20:38 / 02.02.2020
0
17704

Trampning «asr kelishuvi», tobora tarqalayotgan Xitoy virusi, Britaniyaning YeIdan chiqishi va haftaning boshqa xabarlari

Yakunlanayotgan hafta ham muhim jarayonlarga boy bo‘ldi, jahonning turli nuqtalarida ham, O‘zbekistonda ham e'tiborga molik voqealar bo‘lib o‘tdi. Kun.uz o‘tgan haftaning eng asosiy va diqqat markazida turgan mavzulari bo‘yicha haftalik dayjestni taqdim etadi.

O‘ZBeKISTON XABARLARI

 Yaqin orada O‘zbekistondagi bir qator oliy o‘quv yurtlari rektorlari ishdan olinishi mumkin. Bu haqda prezident Shavkat Mirziyoyev ziyolilar bilan uchrashuvda aytib o‘tdi.

«Yaqinda ko‘p rektorlar ishdan olinadi. Mening stolimda turgan ma'lumotlarga ko‘ra, bu rektorlar bilimi, saviyasi va vatanparvarlik darajasi bilan rektor bo‘lish u yoqda tursin, hatto qorovul bo‘lishga arzimaydi», – degan prezident.

·       Shavkat Mirziyoyev Milliy universitet talabasini vazir o‘rinbosarligiga tavsiya qildi.

·       Prezident sog‘liqni saqlash sohasi va ilm-fan yo‘nalishlarini rivojlantirish bo‘yicha yig‘ilish o‘tkazdi

·       O‘zbekistonda amaldorlar xarajatlarining ular topadigan daromadga muvofiqligi nazoratga olinadi. Bu ish bilan korrupsiyaga qarshi kurash maqsadida tuziladigan yangi organ shug‘ullanadi.   

«Nima uchun men korrupsiyaga qarshi kurash organini tuzyapman? Bu organ «ura-ura» uchun yaratilmayapti, u amalda korrupsiya omillarini, vazirlar va boshqalarning qanday uyda yashashi, o‘zini tutishi, mashina sotib olishi, bolasini qayerda o‘qitishi, umuman korrupsiya omillari qayerda, degan masalalarga javob beradigan tizim bo‘ladi.

Bu organ prezidentning yoki boshqa amaldorning oyligi bilan nima ish qilish mumkinligini hisoblaydi. Biz bunga juda ko‘p tayyorgarlik qilyapmiz va buni butun jamiyatga targ‘ib qilishimiz kerak.

Zamon o‘zgaryapti, vahshiylikdan, o‘g‘rilikdan qutulish kerak. Amaldorlar daromadining omillarini tushuntirib bersa, haloli bo‘lsin. Tiyilishi kerak, tiyilmayapti ayrim noinsoflar», dedi u.

 ·       Shavkat Mirziyoyev paxta siyosati haqida fikr bildirdi: «Paxtaning kimga keragi bor, u kimga manfaat olib keldi? Millatimizga manfaat olib kelgani yo‘q. Balo, azob olib keldi. «O‘zbek ishi», boshqa ishlar. Mehnatimizga tuhmatlar bo‘ldi», degan prezident yuz yillik tizim ikki yilda olib tashlaganini ta'kidladi. Adliya vazirligi: paxta va g‘allaga davlat buyurtmasi bekor bo‘lishi [SS1] nega muhim?

 

Xitoydagi koronavirusning O‘zbekistondagi aks-sadosi

 O‘zbekiston hukumati 4-5 fevral kunlarida maxsus charter reyslar orqali Xitoy hududidagi, shu jumladan, xavfli koronavirus tarqalgan Uxandagi fuqarolarini evakuatsiya qilishni rejalashtirmoqda. Ma'lum bo‘lishicha, ayni vaqtda Uxan shahrida 81 nafar o‘zbekistonlik qolmoqda.

