Putinning yangi ğoyasi, Cobalt-2 va Nukus voqealari böyiça sud - hafta dayjesti
|15:20 / 04.12.202248 82015 min
Putin Mirziyoyev va Töqayevga gaz ittifoqi tuzişni taklif qildi. Özbek-qirğiz çegara masalasi hal böldi. UzAuto yaqin bir yil içida Cadillac, Captiva, Cobalt-2 sotuvini boşlab, Gentra'ni töxtatmoqçi. Oçilganiga atigi 1 kun bölgan firma Toşkentdagi tenderda ğolib çiqdi. Ötgan haftaning şu va boşqa voqealari – Kun.uz dayjestida.
Rossiyalik mehmonlar va gaz ittifoqi ğoyasi
Butun hafta davomida Özbekistonga sobiq metropoliya tarafidan bölayotgan bosimlar asosiy mavzulardan biri bölib turdi. Hafta boşida Rossiya parlamenti, hafta oxirida Rossiya hukumati delegatsiyasi Özbekistonda mehmon bölib, Kreml manfaatlarini tarğib qildi.
Duma raisi Vyaçeslav Volodin Toşkentda prezident Şavkat Mirziyoyev, Senat raisi Tanzila Norboyeva, Qonunçilik palatasi spikeri Nurdinjon Ismoilov bilan uçraşdi. Taşrifning formal maqsadiga köra, ikki davlat parlamentlarining quyi palatalari örtasida hamkorlik böyiça komissiya tuzildi.
Toşkentda uçraşuvlar bölib ötayotgan kuni Duma rasmiy sayti Volodinning bayonotini e’lon qildi. Unda rossiyalik amaldor zör berib Özbekistonni AQŞ bilan hamkorlik qilişning oqibatlaridan ogohlantirgan. Uning aytişiça, Yevropa aynan AQŞ bilan hamkorligi sababli hozirgi energiya inqiroziga kirib qolgan. Özbekiston esa göyoki bundan saboq çiqarişi kerak. “Amerikaliklar qöy terisini yopinib kelişadi, lekin börining irjayişi körinib turadi”, dedi Vyaçevlav Volodin.
Uning bu ogohlantirişlari yangragan kunning ertasiga Özbekiston Taşqi işlar vazirligida AQŞ elçisi bilan uçraşuv bölib ötdi. Unda rasmiy Toşkent Vaşington bilan faol siyosiy muloqotni davom ettirişi rasman ta’kidlandi. Şu kuni vazirlikka Ukraina elçisi ham taklif etilib, Özbekiston va Ukraina örtasida savdo-iqtisodiy aloqalarni kengaytiriş haqida gaplaşildi.
Foto: Rossiya hukumatining matbuot xizmati
Yana bir siyosiy muloqot Özbekiston boş vaziri Abdulla Aripov va Rossiya boş vaziri Mixail Mişustin örtasida bölib ötdi. Özbekiston–Rossiya biznes forumi uçun Samarqandga kelgan Mişustin, Jizzaxda atom elektr stansiyasini qurişni tezlaştirişga çaqirdi. “Biz atom energetikasi böyiça hamkorlik aloqalarini mustahkamlaşni muhim deb bilamiz. Rossiya bilan AESni birgalikda quriş yirik loyiha böladi. Erişilgan barça kelişuvlarni amalga oşirişni tezlaştiriş kerak”, – dedi u.
Mavzuga oid
Özbekistonning böyniga böyinturuq bölişi, bosim ötkazişning yangi riçagiga aylanişi aytiladigan stansiya qurilişi 2020 yilda boşlanişi reja qilingan edi. Lekin hozirgaça asosiy şartnoma imzolangani yöq. Tört yil oldin Rossiya tomoni loyihani 11 mlrd dollar atrofida baholayotgan edi.
