Ötgan hafta mobaynida xalqaro hayotda muhim voqealar sodir böldi. Ana şu xabarlarning eng muhim va qiziqarlilari haftalik dayjestda.
Tramp va muhojirlar

Tramp “Mamlakatni xorijiy terrorçilar kirib kelişidan himoya qiliş töğrisida”gi farmoni bilan mamlakatga 90 kun davomida Eron, Iroq, Yaman, Liviya, Suriya, Somali va Sudan fuqarolari kirib kelişini taqiqlab qöydi. Hujjat şuningdek, barça qoçqinlarni qabul qilişni 120 kunga töxtatib turiş hamda Suriyadan bölgan qoçqinlarni qabul qilişni noma'lum muddatga qoldirişni ham nazarda tutadi. Mazkur farmonga nisbatan dunyo böylab turli munosabatlar vujudga keldi.
Jumladan, Saudiya Arabistoni qiroli Trampning Suriyadagi xavfsiz hududlar haqidagi ğoyasini qöllab-quvvatladi. Öz navbatida, Avstraliya ham Trampning muhojirlik siyosatini qöllab-quvvatlaşi haqida ma'lum qildi.
Ammo bu farmonga qarşilar ham topildi. Masalan, amerikaliklarning yarmidan köpi Tramp siyosatiga qarşi ekanini ma'lum qilgan bölsa, ular safiga Hollivud yulduzlari ham qöşildi.
Trampning özi bu munosabatlarga befarq qaramadi, albatta. U öz farmoni musulmonlarga taqiq emasligini aytiş bilan birga immigratsiya çeklovlarining bekor qilinişi şartlarini ham ma'lum qildi.
Halabga futbol qaytdi



















