Içki işlar vaziri lavozimidan olindi: iste’fo sababi haqida izohlar bölmadi. Korrupsiya mavzusida yiğiliş: amaldorlar boyligini deklaratsiyalaş kun tartibiga qaytdi. Sektor boşqaruvi tugatilmoqda: ayrim organlar öz sohasiga kirmaydigan işlardan qutuladi. Va eng asosiysi: metan-şoxobçalar nihoyat oçila boşladi. Ortda qolayotgan haftaning Özbekiston hayotiga oid eng muhim xabarlari – Kun.uz dayjestida.

IIVda rahbar almaşdi

Özbekistonda siyosiy vazni eng oğir lavozimlardan yana birining egasi özgardi. Pölat Bobojonov 7,5 yillik faoliyatidan keyin, içki işlar vazirligidan ketdi. 64 yoşli general prezident administratsiyasiga işga ötkazilgan. U davlat rahbarining kadrlar siyosati böyiça maslahatçisiga örinbosar etib tayinlandi. Bobojonov bilan birga, içki işlar vazirining birinçi örinbosari – Tezkor-qidiruv departamenti boşliği Şavkat Rahmonov ham işdan olindi.

Yangi vazir sifatida Aziz Toşpölatov iş boşladi. U 5 yildan beri Toşkent şahar Içki işlar boş boşqarmasini boşqarib kelayotgandi. 47 yoşli Toşpölatov bunga qadar Namangan va Samarqand viloyatlarida IIB boşliği bölgan, bir muddat içki işlar vazirining birinçi örinbosari lavozimida işlagan, 2021 yilda generallar safiga qöşilgan. Vazir tayinlovning ertasiga yiğiliş ötkazib, özining sobiq lavozimiga kadr tayinladi: Xorazm viloyati IIBni boşqarib kelgan Ravşan Sultonxöjayev Toşkent şahar IIBBga boşliq böldi.

IIV rahbariyati nega almaştirilgani haqida hozirça izohlar bölmadi. Şavkat Mirziyoyev öz çiqişlaridan birida boşqa bir vazirning iste’fosi haqida gapirdi. Prezidentning aytişiça, ötgan hafta favqulodda vaziyatlar vaziri Abdulla Qöldoşev va uning örinbosarlari işdan olinişiga – quriliş uçun ruxsat beriş, binoni topşirişda yonğin xavfsizligi böyiça byurokratiya va qonunbuzişlar köpayib ketgani sabab bölgan.

Hududlarni sektorlarga bölib boşqariş tugatilmoqda

“Viloyat içki işlar boşqarmasi boşliği uyma-uy yurib, çorvaçilik va parrandaçilikni rivojlantiriş böyiça topşiriqlar berdi”. “Boş prokuror örinbosari mahallalarga çiqib, aholi tomorqalaridan unumli foydalaniş böyiça körsatmalar berdi”. Bu kabi xabarlar, qançalik ğalati tuyulmasin, 7 yildan buyon özbekistonliklar uçun odatiy holga aylanib qolgandi. 2017 yildan boşlab yölga qöyilgan tartibga asosan, hududlar törtta sektor – hokim, prokuratura, içki işlar va soliq idoralariga bölib berilgan va ular sektorni kompleks ijtimoiy-iqtisodiy rivojlantiriş uçun mas’ul deb belgilangan edi. 5 mart kuni prezident Şavkat Mirziyoyev boşqaruvning bunday tizimi bekor qilinişini e’lon qildi.

“Uzoq öylab bir qarorga keldik. Bundan buyon sektorlar faoliyati bilan prokuror, içki işlar va soliq şuğullanmaydi. Ularning örniga endi boş vazir örinbosarlari özining resursi va tizimini işlatsin”, – dedi prezident.

Davlat rahbari bu haqda Korrupsiyaga qarşi kuraşiş milliy komissiyasi yiğilişida aytib ötdi. Yiğilişda yangragan muhim bayonotlardan yana biri – davlat xizmatçilarining daromadini deklaratsiyalaş haqida böldi. Şavkat Mirziyoyevning aytişiça, bu haqdagi qonunni qabul qiliş vaqt-soati kelgan. Qonun loyihasini tez fursatda jamoatçilik muhokamasiga qöyib, 1 aprelgaça kiritiş topşiriği berildi. Qonunçilikka noqonuniy boylik orttiriş haqida modda kiritilişi kutilmoqda. Ya’ni, davlat xizmatçisi deklaratsiya qilgan daromadiga mos kelmaydigan mol-mulkini qayerdan olganini isbotlaşi kerak böladi.