Muzokaralar çözilib ketgani Özbekistonning AES ğoyasidan voz keçganini anglatmaydi. Ötgan oyda energetika vazirining birinçi örinbosari Azim Ahmadxöjayev munozarali masalalarga töxtalmoqçi emasligi, lekin Özbekiston atom energiyasi böyiça rejalaridan voz keçmasligini aytgandi. Agar haqiqatan ham AES kerak bölsa, uni nega aynan Rossiya qurişi kerak, nega oçiq xalqaro tender ötkazilib, eng yaxşi taklif tanlab olinmaydi, degan savollarga hozirça rasmiylardan javob bölmagan.
Rossiyaning Özbekiston energetika sektoriga ta’siri AESsiz ham kam emas. Ayniqsa gaz böyiça şartnomalar milliy manfaatlarga zidligi taxmin qilinadi. Şu hafta bu masalada yana bir yangilik paydo böldi. Ma’lum bölişiça, Vladimir Putin Özbekiston, Qozoğiston va Rossiya örtasida uç tomonlama gaz ittifoqini tuzişni istayapti. Bu haqda Qozoğiston prezidenti Qosim-Jömart Töqayev ma’lum qildi.
Töqayevning prezidentlik saylovidan keyingi birinçi xorijiy safari Moskvaga böldi. U Putinning gaz ittifoqi ğoyasini qöllab-quvvatlaşini, lekin uni amalga oşiriş uçun muzokaralar kerak bölişini aytdi. Töqayevning sözlariga köra, Putin bu masalada Şavkat Mirziyoyevga qönğiroq qilişini aytgan.
Oradan ikki kun ötib, haqiqatan ham Mirziyoyev va Putin örtasida telefon muloqoti bölib ötdi. Özbekiston prezidentining matbuot xizmatiga köra, prezidentlar “köp tomonlama formatdagi, Markaziy Osiyo mintaqasidagi amaliy hamkorlik masalalari yuzasidan fikr almaşgan”. Kremlning rasmiy xabarida esa “birgalikdagi istiqbolli loyihalar” muhokama qilingani aytiladi.
Putinning yangi taklifi masalasida Özbekiston tomonidan hozirça rasmiy munosabat bölmadi. Töqayevning matbuot kotibi Ruslan Jyeldibay va Qozoğiston taşqi işlar vazirining örinbosari Roman Vasilenko bu hozirça faqat taklif ekani, barça manfaatdor tomonlar bilan muhokama qilinişini aytdi. Putinning matbuot kotibi Dmitriy Peskov ham bu masalada hali muzokaralar bölişi, birinçi bosqiçda uçala davlatning gaz siyosatini muvofiqlaştiriş böyiça yuridik şaxs taşkil etilişi mumkinligini ma’lum qildi. Peskovning aytişiça, agar bunday organ tuzilsa, u avvalo gaz böyiça içki masalalarni özaro koordinatsiya qiladi, keyin esa taşqi bozorlar uçun infratuzilmani rivojlantiriş körib çiqiladi.
Bu ehtimoliy gaz ittifoqi kimga nima berişi borasida hozirça batafsil tuşuntirişlar yöq. Ayrim taxminlarga köra, Rossiya öz gazining asosiy xaridori bölmiş Yevropadan ayrilgaç, Markaziy Osiyo orqali Pokiston va Hindiston bozoriga yangi yöl oçişga urinayotgan bölişi mumkin. Yana ayrim mutaxassislar esa bu ittifoqni Markaziy Osiyo davlatlarining energetik mustaqilligiga jiddiy tahdid deb köryapti.
Qirğiziston va Qozoğiston bilan yangi kelişuvlar
Andijon suv ombori / Foto: Kun.uz
Taşqi kuçlarning jiddiy bosimi ostidagi Markaziy Osiyo uçun yakunlanayotgan hafta tarixiy sanalar qatoriga kirdi. Özbekiston va Qirğiziston uzoq yillik çegara muammolarini nihoyat hal qilib oldi. 29 noyabr kuni Qirğiziston prezidenti Sadir Japarov, 30 noyabrda Özbekiston prezidenti Şavkat Mirziyoyev çegara böyiça kelişuvlarni imzoladi.
