahallalardagi infratuzilma uçun mablağlar faqatgina “Taşabbusli budjet” orqali, aholi ovoz bergan loyihalarga ajratiladi. Boşqaça aytganda, “Obod qişloq” va “Obod mahalla” dasturlari “Taşabbus budjet”ga qöşib yuboriladi.
Bundan taşqari, bu yil 2-mavsumda ğolib deb topilgan 1418 ta loyihaga qöşimça ravişda, har biri 2 mingdan ortiq ovoz töplagan loyihalarning hammasi moliyalaştiriladigan böldi. Şunda jami ğolib taşabbuslar soni 1782 taga yetadi.
“Taşabbusli budjet” nima uçun muhim degan savolga javob oddiy. Siz şunçaki SMS yuboriş orqali budjet puli qayerga işlatilişini tanlaşingiz mumkin. Qolaversa, mahalla yölini asfalt qiliş, transformatorni almaştiriş yoki şunga öxşaş muammolar uçun hokimiyatga borib, va’dalar amalga oşişini kutib ötiriş şart bölmaydi: mahalla ahli özi hamjihatlikda bunga pul ajratilişiga erişişi mumkin.
Bu hafta yana nimalar röy berdi?
Videodan kadr
Qaşqadaryolik fermer Ğuzor tumani markazidagi bank binosi oldiga mollarini haydab keldi. Bu orqali u bankdan noroziligini bildirgan. Ma’lum bölişiça, fermer 2 mlrd söm kredit olib, xorijdan zotdor mollar olib kelgan, lekin yetarliça yer ajratilmagani uçun mollari oç qolyapti. Huquqbuzarligi uçun fermer 600 ming söm jarimaga tortildi.
Namangan viloyati hokimining qudasiga aloqador metan-şoxobça qurilişi töxtatildi. Odamlarning uyiga taqab qurilayotgan şoxobçaning rasmiy egasi bölgan MÇJ rahbari jarimaga tortildi. Odamlarning murojaatlariga qaramay, oçiq-oydin qonunsizlikka köz yumib kelgan hokimlik heç qanday izoh berolmayapti.
Uzcard yana xususiylaştirildi. Kompaniyadagi davlatning 75 foiz uluşi qolgan tört ta’sisçi örtasida teng taqsimlandi. Ular buning uçun jami 210 mlrd söm tölagan. Şaffof ötmagan xususiylaştiriş tanqidlarga sabab böldi. Eslatib ötamiz, Jahon banki aynan xususiylaştiriş jarayonlari Özbekistonda oligarxiyani vujudga keltirişidan ogohlantirgan.
WizzAir loukosteri BAA poytaxti Abu-Dabidan Samarqandga arzon parvozlarni yölga qöyadi. Dekabr oyidan boşlanadigan reyslarda bir tomonga aviaçipta narxi agar ertaroq olinsa 40 dollardan boşlanişi aytilyapti. Agar amalga oşsa, bu Özbekistonga kirib kelgan birinçi haqiqiy loukoster böladi.
“Özgidromet” bu yilgi qiş qanaqa bölişi böyiça prognozini e’lon qildi. Unga köra, bu yil qişda yoğingarçilik taqçil bölişi kutilyapti. Şu bilan birga, anomal sovuq kunlarda havo –5, –10 gaça, şimolda esa –15, –20 gaça tuşib ketişi mumkin. Energetika vazirligining ma’lum qilişiça, oldinda turgan qiş mavsumida avvalgi yilga qaraganda 7 foizga köproq elektr yetkazib beriladi.