Diqqat markazidagi milliarderlar, rad etilgan Leps va qabuldagi özgarişlar - hafta dayjesti
|01:33 / 10.07.202331 66817 min
334 mln yevrolik xaos: ofşordagi kompaniyalar salkam trillion söm zarar töplagan TMZni tark etdi, zavod millionlab yevrolik qarzlari bilan davlatning qölida qoldi. Uruşni qöllayotgan Grigoriy Leps: Markaziy Osiyo unga yöq dedi. Qöşib yozayotgan hokimlar: Ğaniyev ularni insofga çaqirib, yana söz boyligini namoyiş qildi. Ortda qolayotgan hafta mavzulari – Kun.uz dayjestida.
MXXning tarixiy qarorgohi buzib taşlanmoqda
Toşkent şahri va umuman butun Özbekiston uçun katta ramziy ahamiyatga ega obektlardan biri – sobiq Milliy xavfsizlik xizmatining qarorgohi buzilyapti. 1950 yillarda qurilib, önlab yillar davomida Özbekiston SSR Davlat xavfsizlik qömitasi, keyin Milliy xavfsizlik xizmatining markaziy apparati joylaşgan, katta qudrat va qörquvni ifodalagan generallar makoni yaqin kunlar içida tarix qa’riga singib ketadi.
2018 yilda Milliy xavfsizlik xizmati Davlat xavfsizlik xizmatiga aylantirilgaç, boşqa joyga köçirilgan edi. 2021 yil aprelida bino xususiylaştiriş uçun sotuvga qöyildi, ikki oy ötib sotilgani e’lon qilindi. Toşkentning qoq markazidagi 2,2 gektar maydonda joylaşgan obekt uçun 210 mlrd söm taklif qilgan Metropol Group tender ğolibi deb topildi. Bu kompaniyaning yagona egasi – öşa paytda ham, hozir ham sobiq taşqi işlar vaziri Abdulaziz Komilovning öğli Doniyor Komilov hisoblanadi.
E’tiborlisi, bino sotilgani haqida 2021 yil 17 iyunda e’lon qilingan bölsa, xuddi şu kundan e’tiboran bino hukumat qarori bilan madaniy meros obektlari röyxatidan öçirilgan. Endilikda bu yerda 22 qavatli mehmonxona quriladi. Bu borada Metropol Group va Radisson mehmonxonalar tarmoği örtasida kelişuv imzolangan. Haşamatli otel 2026 yilda foydalanişga topşirilişi ma’lum qilingan.
Sobiq MXX binosining buzilişi sabab Doniyor Komilovning ismi OAVda yana bir marta közga taşlangan haftada, u haqda ayrim yangi ma’lumotlar ham
. Forbes naşrining yozişiça, 51 yoşli millioner Rossiyadagi eng yirik sanoat korxonalaridan biri bölmiş Ural kon-metallurgiya kompaniyasining ham egasiga aylangan. Kompaniya 2022 yil böyiça e’lon qilgan hisobotida uni benefitsiar mulkdor sifatida körsatgan. Bungaça Doniyor Komilovning Moskvada qimmatli qoğozlar, moliyaviy xizmatlar, köçmas mulk va uskunalar savdosi bilan şuğullanuvçi bir neçta kompaniyalari borligi ma’lum edi. Şuningdek, uning Özbekistonda oçgan kompaniyalaridan biri şu yil boşida Qöqon biokimyo zavodini 277 mlrd sömga
Bankrotlik xavfi bilan yuzlaşgan Toşkent metallurgiya zavodi
Hafta davomida Rossiyadagi asli özbekistonlik yana bir millioner Alişer Usmonov ham jamoatçilik diqqat markaziga tuşdi. Ma’lum bölişiça, Toşkent metallurgiya zavodi katta zararga kirib ketişi ortidan Usmonovga aloqador kompaniyalar loyihadan çiqib ketgan, moliyaviy tang ahvoldagi zavod millionlab yevrolik qarzlari bilan davlatning ixtiyorida qolgan.