“Çegara çiziğini delimitatsiya qilişni yakuniga yetkaziş orqali mamlakatlarimiz örtasidagi aloqalar yanada mustahkamlanib, heç qanday kelişmovçilikka örin qolmaydi”, – deb e’lon qildi Özbekiston prezidentining matbuot xizmati.
Kelişuvlarga köra, Andijon suv ombori Özbekistonga tegişli ekani tan olindi va omborni ikki davlat birgalikda boşqaradigan böldi. Bundan taşqari, özaro yer almaşiş orqali 35 ta uçastkada 302 kilometrlik çegaralar çizib olindi, ya’ni delimitatsiya bosqiçi yakunlandi.
Özbekiston 2018 yilda Tojikiston bilan çegarasini ham töliq delimitatsiya qilib olgan edi. Endilikda Tojikiston va Qirğiziston bilan çegarani demarkatsiya qiliş işlari deyarli bir vaqtda olib boriladi. Tez orada Özbekiston prezidenti Qirğizistonga taşrif buyurişi aytilyapti.
Qozoğiston prezidenti Qosim-Jömart Töqayev esa yil oxirigaça Toşkentga kelişni reja qilgan. Qozoğiston fuqarolarining Özbekistonda, Özbekiston fuqarolarining Qozoğistonda röyxatdan ötmasdan yaşaş muddati 5 kundan 30 kunga uzaytirilişi kutilyapti. Şuningdek, Özbekiston va Qozoğistonning ittifoqçilik munosabatlari töğrisidagi şartnoma loyihasi işlab çiqilgan. Loyiha 27 noyabr kuni Qozoğistonda jamoatçilik muhokamasiga qöyildi.
Eslatib ötamiz, iyul oyida Issiqkölda bölib ötgan maslahat uçraşuvida Özbekiston, Qozoğiston va Qirğiziston prezidentlari “XXI asrda Markaziy Osiyoni rivojlantiriş maqsadida özaro döstlik, yaxşi qöşniçilik va hamkorlik töğrisida”gi şartnomani imzolagan edi. Tojikiston va Turkmaniston rahbarlari bu hujjatni keyinroq imzolaşini bildirgan.
UzAuto Motors'ning rejalari va MB çorlovi
Foto: Ijtimoiy tarmoqlar
Özbekistonda ham Cobalt'ning yangilangan versiyasi işlab çiqarilişi mumkin. UzAuto Motors bu borada General Motors bilan muzokaralar boşlagan. Juma kuni kompaniya Özbekistonga sinov maqsadida olib kelgan yangi Cobalt'ning rasmlari internetda tarqaldi.
Bu yangilangan versiyani işlab çiqariş Braziliyada 2016 yildan boşlangan. UzAuto Motors bu modelni 2019 yildan boşlab işlab çiqarmoqçi bölgan, lekin öz rejasidan voz keçgandi. “Biz eski modellar ortidan quviş maqsadga muvofiq emas, deb hisoblaymiz. Şunga köra, yangi Sobalt işlab çiqariş rejasi bekor qilinadi”, degandi öşanda “Özavtosanoat” raisi örinbosari Aziz Şukurov.
Cobalt'ning yangilangan versiyasi 2024 yildan boşlab işlab çiqarilişi mumkin. 2023 yil oxiridan e’tiboran esa Gentra işlab çiqarişni töxtatiş reja qilingan. Xaridorlar Onix'dan keyingi yangi modelni 2026 yilga boribgina körişlari mumkin.
Şu hafta e’lon qilingan ma’lumotlarga köra, Trailblazer sotuvi töxtatilmoqda. Kompaniya rejalarida 2023 yildan Captiva va Cadillac importini boşlaş közda tutilgan.
