Jilovi tortilgan “töralar”, Toşkentda tezlik çeklovi, haj va umra xuşxabari - hafta dayjesti
|13:30 / 02.10.202240 17215 min
Oqlov, hayfsan, “qattiq” hayfsan, oyligidan bosib qoliş va işdan oliş – barçasi bir haftada: mansabdorlarga kelganda real qonuniy jazo eng oxirgi çorami? Yakunlanayotgan haftaning asosiy voqea-hodisalari – Kun.uz dayjestida.
Haftaligimizni xuşxabar bilan boşlaymiz. Saudiya Arabistoni Özbekiston fuqarolari uçun haj va umra kvotalari 2 barobarga oşiradigan böldi. Podşohlikning haj va umra işlari vaziri Tavfiq bin Favzon ar-Robiyaning Toşkentga taşrifi davomida şunday kelişuvga erişildi.
Kelişuvga köra, endilikda hajga boradigan özbekistonliklar soni yiliga 12 mingdan 24 mingga köpayadi. Umra ziyoratiga esa yiliga 100 ming nafargaça özbekistonlik borişi mumkin böladi. Taqqoslaş uçun, bu yil Özbekistondan umra qiluvçilar soni ilk marta 40 mingdan oşgan.
Saudiya Arabistoni delegatsiyasi prezident Şavkat Mirziyoyev qabulida / Foto: Prezident matbuot xizmati
Bu yangilik uzoq yillardan beri hajga navbati kelişini kutayotganlar uçun ayniqsa quvonçli böldi. Buni avgust oyida Şavkat Mirziyoyevning Saudiya Arabistoniga amalga oşirgan davlat taşrifining natijasi deyiş mumkin.
Taşrif davomida Saudiya fuqarolarining Özbekistonga kirişi uçun vizasiz rejim örnatilişi e’lon qilingan edi. Şu hafta Toşkentda ötgan muzokaralarda ham Arabistondan Özbekistonga sayyohlar oqimini köpaytirişga katta urğu berildi. Eslatib ötamiz, 15 sentabrdan boşlab FlyNas aviakompaniyasi Toşkent va Jidda örtasida haftasiga 2 ta aviareysni yölga qöygan. Umuman, ikki mamlakat örtasidagi aviaqatnovlar sonini haftasiga 14 taga yetkaziş möljal qilinyapti.
Şu bilan birga, Özbekiston fuqarolarining Saudiyaga borişini erkinlaştiriş masalasi hozirça oçiq qolyapti. Amaldagi tartibga köra, özbekistonliklar podşohlikka boriş uçun mustaqil ravişda vizaga ariza bera olmaydi, buning uçun sayyohlik firmasiga murojaat qiliş kerak. Haj va umra işlari vazirining Kun.uz savoliga javoban aytişiça, bevosita elektron viza oluvçilar röyxatiga Özbekiston fuqarolarini ham qöşiş masalasi körib çiqilyapti.
Çapdan öngga: Özbekiston prezidentining maslahatçisi Muzaffar Komilov, Saudiya haj va umra vaziri Tavfiq bin Favzon ar-Robiya, Özbekiston musulmonlari idorasi raisi Nuriddin Xoliqnazarov / Foto: Kun.uz
Mavzuga oid
Ma’lumot uçun, bu yilgi Haj ziyorati narxi salkam 63 million söm bölgan edi. Şu örinda hajga boriş uçun navbatning şaffof emasligini eslatib ötiş kerak, buni hal qiliş uçun navbatga yozilişni davlat xizmatlari markazlariga ötkaziş masalasi keçikyapti.
Umra haqida gapiradigan bölsak, bu yerda navbatlar ham, yagona narx ham yöq, çunki bu yildan boşlab umra ziyoratini taşkil etişda davlat monopoliyasi amalda bekor qilindi. Hozir turistik firmalar taxminan 14-15 mln sömdan boşlab umra safarini taklif qilyapti. Mehmonxonaning joylaşuvi, şaroitlari, aviareysning qulayligi va boşqa qöşimça xizmatlarga qarab narxlar kötarilib boraveradi.