Amaldorlarning boyligini deklaratsiyalaş masalasi kun tartibiga qaytgani quvonarli. Yodingizda bölsa, noqonuniy boylik orttiriş jinoyat kodeksiga kiritilişi haqida 2020 yilda xabar berilgan edi. 2021 yilda imzolangan farmonga köra, davlat xizmatçilari, ularning turmuş örtoği va voyaga yetmagan farzandlarining mol-mulki va daromadlarini deklaratsiyalaş 2022 yil 1 yanvardan boşlanişi kerak edi. “Deklaratsiyalaş boşlangaç, qaysi amaldorning qança boyligi borligi hamma uçun oçiq böladi”, degandi öşanda Korrupsiyaga qarşi kuraşiş agentligi direktori Akmal Burhonov. Ötgan vaqt davomida agentlik tegişli qonun loyihasi işlab çiqilgani, tizimning texnik asoslari ham tayyorligi haqida bir neça bor ma’lumot bergan, xalqaro taşkilotlar ham Özbekiston rasmiylariga buni eslatib kelayotgan, lekin masala dolzarbligini yöqotgandek taassurot bor edi.

Çorşanba kungi yiğilişda ma’lum qilinişiça, 117 ta vazirlik va idoradagi “korrupsiyaga qarşi içki nazorat” tuzilmalari rahbarlari işdan olinadi. Soğliqni saqlaş, quriliş va suv xöjaligi vazirliklari, “Özbekneftgaz” va “Özsuvta’minot” kompaniyalarining korrupsiyaga qarşi komplayens nazorati Aksilkorrupsiya agentligiga ötkaziladi. Tendersiz davlat xaridlarini 2 barobarga qisqartiriş, amaldorlarning xizmat avtomobilida yurişini keskin kamaytiriş, davlat idoralari milliy avtomobil va milliy mebellarga ötişi kerakligi ta’kidlandi. Prezident içki işlar organlarida statistikani yaxşilaş uçun jinoyatlar yaşirilayotganini yana bir bor tanqid qildi, advokatlar duç kelayotgan tösiqlarni bartaraf etişga oid qonun loyihasini 3 oy içida kiritiş topşiriğini berdi.

Soxta eksportdan milliardlar

Korrupsion şart-şaroitlar hatto önlab a’zolarga ega jinoiy guruhlar paydo bölişi uçun zamin yaratib beryapti. Kuni keça Davlat xavfsizlik xizmati salkam 40 kişidan iborat uyuşgan jinoiy guruh faoliyati foş etilganini xabar qildi. Aniqlanişiça, guruh tarkibida 17 nafar soliqçi, tuman hokimining birinçi örinbosari, bojxona, bank xodimlari va boşqalar bölgan. Ular soxta kompaniyalar oçib, Qirğizistonga göyoki mebel eksport qilingani haqida hujjatlar rasmiylaştirgan va QQSni qaytarib oliş orqali 24,5 mlrd sömni talon-toroj qilgan. Mirzo Uluğbek tuman sudining hukmi bilan, 38 nafar sudlanuvçidan 14 nafari 5,5 yildan 7,5 yilgaça ozodlikdan mahrum qilingan. Ayni paytda, jinoyatçilardan heç birining na şaxsi, na aniq lavozimi oçiqlandi. Öğri soliqçilardan eng kattasi qanaqa mansabda işlagani, qaysi tuman hokimining birinçi örinbosari jinoiy guruhga boş qöşgani kabi savollar oçiq qolmoqda.

Hafta davomida, Toşkentda içki işlar tergovçisi 500 dollar pora bilan uşlanib, 2 yilga qamalgani, Milliy gvardiya xodimlaridan biri 5500 dollar, yana biri 1500 dollar bilan qölga tuşgani ma’lum böldi. Romitanda milliardlarni ömarişni reja qilib, soxta hujjatlar tayyorlagan “rayono” mudiri va uning şeriklari ustidan sud hukmi öqildi. Ohangaronda esa Kun.uz suriştiruvidan keyin mahkumning uyini özlaştirib olgan hokim örinbosari işdan olindi.

Eksklyuziv huquqlar beriş çeklandi

Özbekistonda endi xohlagan kompaniyaga boşqa heç kimda yöq eksklyuziv huquqni çeksiz muddatga berib bölmaydi. Har holda, qonunçilikka köra endi şunday. Prezident farmoni bilan bu borada çeklovlar belgilandi. Unga köra, bundan buyon eksklyuziv huquqlar uzoği 3 yil muddatga, faqat xavfsizlik maqsadlaridagina berilişi mumkin. Farmon bilan, Raqobat qömitasiga eksklyuziv huquq berilgan sub’yektlar röyxatini 1 aprelgaça oçiqlaş topşiriği berildi.

