Ötib borayotgan hafta davomida Özbekistonda va jahon bölib bölib ötgan voqea-hodisalarni, şuningdek KUN.UZda yoritilgan muhim tahliliy maqolalarni yana bir karra yodga olamiz.

Foto: Xalqaro Press-klub

Hafta voqeasi: Özbekiston televideniyesida körsatuvlar jonli efirda çiqişdan töxtadi

Moderator Şerzodxon Qudratxöjayev boşçiligida olib borilgan Xalqaro press klub sessiyalari endi yaqindagina taşkil etilgan «Özbekiston 24» va boşqa telekanallar efirida töğridan-töğri uzatilmaydigan böldi.

Şuningdek, «Özbekiston» telekanalida «Munosabat» körsatuvi ham efirdan yöqolgan. Quddus A'zam boşlovçiligidagi bu körsatuv har haftada 4–5 marta jonli efirda uzatilib kelinayotgandi.

Hafta mobaynida milliy televideniyega oid xabarlar ham omma diqqat markazida bölib turdi. Çunonçi:

Xayrulla Nuriddinov 3 kun ötib yana MTRK raisi örinbosarligiga qaytdi

«Özbekiston 24» telekanali rahbari özgardi

Ş.Qudratxöjayev: «Press-klub vazirlik emas. Ba'zan formatdan çiqib ketiş holatlari ham böldi»

Ş.Qudratxöjayev klub haqidagi xabarlarga munosabat bildirdi

«Munosabat» körsatuvi boşlovçisi Quddus A'zam «Döstlik» ordeni bilan taqdirlandi