Toşkent metallurgiya zavodi 2020 yilda işga tuşgan edi. Loyihaning umumiy qiymati avvaliga 278 mln yevroga baholanib, keyin 334 mln yevrogaça oşirilgan. Bu mablağning yarmini Özbekiston tomoni kiritgan bölsa, qolgan yarmini qoplaş uçun Rossiya bankidan kredit olingan. 2022 yil holatiga, Özbekiston Tiklaniş va taraqqiyot jamğarmasining uluşi 49,9 foiz, Alişer Usmonovga taalluqli ofşordagi ikkita kompaniyaning uluşi esa 50,1 foiz bölgan.
Özbekiston Oliy sudining Lex.uz saytida e’lon qilingan qaroridan ma’lum bölişiça, Tiklaniş va taraqqiyot jamğarmasi zavodning qolgan ikkita ta’sisçisini kompaniyadan çetlaştirişni sörab murojaat qilgan. Da’voga köra, Toşkent metallurgiya zavodi oxirgi yillarda jami (!) 917 mlrd sömga yaqin zarar körgan. Jamğarma ahvolni önglaş uçun muddati ötib ketgan kreditlarni qaytariş muddatlarini uzaytiriş, Rossiyadan yana salkam 17 mln dollar yangi kredit oliş va boşqa çoralarni amalga oşirmoqçi bölgan, lekin bu paytda kompaniyaning qolgan ikkita ta’sisçisi loyihada şunçaki iştirok etmay qöygan. Natijada, muhim qarorlarni qabul qiliş uçun ta’sisçilar kvorumiga ega bölmagan kompaniya bankrotlik xavfi ostida qolgan. Sud jamğarmaning da’vosini qanoatlantirib, Kiprda röyxatdan ötgan ikkita firmani MÇJ iştirokçilari tarkibidan çiqargan.
Davlatning milliardlab söm mablaği yönaltirilgan bunday yirik loyihada bunaqangi darajadagi korporativ xaos yuzaga kelganiga aql bovar qilmaydi. Çunki gap qandaydir kiçik sex haqida emas, 334 million yevrolik mega-loyiha haqida ketyapti. Şu örinda eslatib ötamiz, loyihani amalga oşirişda nafaqat Alişer Usmonovga borib taqaladigan kompaniyalar, balki millioner Qobil Şodiyevga tegişli ekani aytiladigan SFI guruhi ham iştirok etgan. Bu guruh zavod qurilişining barça bosqiçlarini nazorat qilgan, ma’lum muddat ta’sisçilar qatorida ham bölgan.
Toşkent metallurgiya zavodi holat yuzasidan bergan bayonotida zavodning qarzlari yuridik jihatdan davlatning zimmasida emasligiga urğu berdi. Bayonotda aytilişiça, kompaniya 2026 yildan daromadga kirişni rejalaştirmoqda. 900 mlrd sömlik zarar qayerdan kelganiga esa aniqlik kiritilmadi.
Davlat iştirokidagi korxonalar mavzusini Jizzax akkumulyator zavodi bilan boğliq noxuş xabar bilan yakunlaymiz. Zavod özi işlab çiqargan mahsulotlarni Rossiyaga “KUCH” brendi ostida eksport qilgani juda qimmatga tuşmoqda. Rossiyada bu savdo belgisini Artem Paliyçuk ismli qrimlik tadbirkor röyxatdan ötkazgan. U Jizzax akkumulyator zavodini öziga tegişli brenddan noqonuniy foydalanişda ayblab sudga bergan va birinçi instansiya sudida yutib çiqqan edi. Ma’lum bölişiça, apellyatsiya sudi birinçi sud qarorini özgarişsiz qoldirgan.
