Yuqori qavatdan qulagan lift

Duşanba kuni barçaning e’tibori Toşkentda yangi qurilgan köp qavatli uydagi lift halokatiga qaratildi. Özbekistonda sifatsiz qurilişlardagi turli-tuman nuqsonlar allaqaçon yangilik bölmay qolgan, lekin yap-yangi liftning qulab tuşişi hali kuzatilmagan edi.

Voqea Yangihayot tumani Yangi Darxon mahallasidagi 16 qavatli uylardan birida röy berdi. Yangi uy ötgan oyda foydalanişga topşirilgan, undagi aholi uçun möljallangan ikkita lift nosoz holatda bölgani uçun odamlar uçinçi – yuk taşuvçi liftdan foydalanib kelgan. Lekin yuk taşiydigan lift ham soz holatda bölmagan ekan: qurilma yakşanba kuni keçqurun 16-qavatdan tuşayotganida qulab ketgan, 1-qavatga yaqinlaşganda avtomatik tormoz tizimi işga tuşib, töxtagan.

Rasmiylarga köra, liftda 13 kişi, jumladan 2 nafar yoş bola bölgan. Falokat natijasida 6 kişining yo oyoği, yo qöli singan, qolganlar biroz yengilroq jarohat olgan.

Ma’lum bölişiça, köp qavatli uyni “Land House” MÇJ qurgan. Qulagan lift esa Turkiyada işlab çiqarilgan. Kun.uz suhbatlaşgan aholi vakillarining aytişiça, bu lift avval ham 3-qavatdan tuşib ketgan. Voqea guvohlari liftga “me’yordan köp odam çiqqan” degan vaj bilan işni yopdi-yopdi qiliş harakati bölayotganini aytdi. Şu bilan birga, lift 1 tonnagaça yuk kötarişga möljallangani inobatga olinsa, ikki boladan taşqari 11 nafar kattalarning hammasi vazni 85 kilodan oşiq odamlar bölgan taqdirda, 13 kişining jami oğirligi haqiqatan ham 1 tonnadan oşişi ehtimoli yöq emas. Boşqa tomondan esa, zamonaviy liftlar oğirlik me’yordan oşganida pastga ham, tepaga ham harakatlanmasligi va maxsus signal berişi kerak.

Nima bölganda ham, avvalo liftning özi nosoz holatda bölganini Sanoat xavfsizligi inspeksiyasi tasdiqladi. Inspeksiya voqeadan keyin butun Özbekiston böylab köp qavatli uylardagi liftlarning sozligi tekşirib çiqilişini bildirdi. Holat yuzasidan duşanba kuni tergovga qadar tekşiruv boşlaganini ma’lum qilgan prokuratura tekşiruv natijasini hozirça oçiqlamadi.