Özbek-qirğiz çegarasida yana ikkita post oçildi: kelasi yil ikki xalq örtasida yopiq darvozalar qolmasligi aytilyapti. Vazir darajasidagi amaldorning ilk marta oşkora sudlanişi töxtatildi: Aziz Voitov işi yopiq sudda köriladi. Kondagi avariya böyiça mas’ullar hamon sukutda: boysunliklar öz holiga taşlab qöyilganmi? Ortda qolayotgan haftaning muhim mavzulari – Kun.uz dayjestida.
Haftaning eng yaxşi yangiligi – Özbekiston-Qirğiziston çegarasidagi ikkita muhim postning oçilgani böldi. 12 sentabr kuni Andijon va Namangan viloyatlarini Jalolobod viloyati bilan boğlovçi “Qorasuv” va “Uçqörğon/Kensay” nazorat-ötkaziş punktlari tantanali ravişda oçildi. Qayta qurilgan bu postlar orqali kuniga 20 mingdan ortiq fuqaro va yuzlab transport vositalari çegarani kesib ötişi mumkin.
Bundan 14 yil oldin yopilgan “Qorasuv” posti – Markaziy Osiyodagi eng yirik ulgurji bozorlardan biri bölgan Öş viloyatidagi Qorasuv bozoridan atigi 2 km masofada joylaşgani bilan katta ahamiyatga ega. 90-yillardayoq Jahon savdo taşkilotiga a’zo bölgan Qirğiziston bozorlari raqobatli narxlari bilan özbekistonliklarni öziga jalb etib keladi. 2010 yili “Qorasuv” posti yopilganida, bu yerdagi ulgurji bozorda savdo hajmi keskin tuşib ketgani ham bejiz emas.
“Uçqörğon/Kensay” nazorat-ötkaziş punkti esa yölovçi oqimi bilan birga, vodiydagi xalqaro transport taşuvlarida ham muhim öringa ega. Xususan, Qirğiziston va Xitoyga eng qisqa tranzit yöl şu punkt orqali ötadi. Tojikistonning Xöjand viloyatidan Rossiya, Xitoy va Qirğiziston davlatlariga olib ötiladigan tranzit yuklar ham şu yerdan harakatlanişi natijasida, “Döstlik” postidagi transport oqimi 30-40 foizga kamayişi kutilmoqda. Özbek rasmiylariga köra, qaytadan qurilgan bojxona posti kuniga 500 dan ortiq yuk maşinalari va 300 dan ortiq yengil avtomobillarni ötkaza oladi. Bu yerda xitoyliklar bilan birga “Uçqörğon-Kensay” logistika markazini barpo etiş rejalaştirilgan.
Özbekiston Bojxona qömitasi ma’lumotlariga köra, 2017 yilda özbek-qirğiz çegarasini 2,3 million kişi kesib ötgan bölsa, 2023 yilda bu raqam 16 millionga yetgan. Ikkita muhim postning oçilişi özaro bordi-keldini yanada köpaytiradi. Xususan, qirğizistonliklar endi Öşdan Jalolobodga boriş uçun 120 km masofa bosiş örniga, Özbekiston hududi orqali tranzit harakatlanib, atigi 19 kilometr yöl bosişi kifoya. Ötgan yildan boşlab çegarani ID karta bilan kesib ötişga ruxsat berilgani transçegaraviy harakatlanişni ança osonlaştirgan.
Ma’lumot uçun, özbek-qirğiz çegarasi böylab jami 16 ta nazorat-ötkaziş punktlari joylaşgan. Hozirda ularning 13 tasi faoliyat olib bormoqda. Qirğiziston tomonining ma’lumotiga köra, hozirça yopiq qolayotgan 3 ta punktni ham kelasi yili oçiş rejalaştirilgan.
Eslatib ötamiz, ikki mamlakat örtasidagi darvozalarning aksariyati Qirğizistonda 2005-2010 yillarda röy bergan inqiloblar va etnik nizolar fonida Özbekiston tomonidan berkitilgan, hatto devorlar qurilgandi. Ötgan yili özbek rasmiylari Xonobod postidagi ana şunday devorlardan birini buzayotgani aks etgan videolar tarqalgan, köp ötmay mustaqillik bayramida “Xonobod/Bek-obod” va “Mingtepa/Qora-Boğiş” postlari tantanali oçilgan edi.
