Özbekiston hukumati Temu, Netflix va Booking.com kabi xorijiy platformalar oldiga öz talablarini qöydi. Qoğoz nusxasini kötarib yuriş şart bölmaydigan hujjatlar soni 20 taga yetadi. Amaldorlar korrupsiyaga moyillik testidan ötişi mumkin. Poyezd çiptalari narxi 15 oy içida törtinçi marta oşirilmoqda. Ortda qolayotgan haftaning şu va boşqa muhim xabarlari – Kun.uz dayjestida.
20 xil hujjatning qoğoz şaklini olib yurişga hojat qolmaydi
Raqamlaştiriş orqali byurokratiyani kamaytiriş borasidagi işlar 2025 yilda ham davom etadi. 1 iyuldan boşlab pasport, ID-karta va yana bir qator hujjatlarni kötarib yurişga zarurat ança kamayadigan böldi. Hukumat qaroriga asosan, fuqarolar jami 20 xil hujjatlarning raqamli şaklini doim öz yonida – telefonida olib yurişi mumkin böladi.
Hujjatlarning raqamli versiyalaridan davlat xizmatlari portalining myGov nomli mobil ilovasi orqali foydalaniladi. Hozir ilovada yaşil va qizil pasportlar, ID-karta va haydovçilik guvohnomasining elektron şakli bor. Şular qatoriga yana 17 xil hujjat qöşiladi: tuğilganlik va nikoh haqidagi guvohnomalar, pensiya va nafaqa guvohnomasi, uy-joy kadastri, avtomobil boşqariş uçun işonçnoma, texpasport, majburiy suğurta va boşqalar şular jumlasidan.
Elektron hujjatlar myGov'dan taşqari “Ijtimoiy karta” mobil ilovasida ham böladi. 1 iyuldan e’tiboran, bu ilovalardagi hujjatlarning raqamli şakli Özbekiston hududida qabul qilinişi majburiy böladi. Davlat idoralarida, bank va notarius xizmatlaridan foydalanişda, aeroportlarda içki reyslar uçun röyxatdan ötiş va mahalliy yönalişdagi poyezdlarga çiqişda, agar hujjatning elektron şakli taqdim etilsa, qoğoz nusxasi talab qilinmaydi.
Bir yil içida 50 ta ilmiy va ilmiy-ommabop kitob özbekçaga ögirildi
Yana bir yaxşi yangilik kitoblar bilan boğliq. “Ming kitob” loyihasi dastlabki 50 ta kitobning barçasi tarjima qilib bölinganini ma’lum qildi. Ayni paytga kelib tarjimalarga ekspert xulosalari olingan, 26 ta kitob tahrir bosqiçidan ham ötgan, 19 tasini sahifalaş işlari yakuniga yetgan. Yaqin vaqtlarda kitoblarni çop etiş uçun bosmaxonalar örtasida oçiq tender ötkazilişi kutilmoqda.
Şu tariqa, ehtimol tarixda birinçi marta dunyo tan olgan ilmiy-ommabop asarlardan naq 50 tasi bir yil içida özbek tiliga ögirildi. Prezident qarori asosida boşlangan loyihani Yoşlar işlari agentligi qoşida tuzilgan loyiha ofisi amalga oşiryapti. Kitoblar röyxatini atoqli olim va ziyolilardan iborat ekspertlar kengaşi şakllantiradi. 2024 yilgi röyxatga kirgan 50 ta kitob siyosatşunoslik, iqtisodiyot, tibbiyot, fizika, tarix va boşqa sohalarni qamrab olgan.
Ta’kidlaş kerak, Özbekistonda dunyo darajasidagi ilmlarni örganiş uçun zamonaviy adabiyotlarning nihoyatda kamligi eng oğriqli muammolardan biri. Şunday şaroitda, “Yoşlar uçun ming kitob” loyihasi fan, ta’lim va özbek tilini rivojlantiriş sohalarida oxirgi yillarning eng katta voqealaridan biri böldi. Şunga qaramay, negadir loyiha uçun 2025 yilda ajratilgan mablağ salkam 2 barobarga kamaytirib yuborildi: ötgan yili 20 mlrd söm ajratilgan bölsa, bu miqdor joriy yilda 12 mlrd sömga tuşirilgan.
