38 millionga yetgan xalq va javobsiz qolgan haqorat - hafta dayjesti
|15:00 / 31.08.202525 28114 min
Mustaqillik bayrami arafasida Özbekiston aholisi 38 millionga yetdi: 40 millionlik marraga uzoği 3 yil qoldi. Rus millatçisi özbek muhojirini tahqirladi: TIV nega uning Özbekistonga kirişini taqiqlamadi? Markaziy bank oyliklarni tezroq oşirişga çaqirdi: bu masalada qöşnilarimizdan ança orqada qolyapmiz. Prezident futbol böyiça qaror imzoladi: endi har bitta mahallada futbol maydoni bölişi kerak.
Yakunlangan haftaning Özbekiston hayotiga oid asosiy yangiliklari – Kun.uz dayjestida.
38 millionga yetdik
Özbekiston aholisi soni rasman 38 millionga yetdi. Bu “yubiley” mustaqillikning 34 yilligi arafasiga, 28 avgustga töğri keldi. Şu tariqa, özbekistonliklar oxirgi bir yil içida 700 ming nafarga köpaydi. Şu temp saqlab qolinadigan bölsa, 2028 yil örtalariga borib 40 millionlik marra ham zabt etiladi. Bu bilan Özbekiston eng köp nufusga ega 40 ta davlat qatoridagi örnini mustahkamlaydi.
Aholimizning 35 foizi hali 18 yoşga tölmagan. Mehnatga layoqatli yoşdagilar soni 21 million yoki umumiy aholining 56 foizini taşkil etadi. Rasmiy ma’lumotlarga köra, işsizlik darajasi tarixiy minimum körsatkiç – 5,1 foizga tuşgan. Mehnatga layoqatli aholining 12 foizi, ya’ni 1 mln 800 ming nafari xorijda işlayapti. Şavkat Mirziyoyev Mustaqillik kunidagi nutqida aytişiça, yil boşidan beri 700 ming vatandoş yurtimizga, oilasi bağriga qaytgan. Prezident 8 oy içida 5 million aholining bandligi ta’minlanib, kambağallik darajasi 6,8 foizgaça tuşganini aytdi.
“Mamlakatimiz raqamlaşgan va adolatli sud davri ostonasida turibdi. [...] Oldimizda qanday sinovlar paydo bölmasin, demokratik islohotlar yölidan aslo ortga qaytmaymiz”, – dedi Şavkat Mirziyoyev.
Davlat rahbari bayram munosabati bilan 523 nafar mahkumni
Şuningdek, Yangi Özbekiston köçasidagi yerosti yöl ötkazgiç ham oçildi. Yöldan soatiga 10 mingta avtomobil öta oladi. Tunnelning ustida Yangi Özbekiston boği va Olimpiya şaharçasini boğlovçi piyodalar zonasi taşkil etilib, bölajak yerosti metrosi uçun tunnel va bekat ham qurilgan.
“Har bir mahallaga – futbol maydoni”
May oyida imzolangan qonun bilan, madaniyat maskanlari va istirohat boğlarini sotib yuboriş taqiqlangan edi. Mana endi, stadionlarni xususiylaştiriş ham taqiqlandi. Prezident qaroriga köra, bundan buyon davlatga qaraşli futbol stadionlari va maydonlarining foydalaniş maqsadlarini özgartiriş va sotuvga çiqariş mumkin emas. Yil oxirigaça davlatga qaraşli hamma stadionlar va futbol maydonlari xatlovdan ötkazilib, közda tutilgan taqiqlar kadastr axborot tizimiga kiritib qöyiladi.
Şu tariqa, eng avvalo Toşkent markazidagi tarixiy ahamiyatga ega “Paxtakor” stadioni, qolaversa tumanlardagi özi şundoğam kam bölgan futbol maydonlari sotilib ketişining oldi olindi. Yodingizda bölsa, ötgan yili “Paxtakor” stadioni xususiy qöllarga ötib ketişiga bir baxya qolgandi. Davlat aktivlarini boşqariş agentligi klubni stadioniga qöşib sotuvga çiqargan, jamoatçilik e’tirozlaridan keyin sotuv töxtatilgandi. Öşanda tadbirkor Jahongir Ortiqxöjayev klub va stadionni tekinga olib, rivojlantirmoqçi ekanini aytgandi. “Paxtakor”ni 100 dollarga bersa, sotib olmayman u yerni. Tekinga bersa olaman. Stadionini ham. Tekinga bersa olaman, pulga bersa olmayman”,degandi u.
