Yakunlanib borayotgan 25 sentabr, dushanba kuni O‘zbekistonda va jahonda yuz bergan voqea-hodisalar hamda yangiliklarning eng muhimlari va eng saralari bilan KUN.UZ dayjestida tanishing.
O‘ZBeKISTON:

Kunning eng muhim yangiliklaridan biri — O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining «2017 yil hosili paxta xom ashyosining xarid narxlari to‘g‘risida»gi qarori e'lon qilingani bo‘ldi.
Unga ko‘ra:
- qo‘lda terilgan paxta xom ashyosining 1 kilogrammi uchun birinchi bosqichda — 450 so‘mdan, ikkinchi bosqichda 2017 yil 1 oktabrdan boshlab — 500 so‘mdan to‘lash;
- mashinada terilgan paxta xom ashyosining 1 tonnasi uchun 260 000 so‘mdan to‘lash to‘g‘risidagi taklifi ma'qullandi.
Kunning boshqa muhim xabar va yangiliklari:
Prezident Sh.Mirziyoyev AQShdagi vatandoshlar bilan uchrashuvda nimalarni gapirdi?
O‘zbekiston va Afg‘oniston temir yo‘llar sohasidagi hamkorlikni kengaytiradi
Kafolatsiz maishiy elektrotexnika bilan savdo qilganlik uchun jazo beriladi
LexUz’ga respublika normativ-huquqiy hujjatlarini rasmiy e'lon qilish manbasi maqomi berildi
Notarius lavozimi uchun tanlov



















