Yaxşi xabarlardan boşlasak. Humo va Uzcard'ning uzoq kutilgan integratsiyasi nihoyat şu yil yakuniga yetadigan böldi. Şu hafta qabul qilingan prezident qaroriga köra, may oyidan boşlab Humo kartalari orqali Uzcard bankomatlaridan va aksinça Uzcard kartalari orqali Humo bankomatlaridan naqd pul yeçiş yölga qöyilişi kerak.

Yil oxirigaça esa barça terminallar har ikkala karta turini ham qabul qiladigan böladi. 2020 yildan buyon aytib kelinadigan bu yangilik nihoyat amalga oşsa, bitta savdo nuqtasida ikki xil terminal turişi şart bölmaydi. Kartangiz Uzcard yo Humo böladimi, Visa, Mastercard yoki Unionpay böladimi, farqi yöq, bitta terminal orqali beş xil kartadan tölov qilsa böladi.

Bundan taşqari, may oyidan boşlab ötkaziladigan huquqiy eksperiment doirasida, Toşkentdagi Korzinka supermarketlarining kassalarida 300-500 ming sömgaça pulni kartadan naqdlaştirib oliş imkoniyatini yaratiş közda tutilyapti. Naqdlaştiriş komissiyasini supermarketning özi mustaqil belgilaydi, bu miqdor bankomatdagi 1 foizlik komissiyadan kamroq bölişi ham mumkinligi aytilyapti.

Şu qarordagi yana bir yangilik – 1 maydan e’tiboran bir qator tölovlarni amalga oşirişda tölov tizimlarining komissiyalari jismoniy şaxslar uçun bekor qilinadi. Bu röyxatda bojlar, jarimalar, davlat xizmatlari va boşqalar uçun davlat organlariga tölovlar, ta’lim taşkilotlaridagi kontrakt tölovlari, samolyot va poyezd çiptalari kabilar bor. Bunda tölov tizimlari oladigan komissiya maksimum 1 foizgaça böladi va bu summa fuqarodan undirilmasdan, tölov miqdoridan çegirib qolinadi.

Referendum – 30 aprelda

Özbekistonda konstitutsiyaning yangi tahriri yozib tugatildi. Asosiy qonun 65 foizga yangilanadigan böldi. Undagi moddalar soni 128 tadan 155 taga, normalar soni esa 275 tadan 434 taga köpayadi.

10 mart kuni Qonunçilik palatasi bu boradagi qonunni qabul qildi. 132 deputat Konstitutsiyani yangi tahrirga ötkazişni yoqlab ovoz berdi