Toşkent yana çang kentga aylanib qoldi

Hafta Toşkentda yaşovçilar uçun noxuş boşlandi. Duşanba kuni keçqurun şaharda çang tözoni kötarilib, havo salomatlik uçun juda xavfli darajada ifloslanib ketdi. Bu vaqtda Toşkent bir muddat dunyoning yirik megapolislari orasida havosi eng iflos şahar bölib turdi.

Çang tözoni ötgan yili noyabrdagi misli körilmagan çang böroniçalik darajada bölmagan bölsa ham, undan-da jiddiyroq xavotirga sabab böla oladi. Çunki ötgan yilgi böron qöşni davlatlar hududidan kirib kelgan, mas’ullar ham öz bayonotlarida şunga urğu berişgandi. 17 oktyabr kuni esa Toşkentni begona emas, aynan şaharning özidagi ğubor qoplab oldi.

Sinoptiklarning aytişiça, çang kötarilişiga harorat inversiyasi deb ataluvçi meteorologik hodisa sabab bölgan. Bu hodisa birdan sovuq tuşganida kuzatiladi va uning natijasida havoning vertikal harakati yuzaga keladi. Ya’ni yer yuzasiga eng yaqin va tabiiyki eng iliq havo qatlami, çanglarni ham öziga qöşib, tepaga kötariladi. Yaşil hududlar va suv havzalari kamayib, qurilişlarga tölib ketgan şaharda bu qanday oqibatlarga olib kelişi esa öz-özidan tuşunarli.

Yomğirdan bir kun keyingi Toşkent, 20 oktyabr, ertalab / Foto: Davronbek Tojialiyev
Yomğirdan ikki kun keyingi Toşkent. 21 oktyabr, ertalab / Foto: Kun.uz

Agar ertasi kuni yomğir yoğmaganida, bu çang qança vaqt saqlanib turgan bölardi, aytiş qiyin. Seşanba-çorşanba kunlari yoğgan yomğir şahar aholisiga oltin kuzning eng çiroyli kunlarini hadya qildi. Odamlar bir neça oylar içida birinçi marta nihoyat ğuborsiz, musaffo havodan nafas oldi. Bu tozalik sabab şahardan şimoli-şarqdagi Tiyan-şan toğlari çöqqilari ham aniq körina boşladi.