Çangkent, yer sotiş va odob-axloq - hafta dayjesti
|13:45 / 23.10.202235 97214 min
Davlat işida işlaydiganlarga “ortiqça gap gapiriş” taqiqlandi. Hokimlar kuniga örtaça beşta noqonuniy qaror çiqaryapti. Millionlab dollarlik öğriliklarni ular lavozimidan ketganidan keyingina “bilib qolişyapti”. Yakunlanayotgan haftaning şu va boşqa mavzulari – Kun.uz dayjestida.
Toşkent yana çang kentga aylanib qoldi
Hafta Toşkentda yaşovçilar uçun noxuş boşlandi. Duşanba kuni keçqurun şaharda çang tözoni kötarilib, havo salomatlik uçun juda xavfli darajada ifloslanib ketdi. Bu vaqtda Toşkent bir muddat dunyoning yirik megapolislari orasida havosi eng iflos şahar bölib turdi.
Çang tözoni ötgan yili noyabrdagi misli körilmagan çang böroniçalik darajada bölmagan bölsa ham, undan-da jiddiyroq xavotirga sabab böla oladi. Çunki ötgan yilgi böron qöşni davlatlar hududidan kirib kelgan, mas’ullar ham öz bayonotlarida şunga urğu berişgandi. 17 oktyabr kuni esa Toşkentni begona emas, aynan şaharning özidagi ğubor qoplab oldi.
Sinoptiklarning aytişiça, çang kötarilişiga harorat inversiyasi deb ataluvçi meteorologik hodisa sabab bölgan. Bu hodisa birdan sovuq tuşganida kuzatiladi va uning natijasida havoning vertikal harakati yuzaga keladi. Ya’ni yer yuzasiga eng yaqin va tabiiyki eng iliq havo qatlami, çanglarni ham öziga qöşib, tepaga kötariladi. Yaşil hududlar va suv havzalari kamayib, qurilişlarga tölib ketgan şaharda bu qanday oqibatlarga olib kelişi esa öz-özidan tuşunarli.
Yomğirdan bir kun keyingi Toşkent, 20 oktyabr, ertalab / Foto: Davronbek TojialiyevYomğirdan ikki kun keyingi Toşkent. 21 oktyabr, ertalab / Foto: Kun.uz
Agar ertasi kuni yomğir yoğmaganida, bu çang qança vaqt saqlanib turgan bölardi, aytiş qiyin. Seşanba-çorşanba kunlari yoğgan yomğir şahar aholisiga oltin kuzning eng çiroyli kunlarini hadya qildi. Odamlar bir neça oylar içida birinçi marta nihoyat ğuborsiz, musaffo havodan nafas oldi. Bu tozalik sabab şahardan şimoli-şarqdagi Tiyan-şan toğlari çöqqilari ham aniq körina boşladi.
Mavzuga oid
Afsuski, Toşkent uçun bunday noodatiy holat uzoq davom etmadi. Yoğingarçilik töxtaşi bilan şaharni yana odatdagi ğubor qoplab oldi. Juma kuniga kelib poytaxt havosi “zaif guruhlar uçun xavfli” toifaga qaytdi. Havodagi çang qatlami heç bir asbobsiz ham, yana oddiy köz bilan körinib turibdi.
Qoidabuzarlarning eng yoş qurboni
Foto: STV
Hafta boşidagi yoğingarçilik Özbekistonning katta hududini qamrab oldi. Şu kunlari Qamçiq dovonida, Qaşqadaryo va Jizzax viloyatlarining toğli hududlarida birinçi qor yoğdi. Samarqandning Bulunğur tumanida M-39 xalqaro avtomobil yölining bir qismini sel bosdi. Andijon şahri köçalari yana suvga tölib qoldi.
Eng açinarlisi, yoğingarçilik kunlari yana jiddiy yöl-transport hodisalarisiz ötmadi. 18 oktyabr kuni Samarqandning Jomboy tumanidagi avtohalokat butun Özbekistonni larzaga soldi. Tuğilganiga endigina 3 kun bölgan, tuğuruqxonadan olib ketilayotgan çaqaloq uyigaça yetib bormadi.