Qarorga köra, Özbekiston kompaniyasi rossiyalik tadbirkor foydasiga 257,3 mln rubl tölaşi kerak. Bu taqriban 2,8 mln dollarga teng. Taqqoslaş uçun, Jizzax akkumulyator zavodining 2022 yildagi sof foydasi 8 mlrd söm bölgan. Bu – Rossiyadagi sud belgilagan tovon pulidan 4 barobarga kam. Boşqaça aytganda, agar sud qarori öz kuçida qolsa, zavod belgilangan tovonni tölaşi uçun 4 yillik sof foydasidan voz keçişi kerak böladi.
Qöşib yoziş: Ğaniyev hokimlarni insofga çaqirdi
Internetda audiosi tarqalişi bilan ma’lum va maşhur bölgan Şuhrat Ğaniyevning bu safar videosi tarqaldi. Prezident maslahatçisi örinbosari özi ötkazgan videoselektorda hokimlarni buğdoydan böşagan yerlarga takroriy ekin ekiş böyiça yolğon hisobot berganlikda ayblaydi.
“Katta xolangning çorvoğimi bu, Muxtor? Bu nima qilganing? 6200 gektar bosvoribsan. Gapir, Muxtor. Hozir borib ölçaymi?” – deya Qaşqadaryoning Nişon tumani hokimi Muxtor Hayitmurodovga yuzlangan Şuhrat Ğaniyev.
“Sen jipiriq, raqamlarni körmaysanmi? Demak, takroriy ekin böyiça işlamayapsan ekan-da, jipiriq?”, “Vijdonsiz… Nomard, şunçalik ham aldaysanmi?”, “Jinni bu. Jinni bölsang, sal bir qonuniyroq, fahm-farosati işlaydigan jinni böl”, kabi sözlar bilan boşqa hokimlarga daşnom bergan u.
Şuhrat Ğaniyev faqat özi boşqarayotgan qişloq xöjaligi sohasida hokimlar qöşib yozişni haddan taşqari köpaytirib yuborganidan noliyapti, lekin mahalliy hokimliklar faqat ekinlarnigina qöşib yozayotgani yöq. Sovetlardan qolgan urf-odat boşqa köp sohalarda ham davom etyapti. Masalan, bu hafta daraxt ekiş böyiça qöşib yozişlar haqidagi rasmiy ma’lumotlar e’lon qilindi.
Ekologiya vaziri Aziz Abduhakimovning parlamentdagi çiqişida aytişiça, “Yaşil makon” loyihasi doirasida Özbekiston böylab 2 milliondan ortiq köçat ekildi deb hisobotga qöşib yozilgan. 7,3 mln tup köçat suğoriş tizimi yöq joylarga ekilgan. 1,8 mln tup köçatni parvarişlaş uçun heç qanaqa mas’ul belgilanmagan.
Bundan taşqari, daraxt va butalarni ekişda ularning tuproq-iqlim şaroitlariga mos keliş-kelmasligiga e’tibor berilmayotgani tan olindi. Vazirning sözlariga köra, juda köp holatlarda janubiy hududlarda ösuvçi butalar şimoliy hududlarga, şimoliy hududlarda ösuvçi daraxtlar esa janubiy hududlarga ekilgan. Tegişli talablarni bajarmagan 753 nafar huquqbuzarga nisbatan jami 1 milliard 156 million söm ma’muriy jarimalar qöllangan.
Aziz Abduhakimov tizimni epaqaga keltiriş uçun qilinadigan işlar haqida ham gapirdi. Uning aytişiça, bundan buyon “Yaşil makon” loyihasi doirasida daraxtlarni pudratçi taşkilotlar ekadigan böladi. Daraxt ekuvçi kompaniyalar, xuddi quriliş kompaniyalariga öxşab, konkurs orqali tanlab olinadi va ularga ekkan daraxtlarini 3 yil davomida parvarişlaş majburiyati yuklatiladi. Qayerda, qanaqa köçat ekişni esa “Yaşilloyiha” loyihalaş instituti belgilab beradi.