Toşkentda tezlik çeklovi pasaytirilişi kutilmoqda
Toşkentda Kiçik halqa avtomobil yölining ayrim qismlarida tezlikni 50 km/soatgaça, halqa yöl içidagi barça köçalarda esa 60 km/soatgaça çeklaş taklif etilyapti. / Foto: Kun.uz
Toşkentda avtomobillar uçun ruxsat etilgan tezlik haftaning eng muhokamali mavzularidan biri böldi. Şaharda tezlik çeklovi nihoyat pasaytirilişi kutilyapti. Şahar deputatlarining bir qismi jamoatçilik bosimi ortidan şunday qarorga kelişga majbur böldi.
Gap şundaki, ötgan hafta Toşkentning ayrim köçalarida ruxsat etilgan tezlikni 70 km/soatdan 60 km/soatga tuşiriş haqida yöl harakati xavfsizligi boşqarmasi kiritgan taklif Toşkent şahar kengaşida tanqidlarga sabab bölgandi. Bu taklifni qoralagan deputatlarning özi faollarning tanqidiga duçor bölgaç, vaziyat özgardi.
Bunda jamoatçilik faollari deputatlarga prezidentning sözlarini eslatgani ham rol öynagan bölişi mumkin. Şu yil boşida Şavkat Mirziyoyev tez orada Toşkentda tezlik köpi bilan 60 km/soatgaça belgilanişini aytgan edi.
Payşanba kuni şahar kengaşining doimiy komissiyasi yiğilişida bu masala qayta körib çiqildi va kutilganidan ham kengroq miqyosdagi qaror qabul qilindi. Unga köra, Toşkentda Kiçik halqa yöli içida joylaşgan BARÇA KÖÇALARDA harakat tezligi soatiga 60 kilometrgaça çeklanişi mumkin. Bundan taşqari, şahardagi eng asosiy köçalarning ayrim qismlarida tezlik 50 km/soat deb belgilanişi taklif etilyapti. Bu taklif şahar kengaşining navbatdagi sessiyasida körib çiqiladi.
Haydovçilarning katta qismi tezlik pasaytirilişiga qarşi. Lekin şaharda yöl-transport hodisalari oqibatidagi ölimlar va jarohatlar soni haddan taşqari köpligi, ularning katta qismi tezlik bilan boğliqligini inkor qilib bölmaydi. Manzilga atigi bir neça daqiqa ertaroq boriş esa inson hayoti, ayniqsa bolalarni xavf ostiga qöyişga arzimaydi.
Şuni unutmaslik kerakki, dunyoning eng maşhur şaharlarida ham 40-50 km/soat tezlik – mutlaqo norma. Tezlik çeklovini birozgina pasaytiriş ölimlar va jarohatlar sonini bir neça barobarga kamaytirişi ilmiy tadqiqotlarda allaqaçon isbotlangan. Bundan taşqari, tezlikning pasayişi yöllarning avtomobillarga töyinganlik darajasini oşiradi, bu degani yölning eni va uzunligi özgarmay qolsa ham, bu yölda bir vaqtning özida harakatlana oladigan avtomobillar soni oşadi. Ya’ni şu orqali yölni kengaytirmay turib ham uning siğimi va ötkazuvçanligini oşiriş mumkin.
Pastroq tezlikda tormoz masofasi ham qisqaradi, bu esa YTHlar kamayişiga olib keladi, bu öz navbatida sun’iy tirbandliklarning oldini oladi. Deyarli hamma avtomobillar 50 km/soatda yursa, tabiiy ravişda qoidabuzarlarning ham tezlikni oşiriş imkoniyati çeklanib qoladi.
