Dayjyest: Kam ta'minlanganlarga yordam beruvchi qaror, uzr so‘ragan zo‘ravon hokim, iPhone 8 taqdimoti va boshqalar haqida
|03:52 / 14.09.201729 3375 min
Yakunlanib borayotgan 13 sentabr kuni O‘zbekistonda va jahonda ro‘y bergan turli voqea-hodisalar hamda yangiliklarning eng muhimlari va eng saralari KUN.UZ dayjestida.
O‘ZBeKISTON:
Skrinshot: KUN.UZ
Kunning eng muhim yangiliklaridan biri — O‘zbekiston Respbulikasi Prezidentining «Aholining kam ta'minlangan qatlamini qo‘llab-quvvatlashning qo‘shimcha chora-tadbirlari to‘g‘risida»gi PQ-3268 sonli Qarori qabul qilingani bo‘ldi. Qarorga ko‘ra kamta'minlangan oilalarga ijtimoiy yordam va beg‘araz ko‘maklar beriladi. Shuningdek ushbu qarorda band bo‘lmagan aholini jamoatchilik mehnatiga jalb etish va ularning mehnatiga haq to‘lash shartlari keltirib o‘tilgan.
Kun bo‘yi o‘quvchilar e'tiborida bo‘lib turgan yana bir voqea — Sayxunobod tuman hokimining tumandagi maktab direktorlarini urgani haqidagi xabar katta rezonans keltirib chiqardi. Garchi mushtumzo‘r hokim uzr so‘ragan bo‘lsa-da, lekin u bu bilan qutulmaydi, chunki prokuratura u bilan bog‘liq vaziyatni tekshirishni boshladi.