Kunduzi soat 13:40lar atrofida röy bergan halokatda “Spark” haydovçisi boşqaruvni yöqotib, yölning qarama-qarşi tarafiga çiqib ketgan va röparadan kelayotgan “Nexia”ga urilgan. Natijada “Spark” haydovçisi va “Nexia”dagi uç kunlik çaqaloq voqea joyida vafot etgan. “Nexia” haydovçisi va undagi yölovçilar jiddiy jarohatlar bilan reanimatsiyaga yotqizilgan.
Hokimlikka tayinlovlar va sobiqlar ustidan jinoyat işlari
Yakunlanayotgan hafta hokim lavozimiga tayinlovlar va sobiq hokimlar ustidan oçilgan jinoyat işlariga boy böldi. Tayinlovning aksariyatini bitta umumiy jihat birlaştirib turdi: respublika darajasidagi rahbarlar tumanlarga hokim qilib jönatildi.
Favqulodda vaziyatlar vaziri örinbosari Azizbek Latifjonov Paxtaobod tumaniga, suv xöjaligi vaziri örinbosari Akmal Arziyev Sardoba tumaniga, Monopoliyaga qarşi kuraşiş qömitasi raisi örinbosari Bekzod Ummatov Asaka tumaniga, Veterinariya va çorvaçilik qömitasi raisi örinbosari Sirojiddin Berdiqulov Nurobod tumaniga, Davlat xizmatini rivojlantiriş agentligi boş inspektori Hamidulla Inomov Farğona tumaniga hokim böldi.
Yangi hokimlar lavozimlarini egallar ekan, ayrim eskilarning köngliga ğulğula tuşgan. Şu hafta Termiz va Qarşi şaharlarining sobiq hokimlari qamoqqa olingani ma’lum böldi.
Termiz şahri sobiq hokimi Isroil Xudoyberdiyev / Foto: ÖzA
Termiz şahri sobiq hokimi Isroil Xudoyberdiyev va uning ikki örinbosari ustidan tergov ketmoqda. Bu iş böyiça jami 11 kişi qamab qöyilgan. Ular talon-toroj va boşqa jinoyatlarda ayblanyapti. Xabarlarga qaraganda, gap quriliş sohasidagi jinoyatlar haqida ketyapti. Yetkazilgan zarar miqdori 36 mlrd sömga baholangan.
Qarşidagi yirik korrupsiyaviy jinoyat ayblanuvçilari ham kam emas. Ular orasida şaharning sobiq hokimi Jamşid Fozilov, uning quriliş böyiça örinbosari, hokimlik boş yuristi, şahar boş arxitektori, şahar kadastr boşliği ham bor. Ular naq 54 ta holatda noqonuniy yer ajratganlikda gumonlanyapti. Yeb yuborilgani aytilayotgan pullar miqdori 60 mlrd sömdan oşiq. Bu – 5 million dollardan köproq degani.
Qarşi şahrining sobiq hokimi Jamşid Fozilov / Foto: Kun.uz
Qarşidagi jinoyat işida noodatiy voqea röy berdi. Sobiq hokimni ehtiyot çorasi sifatida qamoqqa olgan prokuratura kutilmaganda sudning qarşiligiga duç keldi: 20 oktyabr kuni sud qamoq ehtiyot çorasini qöllaş haqida prokurorning iltimosini rad etib, gumondorni uy qamoğiga oliş böyiça ajrim çiqargan. Öz navbatida, şahar prokurori şahar sudining bu qarori ustidan viloyat sudiga şikoyat qilgan.
E’tiborlisi şundaki, Qarşi va Termizdagi jinoyatlar haqida jamoatçilik bexabar qolib ketişi ham mumkin edi. Har ikkala holatda ham bu jinoyat işlari haqida avvaliga jurnalistlar xabar tarqatdi, prokuratura organlari şundan keyingina rasmiy ma’lumot berdi. Vaholanki, Termizda 11 nafar gumonlanuvçi bundan 1 oy oldin qamoqqa olingan.
Şu örinda hukumat umuman esidan çiqarib yuborgan bir talabni eslatişga töğri keladi. Ötgan yili qabul qilingan prezident farmoniga asosan, davlat xizmatçilarining kasbiy faoliyati bilan boğliq sud majlislari jonli efirda xalqqa körsatilişi kerak. Farmondagi bu talab kuçga kirganiga salkam bir yil bölyapti, lekin hali birorta amaldor jonli efirda sud qilingani yöq.
