Özbekiston 1 martdan boşlab Rossiyadan gaz importini yölga qöyişi mumkin. Energetika vaziri Jörabek Mirzamahmudov va “Gazprom” raisi Aleksey Miller 24 yanvar kuni tegişli yöl xaritasini imzoladi.

Unga köra, fevral oyi oxirigaça Özbekiston va Rossiya gaz yetkazib berişning texnik va moliyaviy tomonlarini muhokama qiladi. Agar kelişuvga erişilsa, tegişli şartnoma tuziladi va 1 martdan boşlab “Örta Osiyo – Markaz” quvuri orqali reversiv tartibda gaz uzatiş boşlanadi.

Gaz bilan boğliq boşqa hujjatlar qatori, bu hujjatni ham har ikkala tomon sir saqlayapti. Özbekiston Energetika vazirligi yöl xaritasi haqida rasmiy ma’lumot berişni naq bir sutkaga çözib, butun jamoatçilikni jiddiy xavotirga qöydi. Keyinroq ma’lum bölişiça, hujjatda mamlakatning gaz-transport tizimini “Gazprom”ga beriş haqida band yöq. Özbekiston özining gaz tarmoqlariga egalik va boşqaruv huquqini töliq özida saqlab qoladi.

“Bu – Rossiyadan tabiiy gazni import qiliş böyiça çora-tadbirlarni közda tutuvçi yöl xaritasi. Ya’ni texnik şartlarni örganamiz, keyin texnik imkoniyatlardan kelib çiqib, tijoriy narxlar böyiça kelişsak, Rossiyadan gaz import qiliş közda tutiladi”, – deya izoh berdi energetika vaziri Jörabek Mirzamahmudov.

Hukumatga nisbatan işonçsizlik va jiddiy tanqidlarning kelib çiqişiga bu safar ham hukumatning özi sababçi böldi. Özbekiston tomonining bu boradagi rasmiy bayonoti negadir “Gazprom”ning bayonotidan bir sutka ötib e’lon qilindi. Bu vaqt içida keng jamoatçilikda jiddiy xavotirga tuşiş uçun hamma asoslar bor edi. Moskva energetik mustaqilligimizga köz olaytirayotgani oçiq-oydin körinib turgandi. Ustiga-ustak, energetikamizning hozirgi kundagi inqirozli holatida, millionlab aholimiz sovuqda gazsiz, çiroqsiz ötirişida aynan Rossiya bilan 2005 yilda tuzilgan, milliy manfaatlarga zid gaz şartnomalarining ham alohida örni bor.