Monopoliyani tugatiş böyiça hozirça yangiliklar yöq. Aksinça, hukumat Jahon savdo taşkilotiga kiriş avtosanoatga jiddiy zarba bölişining oldini olişga urinyapti. Taşqi savdo vazirligi şu maqsadda örganiş işlarini boşlagan. Örganişlar yakunida Jahon savdo taşkilotiga qöşilişning avtomobilsozlik, elektrotexnika va bir neçta tarmoqlarga ta’siri baholanadi va JSTga a’zolik böyiça muzokaralarda şunga qarab, bu sohalarni maksimal himoya qilişga harakat qilinadi.
Bu harakatlar fonida Markaziy bank hukumatdan monopoliyalarni qöllab-quvvatlaşni bas qilişni sörayapti. Monetar siyosat organi e’lon qilgan hisobotda bir qaraşda oddiy, juda köp aytib kelinadigan, lekin amalga oşişi ertak bölib körinadigan çoralar sanab ötilgan. Masalan, regulyatorning taklifiga köra, biznesga aloqador hamma qarorlar va farmonlar xatlovdan ötkazilib, ulardagi raqobatga zid normalar bekor qilinişi, imtiyozlardan töliq voz keçilişi kerak.
Markaziy bank importga qöyilgan tösiqlarni kamaytiriş, importyorlar sonini oşiriş, temir yöl va aviatsiyaga xususiy korxonalarni jalb qiliş, monopolist kompaniyalar belgilayotgan narxlarning şaffof bölişini ta’minlaş, Jahon savdo taşkilotiga tezroq a’zo böliş, imtiyozli kreditlar berişni töxtatişni sörayapti. Qudratli lobbi egalarining çöntaklariga borib taqaladigan bu sörovga hukumatning javobi qanaqaligini esa amalda har hafta körib turibmiz.
Bunaqasi bölmagan: Oçilganiga 1 kun bölgan firmalar ham davlat buyurtmalarini olyapti
“Onlayn mahalla” platformasini yasaş uçun naq 755 ming dollar ajratgan Mahallabay işlaş agentligi bu hafta ham yana e’tibor markazida böldi. Agentlikning Toşkent şahar boşqarmasi 3,4 mlrd sömlik davlat buyurtmasini oçilganiga atigi 1 kundan 4 kungaça bölgan kompaniyalarga bergan. Ya’ni tender e’lon qilinganidan keyin oçilgan kompaniyalar tender ğolibi bölgan. Agentlik holat böyiça tekşiruv boşlaganini ma’lum qildi.
Şunga öxşaş öyinlar faqat Toşkentda emas, butun respublika böyiça röy berayotgan bölişi mumkin. Agentlikning Qaşqadaryo boşqarmasi oçilganiga 3 kun bölgan kompaniyaga 2,6 mlrd sömlik issiqxonalar qurişni topşirgan. Monopoliyaga qarşi kuraşiş qömitasi bu tender böyiça çiqarilgan qarorlarni bekor qilib, amaldorlar jarimaga tortilişini ma’lum qildi.
Mahallabay işlaş va kambağallikni qisqartiriş agentligi bundan bir yil oldin oçilgan. Agentlik hokim yordamçilari orqali har xil daftarlarda turadigan işsiz aholiga subsidiyalar tarqatib, ularning bandligini ta’minlaş va kambağallikdan çiqariş bilan şuğullanadi. Masalan, Toşkentdagi şubhali tenderlarda subsidiya hisobidan yuzlab tikuv maşinalari 6 mln sömdan sotib olingan. Internet foydalanuvçilarining yozişiça, tikuv maşinalarining narxi bozorda bundan ança arzonroq turadi.
