Behzod Musayev soğliqni saqlaş vaziri etib tayinlanganiga bir yildan oşdi. 2021 yil 11 noyabr kuni vazirlik rahbarligida iş boşlagan Musayevga tibbiyot sohasidan çiqmagan bölsa ham boşqaruvçi sifatida tajribaga egaligi uçun katta işonç bildirilgandi.
«Mehribon» vazir
Musayev sohadagi faoliyatining ilk kunlarida «şifokorlarga talabçan, bemorlarga mehribon vazir» sifatida namoyon bölgandi. Xususan, u yarim tunda poytaxt şifoxonalaridagi vaziyatni örgandi, bayramlarda bemorlar holidan xabar oldi. Ijtimoiy tarmoqlarda tarqalgan xabarlarga ham tezkor munosabat bildirib turişni e’tibordan çetda qoldirmadi.
Biroq sohaga umumiy nazar taşlanganida yangi islohotlar amalga oşirilmaganini köriş mumkin. Negaki, tizim hamon oğir ahvolda: kasalliklar, kasallanişlar soni ortib boryapti, yetuk mutaxassis kadrlar çet davlatlarga ketib işlaşni ma’qul körişyapti, şu yerda qolganlari turli bosimlarga uçrayapti, ayrim turdagi bemorlar esa hamon umidni xorij şifokorlariga boğlaşda davom etişmoqda.
Yakunlanayotgan 2022 yilda soğliqni saqlaş tizimi köproq jabrdiyda soha sifatida «tilga tuşdi». Çunki yeng içida sohaga doir amalga oşirilgan ba’zi işlar keng jamoatçilikda şunday xulosalarni keltirib çiqardi.
Nişondagi şifoxonalar
Toşkentda jami 17 gektar maydonga ega bölgan uçta onko-şifoxonaning bino-inşootlari sotuvga qöyilişi jiddiy muhokamalarga sabab böldi. Jamoatçilik vakillari, tibbiyot xodimlari şifoxonalar maydoni sotib yuborilayotganini fojia sifatida

