Albatta, yöllarimizni xavfsizroq va tartibliroq qiliş uçun infratuzilma, jamoat transporti va jazo muqarrarligi bilan boğliq boşqa köplab çoralar ham kerak. Lekin ular orasida eng tez va eng oson qilsa böladigani – aynan tezlikni pasaytiriş.
Umuman olganda esa, haqiqat şuki, Özbekiston şaharlarida ertami-keçmi tezlik baribir pasaytiriladi. Şunday ekan, bu qança ertaroq qilinsa, şunça köproq insonlar hayoti saqlab qolinadi. Oldimizda turgan tanlov esa oddiy: bizga serşovqin, asabiy va avariyalarga töla şahar kerakmi yoki xotirjam, xavotirlarsiz, osuda hayotmi?
Yana avtohalokatlar mavzusi. Juma kuniga ötar keçasi Toşkentning Yunusobod tumanidagi Mega Planet savdo markazi oldida BMW katta tezlikda avtohalokatga uçradi. Rulda sobiq “Ummon” guruhining solisti Zohid Risqiyev bölgan. U hozir komada.
Xonanda bilan birga maşinada bölganlardan biri voqea joyida vafot etgan. Yana ikki yölovçi esa şifoxonaga yotqizilgan. Ulardan birining örta oğir holatda, ikkinçisiga esa ahvoli qoniqarli ekani sabab uyiga javob berilgan.
Avariya paytida avtomobil tezligi ança katta bölganini BMW'ning holati va joylaşgan joyi körsatib turibdi. Maşina qarama-qarşi yölakka çiqib ketib, dumalab ketgan. Agar qarama-qarşi yönalişda maşina yoki trotuarda yölovçilar bölganida qurbonlar soni köproq bölişi mumkin edi.
Holat yuzasidan jinoyat işi qözğatilgan. Iş 7 yilgaça qamoq jazosi bilan yakunlanişi mumkin.
Sardor Umrzoqov / Arxiv foto: Investitsiyalar va taşqi savdo vazirligi
“Ba’zilar özlarini göyo xonlardek tutib, töraçilik kayfiyatiga berilib ketgan”. Prezident administratsiyasi rahbari Sardor Umrzoqov 27 sentabr kungi yiğilişda özidan ketgan davlat amaldorlarini ana şunday ta’rifladi. Tiyiqsiz hokimlarga nisbatan ançadan beri aholi bong urib kelayotgan şikoyat rasman yuqori doiralarda ham tan olindi: Umrzoqov hokimlar “butun davlat tizimi va prezident jamoasini uyatga qöyayotgani”ni aytdi.
Yiğilişda 6 ta amaldor işdan olinib, Surxondaryo viloyati hokimi Töra Bobolovga intizomiy jazo berildi. Ma’lum bölişiça, internetda tarqalgan şarmandali audiolardagi ovoz haqiqatan ham Bobolovniki ekani ekspertizada tasdiqlangan. Unga iş haqining 40 foizi miqdorida jarima intizomiy jazosi tayinlandi.
Jamoatçilik Bobolovning qilmişi şu bilan yopilmasligidan umid qilyapti, ayrim manbalar esa haqiqiy jazo oldinda ekaniga şama qilyapti. Nima bölganda ham viloyat hokimi darajasidagi odam korrupsioner tanişini himoya qilib prokurorni söksa, bu bilan töğridan töğri tergovga aralaşsa, majburiy obunani tiqiştirib mansab vakolatidan çetga çiqsa-yu, oxir-oqibat şunça qilmişi uçun arzimagan jarimaga tortilsa, bu Umrzoqov aytgan davlat tizimiga yangi savollarni uyğotişi aniq.
Selektorga qaytsak. Işdan olingan beşta tuman hokimidan uçtasi – Andijondan. Andijon tumani hokimi Abdujabbor Egamberdiyev fuqarolarni poygakda qabul qilgani uçun işdan haydaldi. Asaka tumani hokimi Mansurbek Alixonov yer ajratişdagi qonunbuzarliklar, Paxtaobod hokimi Elyorbek Usmonov esa imtiyozli kredit ajratişdagi kamçiliklar sabab lavozimdan olindi.
