Buxoroda tuman prokurori 90 ming dollar pora bilan uşlandi, prezident jinoyatning ayrim tafsilotlarini oçiqladi. Maktablarda kuniga 1 milliongaça öquvçi darsga kelmayotgani ma’lum böldi, ularning ota-onalari bilan Milliy gvardiya şuğullana boşladi. Rossiya Taşqi işlar vazirligi özbek elçisini çaqirib, norozilik bildirdi. Ötgan haftaning şu va boşqa muhim xabarlari – Kun.uz dayjestida.
Özbekistonning Rossiyadagi elçisi Botirjon Asadov 14 fevral kuni Rossiya Taşqi işlar vazirligiga çaqirtirildi. Vazirlik xabariga köra, Özbekiston Jurnalistika va ommaviy kommunikatsiyalar universiteti rektori Şerzodxon Qudratxöjaning Özbekistonda yaşab, özbek tilini bilmaydiganlar haqidagi gaplari Rossiya hukumatiga tegib ketgan. Rasmiy Moskva bu masalada Özbekistondan rasmiy izoh berişni talab qilyapti.
Faol jamoatçilik buni Rossiya tomonidan oçiqçasiga Özbekistonning içki işlariga aralaşiş deb baholadi. Çunki Qudratxöja davlat tilini bilmaydiganlar haqida fikr bildirganida Özbekistonda tuğilib ösib, Özbekistonda yaşayotgan Özbekiston fuqarolari haqida gapirgan, heç qaysi xorijiy davlat yoki millatni alohida ajratib körsatmagan. Şu jihatdan, uning “odam özi yaşayotgan davlat tilini bilişi kerak”, degan ma’nodagi gaplarida heç qanday davlatlararo, transçegaraviy ma’no-mazmun yöq. RF TIV Özbekiston elçisini çaqirib norozilik bildirgaç, köplab özbekistonliklar ijtimoiy tarmoqlarda Şerzodxon Qudratxöjani qöllab-quvvatlab çiqdi.
Siyosiy fanlar nomzodi 2 soatlik intervyu davomida köp mavzular qatori Rossiya haqida ham gapirgan bölsa-da, bu umuman boşqa kontekstda va boşqaça mazmunda bölgan. U harbiy siyosatçi Zaxar Prilepin, tarixçi Mixail Smolin, propagandaçi Sergey Mixeyev kabilarning Özbekistonni Rossiya tarkibiga qöşib oliş kerakligi, özbek millatini göyoki ruslar yaratgani, agar Rossiya bölmaganida, özbeklar iştonsiz yurgan bölardi degan gaplarini javobsiz qoldirib bölmasligini aytgan.
Intervyuda Qudratxöja rusofob emasligi, rus adabiyoti bilan yaqindan taniş ekanini alohida ta’kidlab, Özbekiston va Rossiya strategik hamkorlar ekaniga urğu bergan, şundan kelib çiqib, Rossiyada bunday haqoratli va tahdidli bayonotlar qanday oqibatlarga olib kelişini tuşunadigan aqlli doiralar borligiga işonç bildirgan. “Ular mana şunday insonlarning efirga çiqib, döstona davlatlarga qarata akillaşiga yöl qöymasligi kerak”, – degan u.
Korrupsion jinoyatlar
Buxoro viloyati Kogon tumani prokurori 91 ming dollar pora bilan uşlandi. Kun.uz manbasiga köra, prokuror lavozimida salkam 2 yildan beri işlab kelgan Bahodir Ğulomov qidiruvdagi şaxsga qöllangan qamoq ehtiyot çorasini bekor qiliş va jinoyat işi böyiça yengillik qilib beriş evaziga şunça pulni 13 fevral kuni keçqurun Buxoro şahrida olayotgan vaqtida DXX xodimlari tomonidan uşlangan. Qidiruvdagi şaxs Kogon yoğ-ekstraksiya zavodi ta’sisçilaridan biri ekani aytilyapti.
Prezident Şavkat Mirziyoyev juma kuni Andijonga taşrifi vaqtida ötkazgan yiğilişda aytişiça, prokuror bu holatda jami 200 ming dollar pora olmoqçi bölgan.
“3 kun oldin menga aytdi. Men: “Indamanglar, ertaga suddan qaytmasligi kerak bu narsa”, dedim. Sekin-sekin 200 ming dollarni gaplaşgan. 91 mingni olib kelyapti, “yöq, narigisini ham olib kelasan”, deyapti. “Uni ham indamanglar”, dedim.
