Tugatilgan Qöyliq, “qovun tuşirgan” UzAuto va 98 foizga yetgan davomat - hafta dayjesti
|00:15 / 17.03.202441 846
Milliy gvardiya effekti: maktablarda davomat salkam 100 foizga yetgani aytilmoqda. Oşkoralikka teskari tendensiya: jamoatçilik Perfectum ham sotilganidan xabar topdi. Taşabbusli budjetda ovoz beriş boşlandi: bu safar yutiş imkoniyati köproq. Yakunlanayotgan haftaning şu va boşqa xabarlari – Kun.uz dayjestida.
Qöyliq ulgurji bozori tugatilmoqda
Toşkentning eng maşhur va ramziy joylaridan biri, şaharni oziq-ovqat bilan ta’minlaş zanjirining asosiy halqasi bölib kelgan Qöyliq ulgurji bozori – endi ötmiş. Yil boşida bozor “ta’mirlaş uçun” degan vaj bilan yopilganida bu şunçaki bahona ekanini aytganlar haq bölib çiqdi: bozor rekonstruksiya emas, likvidatsiya qilinadi.
Qöyliqdagi savdogarlarni yangi qurilgan Food city savdo majmuasiga köçiriş harakatlari 2021 yilda boşlangan edi. Öşanda Toşkent şahar hokimligi Qöyliq bozori va unga tutaş ulgurji savdo maydoni köçirilişini e’lon qilgan, rasmiylar buni bozorda zarur şaroitlar yöqligi bilan izohlagan, tadbirkorlarga zudlik bilan bozorni böşatib qöyiş, aks holda hatto jinoiy javobgarlikka tortilişi haqida ogohlantiriş xatlari berilgandi. Buning ortidan ayrim bozorçilar norozilik bildirib, halqa yölini tösib qöygani sabab qamoqqa olingandi.
Savdogarlar taklif etilayotgan yangi bozorda ijara tölovlari qimmatligi va mijozlarini yöqotib qöyişlarini aytib, köçib ötişga şoşilmagani, boşqa tomondan internetdagi tanqidlar fonida majburiy köçiriş operatsiyasi töxtatilgan edi. 2024 yil yanvariga kelib, Toşkent şahar hokimligi ulgurji bozor rekonstruksiya qilinişi sababli yopilganini
Mart oyiga kelib ma’lum bölişiça, ulgurji bozorning yuridik şaxsi – “Toşkent qişloq xöjaligi mahsulotlari ulgurji bozori” AJ likvidatsiya haqida qaror qabul qilgan. Korporativ hujjatlar bu jarayon ham tartibsiz bölganini körsatyapti. Gap şundaki, bozor kuzatuv kengaşi 24 yanvar kuni nominal qiymati 54 mlrd sömlik qariyb 36 millionta aksiyani emissiya qiliş haqida qaror çiqargan. Bundan maqsad rekonstruksiya uçun mablağ jalb qiliş bölgandir, ehtimol. Oradan 5 kun ötib, aksiyadorlar umumiy yiğilişiga kompaniya faoliyatini tugatiş masalasi kiritilgan va bu taklif bir ovozdan rad etilgan. Lekin köp ötmay vaziyat özgargan, 29 fevral kuni 94 foizlik kvorum bilan kompaniya faoliyatini tugatişga qaror qilingan. Vaholanki, bundan bir kun oldin bozorning 54 mlrd sömlik yangi aksiyalari davlat röyxatidan ötkazilgan edi.
Ulgurji bozor örnida nima qurilişi ma’lum emas. Bozorning 93 foizlik aksiyalari egasi bölmiş Toşkent şahar hokimligi heç qanday izoh bermayapti. Faollarga köra, bu holatda minoritar aksiyadorlar, ya’ni qariyb 7 foizlik uluş egasi bölgan mehnat jamoasining huquqlari buzilayotgan bölişi mumkin.
Ma’lumot uçun, faoliyati tugatilayotgan kompaniya bu Qöyliq ulgurji bozori bölib, uning yonida joylaşgan Qöyliq dehqon bozori işlaşda davom etyapti. Şuningdek, yuqorida aytib ötganlarimiz köprikning narigi tomonidagi Qöyliq universal savdo markaziga tegişli emas. Davlatga qaraşli dehqon bozori va xususiy savdo markazi – ulgurji bozordan alohida, boşqa-boşqa yuridik şaxslarga tegişli.
