Prezidentning parlamentga murojaati, Rossiyaning yangilangan hukumati, oğir ahvolda qolgan Xitoy va haftaning boşqa xabarlari
|02:45 / 27.01.202038 51319 min
Yakunlanayotgan hafta ham barça haftalarda bölganidek muhim jarayonlarga boy böldi, jahonning turli nuqtalarida ham, Özbekistonda ham e'tiborga molik voqealar bölib ötdi. Kun.uz ötgan haftaning eng asosiy va diqqat markazida turgan mavzulari böyiça haftalik dayjestni taqdim etadi.
Yakunlangan hafta Özbekiston hayotida qizğin keçdi. Avvaliga 20 yanvar kuni prezident iştirokida Qonunçilik palatasida va Senatda alohida yiğiliş ötkazildi, 21 yanvar kuni palatalarining qöşma yiğilişi bölib ötdi, 24 yanvar kuni esa prezident an'anaviy ravişda parlamentga murojaat yölladi.
21 yanvar kuni Oliy Majlis Qonunçilik palatasi va Senatining qöşma majlisida çiqiş qilgan prezident qoğozbozlikka berilib, amaliy natijani keyingi öringa tuşirib qöygan rahbarlar bilan xayrlaşilişi,
Prezident 2020 yilni — Ilm-ma'rifat va raqamli iqtisodiyotni rivojlantiriş yili deb e'lon qildi.
Yaqin ikki yilda barça qişloq va mahallalar tezkor internet bilan ta'minlanişi ma'lum qilindi.
Ta'lim haqida:
maktab bitiruvçilarining oliy ta'limga qamrovi 25 foizdan 50−60 foizga yetkaziladi;
OTM davlat granti asosida qabul ikki barobar oşiriladi, şuningdek, qizlar uçun alohida davlat grantlari joriy etiladi;
öqişga kiriş soddalaştiriladi;
ona tili böyiça bilimlarni baholaşning milliy test tizimi paydo böladi;
mutaxassislikka aloqasi bölmagan fanlar soni ikki baravarga kamayadi;
oliy ta'lim öquv jarayonida kredit-modul tizimi joriy etiladi;
pedagogik ta'limning 6ta yönalişi böyiça öqiş muddati 3 yil etib belgilanadi;
10ta OTM özini-özi moliyalaş tizimiga ötib, kamida 5ta OTM transformatsiya qilinadi.
Propiska haqida
«Asosiy işçi kuçi yaşaydigan va iş örinlari yaratilayotgan hududlarimiz örtasida tafovut mavjud. Buning yeçimi — içki migratsiyani erkinlaştirişdir. Şu bois, parlament va hukumat 2020 yil 1 aprelga qadar propiska tizimini isloh qiliş böyiça xalqaro tajribani örganib, aniq takliflarni işlab çiqişi lozim», dedi prezident.
Kambğallik haqida
Özbekistonda Kambağallikni kamaytiriş dasturi işlab çiqiladi. Hisob-kitoblarga köra, mamlakatda kam ta'minlangan aholi soni 12−15 foizni (4,5−5 mln kişi) taşkil etadi. Oxirgi 2 yil içida ijtimoiy nafaqa oluvçilar soni 1,3 barobarga köpaydi, nafaqalar miqdori 2 barobarga oşdi.
Lekin kam ta'minlangan aholiga ijtimoiy nafaqa va moddiy yordam pulini tölaş yoki ular miqdorini oşiriş orqali uşbu muammo töliq yeçilmaydi. Şuning uçun Jahon banki, BMTning Taraqqiyot Dasturi va boşqa xalqaro taşkilotlar bilan birga Özbekistonda Kambağallikni kamaytiriş dasturi işlab çiqiladi.
