Maslahat uçraşuvini özgartiriş taklifi, Parijdagi rekord va antimonopoliya konsepsiyasi - hafta dayjesti
|01:00 / 11.08.202411 17412 min
Parij olimpiadasida tarixiy natija: Özbekiston 8 ta oltin bilan ilk marta top-15 talikka kirdi. Köpçilik kutgan qonun: kadastr hujjati yöq millionlab uylarga mulk huquqi beriladi. Özbekiston va Qozoğistondan integratsiya haqida bayonotlar: Mirziyoyev ID kartalarni özaro tan oliş, Töqayev esa umumiy mudofaa haqida gapirdi. Ortda qolayotgan haftaning şu va boşqa muhim voqealari – Kun.uz dayjestida.
Özboşimça qurilgan imoratlarga yalpi “amnistiya”
Özbekistonda kadastri yöq yoki hujjatida kamçiligi bor uy-joylar soni 3 million 600 mingdan oşadi. 5 avgust kuni prezident bunday uy-joylarni qonuniylaştirişga ruxsat beruvçi qonunni imzoladi. Unga köra, 8 ta guruhga kiruvçi köçmas mulklar, xususan 2018 yil 1 maygaça yakka tartibdagi uy-joy quriş orqali özboşimçalik bilan egallangan yerlar va ulardagi bino-inşootlarga kadastr hujjati beriladi.
Fuqarolar bu imkoniyatdan foydalaniş uçun hozirça heç narsa qilişi şart emas. Ular jarayonning borişidan xabardor bölib turişlari kifoya. Birinçi bosqiçda, tegişli davlat idoralari sun’iy yöldoşdan olingan suratlar va boşqa manbalar orqali hujjatsiz uy-joylarni röyxatga olib, hamma ma’lumotlarni elektron tizimga solişi kerak. Keyinçalik ijobiy xulosa berilgan fuqarolarga xabarnoma yuboriladi. Ana şu xabarnoma asosida tölov qilgan mulkdorlarga kadastr hujjati rasmiylaştirib beriladi.
Tölov miqdori köçmas mulkning joylaşuviga qarab bazaviy hisoblaş miqdorining 1 baravaridan 5 baravarigaça deb belgilandi. Ya’ni, bu miqdor qişloqlarda 340 ming söm, eng yuqori tölov belgilangan Toşkent şahrida esa 1,7 mln sömni taşkil etadi. Ijtimoiy himoyaga muhtoj fuqarolarga çegirmalar beriladi. 3 oydan keyin kuçga kiradigan qonun 2028 yil 1 yanvargaça amal qiladi.
Raqobat qömitasi raisi Xalillullo Töraxöjayev bu lavozimda iş boşlaganidan bir yarim oy ötib, davlat rahbariga raqobatni rivojlantiriş konsepsiyasini taqdim etdi. U raqobatni çeklovçi, individual xususiyatga ega eksklyuziv huquqlar, imtiyozlar, preferensiya va yengilliklarni bekor qilişni taklif etmoqda. Bu nuqtayi nazarga köra, davlat heç qaysi kompaniyaga eksklyuziv imtiyozlar bermasligi, avval berganlarini bekor qilişi, imtiyozlar berilgan taqdirda ham, bu öşa sohadagi hamma tadbirkorlarga birdek taalluqli bölişi kerak.
Bu yönalişda qömitaning avvalgi takliflaridan biri hozirça amalga oşgani yöq. Monopoliyaga qarşi organ 2023 yil 1 oktyabrdan e’tiboran eksklyuziv huquqlar berilgan kompaniyalar reyestrini yurita boşlagan. Lekin bu reyestr yopiq. Raqobat qömitasi yanvar oyida Kun.uz'ga bergan
reyestrni öz saytida oçiq e’lon qiliş tarafdori ekani, bu borada alohida hujjat tayyorlanib, Prezident administratsiyasiga kiritilganini ma’lum qilgandi. Lekin bu borada yangilik bölmadi.
