Haqiqiy islohotlar töxtab qolmasligi kerak. Yil dayjesti
|22:30 / 01.01.202326 86516 min
Özbekiston ötgan 6 yillik davrdan keyin, keçikkan va çözilgan reformalarning eng muhim nuqtasiga yetib keldi. 2022 yilda qayta şakllangan mamlakat siyosiy elitasi (Prezident administratsiyasi) oldida tarixiy imkoniyat turibdi: korrupsiya va monopoliyalar tiyilib, erkin iqtisodiyot va raqobatli siyosat muhiti yaratiladimi? Yoki yana “taraqqiyotning özbek modeli” kaşf qilinadimi? Kun.uz'ning yil dayjesti ana şu savollarni örtaga çiqaradi.
Avvaliga eng yaxşi yangiliklardan ayrimlarini sanab ötsak. 2022 yilda özbekistonliklar uçun Umra ziyoratiga borib keliş ança osonlaşdi. Xususiy turfirmalarga norasmiy tarzda bölsa ham ruxsat berilgaç, arzonroq narxdagi takliflar ham paydo böldi. Prezident Şavkat Mirziyoyevning Saudiya Arabistoniga taşrifidan keyin Özbekiston uçun Haj kvotalari 2 barobarga oşirilib, bir yil uçun 24 ming nafarga yetdi. Davlat rahbari Arabistonga taşrifi davomida umra amallarini bajardi, Ka’batullohning içida namoz öqidi.
Yil davomida byurokratiyani qisqartiriş yölidagi harakatlar davom etdi. Elektron hukumat imkoniyatlari oşib, yana 15dan ortiq turdagi hujjatlarni söraş töxtatildi. Köçmas mulk ijarasi böyiça şartnomalar faqat onlayn tuzilyapti. Avtomobilga işonçnoma rasmiylaştiriş uçun ham endi notariusga boriş şart emas, buni yagona portal orqali qilsa böladi. Haydovçilar ID-kartasi yonida bölsa, boşqa hujjatlarini olib yurişiga hojat qolmadi. ID-kartani Özbekistonning xohlagan hududidan oliş mumkin böldi. Fuqarolar davlat xizmatlaridan foydalanişda telefon raqami orqali şaxsini tasdiqlaşi yölga qöyildi.
Davlat xususiy sektorda işlaydigan ayollarga nisbatan diskriminatsiyani qisman töxtatib, ularga “dekret puli” tölay boşladi – homilador ayollar farzandli bölguniga qadar davlatdan oyiga 2 mln sömdan olişlari mumkin. Jarayon avtomatlaştirilgan, dekret puli oliş uçun heç qayerga murojaat qiliş şart emas.
loyihasi bu yil tölaqonli amaliyotga kiritildi. Garçi xalq pullarini taqsimlaşning eng yaxşi yöli bölmasa ham, hozirgi şaroitda bu loyiha odamlarga bitta ilinjni beryapti: masalan, mahalla yölini asfalt qiliş kerak bölsa, hokimiyatning “dasturga kiritilgan” degan puç va’dasiga işonib, yillab kutiş şartmas: mahalla özi birlaşib, buning uçun kerakliça ovoz yiğa olsa böldi. 2023 yildan boşlab “Obod mahalla” va “Obod qişloq” dasturlari tugatilib, mahallalar infratuzilmasiga ajratiladigan pullarning hammasi “Taşabbusli budjet”ga yönaltiriladi.
Iqtisodiyot
Yil dayjestini sohalarga ajratgan holda davom ettiramiz. Birinçi yönaliş – iqtisodiyot.
Hukumatning rejalariga köra, bu yil inflatsiya uzoq yillar içida birinçi marta bir xonali raqamga tuşişi kerak edi. Lekin Rossiyaning Ukrainaga bostirib kirişi, ustiga ustak iqtisodiy islohotlar haddan taşqari sekinlaşib qolgani sabab giperinflatsiya bu yil ham davom etdi. Pulning qadrsizlanişi yil yakuni böyiça rasman 12 foiz böldi. 1 iyundan oyliklar xuddi şunçaga oşgan edi. Bu degani – davlat işida işlab, faqat oylikka yaşaydigan odamning real daromadi oşgani yöq, çunki maoşning oşişi va pulning qadrsizlanişi teng böldi. Inflatsiya tarkibiga sanoqli tovar va xizmatlar kiritilganini inobatga olsak, biz misol qilib olgan oddiy fuqaroning daromadlari aslida kamaygan bölib çiqadi.