Bank tizimi islohoti haqida
Bank tizimini rivojlantiriş böyiça qat'iy çoralar körilişi kerak. Bank tizimi raqamli texnologiyalarni joriy qiliş böyiça 10-15 yil ortda qolmoqda. Davlat banklari bosqiçma-bosqiç xalqaro investorlarga sotiladi. Joriy yilda Milliybank va Ipoteka-bank ham öz yevrobondlarini çiqaradi. Kredit tarixi axborot tizimi töliq işga tuşiriladi. Heç kim — na Vazirlar Mahkamasi, na hokimiyat bank işiga aralaşişi kerak emas.
Prezident Şavkat Mirziyoyev Murojaatnomada davlat uluşiga ega bölgan banklar bosqiçma-bosqiç strategik investorlarga sotilişi hamda soha uçun zamonaviy kadrlar tayyorlaş maqsadida, Bank-moliya akademiyasi xorijiy mutaxassislar bilan birgalikda töliq qayta taşkil etilişini ma'lum qildi.
Özbekistonda Eksport-kredit agentligi taşkil etiladi. Şuningdek, eksport qilişda zamonaviy suğurta xizmatlari joriy qilinadi, avtomobil va havo transporti xarajatlarini qisman davlat tomonidan qoplab beriş mexanizmi joriy qilinadi. Köp ilğor davlatlarda (Janubiy Koreya, Xitoy, Rossiya va boşqalar) Eksimbanklar faoliyat körsatişadi. Ularning asosiy vazifasi – eksport qiluvçi korxonalarga moliyaviy yordam körsatiş. Xuddi şunday taşkil qilinayotgan Eksportni qöllab-quvvatlaş jamğarmasi eksportyorlarning xarajatlarini qisman qoplaş yoki eksport şartnomalarida kafil sifatida iştirok etadi. Eksport kredit agentligi esa eksport va eksportoldi jarayonlarni moliyalaştiriş bilan şuğullanadi.
Telegramdagi bakiroo kanali muallifi prezidentning banklar haqidagi gaplariga munosabat bildirdi.
«Prezident Murojaatnomada heç kim, na Vazirlar Mahkamasi, na hokimiyat bank işiga aralaşişi kerak emas, demoqda.
Töppa-töğri. Bu talab «Banklar va bank faoliyati töğrisida»gi Qonunda ham, keyingi yillarda qabul qilingan qator Prezident qarorlari, farmonlarida ham yozib qöyilgan. Özimiz belgilagan qoidalarga özimiz amal qilsak kifoya. Şunisiga kelganda esa judayam qiynalamiz», deya yozadi u.
Yana bir bor YeOII haqida
«Bugungi kunda Özbekistonning Yevroosiyo iqtisodiy ittifoqi bilan hamkorlik qilişi böyiça masalalar örganilmoqda. Biz, albatta, uşbu jiddiy masalada, eng avvalo, xalqimizning manfaatlaridan kelib çiqib, ularning xohiş-irodasiga tayanamiz. Şuning uçun xalq vakillari bölgan deputat va senatorlarimiz parlament palatalarida mazkur masalani atrofliça muhokama qilib, öz zimmalariga mas'uliyatni olgan holda, asoslangan xulosalarini aytişlari kerak. Vazirlar Mahkamasi uşbu yönalişdagi tahliliy va kompleks baholaş işlarini yakunlab, tegişli xulosa va takliflarni Oliy Majlis palatalariga taqdim etsin.
Şu bilan birga, biz Jahon savdo taşkiloti bilan boşlangan muloqotimizni, hamda Yevropa Ittifoqi bilan Hamkorlik va şeriklik töğrisidagi yangi bitimni tuziş böyiça işlarni izçil davom ettiramiz. Şuningdek, biz boşqa xalqaro va mintaqaviy iqtisodiy taşkilotlardagi iştirokimizni, yanada kuçaytiramiz», dedi prezident.
Telegramdagi davletovuz kanali muallifi prezidentning parlamentga murojaatidagi alohida jihatlarga e'tibor qaratdi.