Korrupsiya. FVB boşliği, IIB tezkor xodimi, prokuratura tergovçisi va hokim örinbosarlari uşlandi
U yoki bu korrupsion jinoyat haqida eşitganda, uçiga çiqqan öğri va muttahamlar qanday qilib davlat amaldoriga aylanib qoladi, degan savol köpçilikning xayoliga kelgan bölsa kerak. Korrupsiyaga qarşi kuraşiş agentligi direktori Akmal Burhonov bu yönalişda yangi taklif bilan çiqdi. Uning fikriça, davlat idoralarida rahbarlik lavozimlarida işlayotgan va bu lavozimlar uçun zaxirada turgan kadrlarni korrupsiyaga moyillik testidan ötkaziş kerak.
Bunday tartibning joriy etilişi – noqonuniy boylik orttiriş maqsadida davlat işiga kirganlarni aniqlaş, davlat idoralariga halol kadrlarni tanlab oliş imkonini beradi, deb hisoblamoqda Akmal Burhonov.
Yangidan yangi taşabbuslar e’lon qilinarkan, eskilari unutilib ketayotgandek taassurot ham yöq emas. Masalan, davlat xizmatçilarining mol-mulki va daromadlarini deklaratsiyalaş 3 yil oldin boşlanişi, allaqaçon korrupsionerlar reyestri tuzilib, bu reyestrdagi şaxslarga davlat işida işlaş taqiqlanişi kerak edi. Albatta, bularning amalga oşmayotgani Korrupsiyaga qarşi kuraşiş agentligiga boğliq emasligini ham aytib ötiş örinli böladi.
Uşbu fonda korrupsion jinoyatlar, pora olişlar davom etyapti. Sönggi kunlarda Pop tumani Favqulodda vaziyatlar bölimi boşliği 160 ming dollar bilan qölga olindi. Samarqand viloyati Içki işlar boşqarmasining tezkor xodimi esa 10 ming dollar olgan vaqtida uşlandi. Ayni paytda, Romitan tumani hokimining sobiq örinbosari Aziz Boboyev firibgarlikda ayblanib sudlanyapti. Guliston şahri hokimining sobiq örinbosari Qodir Dodoyev esa sud hukmi bilan 9 yilga qamaldi. Ma’lum bölişiça, u xitoylik investorlarni 350 ming dollarga çuv tuşirgan.
Yana bir holatda, Toşkent şahri Olmazor tumani prokuraturasi tergovçisi 20 ming dollar pora bilan qölga olindi. U jinoyat işiga jalb qilingan gumonlanuvçiga qamoqqa oliş tarzidagi ehtiyot çorasi qöllamaslikni va’da qilib, buning evaziga 20 ming dollarni sobiq prokuratura xodimi orqali olgan vaqtida uşlangan.
Elektron tijorat sohasida regulyatsiya kuçaymoqda
Xitoyning Temu marketpleysi Özbekistonda ham ança ommalaşib borayotganidan xabaringiz bölsa kerak. Ötgan oylarda Temu içki bozordagi raqobatçilari bilan teng şaroitlarda işlaşi kerakligi haqida matbuotda çiqişlar közga taşlangan edi. Va mana, köp ötmay, bu borada hukumat qarori ham e’lon qilindi. Qaror bilan, Özbekistonda röyxatdan ötmagan xorijiy elektron savdo platformalarining faoliyati taqiqlanyapti.
Hujjatga köra, xorijdagi marketpleyslar, buyurtma agregatorlari va raqamli striming xizmatlari Özbekiston bozorida işlamoqçi bölsa, Özbekistonga kelib, şu yerda yuridik şaxs taşkil etişi va mijozlarga öz xizmatlarini ana şu yuridik şaxs orqali taqdim etişi kerak.
Oddiyroq aytganda, bu yerda gap Temu, AliExpress, Amazon va Ozon kabi marketpleyslar, Netflix va Spotify kabi striming servislari, Booking.com va Airbnb kabi buyurtma agregatorlarini Özbekistonda soliq tölaşga majburlaş haqida ketmoqda. Albatta, rasmiylar gap faqat soliqda emasligini aytadi. Rasman olib qaraganda, şu yöl bilan iste’molçilar huquqlari himoya qiliş, şaxsga doir ma’lumotlar, mualliflik huquqi, reklama qonunçiligi va boşqa sohalardagi qoidalarga rioya qilinişini ta’minlaş maqsad qilingan.
2025 yil 1 iyuldan boşlab, elektron tijorat operatorlaridagi sotuvçilar uçun qöşimça talablar kuçga kiradi. Unga köra, masalan, Uzum Market orqali mahsulot sotayotgan barça sotuvçilar – yuridik şaxslardan tortib, yakka tartibdagi tadbirkorlar va özini özi band qilgan şaxslargaça öz hisob-kitoblarini faqat alohida bank hisobvaraqlari orqali amalga oşirişi kerak böladi.