“Paxta-2022”: Hokim, hayfsan, sektor rahbari, xizmat tekşiruvi
Foto: Kun.uz
2022 yilning 9 oyida hokimlarning 1 339 ta qarori sudlar tomonidan noqonuniy deb topilgan. Oliy sud e’lon qilgan bu raqamdan kelib çiqsak, har kuni örtaça beşta hokim qarori sudlarda haqiqiy emas bölib çiqyapti.
Lekin bu hammasi emas. Şunday holatlar borki, ular böyiça statistika ham, jiddiy javobgarlik ham yöq. Ötgan hafta Farğonaning Uçköprik tumanida 16 ta fermer hokimiyatga olib kelinib, öz yerlarini topşirişga majbur qilingan edi. Buning uçun ayrim fermerlar binoga qamab qöyilib, ularga bosim ötkazilgan va oldindan tayyorlab qöyilgan arizalarga imzo qöyişga majburlangan.
Şu hafta bu voqea uçun Uçköprik hokimiga qanday çora körilgani ma’lum böldi: viloyat hokimi Xayrulla Bozorov unga hayfsan bergan. Boşqa sektor rahbarlari – tuman prokurori, içki işlar va soliq boşliqlarining harakatlari böyiça xizmat tekşiruvi tayinlangan.
Fermerlar, sektor rahbarlari va klasterlar örtasida bölayotgan voqealarning boşqa tafsilotlari bilan Kun.uz suriştiruvlari orqali batafsil tanişişingiz mumkin. Ogohlantiriş örnida aytib ötamiz, holat bilan çuqurroq tanişgaç, qonun ustuvorligiga işonçingiz avvalgi darajada saqlanib qolişiga kafolat berolmaymiz.
Tanqid qiliş – davlat xizmatchici uçun “odobdan emas”
Foto: Tengrinews
Fermerlar huquqlari va qonunlar oçiqçasiga toptalayotganiga haqida biz yoritib kelayotgan voqealarga markazdan, ya’ni Toşkentdan biror reaksiya bölayotgani yöq. Hukumat boşqa işlar bilan band. Masalan, davlat fuqarolik xizmatçilari uçun odob-axloq qoidalarining yangilangan majmuasi e’lon qilindi. Ijro hokimiyati tizimida işlaydigan 120 mingga yaqin rahbar va xodimga taalluqli bu qoidalar “Davlat fuqarolik xizmati töğrisida”gi yangi qonunga moslaştirilgan.
Masalan, yangi qoidalarga köra, davlat xizmatçilari işlab çiqilayotgan normativ-huquqiy va boşqa hujjatlarga biron-bir şaxs, guruh yoki idoralar manfaatini közlab yondaşmasligi kerak. Rahbar lavozimida işlaydiganlar mahalliyçilik va taniş-bilişçilikka yöl qöymasligi zarur. Öz xizmati evaziga boşqalardan mukofot yoki sovğa oliş, xizmat maşinasidan şaxsiy maqsadlarda foydalaniş ham mumkin emas.
Qoidalar amaliyotda qançalik işlaşi butkul boşqa masala ekani tuşunarli, biroq belgilangan professional talablarning deyarli hammasini aktual va puxta işlab çiqilgan deyiş mumkin. Faqat ikkita qoida ijtimoiy tarmoqlarda e’tirozlarga sabab böldi.
Gap şundaki, yangi tartibga binoan, davlat işida işlaydiganlar ijtimoiy tarmoqlarda davlat organlari va taşkilotlari hamda mansabdor şaxslari faoliyatini muhokama qilişi mumkin emas. Qolaversa, ular qilinayotgan islohotlarga nisbatan odamlarda “işonçsizlik kayfiyatini yuzaga keltirişi mumkin bölgan” materiallarni internetda joylaştirmasligi kerak.
Oddiyroq qilib aytganda, masalan xalq ta’limi vaziridan maktablardagi ahvol haqida sörasangiz, u rostini aytib javob bersa, ya’ni Moliya vazirligi, deputatlar va hokimlar juda kam pul ajratyapti desa, bu bilan odob-axloq qoidalarini buzgan böladi. Internetda islohotlarga işonçsizlik uyğotadigan gaplar yozmaslik talabiga esa ortiqça izoh ham şart emas: davlat işida işlaysizmi, demak internetda yozadigan har qanday tanqidiy gapingiz uçun Odob komissiyasi oldida hisob berişingizga töğri kelişi mumkin.