Inflatsiya – bu birinçi navbatda kambağallarga soliq degani. 2022 yil davomida Özbekistonda 498 ming sömlik kambağallik çegarasi amalda böldi. Ya’ni oilada 1 kişiga töğri keladigan daromad 500 ming söm bölsa, davlat bu oilani kambağal deb hisoblamaydi. Şu bilan bir paytda, ijtimoiy tengsizlik katta tezlikda ösişda davom etyapti. Ham hududlar kesimida, ham sohalar kesimida daromadlar örtasidagi farq oşyapti. Ilmiy tilda aytganda, iqtisodiy ösişning inklyuzivligi pasayyapti. Oddiy qilib aytganda esa, boylar va kambağallar örtasidagi masofa uzayyapti.
2022 yilda ham kambağallikni qisqartiriş uçun avvalgi yillardagi kabi siyosat davom etdi: işsizlarni tadbirkorlikka örgatiş, öz işini boşlab olişi uçun imtiyozli kreditlar va subsidiyalar beriş, tikuv maşinalari va tovuq tarqatiş kabi çoralar körilyapti. Bu işlarni mahallabay qiliş uçun Özbekiston böylab hamma mahallalarda hokim yordamçilari iş boşladi. Prezident ularni özining mahallalardagi vakillari deb atadi. Kelasi yildan soliqlarning bir qismi mahallalarda qoladigan bölyapti. Umuman, hozirgi siyosatdan kelib çiqilsa, mahallalarning özini özi boşqariş organi maqomini bekor qilib, ularni davlat tizimiga kiradi deb rasman belgilab qöya qoliş kerakka öxşaydi.
Foto: Kun.uz
Pulning qadrsizlanişi fonida, Markaziy bank 200 ming sömlik kupyura, ming sömlik tangalarni muomalarga çiqarişga majbur böldi. Regulyator yil oxiriga borib, öz nolasini oçiq aytdi: son-sanoqsiz imtiyozlardan voz keçiş, monopoliyalarni yöqotiş, import çeklovlarini kamaytiriş kerak. Hukumatning 2023 yil uçun e’lon qilgan rejalaridan kelib çiqsak, Markaziy bankning bu nolasi hali-beri öz aktualligini yöqotmaydi.
Bu yil iqtisodiyotni erkinlaştiriş böyiça qöyilgan qadamlar judayam kam böldi. Arzirli misollardan faqat ğallani aytiş mumkin. Davlat ğallani fermerlardan bozor narxida sotib olib, xaridorlarga bozor narxida sotadigan böldi. Buning ortidan “buxanka” non narxida sakraş kuzatildi. Buni yumşatiş uçun ğalla islohotidan biroz oldin salkam 9 million odamga 200 ming sömdan 400 ming sömgaça bir martalik yordam puli tarqatildi.
Bu yil boşlanişi közda tutilgan energetika islohoti ham yana keçiktirildi. 2022 yilgi davlat dasturida bu böyiça belgilangan vazifalarning köpi bajarilmadi. Biznesni bozor narxlariga ötkaziş, aholi uçun esa tariflarni biroz oşirib, ijtimoiy norma kiritiş, bu orqali uyida köp energiya sarflaydigan boylarga budjetdan subsidiya tölaşni kamaytiriş haqidagi qaror qabul qilinmay qoldi.