Uçinçi kuni 91 mingni olib keldi-da, 101 mingni olib kelinglar, deyapti. Endi yana mayda-çuyda bölmasin-ku, 10 mingni örtadagi vositaçilar olib qöyyapti. “Yöq, 10 mingni ham menga olib kel”, dedi noinsof prokuror. Boş prokurorimiz şu yerda ötiribdilar, Buxoroga borib işdan oladi”, – dedi davlat rahbari.
Pora bilan qölga tuşayotgan huquq himoyaçilari orasida sud xodimlari ham bor. Ötgan hafta Namanganda jinoyat işlari böyiça Mingbuloq tuman sudi raisi 2 ming dollar olgan paytida uşlangan edi. Rasmiy xabarga köra, u sudlanuvçiga yengilroq jazo beriş evaziga 20 ming dollar söragan. Şuningdek, kuni keça fuqarolik işlari böyiça Qöqon tumanlararo sudi xodimi ming dollar bilan uşlandi. Ma’lum qilinişiça, sudda arxivarius lavozimida işlagan xodim fuqaroni turmuş örtoği bilan nikohdan ajratib beriş evaziga pora olgan.
Bu holatlar ma’lum bölişi ortidan, Qonunçilik palatasi spikeri örinbosari Odiljon Tojiyev jinoyat qonunçiligiga özgartiriş kiritiş taklifi bilan çiqdi. Uning sözlariga köra, pora bilan qölga tuşgan sudyalar va prokurorlar körgan işlarni arxivdan kötarib, boşqatdan körib çiqiş kerak. “Bu kabi noloyiq şaxslarning harakatlari oqibatida qançadan qança fuqarolar nohaq ayblanib, nohaq sudlanib ketgan bölişi mumkin”, dedi Tojiyev.
Yuqorida aytib ötilganlaridan taşqari, Navoiyda hakamlik sudi sudyasi fuqaroning muammosini hal qilib beriş evaziga ming dollar olgan paytda uşlandi. Şuningdek, Sirdaryoda Milliy gvardiyaning viloyat qöriqlaş boşqarmasi boş inspektori qölga olindi. Rasmiy ma’lumotga köra, u qöriqlaş boşqarmasiga işga kiritib qöyiş evaziga fuqarodan 3 ming dollar olgan. Yana bir holatda sobiq sudyaning öğli ekani aytilayotgan şaxs ming dollar bilan uşlangan. U Namangan şahridagi davlat xizmatlari markazida katta mutaxassis lavozimida işlab, fuqaroga uy-joy subsidiyasini olişda yordam berişi evaziga 1500 dollar söragan, şundan 1000 dollarini olayotganda qölga tuşgan.
Toşkentda esa “Toşşahartransxizmat” işi doirasida qamoqqa olingan faqatgina kompaniya raisi emasligi ma’lum böldi. Anvar Jörayev bilan birga, kompaniya boş muhandisi hamda 1- va 8-avtobus saroylari rahbarlari ham hibsga olingan. Ular özaro til biriktirib, avtobus saroylaridagi ehtiyot qismlar va yoqilği mahsulotlarini talon-toroj qilganlikda gumonlanyapti.
Sönggi kunlarda oçiqlangan korrupsion jinoyatlar röyxati şu bilan tugamaydi. Ma’lum bölişiça, Jizzax viloyati “Toza hudud” korxonasi boş hisobçisi 5 ming dollar, “Hududiy elektr tarmoqlari” Qaşqadaryo filiali boş muhandisi örinbosari esa 7 ming dollar bilan hibsga olingan. E’tiborlisi, ularning ikkalasi ham muqaddam iqtisodiy jinoyatlarda sudlanganiga qaramay, viloyat darajasidagi lavozimga tayinlangan. Ya’ni, jinoyatlar aniqlanayotgani yaxşi albatta, lekin qanday qilib avval korrupsion jinoyatda ayblangan şaxs yana yuqori lavozimli amaldorga aylanib qolgani haqida ham gapirilişi kerak. Umuman, korrupsiyaga qarşi samarali kuraş – bu avvalo öğrilaşga imkon qoldirmaslik, aktivlar va daromadlarni deklaratsiyalaş, oçiqlikni kengaytiriş va eng muhimi, jazo muqarrarligini ta’minlaşni taqozo qiladi.
Maktablardagi davomat masalasi – kun tartibida
Mahallalarda madhiya aytiş topşiriğini yangi taşkil etilgan Özbekiston mahallalar uyuşmasi raisi Qahramon Quronboyev bergani ma’lum böldi. Quronboyevning internetda audiosi tarqalgan topşiriğiga köra, mahalla xodimlari ertalab 7:00 da madhiya aytib, keyin öz hududidagi maktablarga borişi, maktab eşigi oldida öquvçilarni kutib olib, darslar boşlangaç, öqişga kelmagan öquvçilarning ota-onalari bilan şuğullanişi kerak.