Harbiy omborda portlaş
Foto: Mudofaa vazirligi
22 oktyabr, şanba kuni tongga yaqin Sirdaryo viloyatidagi harbiy omborda kuçli portlaş röy berdi. Internetda tarqalgan videolardan portlaş kuçi sezilarli katta bölganini köriş mumkin.
Portlaş soat 04:55 da, Sirdaryo tumanidagi Malik aholi punktida joylaşgan harbiy qismdagi omborda röy bergan. Bu aholi punkti yaqinida joylaşgan tuman markazidagi qator uylar, dökonlar va boşqa ayrim binolarning derazalari sinib ketgan, yengil konstruksiyalarga zarar yetgan. Portlaş ovozi hududga qöşni Toşkent viloyatidagi Çinoz tumanida ham eşitilgani aytilmoqda.
Rasmiylarga köra, hodisa oqibatida qurbonlar yöq. Kamida 16 kişi şikastlangan, heç birining jarohati jiddiy emas. Jabrlanuvçilar orasida harbiylar ham borligi aytilmoqda. Aholi vakillari tibbiy yordamga murojaat qilganlar soni rasmiy raqamlardan köproqligini aytişyapti.
Omborda nimalar saqlangani va aynan nima portlagani hozirça noma’lum. Mudofaa vazirligi xabarida harbiy qismdagi öq-dori zaxirasi barça talablarga javob beradigan şaroitda saqlanayotgani ma’lum qilingan.
Bu hafta yana nimalar röy berdi?
Foto: Prezident matbuot xizmati
Toşkent şahrining 2045 yilgaça bölgan Boş rejasi loyihasi tayyor böldi. 18 oktyabr kuni loyiha prezidentga taqdimot qilindi. Unga köra, katta halqa yöli atrofida “yaşil kamar” yaratiş, Çirçiq va Qorasuv daryolari oraliğida 500 ming aholiga möljallab Yangi Toşkent şahrini quriş reja qilinyapti. Tirbandlik muammosini hal etiş uçun jamoat transporti qulaylaştirilişi va’da qilindi.
Yoş oilalar uçun uy-joy subsidiyasini oliş osonlaştirildi. Hukumat qarorigaköra, yoş oilalar, ya’ni 30 yoşdan oşmagan fuqarolar subsidiya olişda ijtimoiy himoyaga muhtoj şaxslarga tenglaştiriladi. Kimlarga subsidiya berilişini hal qiladigan komissiyalar tarkibi va bu jarayondagi byurokratiya qisqartirildi.
Freedom House xalqaro taşkilotining bu yilgi reytingida ham Özbekiston “interneti erkin bölmagan” davlatlar qatoriga kiritildi. Özbekiston bir yil oldingiga qaraganda bir ballga yomonroq natija qayd etib, reytingning oxiridan 12-örinni egalladi. Hafta davomida, şuningdek, prezident matbuot xizmati bir neça oydan beri taqdimotlardan e’lon qilayotgan suratlarda slaydlarni xiralaştirib kelgani ma’lum böldi. Prezidentning matbuot kotibi Şerzod Asadov bu holga barham berilişini bildirdi.
Şavkat Mirziyoyev Turkmanistonga taşrif buyurib, bu mamlakatning uçinçi prezidenti Serdar Berdimuhamedov bilan muzokaralar ötkazdi. Strategik şeriklikni çuqurlaştiriş haqida deklaratsiya imzolandi. Şavkat Mirziyoyev Turkmaniston Senati raisi Gurbanguli Berdimuhamedov bilan ham uçraşdi, sobiq prezident mehmonga alabay zotli it sovğa qildi.
Markaziy bank raisiga birinçi örinbosar tayinlangani bank sohasida haftaning eng asosiy xabari böldi. Bu lavozimni Asakabank raisi Nodirbek Saydullayev egalladi. Regulyator rahbarining avvalgi birinçi örinbosari Botir Zohidov Şayxontohur tumani hokimi lavozimiga ötkazilgandi.
Axborot texnologiyalaridan foydalanib sodir etilgan firibgarlik uçun javobgarlik keskin kuçaytirildi. Endi bunaqa firibgarlik uçun eng kam jazo – 90 mln söm jarima, eng köpi – 8 yil qamoq. Avvalgi jazolar 30 mln söm jarimadan boşlanib, 5 yilgaça qamoq bilan tugardi.