Raqobat mavzusida oxirgi kunlarning eng köp muhokama qilingan mavzularidan biri – Xitoydan arzon tovarlar yetkazib beruvçi Temu marketpleysining bloklanişi bölmoqda. Bu hafta Soliq qömitasi va Istiqbolli loyihalar agentligi bayonot berib, 20 martdan e’tiboran Temu'ga çeklovlar kiritilişini e’lon qildi. Aholiga bu platformada buyurtma bermaslik, hali yetib kelmagan tovarlar uçun tölovni esa qaytarib oliş tavsiya etilyapti. Temu'ning bloklanişi, avval xabar berganimizdek, Özbekistonda röyxatdan ötmagan xorijiy savdo platformalarining faoliyati taqiqlangani bilan boğliq.

Tarmoqlarda bu qarorning benefitsiari va ehtimoliy lobbisti kimligi haqidagi muhokamalar davom etarkan, Soliq qömitasi marketpleyslar faoliyati ustidan tekşiruvlar ötkazmoqda. Qömitaga köra, bu tekşiruvlar doirasida Rossiyaning Wildberries marketpleysidan 51 mlrd söm yoki qariyb 4 mln dollar qöşimça soliq undirilgan. Wildberries'ning Özbekistondagi faoliyati soliq qonunçiligidagi “ayrim talablarga mos kelmasligi” aniqlandi, deyiladi soliq organining bayonotida.

Bu hafta yana nimalar röy berdi?

Bahor kelişi bilan, nihoyat metan-zapravkalar oçila boşladi. Energetika vazirligi gaz quyiş şoxobçalariga qöyilgan çeklovlar 6 martdan boşlab bosqiçma-bosqiç olib taşlanişini e’lon qildi. Qiziği, vazirlik bayonotida bunga “ötgan kunlar mobaynida olib borilgan tezkor çora-tadbirlar natijasida” erişilgani aytiladi. Şunçaki bahor kelib, kunlar ilib qoldi, degan rost gapni esa vazirlik bayonotida uçratmaysiz.

Özbekiston va Turkmaniston örtasida erkin savdo rejimi amal qila boşladi. Ikki mamlakat örtasida bu borada erişilgan kelişuv 25 fevraldan boşlab kuçga kirdi Natijada ayrim turdagi mahsulotlardan taşqari ikki mamlakatda işlab çiqarilgan tovarlarga nisbatan bojxona bojlari bekor qilinib, savdo tartibotlari soddalaştirildi. Bungaça Turkmaniston MDH doirasidagi erkin savdo zonasining a’zosi bölmagani uçun turkman mahsulotlari Özbekistonda, özbek mahsulotlari esa Turkmanistonda yuqori stavkalarda bojga tortib kelingan.

Quvasoydagi yuzlab daraxtlar noqonuniy köçirib ötkazilganini Ekologiya vazirligi ham tasdiqladi. Vazirlik hisob-kitoblariga köra, tabiatga yetkazilgan zarar 2 mlrd söm atrofida baholanyapti. Yanada açinarlisi, köçirilgan daraxtlar kelgusida nobud bölişi xavfi yuqori bölgan yer maydonlariga ekilgan, ya’ni ularning qurib qolişi ehtimoli katta. Avvalroq Kun.uz bu daraxtlar bevosita Quvasoy şahar hokimining taşabbusi bilan, köçiriş bahonasida qöporib taşlanganini ma’lum qilgandi. Keyingi örganişlarimiz, quvğin qilingan 270 tup köpyillik soğlom daraxtlar joylaşgan joy yaşil jamoat parki bölganini körsatdi. Boğni buzganlarga hozirça biror çora körilgani yöq.

Madaniyat vazirligi, huquq organlari va diniy qömita vakillari san’atkorlarni yiğib, majlis ötkazdi. Rasmiy xabarga köra, majlisda san’atkorlarga odob-ahloqdan ma’ruza qilingan. Yaqinda qabul qilingan diniy siyosat konsepsiyasi tuşuntirilib, “u yoki bu dinni tarğib qilmaslik” uqtirilgan. Mas’ullar artistlarga murojaat qilarkan, ularni qonunlarga sözsiz rioya qilişga, özbekona qadriyatlarni unutmaslikka çaqirgan. San’atkor şohona hayotini köz-köz qilmasligi kerakligi ham qöşimça qilingan.

Komron Çegaboyev tayyorladi.
Doimiy boşlovçi – Bobur Akmalov
Tasvirçi – Şohruzbek Abdurayimov
Surdotarjimon – E’zoza Ahmedova