Birinçidan, rostini aytiş kerak, murojaat mazmunli, mantiqli tayyorlangan hamda odamlarni öylantirayotgan muammolarga davlatning yondaşuvini aniq-tiniq körsatib beradi. Ya'ni odamlarning muammolari, rus tilida aytganda, “toçeçnyy” emas, balki tizimli yondaşuv asosida hal qilinadi. “Kolxozça” yondaşuvlar, nazarimizda, ortga çekingan. Populistik va'dalar juda kam — bori ham bir neça şaxsning manfaatlariga emas, balki umummilliy manfaatlarga (ta'lim) qaratilgan. “Jamiyat – islohotlar taşabbuskori” degan ğoya şu negizda olingan bölsa kerak. Yana bir masala: butun murojaat mantiqan boğlangan va bitta liniyani uşlaydi.
Ikkinçidan, murojaat yangi Özbekiston qaysi yöldan borişi böyiça yana bir marta oliy darajada eslatilayapti. Oxirgi saylovlar va boşqa voqealar fonida yuzaga kelgan şubhalarga qat'iy javob beriş maqsad qilingan. Demokratik rivojlaniş yölidan qaytilmasligi, korrupsiyaga qarşi kuraş dolzarbligini yöqotmasligi, oçiq bozor va integratsiya — garçi juz'iy aks xatti-harakatlar közga taşlanayotgan bölsa-da — doimiy ravişda ta'kidlanişi xalqaro hamjamiyat uçun yaxşi signal.
Uçinçidan, hali ham siyosiy islohotlarga boşqa sohalardagi islohotlar konteksida qaralayapti. Ya'ni yil nomiga monand ravişda avval hayot-mamot masalasi bölgan ta'lim, söng iqtisodiy islohotlarga ustuvorlik berilmoqda. Qiziq tarafi, ta'lim islohotlari yil nomi munosabati bilan birlamçi böldimi yoki haqiqatan ham, ta'lim Özbekistonni rivojlantirişning asosi sifatida qaraldimi — vaqt körsatadi. Ta'lim tizimini isloh qiliş böyiça progressiv çora-tadbirlar taklif etildi. Muhimi ham şu.
Törtinçidan, joriy yilgi murojaatda qisqa muddatli ta'sirga ega bölgan, bir martalik, ayniqsa, fuqarolar va tadbirkorlar uçun imkoniyatlar tengligiga rahna soladigan çora-tadbirlar kamligi közga taşlanadi. Bölar-bölmas imtiyozlar berilişi haqidagi gap-sözlar qariyb uçramadi. Imtiyozlarning aksariyati subsidiya va boşqa instrumentlar bilan almaştirilgan. Davlatning ijtimoiy funksiyasi maqsadli moliyalaştiriş asosida bajariladigan bölayapti.
Beşinçidan, Özbekistonning oldida turgan eng dolzarb vazifa — qişloq xöjaligini isloh qiliş böyiça eski yondoşuvlar özini oqlamagani yangi takliflar asosida tan olingan. Agrar tarmoqni isloh qiliş böyiça yagona töxtamga kelingan. Bu bozor talabi, davlatning çekkaga çiqişi va samarali menejmentni joriy qiliş orqali amalga oşiriladi.
Özbekistonning yangilangan hukumati
21 yanvar kuni amaldagi boş vazir Abdulla Aripov nomzodi Qonunçilik palatasi va Senatning qarorlari bilan boş vazirlik lavozimiga tasdiqlangandi.