 ·       O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyev Xitoyda yangi turdagi koronavirus sababli kelib chiqqan epidemiyaning fojiali oqibatlari munosabati bilan Xitoy Xalq Respublikasi Raisi Si Tszinpinga va do‘st Xitoy xalqiga chuqur ta'ziya bildirdi. O‘zbekiston umumiy xatarga qarshi samarali kurashish maqsadida yaqindan hamkorlik qilishga tayyor ekani qayd etildi. Prezident koronavirus bo‘yicha farmoyish chiqardi

·       Epidemiyadan pandemiyaga aylangan, Xitoydagi atipik zotiljam keltirib chiqaruvchi koronavirus tufayli epidemik vaziyat xavotirli tus olayotganini ta'kidlagan Sog‘liqni saqlash vaziri xorijga chiqmaslikni tavsiya qildi. Vazir Alisher Shodmonov videoselektor o‘tkazdi. Koronavirusga qarshi choralar kuchaytirilishi belgilandi. Shuningdek, Xitoydan qaytgan o‘zbekistonliklardan zudlik bilan shifokorga murojaat qilish so‘raldi

·       Bu orada Jizzaxda koronavirusga chalinganlar borligi haqida xabar tarqaldi. Sog‘liqni saqlash vazirligi bu va ijtimoiy tarmoqlarda tarqalgan boshqa xabarlarni asossiz va haqiqatga zid deb atadi. SSV «Mevadan qandaydir virus yuqishi holati hali kuzatilmagan»ligini qayd etib, koronavirus haqidagi yana bir mish-mishni rad etdi.

·       Ayrim davlatlar Xitoy bilan chegarasini yopib, viza cheklovlari o‘rnatdi. O‘zbekiston qanday yo‘l tutadi? O‘zbekiston koronavirus tufayli Xitoyga borishni cheklamoqda. «Uzbekistan Airways» kompaniyasi koronavirus epidemiyasi sababli 4 fevraldan Xitoyga doimiy aviaqatnovlar vaqtinchalik to‘xtatilishi haqida xabar qildi.

·       Uxanda qolayotgan o‘zbek talabasiga ko‘ra, virus xitoyliklarni yanada jipslashtirgan.

 

Rahbarlar nima deydi?

·       O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Senati raisi Tanzila Norboyeva O‘zbekistonda 5 million aholi kambag‘allikda hayot kechirayotganini aytib o‘tdi: «Ilgari ijtimoiy sohada ishlaganim uchun ham men buni yaxshi bilsam-da, «kambag‘allik yo‘q», deb aytish mumkin emas edi. Biz buni «kam ta'minlanganlik», deb xaspo‘shlab keldik. Holbuki, bugun O‘zbekistonda 5 million aholi kambag‘allikda hayot kechirmoqda».

·       Tanzila Norboyeva: Kelgusida ijro hokimiyati va vakillik organi ajratilishini ta'kidlab, xalq vakillari safida faqat vijdonli, xalq dardi bilan yashaydigan insonlar bo‘lishi muhimligiga urg‘u berdi.

·       Zoyir Mirzayev Oqqo‘rg‘ondagi ariq voqeasi bo‘yicha ilk bor izoh berdi

·       Hafta ichida O‘zbekiston Respublikasining Birinchi prezidenti Islom Karimov xotirlandi. «Murakkab davrda avtoritar boshqaruv bo‘lishi tabiiy» – tarixchi Karimov davri haqida

·       2019 yilgi paxta terimi davrida 7ta tuman hokimligi amaldorlari majburiy mehnat uchun javobgarlikka tortilgan

 

Hafta ichida ro‘y bergan tayinlovlar va o‘zgarishlar

OAV va blogerlarni qo‘llab-quvvatlash maqsadida tashkil etilgan yangi jamoat fondining Vasiylik kengashi tuzildi. AOKAning sobiq direktori Komil Allamjonov Vasiylik kengashi raisi, Saida Mirziyoyeva uning o‘rinbosariga aylandi.

