Hafta davomida Özbekistonda va jahon bölib bölib ötgan voqea hodisalarni yana bir karra yodga olamiz.
Prezidentning Toşkent viloyatiga taşrifi
Özbekiston Respublikasi Prezidenti Şavkat Mirziyoyev ijtimoiy-iqtisodiy islohotlarning borişi bilan yaqindan tanişiş maqsadida Toşkent viloyatiga çiqdi.
Jumladan, Ş.Mirziyeyov Örta Çirçiq tumanidagi «Özbegim otlari» ot zavodi faoliyati bilan tanişdi. Zavod qadimiy ot zotlari, jumladan, Axaltaka tulporlarini köpaytiriş va parvarişlaşga ixtisoslaştirilgan.

Toşkent viloyatiga taşrifi davomi prezident Parkentning eng sölim joyida yozuvçi va şoirlar uçun 50 ta uy qurib beriş kerakligini ta'kidlagan.
Taşrif doirasida prezident viloyat hududidan ötuvçi Toşkent–Sirdaryo avtomobil yöli böyida qurilişi möljallangan yangi turar joylar, ijtimoiy soha obektlari loyihalari bilan tanişdi. Zangiota, Çinoz va Yangiyöl tumanlari hududidan ötuvçi yöl böyida 1, 2, 3, 4 xonali uy-joylar qurilişi va joylaşuvi loyihasi taqdimoti ötkazildi. Loyihalarda uy-joylarning joylaşuv sxemasi, körinişi, dizayni öz aksini topgan.
Prezident loyiha bilan tanişar ekan, Toşkent–Töytepa yöli atrofida zamonaviy uy-joylar quriş, ijtimoiy soha obektlarini zamon talablari darajasida barpo etiş böyiça körsatmalar berdi.
Davlat rahbari Töytepa şahrini viloyatning markazi sifatida qayta quriş tadbirlari amalga oşirilayotgani, bu borada Janubiy Koreyadan arxitektorlar taklif qilinganini ta'kidladi. Loyihaga köra bu yerda smart şahar paydo böladi va uning qurilişiga 2 mlrd. dollar sarflanadi.






