Toşkent va Bişkek munosabatlari ança iliqlaşgani hafta davomida boşqa bir kontekstda ham yana bir bor e’tirof etildi. 11 sentabr kuni Qirğiziston prezidenti Sadir Japarov özbekistonlik boks murabbiyi Akmal Hasanov bilan uçraşib, qirğizistonlik Munarbek Seyitbek öğlining olimpiadada sovrindor bölişiga qöşgan hissasi uçun unga Chevrolet Tracker avtomobilini sovğa qildi. Markaziy Osiyo xalqlarining bir-birini qöllab-quvvatlaşi, birdamligi va döstona munosabatlarini butun dunyo kördi, dedi Qirğiziston rahbari.
Boysunda vaziyat qanday?
SSSR paytida röy bergan köplab yirik avariyalar imkon qadar bosti-bosti qilinganidan köpçilikning xabari bor. Texnogen ofatlarning guvohlariga bu haqda gapiriş qat’iyan taqiqlangan, noxuş voqealar haqida keng aholi bir neça yillar ötganidan keyingina xabar topgan. Boysundagi konda 1 sentabr kuni röy bergan avariya atrofida bölayotgan holatlarni kuzatib, şunday öylaş mumkin: agar hozir internet zamoni bölmaganida, öşa sovet paytlaridagi kabi köpçilik boysunliklarning boşiga tuşgan bu kulfatdan bexabar qolgan bölardi.
1 sentabr kuni röy bergan avariya natijasida tarqalayotgan zaharli gazni jilovlaşning hozirça uddasidan çiqilmadi. Boysun şahriga köçirilgan Kofrun va boşqa qişloqlar aholisini bir tomondan şamol bilan şahargaça borayotgan gaz, ikkinçi tomondan esa mavhumlik qiynayapti: ular qaçongaça birovning uyida yoki har xil taşkilotlarning binolarida yaşaşini bilişmaydi. Evakuatsiya qilingan aholiga yaratilayotgan, aniqroği yaratilmayotgan şaroitlar, qolaversa, avariyani bartaraf etiş böyiça olib borilayotgan işlarning holati haqida na hukumat komissiyasi, na davlat idoralari va na xususiy pudratçilar ma’lumot bermayapti.
Hozirda konga yaqin joylaşgan bir neça qişloq huvillab qolgan. Köçirilgan aholi soni ma’lum emas. Mas’ullar ularning hammasiga ham turar joy topib bermagani, sarson-sargardon yurganlar ham borligi aytilyapti. Mahalliy hokimiyat aholi savollariga javob beriş uçun koll-markaz yoki Telegram-botga öxşaş aloqa kanallarini yölga qöymagan. Köçirilganlarga tibbiy va moddiy yordam körsatiş masalalari, maktab bolalarining öqişi nima bölayotgani, avariya bilan boğliq xarajatlar kimning zimmasiga tuşayotgani, yetkazilgan moddiy va ma’naviy zararlarni kim qoplaşi va boşqa köplab savollar oçiq qolmoqda. Rasmiy ma’lumot bölmaganidan keyin, tabiiyki, har xil miş-mişlar ham tarqalyapti.
Internetda jurnalistlar bilan gaplaşgan boysunliklar ta’qib qilinişi haqida gap-sözlar yuribdi. Kon yaqinida bölib qaytgan Kun.uz muxbirining aytişiça, odamlar haqiqatan ham vaziyat haqida gapirişdan qörqişyapti. Mikrofonsiz gapirişga rozi bölgan sanoqli aholi vakillari vaqtinça daromadsiz qolgan odamlarning yeyiş-içişidan xabar olinmayotgani, odamlar qişloqqa mol-holidan xabar oliş uçun vaqtinça kelib turgani, zaharli gazdan tovuqlar nobud bölayotgani, qişloq qarovsiz qolgani uçun onda-sonda öğriliklar haqida ham gap bölayotganini aytişdi. Muxbirimizning sözlariga köra, kondan çiqayotgan oltingugurt gazi tarqalişi şamol yönalişiga qarab özgarib turibdi, palağda tuxumning qölansa hidiga öxşaş açqimtir gaz köngilni aynitadi, boşni oğritib, dimoğni açiştiradi.
Çorşanba kuni Favqulodda vaziyatlar vazirligi rasmiy vakili konni jilovlaş işlari “yaqin kunlarda” amalga oşirilişini aytdi. Aynan qaçon degan aniqlaştiruvçi savolga esa quyidagiça javob berdi:
“Asosiy işimiz – profilaktik tadbirlarni amalga oşirib, aholini öşa joylarga borişining oldini olişimiz kerak. Hukumat komissiyasi işlayapti, xalqaro tajriba örganilgan. Qisqa vaqt deb aytamiz-ku, lekin aniq vaqti, neça kun içida jilovlab oliş... Çunki u yerda judayam yuqori bosim bor, katta bosimda çiqyapti. Bu böyiça işlar amalga oşirilyapti. Qisqa kunlar içida oldi olinadi”.
