Rossiyada teraktdan keyin migrantlarga nisbatan ksenofobiya kuçaydi. Kanada özbekistonliklar uçun 5 mingta iş örnini taklif qildi. Namanganda yil oxirigaça elektr energiya yetişmovçiligi muammosi qolmasligi aytilmoqda. Özbekistonda korrupsionerlarning neça foizi qamalayotgani oçiqlandi. Avtomobillar importiga yangi çeklov kiritilişi mumkin. Ortda qolgan haftaning şu va boşqa xabarlari – Kun.uz dayjestida.

Toşkentda aholi gavjum joylarda xavfsizlik kuçaytirildi

Moskva yaqinida röy bergan qonli teraktdan keyin Toşkentda ham xavfsizlik çoralari kuçaytirildi. Şahardagi savdo majmualari, köngiloçar maskanlar, bozorlar va boşqa odam köp töplanadigan joylarda tartib posbonlari kuçaytirilgan rejimda xizmat olib bora boşladi. Jarayonga içki işlar organlarining maxsus topşiriqli mobil otryadlari va milliy gvardiya bölinmalari zirhli transport vositalari bilan jalb etilgan. Post-patrul xizmati xodimlari gavjum joylarga kirayotganlarni metallodetektorlar bilan tekşirmoqda.

Prezident Şavkat Mirziyoyev 29 mart kungi yiğilişda Içki işlar vazirligi va Milliy gvardiya rahbariyati oldiga aholi gavjum joylarda sodir etilişi mumkin bölgan terrorçilik harakatlari va boşqa favqulodda vaziyatlarning oldini olişga qaratilgan ta’sirçan çoralarni köriş vazifasini qöydi. U uşbu çoralarni amalga oşirişda tadbirkorlar va fuqarolarning huquqlari va qonuniy manfaatlarini sözsiz ta’minlaş muhimligini qayd etdi.

Davlat rahbari fojianing ertasiga rossiyalik hamkasbi Vladimir Putin bilan qönğiroqlaşib, Rossiya xalqiga hamdardlik bildirgan edi. Yakşanba kuni Özbekiston taşqi işlar vaziri Baxtiyor Saidov, duşanbada boş vazir Abdulla Aripov Rossiyaning Toşkentdagi elçixonasida bölib, ta’ziya izhor qildi. Elçixona oldiga köplab özbekistonliklar hamdardlik belgisi sifatida gullar va bolalar öyinçoqlarini olib keldi.