Yakunlanib borayotgan 6 oktabr, juma kuni O‘zbekistonda va jahonda yuz bergan voqea-hodisalar hamda yangiliklarning eng muhimlari va eng saralari bilan KUN.UZ dayjestida tanishing.
O‘ZBeKISTON:

Kunning eng asosiy yangiligi — Rossiyaning Vladimir oblastidagi fojia oqibatida O‘zbekistonning kamida 15 fuqarosi halok bo‘ldi
Fojia qurbonlari soni ortdi. Yo‘lovchilar uxlab yotishgandi, uyg‘onganlar jon saqlashga ulgurdi
Vladimirga qurbonlarning jasadlari va omon qolgan o‘zbekistonliklarni olib kelish uchun maxsus bort yuborilishi aytildi va u Vladimirga uchib ketdi
Shifokorlar Vladimirdagi YTHda jabrlangan 2 bolaning hayoti uchun kurashmoqda
SSV: Vladimirda halokatga uchragan o‘zbekistonliklarga tibbiy yordam ko‘rsatish bo‘yicha tezkor guruh tuzildi
O‘zbekiston konsuli Vladimirdagi fojia joyiga jo‘nab ketdi
O‘zbekiston TIV Vladimirdagi fojiada halok bo‘lgan o‘zbekistonliklar soniga aniqlik kiritdi



