OTMga qabuldagi özgarişlar
Oliygohlarga qabul boşlanganidan 2 hafta ötib, kontrakt asosidagi va tillar kesimidagi qabul kvotalari nihoyat tasdiqlandi. Unga köra, bu yil davlat OTMlarining bakalavriatiga jami 190 mingdan ortiq talaba qabul qilinadi. Ulardan 20 foizga yaqini davlat granti asosida öqiydi. Bundan taşqari, qoraqalpoğistonlik yoşlar uçun grant asosida qöşimça 3 mingta örin ajratilyapti.
Hafta qabul borasida kvotalardan boşqa yangiliklarga ham boy böldi. Abituriyentning bilimiga baho berişda maktabdagi baholarini ham inobatga oliş bu yildan boşlanmaydigan böldi, buni joriy etiş 2 yilga keçiktirildi. Bu yil, şuningdek, litseylarga qabulda yozma imtihon bekor qilindi. Ya’ni litseyga kiradiganlar 2 yil avval bölgani kabi faqat test topşiradi. Bundan taşqari, pedagogik yönalişlarning ayrimlarida sirtqi ta’limga qabul töxtatildi, ayrimlarida esa 5 yillik staj söraladigan böldi.
Bundan ham jiddiyroq özgarişlar esa keyingi yilgi qabulda röy beradi. Duşanba kuni imzolangan prezident qaroriga asosan, keyingi yildan boşlab abituriyentlar avval test topşirib, keyin töplagan balliga qarab yönaliş tanlaydigan böladi. Abituriyentlar özlari tanlagan 3 ta asosiy va 2 ta qöşimça fan böyiça test topşiradi.
Şavkat Mirziyoyev ham saylovoldi kampaniyasining oxirgi haftasida qabul böyiça qator yangiliklarni e’lon qildi. Unga köra, kelasi yildan boşlab pedagogika yönalişlariga talabalar töliq davlat granti asosida qabul qilinadi. Pedagogika yönalişidagi magistratura ta’limi ham töliq davlat grantiga ötkazilib, kvotalar 2 barobarga oşiriladi. Oliygohlarning professor-öqituvçilari öquv yuklamasi 25 foizga qisqartiriladi, lekin iş haqi kamaytirilmaydi.
Markaziy Osiyo Grigoriy Lepsga yöq dedi
Rossiyalik xonanda Grigoriy Leps Toşkentda konsert berolmaydigan böldi. Uning 23 oktyabr kuni “Xalqlar döstligi” saroyida ötişi belgilangan konserti bekor qilindi. Madaniyat vazirligi konsert dasturi “ayrim texnik sabablarga köra qoldirilgani”ni ma’lum qilgan bölsa ham, sabablar texnik emas, ijtimoiy xarakterga egaligi şubhasiz. Konsertning bekor qilinişi özbekistonliklar unga qarşi ijtimoiy tarmoqlarda ommaviy boykot aksiyasini uyuştirgani bilan boğliq.
Grigoriy Leps – Rossiyaning Ukrainaga qarşi uruşini eng faol qöllab-quvvatlayotgan Z-artistlardan. U hatto Ukraina tanklarini yöq qilgan har bir rus askariga 1 mln rubldan mukofot ham e’lon qilgan. Duşanba kuni birinçi mukofot pulini Ukrainada Leopard tankini yöq qilgan jangçiga bergani ma’lum qildi. Bu degani, uning konsertiga pul tölab tuşiş bilvosita bölsa-da Rossiyaning Ukrainaga bosqinini moliyaviy qöllab-quvvatlaşni anglatadi.
Özbekistonliklarning konsertga boykotiga eng katta sabab ham şu edi. Lekin ma’lum bölişiça, hukumatdagi, aniqroği Madaniyat vazirligidagi hamma mansabdorlar ham qonxörlikni tarğib qiliş bilan ezgu san’at etikasini farqlay olmaydi. Vazir örinbosari Bahodir Ahmedov Grigoriy Lepsning uruşga homiylik qilayotgani faktini inkor qilib, buni “fisq-u fasod gap” deyişi bilan, ijtimoiy tarmoqlarda tanqid va kulgiga qoldi.