Korrupsioner retsidivistlar soni qança?
Özbekistonda korrupsiyaga qöl urgan davlat xizmatçilari yana davlat işiga kirib olişi, keyin yana takroran korrupsiyaga qöl urişi yangilik emas. Lekin şu paytgaça jamoatçilik xabar topgan bunday holatlar soni köp emasdi. Ma’lum bölişiça, bu boradagi raqamlar ançagina katta. Deputat Umida Rahmonovaning parlamentdagi yiğilişda ma’lum qilişiça, korrupsion jinoyat uçun sudlangan naq 566 kişi 2023 yilda davlat xizmatiga qayta qabul qilingan va yana korrupsiyaga qöl urgan.
Deputat bu ma’lumotni aytarkan, korrupsionerlarning oçiq elektron reyestrini işga tuşiriş va bu reyestrdagi şaxslarga davlat işida işlaşni taqiqlaş masalasini kötardi. Prezident farmoniga köra, bunday reyestrga oid qonun loyihasi 2021 yildayoq işlab çiqilişi kerak edi. Korrupsiyaga qarşi kuraşişi agentligi direktori Akmal Burhonov öşa yil oxirida bu qonun ustidagi işlarning çözilib ketişiga “bir-ikkita idoralarning e’tirozlari” sabab bölayotganini aytgandi.
Akmal Burhonov seşanba kungi parlament yiğilişida berilgan savolga javoban, agentlik qonun loyihasini işlab çiqqani, lekin ötgan vaqt davomida uni takomillaştiriş böyiça administratsiyadan topşiriqlar bölganini aytdi. Şu oy oxirigaça loyihani parlamentga kiritamiz, dedi Burhonov.
Eslatib ötamiz, korrupsiyaga qarşi kuraşiş böyiça boşqa bir muhim hujjat – davlat xizmatçilarining mol-mulki va daromadlarini deklaratsiyalaş haqidagi qonunni qabul qiliş ham uç yildan beri keçikyapti. Deklaratsiyalaş 2022 yil 1 yanvardan boşlanişi kerak edi. Akmal Burhonov bu jarayon boşlangaç, qaysi amaldorning qança boyligi borligi hammaga oçiqlanişini aytgan. U öz bayonotlarida agentlik deklaratsiyalaş tizimining texnik tomonlarini tayyorlab qöygani, gap faqat tegişli qonunni qabul qilişda qolayotganini aytib keladi.
Keçikayotgan qonunlarni eslatiş bilan birga, ötgan vaqt davomida “Davlat fuqarolik xizmati töğrisida”gi muhim qonun kuçga kirganini ham e’tirof etişimiz kerak. Bu qonun bilan, davlat işida işlaydiganlarga biznes bilan şuğullaniş taqiqlangan. Korrupsiyaga qarşi kuraşiş agentligi bu taqiqqa rioya etilişi ustidan nazorat örnatgan. Agentlikning şu hafta ma’lum qilişiça, 6 ta vazirlikning jami 514 nafar boşqaruv xodimi 556 ta kompaniyada ta’sisçi ekani aniqlanib, qonunbuzilişi holatlariga çek qöyilgan.
Sobiq vazirning sudi jurnalistlar uçun yopildi
Bir neça oy oldin sobiq uy-joy kommunal xöjaligi vaziri Muzaffar Soliyev 7 yilga qamalganida, jamoatçilik bunaqa jinoyat işi borligi haqida negadir juda keç, apellyatsiya hukmi çiqqanidan keyingina xabar topgan edi. Bundan farqli ravişda, yaqinda boşlangan sobiq qişloq xöjaligi vaziri Aziz Voitov ustidan sud oçiq bölişi kutilayotgandi. Bu bilan, özbekistonliklar sönggi ön yilliklarda ilk marta vazir darajasidagi amaldorning oçiq-oşkora sudlanişiga guvoh bölardi. Lekin bu kutilmalar özini oqlamadi: yilning eng katta korrupsiyaviy keyslaridan biri yopiq sudda köriladigan böldi.