Perfectum xususiylaştirilgan
Aftidan, endilikda davlatga tegişli deb hisoblab kelingan biror-bir yirik aktivni hozir ham davlatniki deb işonç bilan aytiş uçun korporativ hujjatlarga bir nazar taşlab qöyiş zarar qilmaydi. Ayniqsa, oxirgi yirik xususiylaştiriş keyslaridan keyin. Bölayotgan işlar jamoatçilik faollarining biror-bir mulk sotilib ketmadimikin deb har-har zamonda tekşiruv ötkazib turişini ham zaruratga aylantirib qöydi.
Ötgan haftalarda jamoatçilik mamlakatdagi eng yirik benzin şoxobçalari tarmoği va Çinoz neftni qayta işlaş zavodi xususiylaştirilganidan xabar topgan, qaçon, qanday qilib, qança narxga sotildi degan savollar esa oçiq qolgan edi. Bu savollar haligaça javobsiz qolayotgan bir paytda, Perfectum kompaniyasi ham bir neça oy oldin davlat tasarrufidan çiqarilgani oydinlaşdi.
Ma’lum bölişiça, Perfectum'ning yuridik şaxsi – “Rubicon Wireless Communication” MÇJning 100 foiz uluşi Abdumalik Iminov ismli fuqaro egaligiga ötgan. Qaçon, qança narxga, nega oçiq tanlovsiz degan savollarni Davlat aktivlarini boşqariş agentligi odatdagidek javobsiz qoldirdi. Ma’lumot uçun, Perfectum xususiylaştiriş dasturiga kiritilgan 2020 yilda kompaniyaning 65 foiz uluşi davlatga tegişli edi.
Markaziy bank: Taşqi savdo balansidagi taqçillik saqlanib qoladi
Hafta davomida AQŞ dollarining sömga nisbatan kursi yangi maksimum – 12 630 sömga yetdi. Kurs tebranişidagi fundamental omil – taşqi savdo borasida kutilmalar ijobiy emas. Agar oxirgi vaqtlarda barqaror saqlab turilgan rubl kursi bugun Rossiyada bölib ötayotgan prezidentlik saylovidan keyin pasaya boşlasa, bu sömga qöşimça bosim ötkazadi. Qolaversa, Markaziy bank bayonotiga köra, yaqin istiqbolda taşqi savdo balansidagi taqçillik saqlanib qolişi kutilyapti. Eksport va import qiymati örtasidagi manfiy saldo 2023 yilda salkam 14 mlrd dollarga yetgandi.
Regulyator şu hafta iqtisodiyotdagi noaniqliklar va inflatsiyani oşiruvçi kutilmalarning saqlanib qolayotganidan kelib çiqib, asosiy stavkani 14 foiz darajasida özgarişsiz qoldirdi. Şuningdek, 2024 yil uçun inflatsiya prognozi ham 8-9 foiz darajasida saqlab qolindi. Markaziy bank öz şarhida yil boşidan beri oziq-ovqat mahsulotlari işlab çiqariş dinamikasi pasaygani, bu qisqa muddatli istiqbolda talab va taklif nomutanosibligini keltirib çiqarişi yoki importga qöşimça bosim yaratişi mumkinligini qayd etgan. Rasmiy statistikaga köra, yanvar oyida oziq-ovqat sektoridagi işlab çiqariş ötgan yilning yanvariga nisbatan qariyb 11 foizga qisqargan.
Markaziy bank şu hafta oltin-valuta zaxiralari hisobotini ham e’lon qildi. Har oy berib boriladigan hisobot yanvar oyi uçun e’lon qilinmagani xavotirlarga sabab bölgandi. Ma’lum bölişiça, Özbekistonning rasmiy zaxiralari yanvar-fevral oylarida 2,37 mlrd dollarga yoki qariyb 7 foizga kamayib, 1 mart holatiga 32 mlrd 195 mln dollarni taşkil etgan. Mablağlarning bir qismi 2019 yilda çiqarilgan ilk suveren yevrobondlarni söndiriş uçun işlatilgan.