Bir tarafdan, rasmiylar energetika islohoti nega kerakligiga urğu berdi, lekin undan kutiladigan natijani aniq tuşuntirib bera olmadi; oxir-oqibat gaz pasaymaydigan, svet öçmaydigan böladi deb heç kim jur’at bilan aytolgani yöq. Energetika tizimining korrupsiyalaşgani, şaffof emasligi, aniq hisob-kitoblarning oçiqlanmagani odamlar orasidagi islohot tarafdorlarini ham ikkilantirib qöydi. Ikkinçi tarafdan, yil boşida röy bergan blekaut va yil oxiridagi kuçli energetik inqiroz baribir islohot kerakligini körsatdi. Lekin davlat buni töğri qila oladimi, haqiqatan ham erkin, şaffof va raqobatli energetika bozorini yarata oladimi – asosiy masala şunda bölib qolyapti.
Foto: Kun.uz / Muhammadjon Ğaniyev
Iqtisodiy masalalardan yana biri – xususiylaştiriş. 2022 yildan e’tiboran qişloq xöjaligiga möljallanmagan yer uçastkalarini xususiylaştirişga ruxsat berildi. Buning tölovi yer soliği miqdorining 20 barobari deb belgilandi. Bu miqdor 2023 yilda 5-10 barobarga tuşiriladi.
Davlat aktivlarini sotiş böyiça esa Özbekiston namuna böla olmasligi ayon bölib ulgurdi. Davlatga qaraşli köplab katta-katta aktivlar, xususan Talimarjon IES, Angren şina zavodi, sement zavodlari, Uzcard va boşqa qator korxonalarning sotilişi böyiça bir qança savollar oçiq qoldi. Bu kabi jarayonlarni kuzatgan Jahon banki Özbekistonda davlat hokimiyati oligarxiyaning ta’siriga tuşib qolişi xavfi borligidan ogohlantirdi.
Oçiqlik va korrupsiya
Yil davomida yirik davlat buyurtmalarini amaldorlarga yaqin kompaniyalarga tendersiz berib yuboriş holatlari davom etdi. Ayniqsa, Toşkentda köplab davlat buyurtmalari şahar hokimiga aloqador kompaniyalardan ortmay qoldi. “Manfaatlar töqnaşuvining oldini oliş töğrisida”gi qonun parlament quyi palatasida 3 oydan ortiqroq vaqt davomida körib çiqilib, nihoyat oktyabrda qabul qilindi, lekin haligaça Senatdan ötgani yöq.
“Davlat fuqarolik xizmati töğrisida”gi qonun kuçga kirib, davlat işida işlaydiganlarga biznes bilan şuğullaniş taqiqlangan bölsa ham, amalda bu qonunçilikdagi işlamaydigan normalar qatorini töldirdi. Buning ustiga biznesmen-amaldorlarga öz biznesidan töliq voz keçmay, uni işonçli boşqaruvga berib qöyişga ruxsat etilişi ham kutilyapti.
Davlat xizmatçilarining mol-mulki va daromadlarini deklaratsiya qiliş ham alohida mavzu. Deklaratsiyalaş 2022 yil 1 yanvardan boşlanişi kerak edi, qaysi amaldor qança daromad olgani va qança mulki borligi oçiq e’lon qilinişi aytilgandi, lekin yil tugadi hamki, yangi tizimdan darak yöq. Buning muhimligi şundaki, davlat xizmati va manfaatlar töqnaşuviga oid qonunlardan farqli ravişda, deklaratsiyalaş qonuni töğridan töğri elitar korrupsiyaga daxl qiladi.
Korrupsiyaga qarşi kuraşişdagi yana bir samarali vosita – oçiqlik. Lekin bu yönalişda ham xursand qiladigan yangiliklar bölmadi hisob. Haj ziyorati uçun navbatni oçiq va şaffof onlayn tizimga ötkaziş masalasi bu yil ham quruq gapligiça qolib ketdi. Yil boşida qonunlar va qarorlar loyihalarini majburiy ravişda jamoatçilik muhokamasiga qöyiş talabi bekor qilindi. Imzolanayotgan qarorlarning katta qismi, ayniqsa moliyaviy masalalardagi hujjatlar yaşirilyapti. Davlat budjeti va xarajatlari, statistik axborotlar haligaça juda yuzaki.