Prezident qarori bilan, muhim futbol öyinlaridagi çipta bilan boğliq maşmaşalarga ham yeçim belgilandi. Unga köra, 2026 yil 1 martdan boşlab muxlislar çipta sotib oliş uçun şaxsini tasdiqlaşi kerak böladi. Çipta sotuvlari faqat onlayn şaklga ötişi ham mumkin: qarorda sotuv jarayoni maxsus onlayn tizim orqali amalga oşirilişi belgilandi.
Bundan taşqari, ÖFA qoşida “Legionerlar klubi” taşkil etiladigan böldi. Bu klubga xorijda legioner sifatida faoliyat yuritgan va yuritayotgan futbolçilar va boşqa futbol mutaxassislari jalb qilinadi. Ularga özining futbol maktabi va futbol klubini oçiş uçun davlat-xususiy şeriklik asosida yer uçastkalari ajratiladi. Oddiyroq aytganda, Maksim Şatskix yoki Abduqodir Husanov öz maktabini oçmoqçi bölsa, davlat ularga yer ajratişga tayyor.
Foto: Afisha.uz
Prezident qarorining yana bir muhim bandi – mahallalarda futbol maydonlari qurişga oid. Unga köra, 2025 yil 1 oktyabrdan boşlab “Har bir mahallada futbol maydoni” dasturi yölga qöyiladi. Dastur doirasida mahallalar içida böş turgan yer uçastkalari ularning bir qismida futbol maydoni taşkil etiş uçun auksionga çiqariladi. Auksion ğoliblari futbol maydonidan taşqari qolgan yerni özi xohlaganidek tasarruf etişi mumkin böladi. Hokimlar yil oxirigaça auksionga çiqariladigan yerlar röyxatini tasdiqlaşi kerak.
Farmatsevtikada uzoq kutilgan yangilik
Oxirgi yillarda narxlari eng yuqori suratda ösayotgan tovarlardan biri – dori-darmonlarning tannarxi biroz bölsa-da arzonlaşişi mumkin. Prezident qarori bilan, Özbekiston rivojlangan davlatlarda ma’qullangan dorilarni töğridan töğri tan oladigan böldi. 1 oktyabrdan e’tiboran, Jahon soğliqni saqlaş taşkiloti röyxatidagi regulyatorlar e’tirof etgan preparatlarni Özbekistondagi regulyator tan oliş orqali davlat röyxatidan ötkazadi. Ya’ni AQŞ yoki Koreyada foydalanişga ruxsat berilgan dorini Özbekistonga olib kiriş uçun takroriy ekspertizalar ötkazilmaydi.
Şu bilan birga, 2026 yil 1 yanvardan boşlab dori vositalariga berilgan guvohnomalar hozirgidek muddatsiz emas, 5 yil muddatga beriladi. Şu paytgaça muddatsiz berilgan guvohnomalarning amal qiliş muddati 5 yildan keyin tugaydi. Agar preparat rivojlangan davlatlarda röyxatdan ötmagan bölsa, unga guvohnoma oliş uçun “Zarur işlab çiqariş amaliyoti – GMP” milliy sertifikatini oliş talab etiladi. Bundan taşqari, 1 yanvardan boşlab tibbiy buyum va tibbiy texnikalarning çakana savdosi bilan şuğullaniş uçun litsenziya talab etilmaydi.
Oyliklar oşişi sekin ketyapti
Dori-darmonlarning narx poygasidagi “raqobatçisi” bölmiş benzin qimmatlaşişda davom etmoqda. Ikki hafta oldin AI-80 benzini narxi 10 foizga oşgandi. Ma’lum bölişiça, oxirgi haftalarda AI-92 benzini ham poytaxtdagi turli şoxobçalarda 7,6 foizgaça qimmatlaşgan. Narx oşişi – “Özbekneftgaz”ning birjada AI-92 boşlanğiç narxi arzonlaştirildi deya tarqatgan xabaridan keyin röy bergani e’tiborli.