24 yanvar kuni Özbekiston Respublikasi prezidenti Şavkat Mirziyoyevning «Özbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi a'zolarini tasdiqlaş töğrisida»gi farmoni imzolandi. Unga köra, boş vazirning birinçi örinbosari Oçilboy Ramatov lavozimini saqlab qolgan, boş vazir örinbosarlaridan biri bölgan Elyor Ğaniyev Transport vaziri lavozimiga ötkazilgan (avval bu vazirlikka ham Oçilboy Ramatov mas'ul edi, endi Ğaniyev boş vazir örinbosari emas), Turizmni rivojlantiriş davlat qömitasi tugatilgan (unga Abdulaziz Oqqulov rahbarlik qilib kelayotgandi), yangi lavozim – Boş vazirning örinbosari – Özbekiston Respublikasi Turizmni rivojlantiriş davlat qömitasi raisi lavozimi joriy etilib, uning rahbarligini Aziz Abduhakimov egallagan, Boş vazir örinbosari – Özbekiston Respublikasi moliya vaziri Jamşid Qöçqorov hamda Boş vazir örinbosari – Özbekiston Xotin-qizlar qömitasi raisi Elmira Bositxonova lavozimini saqlab qolişgan.
Bundan taşqari, yana ikki lavozim joriy etilgan - Boş vazirning investitsiyalar va taşqi iqtisodiy aloqalar masalalari böyiça örinbosari hamda Boş vazirning ta'lim va soğliqni saqlaş masalalari böyiça örinbosari. Hozirça bu lavozimlar böş qolmoqda.
Öz navbatida, 22 vazirlikning 20tasida avvalgi vazirlar lavozimlariga qayta tasdiqlangan, qolgan 10ta qömita rahbariyatida ham özgarişlar yöq, prezident farmoni bilan senator etib tayinlangan Baxtiyor Sayfullayev örniga Ozodbek Nazarbekov tayinlangan, prezident farmoni bilan senator etib tayinlangan Tursinxan Xudaybergenov örnini Favqulodda vaziyatlar vaziri lavozimida kim egallaşi hozirça noma'lum.
22 yanvar kuni Rossiyaning yangi boş vaziri Mixail Mişustin prezident Vladimir Putinga yangi hukumatni taqdim etdi.
Yangilangan Vazirlar Mahkamasida avvalgi 10 nafar örniga 9 nafar boş vazir örinbosari böladi. Ulardan uç nafari — Tatyana Golikova, Yuriy Borisov va Yuriy Trutnev öz lavozimlarini saqlab qolgan. Yana oltitasi esa yangi kadrlar: Aleksey Overçuk (Federal Soliq xizmati rahbarining sobiq örinbosari), Viktoriya Abramçenko (Rosreyestrning sobiq rahbari), Dmitriy Çernişenko (Gazprom Media sobiq boş direktori), Dmitriy Grigorenko (Federal Soliq xizmati rahbarining sobiq örinbosari), Marat Xusnullin (Moskva merining sobiq örinbosari). Boş vazirning birinçi örinbosari lavozimiga esa ilgari prezident yordamçisi bölib işlagan Andrey Belousov tayinlandi.
Şimoliy Kavkaz işlari vazirligi tugatildi, qolgan 21ta idoradan 9tasida rahbarlar almaştirildi.
Maksim Oreşkin örniga Iqtisodiy rivojlaniş vazirligini ilgari Perm ölkasi gubernatori bölgan Maksim Reşetnikov boşqaradi.
Roszdravnadzorning sobiq rahbari Mixail Muraşko soğliqni saqlaş vaziri etib tayinlandi, bu vazirlikni avval Veronika Skvorsova boşqargan.
Vladimir Medinskiy örniga Madaniyat vazirligini Madaniyat vazirligining kinematografiya departamentining sobiq rahbari Olga Lyubimova boşqaradi.
«Rostelekom» vitse-prezidenti bölib işlagan Maksut Şadayev raqamli rivojlaniş, telekommunikatsiyalar va ommaviy kommunikatsiyalar vaziri lavozimiga tayinlandi, bu lavozimda şu vaqtgaça Konstantin Noskov faoliyat körsatib kelayotgan edi.
Maksim Topilinning örniga moliya vazirining sobiq örinbosari Anton Kotyakov mehnat va aholini ijtimoiy muhofaza qiliş vaziri böldi.