Toşkentdan Samarqandga “Afrosiyob” çiptasi – salkam 300 ming söm
1 yanvardan boğça puli va benzin narxi oşgan bölsa, 1 fevraldan endi poyezd çiptalari qimmatlaşadigan böldi. Temiryölçilarga köra, çipta narxlari “Afrosiyob” poyezdlarida 20-25 foizga, “Şarq”, “Nasaf” va “Özbekiston” poyezdlarida 30 foizga oşadi. Xususan, Toşkentdan “Afrosiyob”ning ekonom klassiga ötirib Samarqandga yetib oliş 294 mingga, Qarşigaça 406 mingga, Buxorogaça 484 ming sömga aylanadi. Sekin yuradigan oddiy (yotoqli) poyezdlar çiptasining tarif qismi esa 10,5 foizga kötarilmoqda. Bu – temiryöl çiptalari narxining 15 oy içida törtinçi marta oşişi böladi.
1 fevraldan e’tiboran, şuningdek, Toşkent viloyatida issiq suv va issiqlik ta’minoti tariflari oşişi e’lon qilindi. Dollar kursi esa bu hafta ilk marta 13 ming sömlik “marra”ni zabt etdi.
Maoşlar haqidagi yangiliklar esa köp emas. Davlat dasturi loyihasiga köra, mehnati samarali deb topilgan tibbiyot xodimlariga ustama tölaş yölga qöyilişi mumkin. Tibbiyot xodimining samarali işlagani qaysi mezonlar asosida aniqlanişi hozirça ma’lum emas. Ötgan oyda prezident huzuridagi taqdimotda 2025 yilda tibbiyot xodimlari uçun nafaqat ustama joriy etilişi, balki ularning oylik lavozim maoşi oşirilişi ham ma’lum qilingandi. Ammo bu masala davlat dasturi loyihasiga kiritilmagan.
Ai-80dan voz keçişga navbatdagi uriniş
2025 yilgi davlat dasturi loyihasi bilan, Ai-80 benzini sotuvini yil oxirigaça çeklaş taklif etilyapti. Bu masala avvalgi yillarda ham bir neça marta kötarilgan, ötgan yili sentabrda imzolangan qaror bilan bu boradagi topşiriq ijrosi 2028 yilga qoldirilgandi. Aftidan, atrof-muhitni asraş yilida bu masala yana kun tartibiga qaytgan.
Dastur loyihasida, respublikadagi barça issiqlik markazlari va elektr stansiyalarida mazutdan foydalanişni şu yildan boşlab taqiqlaş, istisno tariqasida mazutni faqat avariyaviy yoqilği sifatida işlatişga ruxsat beriş közda tutilmoqda. Sentyardagi qarorda bu taqiq 2030 yildan boşlab kuçga kirişi, faqat Toşkent şahri va uning atrofidagi stansiyalarga taalluqli bölişi belgilangan edi.
Atmosfera havosini toza saqlaş uçun boşqa çoralar ham rejaga kiritilgan. Toşkent va Nukus şaharlari hamda viloyatlar markazlarida asbest va sement işlab çiqariş, teri-könçilik va parrandaçilik fabrikalari, metallurgiya kabi yönalişlarda yangi zavodlar oçiş taqiqlanişi mumkin. Ekologiya uçun koni zarar bölgan plastik paketlarni 2027 yildan boşlab Özbekiston hududida işlab çiqariş, olib kiriş va ulardan foydalanişni taqiqlaş ham nazarda tutilgan.
2025 yilgi davlat dasturi loyihasiga kiritilgan yana bir taklif – piyoda yurişni rağbatlantiriş bilan boğliq. Taklifga köra, bir sutka davomida 10 ming qadam yurganlarga “Ekofaol fuqaro” maqomi berilişi, ularga davlat xizmatlaridan foydalanişda 10 foizlik çegirma taqdim etilişi mumkin. Oilaning barça voyaga yetgan a’zolari “Ekofaol fuqaro” maqomini olganda, bu oilaga “yaşil oila” maqomini beriş va har yili şunday oilalardan 14 tasiga lotereya orqali elektromobil beriş reja qilingan.
Bu hafta yana nimalar röy berdi?