 ·       Transport sohasi rahbarlari «v.b». bo‘ldi, Uzbekistan Airways rahbari lavozimidan ozod etilishi mumkin

·       Hududiy ichki ishlar boshqarmalarida yangi lavozim joriy etiladi

·       «O‘zkimyosanoat» AJ boshqaruvi raisi o‘zgardi

·       Markaziy bank raisiga yangi o‘rinbosar tayinlandi

 

Iqtisodiyot va islohotlar

 Hafta ichida dollarning rasmiy kursi o‘sdi. Biroq Moliya vaziri Jamshid Qo‘chqorov yanvar oyida O‘zbekistonda inflatsiya darajasi 0,6 foizni tashkil etganini ma'lum qildi.

·       Qamchiq dovonida pullik tonnel qurish bo‘yicha moliyaviy va texnik hisob-kitoblar tayyorlanmoqda

·       O‘zbekiston Notarial palatasi tashkil etildi: U xususiy amaliyot bilan shug‘ullanuvchi barcha notariuslarnint a'zoligiga asoslangan notijorat tashkiloti hisoblanadi.

·       Tojikiston Respublikasi hududida Zarafshon daryosida O‘zbekiston uchun GES quriladi

 

Migrantlar

O‘zbekistonda migrantlarga uy ajratish tartibi belgilandi. Unga ko‘ra migrantlar uy olish uchun arizani qarindoshlari orqali topshirishi mumkin

 ·       TIV o‘zbekistonlik migrantlarning sharoitini yaxshilash bo‘yicha Rossiya bilan muzokaralar olib borayotgani ma'lum qilindi

·       Bosh konsul migrantlar haqida: «Hamma ishga boraversa, ish beruvchi sharoitni yaxshilashga urinib ham ko‘rmaydi»

·       Qozog‘iston parlamenti majlisi O‘zbekiston bilan noqonuniy migratsiyaga qarshi kurashish to‘g‘risidagi bitimni tasdiqladi

 

Huquq-tartibot

«Human» xususiy bandlik agentligi direktoriga nisbatan jinoiy ish qo‘zg‘atilgan edi. Hafta ichida unga nisbatan sud hukmi o‘qildi. Sudlanuvchi O‘zbekiston Respublikasi Jinoyat kodeksining bir qator moddalarida nazarda tutilgan jinoyatlarni sodir etganlikda aybli deb topilib, unga uzil-kesil 10 yil ozodlikdan mahrum qilish jazosi tayinlandi. Jabrlanuvchilarga yetkazilgan zarar proporsional ravishda qisman qaytarilishi e'lon qilindi

 ·       Chiroqchida odam o‘ldirishda gumon qilinayotgan IIB xodimlari qamoqqa olindi. IIV voqea yuzasidan brifing tashkil qildi. Brifingda IIV matbuot kotibi Shohrux G‘iyosov «IIB binosida odam o‘lishi yangilik emas»ligini ta'kidlab o‘tdi. Senat Chiroqchi tumani IIB binosidagi voqeaga munosabat bildirdi

·       Paxtachidagi maktabda o‘quvchilarni jazolash uchun sovuqqa olib chiqib qo‘ygan o‘qituvchiga chora ko‘rildi

·       Yunusoboddagi fojia sababi aniqlandi

 

JAHON XABARLARI

Xitoydagi o‘lim virusi

Hafta ichida Xitoyda konoravirusdan vafot etganlar soni 300dan oshib ketdi. Xitoy hukumati tomonidan va'da qilingan — Uxandagi koronavirus bilan kasallanganlarni davolash uchun yangi shifoxona 10 kun ichida qurib bitkazildi. Koronavirus tarqalishi xalqaro favqulodda holat deb e'lon qilindi. Koronavirusga chalinganlarni davolashga bir-ikki hafta vaqt ketishi ma'lum qilindi

 ·       Virus Xitoydan tashqarida ham odamdan odamga yuqa boshladi — Germaniya va Yaponiyada ilk holatlar qayd etildi, Buyuk Britaniyaga yetib bordi, Turkiyada koronavirus yuqtirishda gumonlangan 12 kishi shifoxonaga yotqizildi.