Ma'rifat vazirligini Rosobrnadzorning sobiq rahbari Sergey Kravsov boşqaradi, ilgari bu lavozimda Olga Vasileva işlagan.
Rossiya fan va oliy ta'lim vaziri lavozimiga Mixail Kotyukov örniga Tyumen davlat universiteti rektori Valeriy Falkov tayinlandi.
Sport vaziri lavozimiga Talabalar sporti federatsiyasining prezidenti Oleg Matitsin Pavel Kolobkov örniga tayinlandi.
Adliya vazirligida Aleksandr Konovalov örniga Konstantin Çuyçenko rahbar böldi. Adliya vazirligining yangi rahbari avvalroq hukumat apparatini boşqargan.
Qolgan 12 vazir öz lavozimlarini saqlab qoldi, ular orasida Mudofaa vaziri — Sergey Şoygu, Içki işlar vaziri — Vladimir Kolokolsev, Taşqi işlar vaziri — Sergey Lavrov, Sanoat va savdo vaziri Denis Manturov, Transport vaziri — Evgeniy Ditrix, Energetika vaziri — Aleksandr Novak, Qişloq xöjaligi vaziri — Dmitriy Patruşev.
Xitoydagi ölim virusi
Xitoy va Janubi-Şarqiy Osiyoda yangi koronavirus keltirib çiqargan pnevmoniya tarqalişi davom etmoqda. Xitoy hukumati bu virus epidemiyaga aylanib ketmasligi uçun zarur çoralarni qöllamoqda: katta-katta şaharlar taşqi dunyodan uzib yopib qöyilgan, aviareyslar va temir yöl poyezdlari qatnovlari töxtatilgan, yangi yil tadbirlari bekor qilingan, barça xavfsizlik çoralarini köriş uçun safarbar qilingan. Lekin 25 yanvar kuni Xitoy Xalq Respublikasi raisi Si Tszinpin davlat telekanallari orqali mamlakat oğir ahvolda ekanligini aytdi.
«Biz xavfli vaziyatga duç keldik, yangi koronavirusning tarqalişi tezlaşmoqda. Biz kasallikka qarşi kuraşni va ularning oldini olişni doimiy ravişda kuçaytirmoqdamiz. Biroq hozir biz jamoat soğliqni saqlaş tizimida jiddiy favqulodda inqirozga duç keldik», degan Si Tszinpin.
Ayni paytga kelib Xitoyda kamida 2002 kişi yangi koronavirus qözğagan pnevmoniya bilan kasallangani tasdiqlandi. Yana deyarli 2,7 ming kişida uşbu taşxis gumon qilinmoqda.
Soğliqni saqlaş vazirligi Jahon soğliqni saqlaş taşkilotiga asoslanib koronavirusning dunyo böylab tarqalib ketiş xavfi kamligi, jiddiy xavotirga hojat yöqligi bildirgandi.
23 yanvar kuni Soğliqni saqlaş vazirligi va Sanitariya-epidemiologik osoyiştalik agentligi ötkazgan matbuot anjumanida respublikaga kirib kelişning barça yönalişlari böyiça epidemiologik nazorat örnatilgani, barça çegara punktlari kerakli jihozlar, jumladan teplovizorlar bilan ta'minlangani haqida ma'lumot berildi.
Özbekiston Taşqi işlar vazirligi Uxan şahrida 30dan ortiq Özbekiston fuqarosi bölişi mumkinligini ma'lum qilgan.
25 yanvar kuni ötkazilgan Xalqaro press-klub sessiyasida iştirok etgan Taşqi işlar vaziri Abdulaziz Komilov Uxandagi özbekistonliklar vatanga olib kelinişi mumkinligini aytgan edi. Ammo keyinroq Xitoy hukumati heç qaysi davlatga fuqarolarini evakuatsiya qilişga ruxsat bermayotgani ma'lum qilindi.
