24 fevral kuni Rossiyaning Ukrainaga bostirib kirganiga, ukrain xalqining erkinlik va vatan ozodligi uçun kuraşga çiqqaniga bir yil töldi. Bir yil oldin ayni mana şu kunlarda dunyo jamoatçiligi Ukraina mudofaasi yana neça soat turib bera olişi haqida öylayotgan, hujumga uçragan poytaxt Kiyev va boşqa önlab şaharlardan kelayotgan xabarlar oqimini katta hadik bilan kuzatib borayotgan edi.

Ukraina esa turib bera oldi. Hozir ortga nazar taşlab aytiş mumkinki, aynan dastlabki soatlar – uruşning hal qiluvçi pallasi edi. Şimol, şarq va janubdan bir vaqtning özida hujumga ötilgan, butun mamlakat böylab raketalar yoğilayotgan, safarbarlik endigina e’lon qilingan, hali ğarbning qurollari yetib kelmagan ilk kunlar – Kiyevdagi hokimiyatning ağdarilişiga eng katta tahdid pallasi edi.

Kutilganidan karrasiga köp yöqotişlarga uçragan Rossiya armiyasi ötgan bir yil davomida Ukraina davlatçiligini qulatiş darajasidagi bunday tahdidni boşqa yarata olmadi. Qöşnisini yaşin tezligida taslim qilişiga işongan Putin, uruşning ikkinçi kunidayoq ukrain mudofaaçilariga murojaat qilib, ulardan hokimiyatni özlari ağdarib berişni söraşga majbur böldi. Şu tariqa, bu uruş avtokrat rahbarlar va ularning atrofidagilar real voqelikdan uzilib qolişi, mavjud vaziyatga, özining va boşqalarning imkoniyatlariga noreal baho berişini yana bir marta tasdiqladi.

Biz Ukraina voqealarini umuminsoniy qadriyatlar va Özbekistonning milliy manfaatlari nuqtayi nazaridan yoritib boryapmiz. Bu uruş, qanday yakun topişidan qat’i nazar, possovet mintaqasining kelgusi ön yilliklardagi kun tartibiga jiddiy ta’sir ötkazadi. Şu hafta Yevropa Ittifoqining taşqi işlar va xavfsizlik siyosati böyiça oliy vakili Jozep Borrel aytganidek, Rossiya istilosi Yevropa va Markaziy Osiyo uçun haddan taşqari qaramlikdan qoçiş kerakligini körsatib berdi. Ya’ni Rossiyaga energoresurslar böyiça qaram bölib qolgani uçun katta tovon tölagan Yevropa xuddi şu xatoni qilayotgan Markaziy Osiyoni ogohlantiryapti. Borrel öz bayonotida Rossiya propagandasining mintaqamizdagi ta’sir kuçiga alohida urğu berib ötgan. Oxirgi paytlarda Moldovada rossiyaparastlik harakati kuçayayotgani ham ayni şu propaganda omili bilan bevosita boğliq.

Özbekiston Ukrainaning suvereniteti va hududiy yaxlitligini qöllab-quvvatlaşini e’lon qilgan bölsa-da, uruşga nisbatan rasman betaraflik pozitsiyasini tanlagan. Şu hafta, 23 fevral kuni BMT Boş assambleyasida Rossiyani Ukrainadan zudlik bilan çiqib ketişga çaqiruvçi rezolyuyatsiyaga Özbekiston