Bugun, 31 dekabr, 2018 yilning oxirgi kuni. Kun dushanba bo‘lishiga qaramasdan 29 dekabr (shanba) bilan almashtirilgan dam olish kuni. Bankirlar, soliqchilar va jurnalistlar esa bundan mustasno. Bugun Kun.uz yil yakunlarini hisobot qiladi, hisobotda ayrimlar hisobot qilishda mustasno bo‘lgani haqida ham gap ketadi.

Aqto‘be fojiasi

2018 yilning 18 yanvar kuni va undan keyingi kunlar O‘zbekiston uchun motamga aylandi. Shu kuni Qozog‘istonning Aqto‘be oblasti hududida, Samara-Chimkent trassasi 1068-kilometrida haydovchilar bilan birga jami 57 kishi bo‘lgan avtobus yonib ketgandi. Bu fojia oqibatida O‘zbekistonning Rossiyaga ketayotgan 52 nafar fuqarosi halok bo‘ldi. Fojiadan 5 kishi omon qolgan, ularning 3 nafari qozog‘istonlik haydovchilar va 2 nafari O‘zbekiston fuqarolari edi. Avtobusning yonib ketishiga rasmiy sabab - texnik nosozlik va xavfsizlik texnikasiga rioya qilmaslik. 

52 qurbon. Avtobus Rossiyaga yeta olmadi

Fojia qurbonlarining bir qismi Namangan viloyatining To‘raqo‘rg‘on tumanidan, yana bir qismi Farg‘ona viloyatining Toshloq tumanidan edi. Qurbonlarning oila a'zolariga davlat tomonidan yordam ko‘rsatilishidan tashqari, internet nashrlarda xayriya mablag‘lari yig‘ib berildi.

«Olovda ko‘rinar kulgan surating». Aqto‘be qurbonlariga marsiyalar

O‘zbekiston hukumati bu fojia xorijga, xususan Rossiyaga aviachiptalar juda yuqori narxlarda belgilanganining ham oqibati ekanini hisobga olib, «O‘zbekiston havo yo‘llari» milliy aviakompaniyasi xalqaro reyslar uchun aviachiptalarni tannarxidan arzonroqqa sotishiga