Çölponotadagi sammit

Qirğizistonning Çölponota şahri Markaziy Osiyo davlatlari rahbarlarining törtinçi Maslahat uçraşuvi bölib ötdi. Qirğiziston prezidenti Sadir Japarov raisligidagi sammitda Özbekiston prezidenti Şavkat Mirziyoyev, Qozoğiston prezidenti Qosim-Jömart Töqayev, Tojikiston prezidenti Imomali Rahmon va Turkmaniston prezidenti Serdar Berdimuhammedov iştirok etdi.

«Markaziy Osiyoning xavfsizligi va barqarorligini, izçil ijtimoiy-iqtisodiy taraqqiyotini ta’minlaş böyiça murakkab vazifalarni izçil hal qilib kelyapmiz», — dedi sammitdagi nutqida prezident Şavkat Mirziyoyev.

Maslahat uçraşuvi doirasida Qirğiziston, Özbekiston va Qozoğiston prezidentlari «XXI asrda Markaziy Osiyoni rivojlantiriş maqsadida özaro döstlik, yaxşi qöşniçilik va hamkorlik töğrisida»gi şartnomani imzoladi.

 

Sammitda Şavkat Mirziyoyev Markaziy Osiyo davlatlari maxsus xizmatlari rahbarlari doimiy maslahatlaşuvini yölga qöyişni taklif qildi.

Şavkat Mirziyoyev Markaziy Osiyoda çegara savdo zonalari tizimini yaratiş taklifi bilan çiqdi.

Qoraqalpoğistondagi vaziyat

Qoraqalpoğiston Respublikasi Jöqorği Kengesni 20 iyuldagi sessiyasida Qoraqalpoğistondagi favqulodda holat rejimini yumşatiş böyiça prezident Şavkat Mirziyoyevga murojaat yöllaş töğrisida qaror qabul qildi