“Bir narsani oçiq aytiş kerak, bunaqa ğiybat, fisq-u fasod gaplardan yiroq bölişimiz kerak. Biz, Xudoga şukr, tinç joyda yaşayapmiz. Mana, san’atga bölgan e’tibor. Nima keragi bor, konsertga tuşarkan, uni pulini uruşga işlatarkan, degan gaplarning? Uruşning kuni şu konsertning kuniga qolibdimi? Qöysin, tinçlik bilan qöysin, tinçlik bilan yursin. Qaçongaça ğiybat, fisq-u fasod gaplar? Ha desa, ruxsat beradigan bölsa, uruşga taqaydi. Taqaş kerak emas. Faqat yaxşi, oliy niyatlar bilan harakat qiliş kerak. Hamma narsani yomon tarafini öylaş kerak emas. Yaxşi tarafini öylaş kerak. Şu san’atkor şu yerga öz san’atini namoyiş qiliş uçun kelibdi, degan köz bilan qaraş kerak”, – dedi Bahodir Ahmedov Kun.uz muxbiri savoliga javoban.
Vazir örinbosarining bu gaplariga Ukrainaning Toşkentdagi elçixonasi ham munosabat bildirdi. Rasmiy bayonotda uruşni qöllab-quvvatlovçi rossiyaliklar san’atkorlarning Özbekistonda çiqişlar qilişi Özbekistonning xalqaro obrösiga putur yetkazişi, konsertlardan tuşgan pullar uruş, terrorizm va Ukraina xalqining genotsidini moliyalaştiriş uçun işlatilişi mumkinligi aytilgan.
Ukrain diplomatlari bu masalada Özbekistonning vakolatli organlariga tegişli murojaat yuborilganini ta’kidlab, Z-artistlarning konsertlariga qarşi çiqayotgan özbek jamoatçiligiga minnatdorçilik bildirdi.
Ma’lumot uçun, Grigoriy Lepsning iyul-avgust oylariga Qozoğiston va Qirğizistonda belgilangan konsertlari ham bizga qöşni xalqlar noroziligi sabab bekor qilindi. Avvalroq özbekistonlik va qozoğiston faollar Z-artistlarning “Jara” nomli festivali ham ötkazilmasligiga erişgan edi.
Bu hafta yana nimalar röy berdi?
Toşkentda yangi xonadon uçun tölov qilgan odamlar yana çuv tuşdi. Aziya Invest Favorit nomli kompaniya Yaşnobod tumani Izzat köçasida köp qavatli uylar quriş va’dasi bilan mingdan ortiq odamga jami 300 mlrd sömdan ortiq zarar yetkazgani aytilyapti. Jabrlanuvçilar soni şunçalik köpligidan, holat yuzasidan hukumat komissiyasi ham tuzildi. Bunga öxşaş holatlar köp uçrayotgani sabab, uluş qöşiş asosida qurilayotgan uy-joylarda investorlar manfaatlari himoyasini kuçaytiriş böyiça normativ-huquqiy hujjat işlab çiqiladigan böldi.
UzAuto Motors Asakadagi zavodida işlab çiqarişni vaqtinça töxtatdi. Bu vaqtda ötkaziladigan modernizatsiya işlari Cobalt işlab çiqariş hajmini oşiriş imkonini berişi aytildi. Bu paytda asosiy modellarga şartnoma beriş yopilganining sakkizinçi oyi davom etyapti. Ayni paytda, rus matbuotida paydo bölgan xabarlarga köra, Rossiya bozorida 2023 yilda işlab çiqarilgan Damas avtomobillari paydo bölgan. Ular sanksiyalar şaroitida Rossiyaga parallel import orqali kirib kelayotgan bölişi mumkin.