UzAuto: Narx oşdi va oşmadi
Avtomobillarining narxi haligaça dollar kursiga boğliq bölib qolayotgan UzAuto Motors kutilmaganda “qovun tuşirib” qöydi. Kompaniya seşanba kuni öz saytidagi prays-listni yangilab, Damas, Labo va Cobalt'ning oşirilgan yangi narxlarini joylaştirdi. UzAuto avvallari ham narx oşgani haqida alohida xabar tarqatmay, şunçaki prays-listni özgartirib qöyganidan kelib çiqib, avvaliga köpçilik buni odatiy hol deb qabul qilgan va biror qöşimça rasmiy izoh kutmayotgandi. Lekin kutilmaganda rasmiy bayonot berilib, Damas, Labo va Cobalt narxlari 3,5 foizdan 6,7 foizgaça oraliqda qimmatlaşişi tasdiqlandi. Va yana kutilmaganda, 2 soat ötar-ötmay kompaniya yana bayonot berib, narxlar oşganini rad etdi.
“Hozirda kontraktatsiya jarayonlari olib borilmayotganini inobatga olgan holda, Chevrolet.uz saytida körsatilgan narxlar 2024 yilning 4-çoragi uçun prognoz körsatkiçlari asosida hisoblab çiqilgan. Narxlarni oşiriş böyiça yakuniy qaror qabul qilinmagan”, – deyiladi ikkinçi rasmiy axborotda. Bu esa yangi narxlarni e’lon qilişdan oldin “yuqori” bilan kelişib olinmagani haqidagi taxminlarga sabab böldi.
Ikkinçi bayonotda aytilişiça, birinçi relizdan maqsad dilerlar bilan işlaşning yangi tizimiga ötilganini e’lon qiliş bölgan. Bu tizimga köra, UzAuto Motors öz dilerlariga avtomobillarni keyinçalik sotiş uçun xarid qiliş imkoniyatini beradi. Bunda, işlab çiqaruvçi öz dilerlariga tavsiyaviy çakana narxlarni belgilab beradi. Kompaniya izohiga köra, yangi tizim dilerlar örtasida raqobatni kuçaytiradi, xizmat sifatini yaxşilaydi. Masalan, avtosalonlar magnitolasiz Cobalt'ga sensorli magnitola örnatib yoki şunga öxşaş opsiyalar qöşib, xaridorlarga taklif qilişi mumkin böladi.
Modomiki, UzAutöning avtosalonlari rasman olibsotarlik bilan şuğullaniş huquqiga ega bölarkan, kontraktatsiya oçilgan paytda oddiy xaridorlar va avtosalonlar örtasidagi raqobat qanday taşkil etiladi, bunisi hozirça noma’lum.
Bu hafta yana nimalar röy berdi?
Prezident Şavkat Mirziyoyev uy-joylar quriş sohasida yangi vazifalarni belgilab berdi. “Uy-joy quriş hajmini har yili kamida 20 foizga oşirib borişimiz kerak”, dedi davlat rahbari. Bozorda taklifni köpaytiriş uçun viloyatlar hokimlari köp qavatli uylar quriş uçun qöşimça 20 gektardan, Toşkent şahri hokimi esa 60 gektar noqişloq yerlarni 2 oy içida auksionga çiqarişi topşiriği berildi. Yiğilişda ma’lum qilinişiça, ipotekaga olinayotgan uy-joyni suğurtalaş talabi bekor qilinadi. Şuningdek, köp qavatli uy qurilişiga ruxsat berişda pudratçining reytingiga qaraladi, ya’ni 5 qavatli uyni quriş uçun kamida “qoniqarli”, 9 qavatli uy uçun esa “örta qoniqarli” reytingini oliş kerak böladi. Ma’lum bölişiça, Toşkentning Oqtepa dahasida renovatsiya dasturini xitoylik investorlar amalga oşiradi.
Maktablarda öquvçilar davomati 97,7 foizga yetdi. Bu haqda davomatni kötarişga safarbar etilgan Milliy gvardiya ma’lum qildi. Idoraga köra, 6 fevraldan 7 martgaça – bir oy davomida 1 mln 769 ming öquvçi maktabga qaytarilgan. Bu jarayonda ta’lim-tarbiya borasidagi majburiyatlarni bajarmagan 124 ming ota-onaga ogohlantiriş berilgan, 4 mingga yaqini ma’muriy javobgarlikka tortilgan. Taqqoslaş uçun, ötgan yili bunday sabab bilan jarimaga tortilgan ota-onalar soni oyiga örtaça mingta bölgan.