“Hammaga topşiriq, keçqurun soat 9 larda men Zoom ötkazaman sizlar bilan, kim qanaqa tuşunganini menga aytib beradi har bittasi. Demak, maktabdagi davomat masalasiga alohida e’tibor beriladi”, – dedi u.
12 fevral, duşanbadan boşlab, dars qoldirayotgan öquvçilarning ota-onalariga ogohlantiriş xatlari yuborilyapti. Xatda ota-ona öz farzandining ta’lim olişi uçun javobgar ekani, bu majburiyatini bajarmasa, jarimaga tortilişi haqida söz boradi. Çorşanba kungi matbuot anjumanida ma’lum qilinişiça, 13 fevral kuni Özbekistondagi 6,5 mln nafar maktab öquvçisidan salkam 1 mln nafari darsga kelmagan. Sinf rahbarlaridan yiğilgan ma’lumotlarga köra, şundan 835 mingta bola sababli, 95 mingta bola esa sababsiz dars qoldirgan.
Ötgan hafta maktablardagi inspektor-psixologlar ştati Içki işlar vazirligidan Milliy gvardiyaga ötkazilgan edi. Milliy gvardiya markaziy devoni boşqarma boşliği Zafar Alimovning aytişiça, idoraning zimmasiga muntazam ravişda maktabga kelmayotgan bolalar bilan işlab, şart-şaroitini örganib, ularni maktabga qaytariş vazifasi yuklatilgan. U maktab ta’limidan norozi bölib, bolalariga noqonuniy diniy ta’lim berayotganlarga ham alohida e’tibor qaratilişini qöşimça qildi.
Maktabgaça va maktab ta’limi vazirligining aniqlik kiritişiça, Milliy gvardiya xodimlari ta’lim jarayoniga aralaşmaydi. Vazirlik xodimi Azamat Kamolov organ xodimlari pedagoglarning faoliyatiga aralaşayotgan holatlar ham yöq emasligini tasdiqladi. Uning sözlariga köra, bu borada tegişli tartib işlab çiqilib, inspektor-psixologdan boşqa gvardiya xodimlarining maktabga kirişi çeklanadi.
“Qolgan jalb qilingan xodimlar bundan buyon maktabga kirmaydi va yagona tartib sifatida ular tomonidan me’yoriy hujjat işlab çiqilib, maktab rahbariyati davomat körsatiş uçun qöliga beradi, u borib ota-ona bilan işlaydi. Ularning çegarasi şu yerda. Milliy gvardiya xodimlari dars jarayoniga kirişga yoki öqituvçining nega keç kelayotgani, formada kelmayotgani böyiça söroq qilolmaydi. Özim guvoh bölgan vaziyat ham böldi, oddiy qöriqlaş xizmati xodimi maktab bolalarini dars jarayonida turğizib qöyib forma talab qilayotgan ekan, bu uning vakolati emasligini aytdim. Mana şunday notöğri yondaşuvlarning oldini oliş uçun yagona tartib işlab çiqilyapti”, – dedi vazirlik rasmiysi.
Jamoatçilik faoli, iqtisodçi Botir Qobilov bu holatga munosabat bildirib, davomatni kötariş uçun ta’lim sifatini oşirişga çaqirdi. Uning sözlariga köra, avvalo darslar öquvçilarning bir qismi uçun nega qiziq bölmayotgani, öqituvçilarga samarali dars ötişga nima xalal berayotgani, ota-onalar farzandlarini nima sababdan repetitorga berayotgani kabi fundamental omillarga köproq e’tibor qaratiş kerak. Ta’limda hozirgi ahvolimizdan bir kalla emas, ön kalla yuqoriroq sakraşimiz kerak, dedi Botir Qobilov.
“Dok-1 Maks” işi böyiça birinçi sud yakunlaniş arafasida
Duşanba kungi sud majlisida prokuror Farmatsevtika agentligining sobiq rahbari Sardor Kariyev va uning ikki örinbosariga 18 yildan, Quramax rahbariga esa 20 yil qamoq jazosi berişni söradi. Davlat ayblovçisining pozitsiyasiga köra, sudlanuvçilar vafot etgan 68 nafar va nogiron bölib qolgan 16 nafar bola uçun 100 mln sömdan, yengil jarohat olgan yana 2 bola uçun esa 20 mln sömdan tovon puli tölaşi kerak.
