Muxbirlar körsatuv, maqola va intervyularida Rossiyadagi bir neça millionlik vatandoşlar turmuşi, ularni qiynayotgan muammolar, turli kasb va moliyaviy şaroit egalarining hayotini jonli misollarda körsatişga urindilar.

Suhbatdoşlar orasida Rossiyada avtoçilangarlik va suvoqçilik qiladigan özbekistonlik ayollar, muztaroş yigit, avtotyuning atele oçgan kosib, Zambiya elçixonasida işlayotgan vatandoş, özining «barber shop» xizmatiga asos solgan sartaroş, muhojirlikda baxtini topgan qöqonlik hamyurtimiz kabilar böldi.

Bundan taşqari, vatandoş-talabalar, boş konsul, mehnat migratsiyasi agentligining Rossiyadagi vakili, markaziy osiyolik migrantlarga xizmat körsatuvçi yuristlar bilan ham suhbatlar taşkil etildi.

Aksari maqola ham video tarzida tayyorlangan uşbu materiallar yilning birinçi çoragida Kun.uz sahifalarida e'lon qilib borildi. Tahririyat 2020 yildagi faoliyati sarhisobini qilarkan, uşbu safardan tayyorlangan maqolalarni qayta e'lon qilişni joiz deb topdi.

Rossiyadagi vatandoşlar hayotidan lavhalar

  • Rossiyadagi hayot, odamlarning munosabati, 15-16 soatlik iş, qiyinçiliklar va orzular. Musofirçilikdagi özbek ayoli bilan suhbat
  • «Qanday yasaganimni özim bilmayman». Kreml buyurtmalarini yasovçi özbek muztaroş hikoyasi
  • Moskvada sartaroşxona oçgan özbek: «Boşida patentga ham pulim yöq edi»
  • «Tunda qurilişda işlab, kunduzi hunar örganardim». Moskvada avtoçilangarlikni örgangan ayol hikoyasi
  • «Bizni xörlab, özga yurtda taşlab ketdi». Rossiyada farzandlari bilan yolğiz qoldirilgan ayollar