Duşanba kuni taqdim etilgan konsepsiyaga asosan, tadbirkorlik sub’yektlarining bozorlarga erkin kirişini qiyinlaştiruvçi normativ-huquqiy moddalar va ortiqça talablar bekor qilinişi mumkin. Ruxsat beruvçi jarayonlar va litsenziyalar örniga javobgarlikni majburiy suğurtalaşni kiritiş, tabiiy monopoliya sohalarida mustaqil bozor regulyatorlarini joriy etiş taklif etilmoqda.
Şuningdek, davlat xaridlarini töliq raqobatli usullarga ötkaziş, raqobatga qarşi kelişuv va xatti-harakatlar haqida xabar berganlarning şaxsini sir saqlab, ularni mukofotlaş kabi takliflar ham konsepsiyadan örin olgan. Energetika, neft-gaz, suv xöjaligi, yöl qurilişi, temiryöl va aeroport xizmatlari kabi sohalarda 17 turdagi davlat monopoliyasini bosqiçma-bosqiç tugatiş közda tutilmoqda.
Hozirda respublika miqyosidagi 15 ta korxona tabiiy monopolist hisoblanadi. Yana 100 dan ortiq tovar yoki xizmat bozorlari monopollaşgan deb topilgan. Bu röyxatga oxirgi bir oy içida Knauf va TokBor kompaniyalari ham qöşildi. Ularning mos ravişda gipsokarton va elektromobillarni quvvatlantiriş bozorlaridagi uluşi 40 foizdan oşiqligi e’tirof etildi. Oxirgi paytlarda elektromobillar bozori ham monopoliyaga aylanişi borasidagi xavotirlarga Raqobat qömitasi hozirça munosabat bildirmay kelmoqda.
Juma kuni BYD kompaniyasi Özbekistonda e2 modelini rasman taqdim etdi. Bir quvvatlaşda 405 km masofani bosib ötişi körsatilgan avtomobilning lyuks komplektatsiyasi 236 mln 600 ming sömga baholangan. Bu – dilerlik tarmoğidan taşqaridagi narxlardan qariyb 36 mln sömga yuqoriligi aytilyapti. Narxdagi bunday farq evaziga xaridorlarga rus va özbek tillaridagi dasturiy ta’minot, telefon orqali boşqariş imkoniyati va kengaytirilgan kafolat şartlari taqdim etiladi.
Eslatib ötamiz, avvalroq e2 va Seagull modellarini mahalliylaştiriş uçun sinovdan ötkaziş boşlangan edi. Jizzaxdagi BYD zavodi direktori Özbekistonda işlab çiqarilgan modellar çetdan olib kelinadiganlaridan arzon bölişiga va’da bergan, lekin importga tösiq qöymasdan turib buni amalga oşiriş imkonsiz. Bahordan boşlab kuçga kirgan yangi tartib va ketma-ket yangrayotgan elektromobillarga boj kiritiş takliflari Özbekistonda yangi monopoliya paydo bölayotganidan darak bermoqda.
Şavkat Mirziyoyev: “Maslahat uçraşuvi formatini takomillaştiriş vaqti keldi”
9 avgust kuni Markaziy Osiyo liderlari navbatdagi maslahat uçraşuvi uçun Ostonaga yiğildi. Bu safargi uçraşuv köpçilikning orzusidagi mintaqaviy integratsiyaga köproq urğu berilgani bilan yodda qoldi. Bu borada tarixiy mas’uliyatni zimmasiga olişi kerak bölgan Özbekiston va Qozoğistonning bayonotlari ayniqsa e’tiborli.
Xususan, Ostonada ötgan sammitda Şavkat Mirziyoyev Markaziy Osiyo davlatlarini milliy ID-kartalarni özaro tan olişga va erkin savdo hududini şakllantirişga çaqirdi. Özbekiston prezidenti Markaziy Osiyo özligini şakllantiriş muhimligini ta’kidlab, mintaqa xalqlarining özaro bir-birini tuşunişi va birdamligini qanday qilib mustahkamlaş mumkin degan savol atrofida ilmiy forum ötkazişni taklif qildi.
