YeOII böyiça munozara davom etadi

Özbekistonning Yevroosiyo iqtisodiy ittifoqiga kirişi böyiça bahs-munozaralar davom etmoqda.

Avvaliga uşbu ittifoqqa kirişga qat'iyan qarşi bölgan «Milliy tiklaniş» partiyasi öz pozitsiyasini özgartirdi. Partiya raisi Alişer Qodirov partiya mamlakatning iqtisodiy va siyosiy manfaatlariga xizmat qiladigan har qanday harakatni qöllab-quvvatlaşini aytdi.

Oliy Majlis Senati qömita raisi örinbosari Odiljon Iminov esa birgina migrantlar omilining özi YeOIIga kirişga ikki qölni kötarib tarafdor bölişga yetarli ekanini aytib ötdi.

Senatorning fikriga köpçilik qöşilmadi. Iqtisodçi olim Şerzod Eraliyev Kun.uz saytida e'lon qilingan maqolasida ittifoqqa kiriş uçun özbekistonlik migrantlar bilan boğliq iddaolar asossizligini isbotlab berdi.

YeOIIga a'zo böliş migrantlar hayotini yengillaştirişi haqida bong urilmoqda. Aslida-çi?

Yana bir iqtisodçi Jamşid Muslimov YeOII haqida faktlarni keltirib, taşkilotga a'zo bölgan mamlakatlar orasida Rossiyadan boşqa a'zo davlatlarning savdo balansi manfiyligini körsatib ötdi.

Rossiyadan boşqa a'zo davlatlarning savdo balansi manfiy — YeOII haqida faktlar sözlaganda

Xalqaro Valuta Jamğarmasining Yaqin Şarq va Markaziy Osiyo departamenti direktori örinbosari Yuxa Kyaxkonen YeOIIga kiriş boşqa mintaqalar bilan savdo yuritişni murakkablaştirişidan ogohlantirdi.