Özbekistonda AQŞ dollarining kursi 11 600 sömlik psixologik nuqtadan ötdi. Dollar kursi ötgan yili mart oyida kuzatilgan tarixiy maksimumga yaqinlaşmoqda. Ayni paytda, milliy valuta barqarorligini saqlaş vositalaridan biri bölgan oltin-valuta zaxiralari hajmi ketma-ket uçinçi oy qisqardi. Markaziy bank ma’lumotlariga köra, Özbekistonning zaxira aktivlari qiymati oxirgi 3 oyda 1,7 mlrd dollarga kamayib, 33,7 mlrd dollarni taşkil qilgan.
Avtomobil yuviş şoxobçasida işlovçi işçilar mijozlarning maşinalarini haydab, “avariya”lar sodir qilyapti. Samarqandda avtoyuviş şoxobçasi işçisi mijozning Hyundai avtomobilini paçaq qildi. Toşkentda esa huquqbuzar yuvişga berilgan Gentra'ni haydab, YPX xodimlaridan qoçdi va boşqa bir Gentra'ga borib urildi. Bu voqeada xodimlar uni töxtatiş uçun quroldan öq uzgan. Yana bir holat Ohangaronda röy bergan bölib, u yerda “moyka” işçisi mijozning Tracker'ini ağdarib yuborib, keyinroq özi qoçib ketgan. Huquqbuzar bir oydan beri topilmayotgani aytilmoqda.
Urganç şahrining sobiq hokimi 3 yilga qamaldi. 2018-2020 yillarda Xorazm viloyati markazini boşqargan Şuhrat Abdullayev yer ajratiş tartibini buziş va mansab soxtakorligi jinoyatlarida aybdor deb topildi. Bu hukm jamoatçilik bilan biroz kutilmagan böldi, çunki sobiq hokim hibsga olingani haqida xabar berilmagandi.
Humo va Uzcard bankomatlari integratsiyasi deyarli yakunlandi. 3 iyul holatiga Özbekistonda mavjud 12 mingdan ortiq bankomatdan 92 foizi ham Humo, ham Uzcard kartalariga xizmat körsata boşlagan. Endi yil oxirigaça tölov terminallarini integratsiya qiliş işlari tugatilişi kerak.
Bugun – Özbekiston prezidentligiga umumxalq saylovi kuni. Parlament saylovlari va referendumni ham qöşganda, oxirgi 10 yil içida özbekistonliklar 7-marta ovoz berişga çiqmoqda. Birlamçi natijalar ertaga, 10 iyul kuni e’lon qilinadi.
Central Asia International Hardware Expo - Markaziy Osiyo quriliş asboblari, uskunalari va mahkamlaş buyumlari bozoriga töğridan-töğri çiqiş imkoniyati
Özbekiston volframi xalqaro eʼtirofga sazovor böldi
Puçon va KT&G Yaşil taşabbusni boşlamoqda
Laboratoriya sokinligining ham harorati bor: Özbekiston uçun Smolensk uskunalari
Uztelecom tarmoği modernizatsiyasi: yölning 90 foizi ortda qoldi. Oldinda yana qanday işlar bor?
Pauzasiz endoskopiya: muolaja xonasi eşigi ortida nimalar sodir böladi?
Yiliga 25 mingdan ortiq yangi uskuna: Özbekistonda $50 mln investitsiya hisobidan “NURA Electric” elektrotexnika majmuasi işga tuşirildi
Central Asia International Hardware Expo - Markaziy Osiyo quriliş asboblari, uskunalari va mahkamlaş buyumlari bozoriga töğridan-töğri çiqiş imkoniyati
Özbekiston volframi xalqaro eʼtirofga sazovor böldi
Puçon va KT&G Yaşil taşabbusni boşlamoqda
Laboratoriya sokinligining ham harorati bor: Özbekiston uçun Smolensk uskunalari
Uztelecom tarmoği modernizatsiyasi: yölning 90 foizi ortda qoldi. Oldinda yana qanday işlar bor?
Pauzasiz endoskopiya: muolaja xonasi eşigi ortida nimalar sodir böladi?
Yiliga 25 mingdan ortiq yangi uskuna: Özbekistonda $50 mln investitsiya hisobidan “NURA Electric” elektrotexnika majmuasi işga tuşirildi