2019 yil yakunlandi. Demak, bajarilgan işlar, erişilgan yutuqlar, yöl qöyilgan kamçiliklarga qandaydir baho beriş, sarhisob qiliş, kelgusi rejalarni belgilab oliş payti yetib keldi.

Kun.uz tahririyati yil davomida Xorazm viloyatidagi siyosiy, ijtimoiy va iqtisodiy jarayonlarni kuzatib bordi. Muhim tadbirlarda iştirok etdi. Aholining, tadbirkorlarning murojaatlarini örgandi.

Tahririyatning Xorazm viloyati böyiça yoritgan eng muhim voqeasi şubhasiz, uy-joyi buzilgan odamlar bilan boğliq mojaro böldi. Iyul oyida Urganç şahri, Aşxobod köçasidagi uylari buzilgan, kompensatsiya puli berilmasdan Xonqa tumanidagi Çondirqiyot qişloğiga köçirib yuborilgan aholi norozilik tariqasida Urganç-Xonqa yölini tösib qöyişgan edi. Bu mojaro jamiyatda juda katta aks sado berdi. Muammoga hukumat darajasida e'tibor qaratilganidan söng, uyi buzilgan odamlarga kompensatsiya pullari tarqatildi. Keyinçalik, uy-joylarning buzilişi bilan boğliq jarayonlar yangi nizom bilan qattiq nazorat ostiga qöyildi. Ayni paytda Çondirqiyot qişloğida juda katta kölamdagi quriliş işlari yakunlanmoqda. Odamlar uy-joylarini tiklab olişyapti, ijtimoiy soha obektlari qurilmoqda. Umid qilamizki, bu oilalarning hayoti yana öz iziga tuşib ketadi va hammasi yaxşi böladi.

Kun.uz birinçi galda ijtimoiy muammolarga katta ahamiyat beradi. Ular köplab odamlarning hayotiga, turmuşiga aloqadorligi tufayli biz uçun dolzarbdir. Yil davomida Xorazmning turli qişloqlarida, mahallalarida böldik, ijtimoiy muammolarni örgandik. Ularning aksariyati yöllarning yomonligi bilan boğliq edi. Urganç tumanidagi «Hayot yöq mahalla!», Urganç şahridagi «loyga botib qolgan» mahalla, Qöşköpir tumanidagi yöllari obod bölmagan mahalla, Boğot tumanidagi «Ma'naviyat» mahallasini obod qiliş böyiça çala qolgan işlar, Urganç tumanidagi çang-tözon ostida qolgan, hatto tanovvul qiladigan ovqatiga ham çang ötirayotgan odamlar, Şovot tumanidagi rasvo yöllar, Pitnak qişloğidagi çang-tözonda qolgan mahallalar haqidagi tanqidiy maqolalar şular jumlasidandir. Kommunal xizmatlar bilan boğliq bölgan juda dolzarb masalalar ham e'tibordan çetda qolmadi. Maişiy şaroitlarning oğirligidan qiynalib qolgan hazoraspliklar, «Obod qişloq» dasturi doirasida bajarilgan işlardan qoniqmayotgan xonqaliklarning ijtimoiy muammolari haqidagi maqolalarda bu muammolarni yoritganmiz. Qayd qiliş joizki, tanqidiy maqolalarning aksariyati mahalliy hokimliklar, mutasaddi taşkilotlar e'tiboriga tuşdi, muammolar töliq yoki qisman bartaraf qilindi, odamlarning oğiri yengillaşdi. Ba'zi muammolarning 2020 yilda hal qilinişiga va'da berildi. Biz albatta vaziyatni kuzatib boramiz.

Xorazm viloyati ariqlar, zaxkaşlar va kanallarga boy hudud hisoblanadi. Bu yerda 3 mingdan ortiq katta va kiçik köpriklar mavjud. Ularning aksariyati jismoniy va ma'naviy jihatdan eskirgan, ta'mirtalab bölib qolgan. Jamiyat va iqtisodiyot uçun muhim bölgan bu muammolarni ham örgandik. Avariya holatiga kelib qolgan bir neça köpriklarga, şu jumladan, Xonqa tumanidagi avariya holatiga kelgan köprikka ommaning e'tiborini jalb qildik. Yil davomida ba'zi köpriklar ta'mirlandi, boşqalari turli dasturlarga kiritilib, 2020 yilda ta'mirlab berilişi va'da qilindi.

Tadbirkorlik – Özbekistonning ijtimoiy-iqtisodiy rivojlanişining muhim omillardan biri. Tadbirkorlar boy bölsa – yurt farovon böladi. Biz tadbirkorlarning muammolariga jiddiy e'tibor qaratamiz, ularning faoliyati, manfaati, huquqlari sözda emas, amalda ham himoya qilinişi tarafdorimiz. Afsuski, har doim ham şunday emas. Yerlari tortib olinib, 50 boş qoramoli bilan yersiz qolgan qöşköpirlik çorvador-fermer muammosi, Xiva buyum bozoridagi tadbirkorlar va Xiva şahar hokimligi örtasidagi mojaro, Urganç dehqon bozorida yonğindan zarar körgan tadbirkorlarning murojaati, yeri boşqa şaxsga noqonuniy berib yuborilgan xivalik fermer muammosi, tanlovda yutib çiqqan bölsa-da, hokimlikdan yer ololmayotgan xonqalik fermer, mansabdor şaxsning firibgarligi tufayli katta miqdordagi mablağga çuv tuşgan tadbirkorlar, ikki fuqaroga bir joydan yer berilişi va bu bilan boğliq köp yillik mojaro kabi maqolalarda tadbirkorlarning muammolarini, taşvişli holatlarni yoritdik. Ularning ba'zilari öz yeçimini topmadi, boşqalari böyiça sudlar davom etmoqda.