Ta’lim va tibbiyot
2022 yilda Özbekistonda xalq ta’limi va tibbiyot tizimlarini bu sohaga aloqasi bölmagan odamlar boşqardi. Va har ikkala vazir ham işonçni oqlagani yöq. Nukusda şifokorlar tirik çaqaloqni “morg”ga yuborgani, çaqaloq kökrak qafasini yorişgani oqibatida vafot etgani – ham ta’limdagi, ham tibbiyotdagi xatolarning oqibati edi. Yil oxirida “Dok-1 Maks” dorisidan önlab bolalarning halok bölgani esa haqiqiy milliy fojia böldi.
Maktab darsliklarining ijara narxi karrasiga oşirilib, keyin budjetga ötkazilgani, Andijonning Marhamat tumanida maktab öqituvçilari ota-onalar qarşisida uzr söraşga majburlangani, Samarqandning Nurobod tumanida IT-tanlov ğolibi bölgan öquvçiga eski noutbuk berilgani – xalq ta’limi tizimida yilning eng şov-şuvli voqealari böldi.
Foto: Kun.uz
Oliy ta’limda esa, şu yildan boşlab, davlat oliygohlarining magistraturasida öqiş qizlar uçun bepul deb e’lon qilindi. Magistraturaga kiriş imtihonlari bekor qilinib, diplom ballari va til biliş sertifikati yagona mezonga aylandi. Yangi tartibga köra, magistraturaga qabul endi yiliga 2 marta – yozda va qişda böladi.
Ijtimoiy hayot
Yoz oylarida, konstitutsiyaviy özgarişlar fonida odamlarning eng köp yangragan talablaridan biri qondirildi – avtomobilning orqa oynalarini bepul qoraytirişga ruxsat berildi. Lekin asosiy yangilik röy bermadi – UzAuto Motors monopoliyasi töla-tökis saqlanib qoldi. Kompaniya navbatlarni töliq bartaraf etiş böyiça prezident topşiriğini bajarolmadi, faqat oldindan tölov 85 foizdan 50 foizga kamaydi. Avtomobil olib kirişdagi tösiqlar şunçalik köpligidan, hatto import bojlari 2 barobarga pasaytirilgani ham tayinli özgariş yasagani yöq.
UzAuto Motors avtomobillarni vaqtinça magnitolasiz işlab çiqardi, Asakada Spark va Nexia işlab çiqariş töxtatilib, örniga Tracker va Onix'ni yiğiş boşlandi. Yil oxirida elektromobillarni ommalaştiriş böyiça çoralar e’lon qilindi. Özbekistonda elektromobil işlab çiqariş böyiça “Özavtosanoat” va Xitoyning BYD kompaniyasi örtasida şartnoma tuzildi. Demak, yaqin vaqtlar içida mahalliy elektromobillar paydo böladi. Ular sotilişi uçun bojlar örnatiladimi, özimizda çiqqan elektromobillarni sotib olişga ham navbat kutişga töğri keladimi yoki yöq – hozirça ma’lum emas.
Bu yil haydovçilik guvohnomasini olişdagi korrupsiyaga qarşi kuraş boşlandi. Buning uçun avtomatlaştirilgan imtihon markazlari oçilmoqda. Avtohalokatlar dahşatli darajada köpligiga qaramay, mana 3 yildirki, Içki işlar vazirligi “xohlaganingça qoidani buz, pulini tölasang böldi” degan qoidadan voz keçişga şoşilmayapti: 1 dekabrdan deb belgilangan jarima ballari tizimi işga tuşgani yöq. Aniqroği, test rejimida işlayotgani, bu paytda ballar hisoblanmasligi aytildi
Foto: Kun.uz
Siyosat
Avvalo taşqi siyosatga qisqaça töxtalsak. 2022 yilda Ukrainadagi uruşda öz maqsadiga yetolmagan agressiv Rossiyaning Markaziy Osiyoga bosimi battar kuçaydi. Özbekiston Donetsk va Luhansk xalq respublikalarini, xuddi Qrimni tan olmagani kabi, tan olmadi. Ukrainaga insonparvarlik yordami yuborgan Özbekiston, uruş masalasida BMTdagi rezolyutsiyalarda betaraf qoldi. Qirğiziston bilan çegara delimitatsiyasi, Qozoğiston bilan esa demarkatsiya böyiça kelişuvlarga erişilgani taşqi siyosatdagi katta yutuqlardan böldi.