Angor hokimi “Ayollar daftari” mablağlari hisobidan Captiva-5 sotib oldi. “Revizor” kanalining xabar berişiça, hokimlik balansidagi Captiva-2 avariyaga uçraganidan keyin sotib yuborilgan va örniga 350 mln sömlik Captiva-5 xarid qilingan, pul esa “Ayollar daftari” jamğarmasidan olingan. Holat böyiça Korrupsiyaga qarşi kuraşiş agentligi tekşiruv boşladi. Eslatib ötamiz, tuman (şahar) hokimlari uçun sotib olinadigan xizmat maşinalarining narxi 340 mln sömdan oşmasligi kerak.
Professional boksçi Isroil Madrimov super yarim örta vaznda jahon çempioni böldi. U ötgan şanba kuni WBA kamari uçun rossiyalik Magomed Qurbonovni 5-raundda nokautga uçratdi. “Bu mening birinçi titulim, lekin menga törtta kamar kerak” deya, örta vazn toifasida boşqa kuçli boksçilar va jahon çempionlari bilan jang ötkazişga tayyorligini bildirdi Madrimov. Juma kuni Özbekistonga qaytgan boksçiga davlat tomonidan narxi 1 mlrd sömdan ortiq bölgan Tahoe avtomobili sovğa qilindi.
Toşkentda voyaga yetmagan qizga şilqimlik qilgan taksi haydovçisi qamaldi. Sud hujjatlariga köra, qiz 15 yoşda ekanini aytganiga qaramay, 22 yoşli taksiçi unga tegajoğlik qilavergan, çiroyli ekani haqida şahvoniy gaplar gapirgan. Taksiçi sudda aybiga töliq iqror bölib, boşqa takrorlamaslikka va’da bergan. Sud unga 5 sutka ma’muriy qamoq jazosini tayinladi. Bundan avval ham Toşkentda yölovçi ayolga şilqimlik qilgan boşqa bir taksi haydovçisi 5 sutkaga qamalgandi.
Taşabbusli budjetda ovoz beriş jarayoni boşlandi. Bu safargi mavsumning avvalgilaridan ikkita katta farqi bor. Birinçidan, “bir kişi – bir ovoz” tamoyiliga ötildi. Unga köra, fuqaroning neçta sim-kartasi borligidan qat’i nazar, uning faqat birinçi ovozi hisobga olinadi. Ikkinçi yangilik – ajratilayotgan mablağlar 2 barobarga oşgan, bu esa köproq loyihalar ğolib çiqa olişini anglatadi. Ovoz beriş jarayoni 4 aprel soat 23:59gaça davom etadi.
Muallif – Komron Çegaboyev
Doimiy boşlovçi – Bobur Akmalov
Tasvirçi – Şohruzbek Abdurayimov
Surdotarjimon – E’zoza Ahmedova
Central Asia International Hardware Expo - Markaziy Osiyo quriliş asboblari, uskunalari va mahkamlaş buyumlari bozoriga töğridan-töğri çiqiş imkoniyati
Özbekiston volframi xalqaro eʼtirofga sazovor böldi
Puçon va KT&G Yaşil taşabbusni boşlamoqda
Laboratoriya sokinligining ham harorati bor: Özbekiston uçun Smolensk uskunalari
Uztelecom tarmoği modernizatsiyasi: yölning 90 foizi ortda qoldi. Oldinda yana qanday işlar bor?
Pauzasiz endoskopiya: muolaja xonasi eşigi ortida nimalar sodir böladi?
Yiliga 25 mingdan ortiq yangi uskuna: Özbekistonda $50 mln investitsiya hisobidan “NURA Electric” elektrotexnika majmuasi işga tuşirildi
Central Asia International Hardware Expo - Markaziy Osiyo quriliş asboblari, uskunalari va mahkamlaş buyumlari bozoriga töğridan-töğri çiqiş imkoniyati
Özbekiston volframi xalqaro eʼtirofga sazovor böldi
Puçon va KT&G Yaşil taşabbusni boşlamoqda
Laboratoriya sokinligining ham harorati bor: Özbekiston uçun Smolensk uskunalari
Uztelecom tarmoği modernizatsiyasi: yölning 90 foizi ortda qoldi. Oldinda yana qanday işlar bor?
Pauzasiz endoskopiya: muolaja xonasi eşigi ortida nimalar sodir böladi?
Yiliga 25 mingdan ortiq yangi uskuna: Özbekistonda $50 mln investitsiya hisobidan “NURA Electric” elektrotexnika majmuasi işga tuşirildi