Şavkat Mirziyoyev maslahat uçraşuvi formatini takomillaştiriş vaqti kelganini ham aytdi. “Mintaqaviy integratsiyani çuqurlaştiriş va uzoq muddatli şeriklik kun tartibini boyitiş uçun Maslahat uçraşuvi formatini yanada takomillaştiriş masalalarini birgalikda körib çiqiş vaqti keldi”, – dedi prezident.
Öz navbatida, Qozoğiston prezidenti Qosim-Jömart Töqayev Rossiyaning Ukrainaga bosqin uyuştirganiga işora qilib, suverenitetga tahdidlar masalasini kötardi. Uning sözlariga köra, Qozoğiston xalqaro huquq tamoyillariga qat’iy rioya qiliş, suverenitetni hurmat qiliş va çegaralar yaxlitligiga tajovuz qilmaslik zarur, deb hisoblaydi. Töqayevning aytişiça, Markaziy Osiyo atrofida murakkab harbiy-siyosiy vaziyat saqlanib qolayotgan hozirgi şaroitda, mudofaa siyosati böyiça hamkorlik qiliş zarurati paydo bölgan. “Mintaqaning kelajagi barça içki va taşqi çaqiriqlarga birgalikda javob izlaşga boğliq”, dedi Qozoğiston prezidenti.
Özbekiston va Qozoğiston mintaqaviy integratsiyani kuçaytiriş tarafdori ekani ikki tomonlama muzokaralarda ham tasdiqlandi. Maslahat uçraşuvidan oldin, Şavkat Mirziyoyevning Qozoğistonga davlat taşrifi doirasida bölib ötgan muzokaralar ilk marta Oliy davlatlararo kengaş formatida bölib ötdi. Tomonlar 2024-2034 yillarga möljallangan strategik şeriklik va ittifoqçilik dasturini qabul qildi. Hukumatlarga özaro savdo hajmini 2 barobarga oşirib, 10 mlrd dollarga yetkaziş topşiriği berildi. Taşrif davomida prezidentlar Ostonada Alişer Navoiy haykalini birgalikda oçib berdi; Töqayev Mirziyoyevni Qozoğistonning “Oltin Qiron” ordeni bilan mukofotladi. Özbekiston prezidenti, şuningdek, maslahat uçraşuvi doirasida mintaqaviy döstlikka qöşgan hissasi uçun Markaziy Osiyo davlatlari rahbarlarining faxriy nişoni bilan taqdirlandi.
Ostonaga yiğilgan mintaqa yetakçilari Yaponiya boş vaziri Fumio Kişida bilan birgalikda “Markaziy Osiyo – Yaponiya” sammitida ham iştirok etişi kerak edi. Kişida Qozoğiston va Özbekistonga davlat taşrifi bilan kelişi ham reja qilingandi. Lekin Yaponiyada kuçli zilzila va sunami xavfi e’lon qilingani sabab, mamlakat boş vaziri bu taşriflarni bekor qildi. Yapon matbuotiga köra, rejadagi sammitda Fumio Kişida Markaziy Osiyo davlatlariga Rossiya hududini çetlab ötib Yevropaga çiqiş yölini oçişda yordam taklif qilmoqçi bölgan.
Olimpiadada tarixiy yutuq
Özbekiston olimpiadalardagi oltin medallari soni böyiça öz rekordini yangiladi. Delegatsiyamiz Parijdagi öyinlarda 8 ta oltin, 2 ta kumuş va 3 ta bronza medalini jamğardi. Bundan avvalgi rekord 4 ta oltin olingan Rio olimpiadasida örnatilgandi.
Ötgan hafta dzyudoda Diyora Keldiyorova oltin, Muzaffarbek Töraboyev va Alişer Yusupov bronza medaliga sazovor bölgandi. Olimpiadaning sönggi kunlariga kelib, yana 7 sportçimiz şohsupaning eng yuqori poğonasiga kötarildi: taekvondçi Uluğbek Raşitov, erkin kuraşçi Razambek Jamalov boksçilar Hasanboy Dösmatov, Asadxöja Möydinxöjayev, Lazizbek Mullojonov, Bahodir Jalolov va delegatsiya bayroqdori Abdumalik Xalokov şarofati bilan Parijda Özbekiston madhiyasi yangradi.
