Şunçaki uzr sörattiriş bu jazo emasligini, davlat işlari uzrbozlikka emas, qat’iy qonunlarga asoslanişini tuşungan kunimiz rivojlaniş tomon katta qadam taşlagan bölamiz.

Yodingizda bölsa, dekabr oyida Qoraqalpoğistonning Törtköl va Beruniy tumanlarida maktablarning boşlanğiç sinf öquvçilariga toşday qattiq pryanik tarqatgan korxona rahbari uzr söraş bilan qutulgan edi. Ya’ni birgina uzr bilan masala yopilib ketgan, mas’ullardan heç kim bolaning tişini sindiradigan darajadagi qattiq yegulik uçun budjetdan pul tölanganiga qiziqib ötirmagandi.

Oqibatda nima böldi? Tayinli jazo bölmaganidan keyin, bunaqa holatlar davom etyapti. Qoraqalpoğiston parlamenti tomonidan Kegeyli tumanida ötkazilgan örganişlarda ma’lum bölişiça, tumandagi qator maktablarda bolalarga sifatsiz mahsulotlar va çirigan olma berilgan. Bundan taşqari, yeguliklarning miqdori ham kam bölgan, ayrim maktablarda mahsulotlar sifatini tekşirib oluvçi komissiya tuzilmagan.

Qoraqalpoğiston Jöqorği Kengesi bu boradagi örganiş işlarini butun respublikada ötkazişi, mas’uliyatsiz maktab direktorlari jazolanişini ma’lum qildi. Lekin Kun.uz suriştiruvi gap faqat direktorlarda emasligini körsatyapti. Gap şundaki, Qoraqalpoğistondagi 716 ta maktabdan salkam 350 tasiga yegulik yetkazib beriş huquqi bitta korxonaga berib yuborilgan. Natijada yeguliklar sovutkiçli maxsus maşinalarda taşilişi kerak degan talab bajarilmagan. Aniqroq aytganda, qonunçilikdagi bu talabning bajarilmasligi avvalboşdayoq ma’lum bölgan. Kegeylidagi sifatsiz mahsulotlar tarqatilgan maktablar ta’minoti ham “Tabassum Nukus” nomli aynan şu korxonaga topşirilgan. Ya’ni çirigan olma boşqa tumanlardagi maktablarga ham tarqatilgan bölişi mumkin.

Bundan taşqari, yana yuzdan ortiq maktabda öquvçilarni professional keytering kompaniyasi emas, quruvçi kompaniya ovqatlantiryapti. Bunday deyişimizga sabab, tenderlarning yana bir yirik ğolibi bölmiş “Alliance Aral-S” firmasining asosiy faoliyat yönalişi – oziq-ovqat emas, turar joy binolarini quriş.

Eslatib ötamiz, Qoraqalpoğiston va Xorazmda boşlanğiç sinf öquvçilariga budjet hisobidan yegulik beriş ötgan yili boşlandi. Hujjatlarda