Turkiyadagi zilzila
24 yanvar kuni keçqurun Turkiya şarqida kuçli zilzila yuz berişi oqibatida 35 kişi halok böldi. Yana 1600dan ortiq kişi turli darajadagi jarohatlar bilan şifoxonalarga yotqizilgan.
Juma kuni mahalliy vaqt bilan soat 20:55da boşlangan 6,8 balli zilzila 15 soniya davom etgan, şuningdek, kuçi 3,3 balldan 5,4 ballgaça bölgan afterşoklar qayd etilgan. Zilzila öçoği Elyaziğ provinsiyasidagi Sivrij şahri yaqinida, 6,7 km çuqurlikda joylaşgan. Zilzila oqibatida binolar vayron böldi, odamlar uysiz qoldi.
Hukumat ma'lumotiga köra, şu vaqtgaça xarobalar ostidan 45 kişi qutqarib olingan, yana kamida 20 kişi vayronalar ostida qolayotgan bölişi mumkin.
Özbekistonning Anqara şahridagi elçixonasi bergan ma'lumotga köra, zilzila oqibatida vafot etgan va jarohatlanganlar orasida Özbekiston fuqarolari qayd etilmagan.
Hukumat qanday çoralar körmoqda?
Jabrlangan hududlarga yuzlab yuk maşinalarida insonparvarlik yordamlari jönatilmoqda - oziq-ovqat mahsulotlari, dori-darmonlar, körpa-töşak va palatkalar. Bu hududda harorat tunda minus darajaga tuşib ketmoqda. Şanba kuni keçqurun -8 daraja sovuq qayd etildi.
TRT davlat telekanali şanba kuni ertalabdan Elyaziğ provinsiyasidan reportajlar bera boşladi, u yerda qutqaruvçilar tuni bilan tört qavatli uy xarobalari ostidan jabrlanuvçilarni olib çiqiş işlari bilan şuğullanişdi.
Qutqaruvçilar avvaliga quruq qöl bilan işlaşdi, keyinroq çekka hududga texnikalar yetib keldi.
Xabar qilişlariça, zilziladan 19 soat ötgandan keyin ham xarobalar ostidan bir ayol tirik holda topilgan. Yana bir ayol qarindoşlariga telefon orqali qönğiroq qilganidan keyin topildi. Xarobalar ostidan olib çiqilgan 12 yoşli bola şifoxonada jon berdi.
Turkiya prezidenti Rajab Toyyib Erdöğan Elyaziğ viloyatida sodir bölgan zilzila oqibatida qurbon bölgan ona va uning öğlining janoza marosimida qatnaşdi.
«Biz köplab zilzilalarni boşdan keçirganmiz, ammo xalqimiz sabr bilan tik turib kelgan», - dedi Erdöğan.
U davlat odamlarni qutqariş ustida operativ tarzda işlaşiga va infratuzilmani tiklaşga va'da berdi.
«Zilziladan jabr körgan hududlarda heç kimning uysiz qolişiga yöl qöymaymiz», - dedi u.
Yer osti silkinişlari Suriya, Livan, Iroq va Eron hududida ham sezilgan.
Turkiyada kuçli zilzilalar bölib turadi. 1999 yilda Izmit şahrida röy bergan 7,6 balli yer osti silkinişi oqibatida 17 ming kişi halok bölgandi.
Bugungi zilziladan jabrlangan hudud poytaxt Anqaradan 550 kilometr şarqda joylaşgan. Bu hududda aholi siyrak yaşaydi va şu tufayli talofatlar haqidagi ma'lumotlar uzilişlar bilan kelmoqda.
Sivrij şahrida 4 mingga yaqin kişi yaşaydi, Tigr daryosi manbasi bölgan Hazar köli yoqasida joylaşgan bu şahar turistlar orasida maşhur hisoblanadi.