Yunusobod tuman sudi 12 sentabr kuni jami 50 kişi ustidan borayotgan sud jarayonlarini yopiq rejimga ötkazişga qaror qildi. Sud bu borada da’vogarlardan birining iltimosnomasini qanoanlantirdi. Jarayonni oçiq ötkazişni söragan ayrim sudlanuvçilar va advokatlarning iltimoslari esa rad etildi. Sudya Sardor Sodiqov bu qarorini sud jarayonida xizmat doirasida foydalaniş uçun möljallangan ma’lumotlar yangraşi bilan izohladi. Şundan keyin jurnalistlar sud zalidan çiqarib yuborildi.
Hafta mobaynida, şuningdek, sobiq qişloq xöjaligi vaziri örinbosari Alişer Törayev ustidan ham sud hukmi öqilgani ma’lum böldi. 5 sentabr kuni Mirzo Uluğbek tuman sudi uni salkam 10 mlrd sömlik uzum köçatlarini yetkazib berişda korrupsiyaga yöl qöygan deb topib, 6 yilga ozodlikdan mahrum qilgan. Soxta tenderda “yutgan” kompaniya rahbari bölmiş vazir örinbosarining qizi esa 5 yil-u 1 oy muddatga ozodlikdan etilgan.
Bu hafta yana nimalar röy berdi?
Özbekiston paralimpiadada ham 13-örinni qölga kiritdi. “Olimpiadada 13-örin, Paralimpiadada 13-örin! Balki kimlargadir 13-raqam yoqmas, lekin Özbekistonga juda ham yoqyapti”, dedi boş vazir Abdulla Aripov kutib oliş marosimida. Para-atletlarimiz ham olimpiadaçilar kabi taqdirlandi, prezident ular bilan uçraşib, davlat mukofotlarini topşirdi. Eslatib ötamiz, paralimpiyaçilar Parijdan 10 ta oltin, 9 ta kumuş va 7 ta bronza bilan qaytişdi.
Özbekistonda kambağallikni qisqartiriş umummilliy harakatga aylanadi. Bu haqda Şavkat Mirziyoyev 11 sentabr kungi selektorda e’lon qildi. Prezidentning sözlariga köra, hozirda “Kambağallikdan farovonlik sari” nomli katta dastur tayyorlanyapti. Oğir mahallalarga respublika darajasidagi amaldorlar şaxsan biriktirilişi kutilmoqda. Ijtimoiy himoya agentligi direktorining birinçi örinbosari Şahnoza Mirziyoyevaga har bitta kambağal oilaning kamida bir a’zosi oliy ma’lumotli bölişi uçun şaroit yaratiş vazifasi topşirildi.
Botir Qodirov Şerali Jörayevning öğli ekani tasdiqlandi. Uçtepa tumanlararo fuqarolik sudi 11 sentabr kuni Qodirovning da’vosini qanoatlantiriş haqida qaror çiqardi. Xonanda suddan keyin bergan intervyusida ukalari uning onasining şa’nini bulğagani uçun sudlaşişga qaror qilganini aytib, yana bir bor Şerali Jörayevning merosiga da’vo qilmasligini ta’kidladi. Iş apellyatsiyada ham körilişi kutilmoqda. Zohirşoh Jörayevning fikriça, sud “yetarli dalil va isbotlarsiz” qaror qabul qilgan.
Toşkentda yöl harakati qoidalarini 363 marta buzgan Spark xatlovga olindi. Jarimalarning umumiy summasi 240 mln sömdan oşib ketgan. Majburiy ijro byurosidan xabar berişlariça, avtomobil qarzdorlikni qoplaş uçun auksionga çiqariladi. MIBning boşqa bir xabariga köra, Toşkent viloyatida aliment böyiça noodatiy holat qayd etilgan: alimentdan qarzdorligi sabab çet elga çiqa olmagan ayol 3 nafar farzandi uçun sobiq eriga biryöla 1,7 mlrd söm aliment tölab bergan.
Rossiya boş vaziri Mixail Mişustin Özbekistonga keldi. U hukumatlararo qöşma komissiya yiğilişida qatnaşdi, davlat rahbarining qabulida böldi, şuningdek, prezident yordamçisi Saida Mirziyoyeva bilan uçraşdi. Şu kuni Jizzaxda kam quvvatli AES qurilişini boşlaş böyiça bayonnoma imzolandi. Bu – jarayonning faol quriliş bosqiçiga ötilganini anglatadi. Har biri 55 megavattli 6 ta reaktordan iborat stansiyada birinçi reaktor 5 yildan keyin işga tuşişi rejalaştirilgan.
Muallif – Komron Çegaboyev
Doimiy boşlovçi – Bobur Akmalov
Tasvirçi – Şohruzbek Abdurayimov
