Sönggi kunlarda, şuningdek, Toşkent şahri va Toşkent viloyatida issiq suv va issiqlik ta’minotining yangi tariflari tasdiqlandi. Poytaxt deputatlarining roziligi bilan, aholi uçun tariflar 15 foizga kötariladi. Yangi narxlar qaçondan amal qila boşlaşi hozirça aniq emas; avvalroq Veolia kompaniyasi 1 oktyabrdan deb anons qilgandi. Toşkent viloyatiga kelsak, 10 sentabrdan boşlab issiq suv va issiqlik ta’minoti tariflari aholi uçun 10 foizga kötariladi va bu – 2025 yil hisobidan narxlarning ikkinçi marta oşişi böladi.
Narx oşişlari fonida, Markaziy bank oylik maoşlarni ham tezroq oşirişga çaqiryapti. Regulyatorning tahlillariga köra, Özbekistonda oyliklarning kötarilişi qöşni davlatlarga qaraganda sekinroq ketyapti. Xususan, joriy yilning 2-çoragida Markaziy Osiyo davlatlarida real iş haqining örtaça ösişi 9,8 foiz, ayrim Kavkaz davlatlarida 9,1 foiz bölgan. Özbekiston esa 7,3 foizlik körsatkiç bilan, bu borada qöşnilardan ança orqada qolyapti.
“Iqtisodi öxşaş mamlakatlarga nisbatan mazkur tafovutning uzoq muddat saqlanib qolişi kelgusida Özbekiston mehnat bozori iştirokçilarining xarid qobiliyati pasayişiga va talabning susayişiga olib keladi”, deyiladi Markaziy bank hisobotida.
“Persona non grata” qonuni nega işlatilmadi?
Moskvada rossiyalik şaxs özbek muhojirini tahqirladi.Internetda tarqalgan videoda u özbekistonlik taksiçiga qarata: “Sen qulsan, ruslarning qulisan! Oğzingçi oçma!” deya baqirganini köriş mumkin. Taşqi işlar vazirligi bu holatni tilga olmagan holda, “Özbekiston fuqarolari dunyoning istalgan nuqtasida davlat himoyasida” ekanini aytib bayonot çiqariş bilan çeklandi. Şu kunlarda vazir Baxtiyor Saidov rossiyalik hamkasbi Sergey Lavrov bilan telefonda muloqot qildi, lekin Saidovning sözlaridan taxmin qiliş mumkinki, u suhbat paytida bu mavzuni kötarmagan.
Agar teskarisi bölganida, ya’ni biror bir Rossiya fuqarosi Toşkentda xuddi şunaqa haqoratga uçraganida, Moskvadan qanaqa reaksiya bölişini köpçilik yaxşi tasavvur qiladi. TIV bu holatda ötgan yili qabul qilingan qonunga asoslanib öşa rossiyalikning Özbekistonga kirişini taqiqlaşi mumkin edi. Qonunga köra, çet el fuqarolari ijtimoiy va milliy adovatni keltirib çiqaruvçi harakatlari uçun Özbekistonda “nomaqbul şaxs” deb topilişi va ularga qator taqiqlar joriy etilişi kerak. Bundan taşqari, TIV Rossiya tomoniga murojaat qilib, bu millatçiga çora köriş talabini qöymagani ajablanarli.
Videodan kadr
Duşanbadan boşlab Rossiyada mehnat muhojirlarining huquqlarini buzuvçi yana bir tartib kuçga kiradi. Unga köra, 1 sentabrdan boşlab Moskva şahri va viloyatida işlovçi çet elliklar “Amina” mobil ilovasini yuklab olib, u orqali Içki işlar vazirligiga özining qayerdaligi haqidagi ma’lumotni avtomatik uzatib turişi kerak. Agar geolokatsiya uzatilişi 3 iş kunidan ortiq vaqt davomida töxtab qolsa, bu holat migrantni nazorat ostidagi şaxslar röyxatiga qöşişga asos böladi. Bu tartib 4 yil davomida sinovdan ötkazilişi aytilyapti.