Öz navbatida, Kariyevning advokatlari suddan uni aybsiz deb topişni söradi. Himoyaçilarga köra, qöyilgan ayblovlar öz isbotini topmagan, tegişli dorilar uçun guvohnomalar esa Kariyev lavozimga ötirişidan oldin berilgan. Advokatlar tergov bir tomonlama, tirnoq tagidan kir qidiriş zaylida, faqat ayblov yönalişida olib borilgan deb hisoblamoqda.
Eslatib ötamiz, ötgan yili 11 avgusda boşlangan sud jarayoniga 23 nafar şaxs ayblanuvçi tariqasida jalb etilgan. Ularning 9 nafariga nisbatan qamoq ehtiyot çorasi qöllangan.
Bu hafta yana nimalar röy berdi?
Energetika vazirligi Toşkentda havo ifloslanişiga mazut “aybdor” ekanini rad etdi. Gap şundaki, 13 fevral kuni Özbekiston poytaxti havosi eng iflos dunyo şaharlari reytingida 3-öringa çiqib qoldi. Şu kuni Energetika vazirligi bayonot çiqarib, kun davomida stansiyalarda mazut ança kam yoqilganiga qaramay, şaharda havo iflos bölgani, bundan bir neça barobar köp mazut yoqilgan kunlarda esa bunday ifloslaniş bölmaganini ma’lum qildi. “Bu esa poytaxt havosining ifloslanişida mazutning zarraça ham hissasi yöqligini isbotlaydi”, – deyiladi bayonotda.
Özbekistonda ayollarga avtobus va oğir yuk maşinalarini haydaşga ruxsat berildi. Köpçilik uçun yangilik bölgan avvalgi tartibga köra, ayollar yölovçi siğimi 14 kişidan, yuk kötarişi 2,5 tonnadan ortiq avtomobillarni boşqarişi mumkin bölmagan. Endilikda hukumat qarori bilan bu taqiq bekor qilindi. Transport vazirligining izohlaşiça, hozirgi zamonaviy yuk maşinalari va avtobuslarni boşqariş ayollar soğligi uçun xavf tuğdirmaydi. Endi ular, masalan, elektrobus haydovçisi bölib işga kirişi mumkin.
Şavkat Mirziyoyev fermerlar oldidagi qarzdorligini haligaça töliq tölamagan klasterlarni tanqid qildi. Yangi tizimga köra, avvalgi qarzini 1 aprelgaça yopmagan klaster bilan fyuçers şartnomasi bekor qilinadi va fermerga paxtani özi birjada sotişiga ruxsat beriladi. Elektron platformaga tegişli ma’lumotlarni töliq kiritgan va fyuçers şartnoma imzolagan fermerga kredit köpi bilan uç kun içida ajratilişi şart, dedi prezident.
Özbekiston fuqarolarining Ozarboyjonda röyxatdan ötmasdan yaşaş muddati 10 kundan 15 kungaça uzaytirildi. Amaldagi tartibga köra, özbekistonliklar Ozarboyjonga borib 90 kungaça vizasiz yurişi mumkin. Faqat, bir borganda qoliş muddati 15 kundan oşsa, röyxatdan ötişi kerak böladi. Yana bir ma’lumot: avvalroq e’lon qilinganidek, 16 fevraldan e’tiboran Özbekiston fuqarolari uçun Birlaşgan Arab Amirliklariga kirişda vizasiz rejim amal qila boşladi.
Xorazmdagi pedofil amaldorlarning yana “boşi silandi”. Mehribonlik uyi tarbiyalanuvçilari bilan jinsiy aloqa qilib kelgan viloyat adliya boşqarmasi sobiq boşliği Oybek Maşaripov va Yangiariq tumani favqulodda vaziyatlar bölimi sobiq boşliği Anvar Kuryazov, 3 noyabrdagi sud hukmiga köra, 3 yil muddatga ozodlikdan mahrum etilgan edi. Ma’lum bölişiça, ular umumiy tartibdagi qamoqxonaga emas, manzil-koloniyaga yuborilgan. Qolaversa, ikki sobiq mansabdorga tayinlangan 3 yillik muddatdan ular avval ötagan ozodlikni çeklaş jazosi muddati çegirib taşlangan. E’tiborlisi, bunda keçasi uydan çiqmasdan ötkazilgan 1 kun koloniyadagi 1 kunga tenglaştirilgan. Natijada koloniyadagi jazo muddati bir neça oyga kamaygan.
Muallif – Komron Çegaboyev
Doimiy boşlovçi – Bobur Akmalov
Tasvirçi – Şohruzbek Abdurayimov
Surdotarjimon – E’zoza Ahmedova