·       Bir qator davlatlar Xitoy bilan chegaralarni yopdi. Masalan, Qirg‘iziston Xitoy bilan chegarasini yopdi. Qozog‘iston esa Xitoy uchun vizasiz rejimni to‘xtatdi. Rossiya ham Uzoq Sharqdagi chegarasini yopdi. Hattoki KXDR Xitoy bilan temir yo‘l va avia qatnovini to‘xtatdi

·       Savollar va javoblar: Koronaviruslar qayerdan paydo bo‘ladi va ular nega bunchalik xavfli? Halokatli koronavirus: yuqtirmaslikning iloji bormi, «ispanka» takrorlanadimi, vaksina qanday ishlaydi? Dunyoda epidemiyalar tobora ko‘paymoqda — nima uchun?

 

Arablarni g‘azablantirgan Trampning «Asr kelishuvi»

 Trampning ta'kidlashicha, AQShning «asr kelishuvi» deb nomlanuvchi Isroil-Falastin mojarosini hal qilishga qaratilgan rejasi Isroil va Falastin davlatlari mavjud bo‘lishi, Falastin hududlarining deyarli ikki marta ortishini ko‘zda tutadi. «Bu rejaga ko‘ra, Falastin hududi deyarli ikki marta ortadi, Sharqiy Al-Qudsda Falastin poytaxti tashkil etiladi va unda AQSh faxr bilan o‘z elchixonasini ochadi», deb aytgan AQSh prezidenti.

 ·       Arab davlatlari ham Falastin milliy ma'muriyati rahbari Mahmud Abbos ham Trampning «asr kelishuvi»ni rad etdi. U AQSh prezidenti Donald Tramp «asr kelishuvi»ni e'lon qilganidan so‘ng AQSh va Isroil bilan aloqalar uzilishini ma'lum qildi.

·       Eron prezidenti Hasan Ruhoniy Trampning «asr kelishuvi»ni «asrning eng qabih rejasi» deb atadi

·       Trampning «asr kelishuvi»: Falastinliklar armiyadan voz kechishi va o‘ziga boshqa poytaxt qurishi kerak

·       Arab davlatlari ligasi kengashi «asr kelishuvi» bo‘yicha shoshilinch yig‘ilish o‘tkazadi

 

Nihoyat sodir bo‘lgan «Brekzit»

Yevroparlament 29 yanvardagi yig‘ilishida Buyuk Britaniyaning Yevropa Ittifoqidan chiqishi bo‘yicha kelishuvni ratifikatsiya qildi. Brexit bo‘yicha kelishuvni 631 nafar yevrodeputat qo‘llab-quvvatlagan, 49 nafari qarshi chiqqan, 13 nafar deputat betaraflik bildirgan. Hujjatning tasdiqlanishi uchun ko‘pchilik ovoz kifoya qilgan. Buyuk Britaniya 31 yanvarda Yevropa Ittifoqi tarkibini tark etdi.

 ·       Britaniyada «Brekzit» sharafiga esdalik tangalari muomalaga chiqariladi

·       Brekzitdan keyingi hayot: Britaniya buyuk bo‘lmay qoladimi?

·       Britaniya Yevropa Ittifoqi tarkibidagi so‘nggi kunini qanday o‘tkazdi?

 

Afg‘onistonda urib tushirilgan samolyot

Afg‘oniston sharqidagi G‘azni viloyatida yo‘lovchi samolyot halokatga uchradi. AQSh harbiy qo‘mondonligi dushanba kuni kechqurun Afg‘onistonda Amerika harbiy samolyoti qulab tushganini tasdiqladi. Shu bilan birgalikda, harbiylar «Tolibon» tomonidan urib tushirilganini tasdiqlashmagan. Biroq toliblar Afg‘onistonda samolyot urib tushirilishi uchun javobgarlikni o‘z zimmasiga oldi

 ·       Qulagan samolyotda Sulaymoniyni o‘ldirish amaliyotiga boshchilik qilgan MRB ofitseri Maykl D’Andrea bo‘lgan

Ushbu xabarga fikringizni bildiring. Buning uchun avtorizatsiyadan oʻtishingiz kerak!
Top