Rossiyaning ikkinçi yirik şahri – Peterburgda esa, “millat aniqlovçi” kameralar işlay boşladi. Rasmiylarning aytişiça, hozirda 50 mingga yaqin kamera etnik mansublikni aniqlaş funksiyasi bilan jihozlangan. Huquq-tartibot idoralari bu kameralar yordamida şaharning qayerida qanaqa millatga mansub guruhlar töplanayotganini kuzatib boradi. Şuningdek, “rezina” kvartiralar, ya’ni normadan ortiqça odamlar yaşayotgan xonadonlarni ham aniqlaş közda tutilgan.
Bu hafta yana nimalar röy berdi?
Özbekistonliklar vizasiz borişi mumkin bölgan davlatlar soni 36 taga yetdi. Iordaniya podşohining Özbekistonga ilk taşrifi davomida ikki davlat 25 sentabrdan boşlab özaro vizasiz rejim örnatişga kelişib oldi. Tez orada Toşkent va Amman örtasida töğridan töğri aviaqatnov yölga qöyilişi kutilyati. Taşrif doirasida 15 ta hujjat imzolandi, tomonlar özaro hamkorlikni yangi bosqiçga olib çiqişini e’lon qildi. Samarqandda ötgan muzokaralardan keyin Iordaniya podşohi Abdulla II ibn al-Husayn prezident Şavkat Mirziyoyevni Iordaniyaning “An-Nahda” ordeni bilan taqdirladi.
Foto: Prezident matbuot xizmati
Migratsiya agentligining ikki xodimi öta yirik firibgarlikda gumonlanib qölga olindi. DXX xabariga köra, ular Koreyaga işga yuboriş va’dasi bilan 80 dan ortiq odamdan 700 ming dollardan ortiq pul olgan. Hozirda jinoiy guruhning boşqa a’zolarini aniqlaş çoralari körilyapti. Migratsiya agentligi holatni tasdiqlab, Koreyaga yuboriş bilan boğliq barça xodimlar töliq özgartirilganini ma’lum qildi. Hafta davomida, şuningdek, Jalaquduq tumani hokimi örinbosari qamoqqa olindi. DXXga köra, u porani pul emas, köçmas mulk şaklida olişga uringan va dalahovli oldi-sotdisini rasmiylaştirayotgan paytda notariusda qölga olingan. Andijondagi boşqa bir holatda kadastr mansabdori 4 ming dollar olayotgan vaqtida qölga tuşdi.
Xususiy universitetlar bilan boğliq yana bir mojaro çiqdi. Juma kuni Oliy ta’lim vazirligi 5 ta xususiy universitetga faoliyatini kengaytiriş uçun berilgan qöşimça litsenziyalarni “texnik xatolik” deb e’lon qilib, aslida heç qanaqa ruxsat berilmaganini da’vo qildi. Köp ötmay Adliya vazirligi rasmiy munosabat bildirib, “Lisenziya” elektron tizimida heç qanaqa nosozlik bölmaganini bildirdi. Qarama-qarşi bayonotlardan keyin, masalaga oydinlik kirituvçi qöşimça izohlar bölgani yöq. Eslatib ötamiz, oxirgi yillarda byurokratik tösiqlarning köpayişi bilan, xususiy universitetlar oçilişi keskin kamayib ketgan.
Markaziy Osiyo birdamligining huquqiy asoslari kuçaymoqda. Mintaqada döstlik va yaxşi qöşniçilik töğrisidagi şartnomaga nihoyat Tojikiston ham qöşildi. Bu şartnoma uç yil oldin Çölponota şahridagi maslahat uçraşuvida Özbekiston, Qozoğiston va Qirğiziston tomonidan imzolangan, Tojikiston va Turkmaniston esa içki protseduralarni sabab qilib, bitimga qöşilişni keyinroqqa qoldirgandi. Tojikiston prezidenti Imomali Rahmon 28 avgust kuni şartnomaga qöl qöydi va navbat sönggi iştirokçi – Turkmanistonga keldi. Eslatib ötamiz, navbatdagi maslahat uçraşuvi yaqin vaqt içida Toşkentda bölib ötişi belgilangan.
Muallif – Komron Çegaboyev Doimiy boşlovçi – Bobur Akmalov
Tasvirçi – Şohruz Abdurayimov
Surdotarjimon – E’zoza Ahmedova