Oliy ta'lim muassasalariga hujjat topşiriş va test jarayonida ham iştirok etdik. Urganç Davlat Universitetidagi qabul jarayoni, undagi şaroitlar, muammolar va qulayliklar haqida fotoreportaj qildik. Va albatta test topşiriş jarayonini ham kuzatib, öquvçilarimizga axborot berdik.

Yil davomida bizni taajjubga solgan murojaatlar ham böldi. Fuqarolar tomonidan öz manfaatini har narsadan ustun qöyib, heç kimni va heç narsani mensimasligi holatlariga duç keldik. Örganiş jarayonida beixtiyor «Odamlarga nima bölyapti? Insoniylik, odamgarçilik qayerda qoldi?» degan savollar hayolga keldi. Yangiariq tumanida piyodalar yölkasi fermer tomonidan buzib taşlangani, natijada bolalar yölning xavfli serqatnov qismidan maktabga borayotgani, Urganç şahridagi sifatsiz qurilgan, yaşaş uçun xavfli bölgan köpqavatli uylar mojarosi, Urganç tumani aholisining yöl noqonuniy yopib qöyilganidan aziyat çekayotgani, Urganç şahrida aholi qabriston va quriliş obekti orasida qolib ketgani, Yangibozor tumanida ğişt zavodlarining zararli ta'siri odamlarni qiynab qöygani, Urganç tumanidagi bolalar boğçasining bir qismida sauna qurilayotgani, hazorasplik ayol otameros yer masalasida sarson bölayotgani haqidagi murojaatlar asosida tayyorlangan maqolalar şular haqidadir.

Ijtimoiy ahamiyati katta bölgan, dolzarb va xavotirli murojaatlar ham böldi. Xususan, Şovot tumanida «körinmas ofat» - termitlardan aziyat çekayotgan mahalla muammosi, Urganç tumanida tomorqalarini zax bosib, dehqonçilik qilolmayotgan aholining murojaati, şuningdek, Urganç Markaziy dehqon bozori oldidagi juda katta tirbandliklar masalalarini şular qatoriga qöşamiz. Qayd qiliş joizki, bu muammolar hanuzgaça öz yeçimini topmagan.

Yil davomida xususiy bandlik agentliklari, moliyaviy piramidalar yoki şunga öxşaş, odamlarni ommaviy çuv tuşiriş holatlari bilan boğliq muammolar yuzaga çiqib ketdi. «Human xususiy bandlik agentligi»ga işonib, pullaridan ayrilgan xorazmliklar, quruvçi taşkilotga aldanib, pulsiz va uysiz qolgan hazoraspliklar muammolari haqidagi maqolalarda bu haqda yozganmiz. Ayni paytda har ikkala holat böyiça sud mahkamalari davom etmoqda. Bunday noxuş voqealar takrorlanmasligi uçun odamlarni huşyorlikka, e'tiborli bölişga çaqirib qolamiz.

Yilning muhim siyosiy voqealaridan biri – saylovlar ham tahririyat e'tiboridan çetda qolmadi. Xorazmda bu jarayonning qanday ötganini kuzatdik, tariximizda ilk marotaba OAV sifatida ovozlarni sanaş jarayonida bevosita iştirok etdik. Bundan taşqari, Şovot tumanida saylov jarayonidagi qonunbuzarliklar, Urganç tumanidagi saylov uçastkasida ovozlar soxtalaştirilgani haqidagi murojaatlarni örgandik, suriştiruv ötkazdik. Aytiş örinli, hozirça huquq-tartibot idoralari bu maqolalarga öz munosabatini bildirmadi.

Xorazm viloyatida mahalliy hokimlikning xalq bilan qanday muloqot qilişi ham diqqat e'tiborimizda böldi. Xususan, viloyat hokimining Boğot tumanidagi, Gurlan tumanining çekka qişloğidagi sayyor qabulida iştirok etdik. Şuningdek, Xonqa tumanida özgaça şaklda şaxsiy sayyor qabulini ötkazganiga guvoh böldik. Aholining murojaatlari, ularga bölgan munosabat, muammolarni yeçiş mexanizmlarini kuzatdik. Bu haqda baholi qudrat xulosalarimizni berdik.

Kun.uz Xorazm viloyatida ötkazilgan muhim tadbirlarda ham iştirok etdi. Urganç va Xiva şaharlarida «Xalqaro investitsiya forumi va Xorazm viloyati işlab çiqaruvçilarining milliy körgazmasi» böldi. «Fan, ta'lim, madaniyat va biznesda internet va axborot-kutubxona resurslari» mavzusida «Central Asia – 2019» xalqaro konferensiyasi ötkazildi.

Bundan taşqari, turli köngiloçar, qiziqarli tadbirlar, xususan, Xivadagi «Baliq taomlari festivali», «Qovun sayli», Urgançdagi «Hosil bayrami»dan fotoreportajlarni öquvçilarimizga taqdim qildik.

Biz xolis axborot yetkaziş tamoyillari va jurnalistikaning yuqori standartlaridan oğişmagan holda, Xorazm viloyatidagi siyosiy va ijtimoiy-iqtisodiy jarayonlarni kuzatişda, yoritişda davom etamiz. Aholining, tadbirkorlarning murojaatlarini baholi qudrat örganamiz, ularning yeçim topişiga kömaklaşamiz. 2020 yilda ham Kun.uz bilan birga böling.

Kun.uz muxbiri Nurmuhammad Said