Içki siyosatdagi 2022 yilgi özgarişlarni qisqaça bir ipga tiziş mumkin. May oyidan Konstitutsiya islohoti ustidagi işlar boşlandi. Boş qomusni qayta yoziş jarayoniga rahbarlik qiliş Akmal Saidovga topşirildi. Asosiy jihatlardan biri – Şavkat Mirziyoyevning prezidentlik muddati nollaştirilişi kutilyapti. Buni tasdiqlagan Senat raisining birinçi örinbosari Sodiq Safoyevning izohlaşiça, islohotlarni boşlagan insonda ularni oxirigaça yetkaziş uçun imkoniyat bölişi kerak.
Konstitutsiyani özgartiriş masalasida keng jamoatçilikdan takliflar yiğildi. Iyun oyida e’lon qilingan qonun loyihasida asosiy qonundagi 128 ta moddaning yarmi – 64 tasini özgartiriş va 6 ta yangi modda qöşiş taklif etilgan edi. Jamoatçilik muhokamasi tugagaç, referendum ötkazilişi kutilgan, Markaziy saylov komissiyasi bunga tayyorgarlikni ham boşlab yuborgandi, lekin özgarişlarni yanada takomillaştiriş zarurati sabab referendum 2023 yilga qoldirildi.
E’lon qilingan qonun loyihasidagi Qoraqalpoğistonga oid bandlar katta noroziliklarni keltirib çiqardi. 1-2 iyul kunlari Nukusda jiddiy tartibsizliklar röy berdi. Rasmiy ma’lumotlarga köra, jami 18 kişi halok bölib, 200 dan ortiq odam yaralangan. Bu ayançli voqea ortidan Şavkat Mirziyoyev Jöqorği Kenges a’zolarini xalq bilan bemaslahat taklif kiritişda ayblab, Konstitutsiyadagi Qoraqalpoğistonga oid bandlar özgarişsiz qolişini aytdi. Prezidentning bu bayonoti va favqulodda holat e’lon qilinişi ortidan namoyişlar töxtadi. Ayni paytda jami 171 kişi ustidan sud jarayonlari davom etyapti.
Foto: MAKAN.UZ telegram-kanali
Qoraqalpoğiston voqealari nafaqat Qoraqalpoğistonning özida, balki Özbekiston oliy rahbariyatida ham jiddiy kadr özgarişlariga sabab böldi. Prezident administratsiyasi rahbari Zaynilobiddin Nizomiddinov işdan olinib, örniga boş vazir örinbosari bölib işlab kelayotgan Sardor Umrzoqov tayinlandi. Va ayni şu tayinlov keyingi yarim yildagi kadr özgarişlari tölqinini keltirib çiqardi. Bu özgarişlar oxir-oqibat butun hukumatning transformatsiyasiga olib keldi. 2023 yildan boşlab ma’muriy islohot deb atalgan jarayon doirasida Vazirlar Mahkamasi tuzilmasi va vazirlar tarkibi özgaryapti.
Afsuski, röy berayotgan özgarişlar barqaror va mustahkam siyosiy institutlarni şakllantirişga emas, köproq şaxslarga boğlangan tizimni saqlab qolişga qaratilgandek körinmoqda. Davlat hokimiyatining vakillik organlari va sudlar mustaqilligiga, bir-birini tiyib turuvçi hokimiyat böğinlarini yaratişga qaratilgan özgarişlardan hozirça jiddiy nişonalar yöq. Qisqa qilib aytganda, ufqda erkin saylovlar va siyosiy islohotlar körinmayapti. Şu bilan birga, avvalgi epoxadan farqli ravişda, hokimiyat kuçişlatar idoralar emas, fuqarolik tuzilmalarining qölida ekanini ham ta’kidlaş adolatdan bölardi.
Yil davomida dayjestlarni Komron Çegaboyev tayyorladi.