Işdan ketganlardan yana biri – Farğona tumani hokimi Şuhratjon Möminov; u jiddiy qonunbuzilişlarga yöl qöygani, yer ajratişga oid holatlardan biri böyiça jinoyat işi oçilgani aytildi. Samarqand viloyati Nurobod tumani hokimi Şerali Yöldoşev esa hokimlik xodimini kaltaklagani uçun işdan olindi.
Yiğilişdagi yana bir iste’fo sabab köpçilik “Özbekçorvanasl” degan agentlik borligidan xabar topdi. Uning direktori Baxtiyor Otamurodov Namanganga xizmat safariga borganida mehmonxonada janjal kötargan. Buning uçun u işdan olindi. Lekin aytganimizdek, köpçilik uçun asosiy yangilik bu emas. Özbekistonda şunaqa agentlik borligi, uning rahbari soliq tölovçilar hisobidan mehmonxonada tunaşi, soliq tölovçilar hisobidan samolyotda uçişi, soliq tölovçilar hisobidan xizmat maşinasida yurişi – aslida şular köpçilik uçun asosiy yangilik.
Dehqonning ustiga minib olganlar. Ular qatoriga endi klasterlar ham qöşildi
Foto: Kun.uz
Sardor Umrzoqov selektorda boş vazir örinbosari Şuhrat Ğaniyev va qişloq xöjaligi vaziri Aziz Voitovga klasterlar faoliyatini tekşiriş haqida topşiriq berdi. Prezident administratsiyasining tasdiqlaşiça, klasterlarga past narxda paxta sotişni xohlamagan fermerlarga tuman sektor rahbarlari tomonidan bosim ötkazilyapti.
Kun.uz ikkinçi haftadirki bu mavzuni kötarib kelyapti. Biz fermerlar yetiştirgan paxta klasterlarga tortib olib berilayotgani böyiça hozirça uçta viloyatdagi holat haqida xabar berdik. Ulardan birida, Andijonning Böston tumanida paxtani olib qöyiş uçun hatto “maska-şou” uyuştirilgan.
Açinarlisi şundaki, 2016 yildan keyingi davrda ham huquqlari eng köp oçiqçasiga, namoyişkorona toptaladigan tadbirkorlar aynan fermerlar bölib qolyapti. Öz huquqlarini tanib, klaster bilan şartnoma tuzmay, qonunda yozilganidek kooperativlarga birlaşayotgan fermerlarni heç kim himoya qilolmayapti. Özbekiston qonunlari emas, “örmon qonunlari” hukmron tumanlarda hokimlar, prokurorlar va melisalarning bosimi bilan ojiz fermerlar monopolist klasterlarga “yem qilinyapti”.
Bunga qarşi kuraşiş kimsan Şuhrat Ğaniyevga – qonun va prezident farmonidan ustun qöyilayotgan hukumat protokolining muallifiga topşirilayotganidan kelib çiqsak, topşiriq ijrosiga katta umid boğlaş biroz qiyin körinadi.
Içki işlar xodimlari fuqaroni döpposlasa, sudya uni oqlab bersa... Farğonada nimalar bölyapti?
Internetda tarqalgan videodan kadr
Özbekistonda fuqarolarning içki işlar binosida döpposlanişi, hatto öldirilişi ham afsuski yangilik emas. Şunday holatlarning navbatdagisi Farğona şahar içki işlari bölimida röy bergan. Jinoyat-qidiruv bölimining katta tezkor xodimi va profilaktika inspektori fuqaroni böğib, kaltaklagan.
