Yakunlangan yil Özbekiston hayotida nimalar bilan yodda qoldi? Siyosiy tadbirlar, energetikani önglaş harakatlari, uzoq kutilgan özgarişlar va yeçimini kutayotgan muammolar – Kun.uz'ning yil dayjestida.

Energetika

Özbekistonda 2023 yil qanday boşlanganini eslaganda köpçilikning xayoliga birinçi bölib anomal sovuq keladi. Yilning ilk haftalaridagi qahraton ob-havo surunkali tus olib, yoğgan qor uç haftagaça erimay turgani bilan noodatiy böldi. Toşkentda havo harorati –20 darajagaça tuşib, şahar aholisi oxirgi 50 yildagi eng sovuq yanvarni boşdan keçirdi. Bu esa qator mavzelarda soatlab emas, bir neça kunlab svet öçişi va odamlarning köçada gulxan yoqib isinişigaça olib kelgan bemisl energiya inqirozini keltirib çiqardi.

Gap şundaki, gaz bosimi keskin pasayib ketgaç, hamma yoppasiga elektr jihozlaridan foydalanişga ötdi. Energetiklar bunday vaqtlarda avval bölganidek boşqa hududlarni tarmoqdan uziş hisobiga bölsa ham Toşkentga köproq elektr energiyasi yetkazib berişga tayyor edi, lekin şahardagi tarmoqlar bu darajada katta yuklamani kötara olmasligi tezda ayon bölib, seriyali avariyalar boşlanib ketdi. Son-sanoqsiz qurilişlar tarmoqqa yuklamani hisobga olmay qilinganining oqibatlari özini bor böyi bilan körsatdi. Va bu voqealar oxir-oqibat Jahongir Ortiqxöjayevning poytaxt hokimi lavozimidagi faoliyatiga nuqta qöydi. “Quruq gap bilan, yolğon “svodka” bilan pastga tuşmagani uçun, noinsof, oyoği yerdan uzilgani uçun uni işdan oldim”, – dedi Şavkat Mirziyoyev.

Davlat bu darajadagi inqirozning boşqa takrorlanişiga yöl qöymaslik uçun yil davomida budjetdan 14 trln söm yoki milliard dollardan ortiq mablağ sarflab, elektr va gaz infratuzilmasini modernizatsiya qiliş, oddiyroq aytganda epaqaga keltirişga harakat qildi. Boşqa tomondan, investorlar mablağlari hisobidan önga yaqin yangi elektr quvvatlari işga tuşirildi. Yangi işga tuşgan issiqlik, quyoş va şamol stansiyalarining bir qismi hozirça töla bitmagan, faqat birinçi bosqiçda quvvat