Prezident Şavkat Mirziyoyev qisqa muddatli mehnat ta’tiliga çiqdi. Davlat rahbarining matbuot xizmati duşanba kuni Şavkat Mirziyoyev mehnat ta’tiliga çiqqanini, juma oqşomida esa ta’tildan qaytganini xabar qildi. Şanba kuni prezident elektrotexnika va transport sohalari böyiça taqdimotlar bilan tanişdi. Kun.uz manbalariga köra, yil boşida odatdagidek yana bir qator yuqori martabali davlat xizmatçilari ham ta’tilga çiqqan.
Amaldorlarga budjet pullarini tejab işlatiş topşiriği berildi. Ma’lum bölişiça, 25 dekabrda imzolangan prezident qarori bilan, 2025 yilni tejamkorlik tamoyili asosida ötkaziş belgilangan. Respublika ijro organlarida işlovçi boşqaruv xodimlarining oyliklari yil oxirigaça oşirilmaydi. Hokimlarga esa yil oxirigaça mahalliy budjetning qöşimça manbalari hisobidan xizmat avtomobillari, qimmatbaho mebellar va ofis jihozlari sotib oliş taqiqlangan.
Ğayrat Döstov uçun yiğilgan xayriya pullari topşirildi. Ma’lum bölişiça, metan-şoxobçadagi navbatdan şikoyat qilgani uçun qamalib çiqqan Damas haydovçisini moddiy qöllab-quvvatlaş uçun özbekistonliklar jami 101 mln 504 ming söm xayriya qilişgan. 6 yanvar kuni faollar Döstovni yöqlab borib, unga uşbu mablağlarni topşirişdi.
Import qilingan avtomobillarni sinovdan ötkaziş uçun navbat uzaymoqda. “Avtodeklarant” kanali 8 yanvar holatiga elektron navbat 12 kungaça çözilganini ma’lum qildi. Kun.uz avvalroq xabar berganidek, Piskentdagi avtopoligonning quvvati sertifikatlanadigan import avtomobillar sonidan 3,5 barobarga kam. Biror çora körilmasa, navbatlar uzayib boraverişini kutiş mumkin. Avtomobilni bojxona omborida saqlaş muddatining uzayişi esa qöşimça xarajatlarni yuzaga keltiradi.
Komil Allamjonovga uyuştirilgan suiqasdga doir jinoyat işi sudda körilmoqda. Inson huquqlari faoli Abdurahmon Taşanovning ma’lum qilişiça, harbiy suddagi mahkama “mutlaqo maxfiy” tarzda ötmoqda. “Sudlanuvçilar soni köpligi, qöyilayotgan ayblov jiddiyligi va uning jamoatçilik uçun muhimligiga qaramay, yana mavhumlik hukm surmoqda”, deya yozdi Taşanov. Prokuratura va sud organlari hozirça bu haqda xabar bermadi.
Markaziy bank fuqarolar egalik qilişi mumkin bölgan bank kartalarining maksimal miqdorini çeklab qöydi. Endilikda odamlar bitta bankda 5 tagaça, barça banklarda esa 20 tagaça kartaga ega bölişi mumkin. Bu çeklov virtual va kobeyjing kartalarini ham qamrab oladi, çet el valutasidagi kartalar hisobga kiritilmaydi. Oxirgi 12 oy davomida heç qanday amaliyot bajarilmagan kartalar bloklanadi. Yil oxirigaça amal qilişi aytilayotgan vaqtinçalik tartib borasida Markaziy bank rasman xabar bermadi. Idora avvalroq firibgarlarga qarşi kuraşiş uçun şunday qilmoqçiligini bildirgandi.
Firibgarlar esa yangidan yangi aldovlarni öylab topişda davom etyapti. Kun.uz'ning örganişlariga köra, oxirgi vaqtlarda internetda treding faoliyati yoki Masdar kompaniyasi niqobidagi moliyaviy piramidalar paydo bölgan. Oflayn firibgarliklar bilan boğliq yangi holatlar esa doimgidek avtomobil va uy bilan boğliq: Toşkentda 200 kişidan köp odamga salondan avtomobil çiqartirib berişini aytgan, lekin va’dasini bajarmagan “Umid avto” rahbari qölga olindi. Navoiyda esa 167 ta xonadondan iborat köp qavatli uyni 425 kişiga sotgan quruvçi qamoqqa olingan.
Komron Çegaboyev tayyorladi.
Doimiy boşlovçi – Bobur Akmalov
Tasvirçi – Şohruzbek Abdurayimov
Surdotarjimon – E’zoza Ahmedova
