Foto: Şahrisabz şahri hokimligi matbuot xizmati
Kambağallarga subsidiya asosida, ba’zida juda qimmatiga olingan iş qurollari joylarda tantanali ravişda tarqatilyapti. Ma’lum bölişiça, Şahrisabzdagi şunday tadbirlardan birida qoronği va sovuq bölişiga qaramay, öquvçi qizlar yuqa kiyimda raqs tuşirilgan. Tadbir rasmlarida sovqotayotgan qizlarning yonida qalin kurtkadagi tuman hokimi Akrom Sulaymonov turganini köriş mumkin. Bu esa köpçilikning ğazabini qözğatdi, çunki bunaqa holatlar birinçisi emas. Xalq ta’limi vazirligi holat uçun hududdagi mutasaddilarni aybladi. Hokimlik esa qizlarni tadbirga jalb qiliş taklifi tögarak rahbari va ota-onalardan çiqqanini aytib, taşkilotçilarga nisbatan çora körilganini bildirdi va hammadan uzr söradi. Kimga va qanaqa çora körilgani aytilgani yöq.
Bu hafta yana nimalar röy berdi?
Dauletmurat Tajimuratov / Foto: Oliy sud matbuot xizmati
Nukus voqealarining 22 nafar iştirokçisi ustidan sud boşlandi. Sud majlislari jonli translatsiya qilib borilyapti. AQŞ va Yevropa Ittifoqi jarayonni diqqat bilan kuzatayotganini bildirdi. Sudlanuvçilarning bir qismi öz aybiga töliq iqror böldi, bir qismi ayblovni qisman tan oldi. Bir qator sudlanuvçilar asosiy figurant Dauletmurat Tajimuratovga qarşi körsatmalar berdi. Lolagul Qallixanova ham uning aldoviga uçganini aytib, öz qilmişidan puşanmonligini ta’kidladi. Tajimuratov avvaliga aybini qisman tan oldi, keyingi majlisda esa insonlar ölimida heç qanday aybdorlik hissini tuymayotgani, sud kursisida ötirganlarning aybi yöqligi, bu voqealarga davlatning xatosi sabab bölganini aytdi.
1 dekabrdan haydovçilarga jarima ballarini hisoblaş tizimi kutilmaganda test rejimida işga tuşirildi. Ya’ni qoidabuzarliklar uçun jarima ballari hisoblanadi, lekin bu 12 balldan keyin haydovçilik guvohnomasini bekor qilişga sabab bölmaydi. Bunaqa rejim qaçongaça davom etişi aniq emas. Yöl harakati xavfsizligi xizmati bu işi bilan prezident qarorini oçiqdan oçiq buzdi. Qiziği, ayrim Telegram-kanallar bu yangilikni “xuşxabar” deb tarqatdi, lekin buning heç ham xuşxabarlik joyi yöq. Yuzlab marta qoida buzgan haydovçilar heç narsa bölmagandek jarimani tölab, yana rulga ötirişi, aniqroği davlatning şunga ruxsat berib qöygani – şarmandalik. Buning oqibatlarini şu hafta e’lon qilingan raqamlar ham körsatib turibdi: 2022 yil 10 oyida Özbekistonda 7 636ta yöl-transport hodisasi sodir bölgan, ularda 7 174 kişi jarohatlangan, 1 931 kişi halok bölgan. Qurbonlarning 226 nafari – bolalar.
Toşkentda Minerva City qurilişini boşlagan, lekin keyin yeri olib qöyilgan hindistorlik Murari Lal Jalan Toşkent şahar hokimi Jahongir Ortiqxöjayevni unga noqonuniy talab qöyişda aybladi. Uning aytişiça, hokim undan yo loyihalaridan biridan voz keçişni, yoki puli borligining isboti sifatida 100 mln dollarni depozit sifatida bankka joylaşni talab qilgan. Toşkent şahar hokimligi uning sözlarini qat’iy rad etib, Boş prokuraturaga murojaat qildi. Boş prokuratura investorning iddaosi tekşirilayotganini ma’lum qildi.