Kaltaklaş videosi internetda tarqalganidan keyin rasmiylar bergan ma’lumotga köra, voqea ötgan yilning yozida röy bergan. Avvaliga Yozyovon sudi ularni aybdor deb topib, iş haqining 30 foizini davlat foydasiga uşlab qolgan holda 2 yil axloq tuzatiş işlari jazosini tayinlagan. Lekin Farğona viloyati sudi apellyatsiya instansiyasi birinçi hukmni bekor qilib, ikkala xodimni ham aybsiz deb e’lon qilgan.
Juda va juda ğalati keys. Videoni körib, içki işlar tizimidagi zöravonlikni qoralab tursang-u, ularning qilmişi oldida sudyalarning qarorlari çikora bölib çiqsa, qaysi biriga kuyasan?
Oliy sud oqlov hukmini çiqargan sudyaning ism-familiyasini oşkor qilmadi. Farğona viloyati sudida işlaydigan bu sudyaning fikridan kelib çiqilsa, içki işlar xodimlari öz xizmat xonalarida fuqarolarni xohlaganiça urib döpposlaşi mumkin. Endi oddiy savol. IIBda kaltaklangan fuqaro şu sudyaning yaqin odami yoki qaysidir kattakonning qarindoşi bölganida, hukm qanaqa bölardi?
Hartugul, Farğona viloyati prokurori öz viloyatida bölayotgan bu bedodlikdan uyalgan şekilli, viloyat sudyasining oqlov hukmi ustidan Oliy sudga şikoyat qilgan. Iş endilikda Oliy sudda kassatsiya tartibida körib çiqiladi.
Içki işlar vazirligining ma’lum qilişiça, öşa voqeadan keyin tezkor xodimga “qattiq” hayfsan, uçastkavoyga esa hayfsan berilgan.
Bu hafta yana nimalar röy berdi?
Nuriddin Xoliqnazarov / Foto: Kun.uz
Özbekiston musulmonlar idorasi raisi, muftiy Nuriddin Xoliqnazarov murojaat bilan çiqib, ijtimoiy tarmoqlarda diniy mavzuda qöpollaşmaslikka çaqirdi. Uning sözlariga köra, özi badxulq bölib odamlarni çiroyli xulqqa çaqiriş ma’ruzaçining odobiga töğri kelmaydi.“Körmurid bölib, ustozlari kabi narigi tomonni haqorat qilyapti”, dedi internetda tortişayotgan domlalar va ularning muxlislarini insofga çaqirgan Nuriddin domla Xoliqnazarov.
Özbekiston boşqa davlatlarning suvereniteti va hududiy yaxlitligini hurmat qilişga sodiq qoladi. Bu haqdajuma kuniÖzbekiston Taşqi işlar vazirligi ma’lum qildi. Bu bayonot Rossiya Ukrainaning törtta viloyatini öziga qöşib olgan kunda yangradi. Unda aytilişiça, Özbekiston huquqbuzarlik sodir etmagan Rossiya fuqarolarini deportatsiya qilmaydi.
Rossiya prezidenti Vladimir Putin MDH davlatlarining xavfsizlik xizmatlari rahbarlarini Moskvaga yiğib, ularga ma’ruza öqidi. Özbekiston DXX raisi Abdusalom Azizov ham qatnaşgan videokonferens-uçraşuvda Putin Ğarb davlatlari göyoki MDH hududida yangi inqirozlarni yuzaga keltirmoqçi ekanini aytib işontirmoqçi böldi.
Kuz-qiş mavsumi boşlanayotgan kunlarda Energetika vazirligiga nihoyat yangi rahbar tayinlandi. Salkam yarim yil böş turgan bu lavozimni “Özatom” agentligi direktori, “Özkimyosanoat” raisi Jörabek Mirzamahmudov egalladi. E’tiborlisi, u deputatlar savollariga javoban Özbekiston AES quriş böyiça muzokaralarni davom ettirayotganini aytgan. Oçiği, Ukrainadagi uruş va AESlarga hujumlar fonida Özbekiston Rossiya bilan AES böyiça muzokaralar ötkazayotgani juda ğalati.