Turkiya va Suriyada vayronkor zilzila

Duşanba kuni tongga yaqin Turkiya va Suriyada röy bergan kuçli zilzila barçamizni larzaga soldi. 7,8 magnitudaga teng bunday kuçli yer silkinişi Turkiya tarixida 1939 yildan keyingi, Suriya tarixida esa 1822 yildan keyingi davrdagi eng vayronkor zilzila böldi.

Tabiiy ofat Anadolu va Arabiston tektonik plitalari töqnaşişi natijasida sodir bölgani, Turkiya Arabiston tomonga 3 metrga siljigani aytilyapti. Xuddi şu plitalar töqnaşuvi bundan avval ham bir neça marta zilzilalarga olib kelgan. Siljişni Qahramonmaraş va Ğoziantep örtasidagi yöllardan olingan tasvirlarda köriş mumkin.

Episentri Ğoziantepdan 34 km masofada bölgan 7,8 balli zilziladan keyin mingdan ortiq afterşoklar qayd etildi. Ulardan 31 tasi 5 ball va undan yuqori magnitudali zilzilalar böldi. Birlamçi silkinişdan 9 soat ötib Qahramonmaraş provinsiyasida röy bergan eng vayronkor afterşokning kuçi noodatiy ravişda katta – 7,7 magnitudaga teng böldi.

Turkiyada umummilliy motam e’lon qilingan. 11 fevral holatiga Turkiya va Suriyadagi jami qurbonlar soni 25 mingdan oşgan, jarohatlanganlar esa 80 mingga yaqin. Bu raqamlar ösişda davom etyapti. Qurbonlar orasida kamida uç nafar Özbekiston fuqarosi borligi ma’lum. Ulardan biri Malatya, yana biri Hatay, uçinçisi Qahramonmaraş şahrida yaşagan. Öndan ortiq özbekistonlik bedarak yöqolganlar röyxatida qolmoqda.

Ofat hududlariga butun dunyodan insonparvarlik yordami jönatilyapti. Özbek xalqi ham musibat kunlarida qardoş turk xalqiga kömak körsatyapti. Toşkentda, viloyatlarda va Turkiyaning özida vatandoşlarning köngilli guruhlari pul, moddiy buyumlar yuboriş va bevosita ofat röy bergan joylarda xizmat körsatiş orqali zilziladan jabrlanganlarga yelkadoş bölyapti. Önlab vatandoşlar hamdardlik belgisi sifatida Turkiyaning Toşkentdagi elçixonasi oldiga gullar qöyib ketişyapti.