Bu – Raşitov, Dösmatov va Jalolov uçun olimpiadalardagi ikkinçi çempionlik böldi. Oltin olgan beşala boksçimiz ham öz raqiblarini 5:0 hisobida mağlub etgani e’tiborga loyiq. Bahslardan keyin Bahodir Jalolov professional boksga ötganini e’lon qildi.
Şuningdek, kumuş medal sohibasi Svetlana Osipova Olimpiada sovrindori bölgan özbekistonlik ilk ayol taekvondoçiga aylandi. Yana ikkita medalni oğir atletikada kumuş olgan Akbar Jörayev va erkin kuraşda bronza olgan Ğulomjon Abdullayev umumjamoa hisobiga qöşib qöydi.
Şu tariqa, Özbekistonning olimpiadalardagi körsatkiçlari sezilarli yaxşilandi. 8 ta oltin – bundan avvalgi rekorddan (Rio olimpiadasi, 4 ta oltin, jami 13 ta medal) ikki barobarga köp. Umumjamoa hisobida mamlakatimiz ilk marta top-15 talikka kirib, 13-örinni egalladi. Kuçli önlikka kiriş uçun yana törtta oltin kerak bölardi.
Bu hafta yana nimalar röy berdi?
Oliy Majlisning eng faol a’zolaridan biri Doniyor Ğaniyev deputatlik faoliyatini yakunladi. U bunday qarorini “atrofidagi özgarişlar va reallik” bilan izohlab, deputatlik faoliyatini davom ettiriş özi uçun ham, saylovçilar uçun ham manfaatli bölmasligini ta’kidladi. Parlamentga 2019 yilda saylangan Ğaniyev endilikda faoliyatini Vazirlar Mahkamasida investitsiya yönalişida davom ettiradi. Deputatlikka navbatdagi saylovlar esa 4 oktyabr kuni bölib ötadi.
90 ming dollar pora bilan uşlangan Kogon tumani prokuroriga hukm öqildi. Samarqand şahar sudi uni 15 yilga ozodlikdan mahrum qilgan. Oliy sud xabariga köra, sobiq prokuror sudda aybiga iqrorligi va puşaymonligini aytib, prezidentdan keçirim söragan. Iş doirasida, şuningdek, pora oldi-berdisi yuzasidan yana ikki sudlanuvçiga 11 va 12 yillik ozodlikdan mahrum etiş jazolari tayinlangan. Ma’lumot uçun, avvalroq Asaka tuman prokurori örinbosari 8,5 yilga qamalgan, lekin u dalillar soxtalaştirilganini aytib, apellyatsiya şikoyatini bergandi.
Böstonliqda profilaktika inspektori özi va oila a’zolarini otib öldirdi. U6 avgust kuni tunda xizmat töpponçasi bilan avvaliga xotini va 7 oylik çaqaloğiga, keyin öziga öq uzgan. 28 yoşli qotil voqeadan oldin turmuş örtoği bilan janjallaşib qolgani, ularni öldirgaç, javobgarlikdan qutuliş uçun özini ham otgani aytilmoqda. Holat böyiça jinoyat işi qözğatilgan.
Özbekiston Yevropaga elektr energiyasi eksport qilişni rejalaştirmoqda. Bu haqda energetika vaziri Jörabek Mirzamahmudov Ostonada bölib ötgan Markaziy Osiyo energetika vazirlarining birinçi yiğilişida aytib ötdi. Uning sözlariga köra, Kaspiy dengizi tubidan kabel ötkaziş böyiça Qozoğiston-Özbekiston-Ozarboyjon uçtomonlama loyihasi muvaffaqiyatli amalga oşirilsa, Özbekiston 2030 yildan boşlab ortiqça elektr energiyasini Yevropaga eksport qila oladi. Özbek energiyasi Ozarboyjondan Gruziyaga, keyin Qora dengiz tubi orqali Ruminiya, Vengriya va Bolgariyaga yetkazilişi aytilmoqda.
Muallif – Komron Çegaboyev
Doimiy boşlovçi – Bobur Akmalov
Tasvirçi – Şohruzbek Abdurayimov
Surdotarjimon – E’zoza Ahmedova