18 aprelning asosiy yangiliklari va hodisalari «Kun.uz»ning kechki dayjestida taqdim etiladi.

Bugun ham O‘zbekiston va jahonda xabarlar oqimi tinmadi. O‘zbekistonda vazirlik darajasidagi amaldorlar tuman hokimlariga aylandi, keyingi haftalarda jamoatchilik diqqat markazida turgan Migratsiya agentligi bilan bog‘liq mojarolar talablarning qondirilishi va rahbarning ishdan bo‘shatilishi bilan yakunlandi. Shuningdek, Turkiyada referendumdan keyingi jarayonlar davom etmoqda, Rossiyada esa Sankt-Peterburg terakti bo‘yicha ishlar jadallashdi, terakt tashkilotchisi sifatida qo‘lga olingan Abror Azimov mahkamaga keltirildi.

O‘zbekiston xabarlari

Shavkat Mirziyoyevning Xitoyga borishi tasdiqlandi
Atambayev O‘zbekistonga tashrif buyurishga tayyorgarlik ko‘rmoqda
Davlat qo‘mitasidan tumanga. Chilonzorga yangi hokim tayinlandi
Hayfsan olgan qo‘mita rahbari tuman hokimligiga tushirildi
Yana bir vazirlik mansabdori tuman hokimligiga tushirildi
Markaziy bank raisiga o‘rinbosar tayinlandi
Davlat raqobat qo‘mitasi qaytadan tashkil etildi
Hukumat majlisi: Vazirlar hisobot