O‘zbekiston | 20:50 / 21.07.2019
64600
19 daqiqa o‘qiladi

Qaytadan qo‘zg‘algan «tonirovka» masalasi, prokuraturadagi tayinlovlar, avtosanoatdagi o‘zgarishlar va haftaning boshqa xabarlari

O‘tayotgan haftada O‘zbekistonda va jahonda ro‘y bergan voqea va hodisalarning eng muhimlarini Kun.uz’ning an'anaviy haftalik dayjestida yana bir karra esga olamiz.

 

O‘ZBeKISTON XABARLARI

·       Prezident Sirdaryo viloyatiga bordi va Xovosdagi bunyodkorlik ishlari bilan tanishdi

·       Prezident sirdaryolik faollar bilan suhbatlashdi

·       Toshkent, Zangiota va Chinoz tumanlaridagi yer maydonlari bo‘yicha hukumat qarori qabul qilinadi

·       O‘zbekistonda «Prezidentning 1000 nafar yosh kadrlari» loyihasi tashkil etiladi

·       O‘zbekistonda davlat organlari xodimlarining formali kiyim-bosh kiyib yurishi qoidalari o‘zgardi

 

Xalqaro aloqalar

·       Tanzila Norboyeva Jahon banki vitse-prezidenti bilan uchrashdi

·       OAV: navbatdagi afg‘onlararo uchrashuv Samarqandda o‘tkaziladi

·       Rostov-Don shahrida O‘zbekiston Respublikasining Bosh konsulxonasi ochilishi marosimi bo‘lib o‘tdi

·       Abdulaziz Komilov Vashingtonda Zalmay Xalilzod bilan uchrashdi

 

Tayinlovlar va iste'folar

·       Toshkent shahri prokurori ishdan ketdi va shaharga yangi prokuror tayinlandi

·       Buxoro viloyatiga yangi prokuror tayinlandi

·       Bosh prokuror o‘rinbosari lavozimdan ozod etildi. U viloyat prokurorligiga tayinlandi

·       Mirzo Ulug‘bek tumani prokurori ishdan olindi

·       Bosh prokuraturaning uyushgan jinoyatchilik va korrupsiyaga qarshi kurashish boshqarmasiga yangi rahbar tayinlandi

·       Nurafshon va Bekobodda IIB boshliqlari o‘zgardi

 

Iqtisodiyot

·       Saudi Aramco «Lukoyl»ning O‘zbekistondagi loyihalariga qiziqish bildirdi - OAV

·       Qo‘mita: Monopol yuqori narx aniqlandi

·       Proteksionizm — O‘zbekiston uchun kerakmi?

·       O‘zbekiston avtomobillar ishlab chiqarishni 46,6 foizga oshirdi

·       Oziq-ovqat mahsulotlari importi ustidan nazoratni kuchaytirish rejalashtirilmoqda

 

Transport

·       2019–2023 yillarda avtomobil sanoatini rivojlantirishning asosiy ko‘rsatkichlari belgilandi — Prezident qarori

·       Milliy ishlab chiqaruvchilar avtomobillariga aksiz solig‘i 1 oktyabrdan bekor qilinadi

·       Avtosalonlar ilgari haydalgan avtomobillar bilan ham savdo qila boshlashadi

·       Toshkentda eng ko‘p qaysi rusumdagi avtomobillar avariya sodir etishi ma'lum qilindi

 

Bank va moliya

·       Markaziy bank qayta moliyalash stavkasini yillik 16 foiz darajasida qoldirdi

·       «Ko‘pchilik, hatto OAV xodimlari ham pensiya va nafaqani bir xil narsa deb o‘ylaydi» — Bahodir Umrzoqov

·       Eng kam oylik ish haqi bilan eng kam maoshning farqi nimada?

·       Dollarning rasmiy kursi ko‘tarilishi davom etdi

·       Maoshlar oshirilishi va inflatsiya poygasi qachon tugaydi?

 

Statistika

·       Davstatqo‘m YaIMni avvalgi yillar uchun qayta hisoblab chiqdi

·       Markaziy bank: 2019 yilning I yarim yilligida iste'mol narxlari oshishi 5,6 foizni tashkil etdi

·       O‘zbekiston doimiy aholisi soni to‘g‘risida ma'lumot berildi

·       Hududlarda hokimliklar buzilishlar uchun 300 mlrd so‘mga yaqin kompensatsiya pulini to‘lamagan

 

Energetika

·       «Aqlli hisoblagichlar» elektr ta'minotini qanday yaxshilashi mumkin?

·       O‘zbekiston deyarli barcha elektr stansiyalarni xususiy investorlarga sotadi

·       O‘zbekiston elektroenergetikasi kelajagi belgilanmoqda. Quyosh va shamoldan energiya olinishi rejada bor

·       O‘zbekiston 10 yil ichida elektr energiya eksportini 2 marta oshiradi

 

Turizm

 ·       Shavkat Mirziyoyev turizm to‘g‘risidagi qonunni imzoladi

·       Xitoy va Markaziy Osiyo shaharlarida zamonaviy karvonsaroylar qurish taklif qilindi

·       Nefrit ko‘llari O‘zbekistonning qo‘riqlanuvchi tabiiy obektlari ro‘yxatiga kiritilishi kutilmoqda

·       Uzbekistan Airways Tbilisiga parvozlarni yo‘lga qo‘ydi. Chipta narxi 3,5 mln so‘mdan boshlanadi

 

Ta'lim

 ·       O‘qituvchilar majburiy mehnatga jalb qilingan Chustdagi maktab direktori ishdan ketdi

·       Kosonsoyda o‘qituvchilar beton quyishda ishlatilgani tasdiqlandi.

·       Sherzod Shermatov: hali men tanishishga ham ulgurmay, XTB mudiri pora bilan qo‘lga tushdi

·       Prezident maktablariga asosiy qabul imtihonlari qachon bo‘lib o‘tishi ma'lum qilindi

·       Vazirlik Chustda o‘qituvchilar majburiy mehnatga jalb etilgani holatini o‘rganmoqda — Aybdorlarga chora ko‘riladi

 

Jamiyat

·       O‘zbekistonda qaysi soha yo‘nalishi bo‘yicha inson huquqlari ko‘proq poymol etilayotgani aytiladi?

·       Isitish tizimi uchun to‘lovlar nega yil bo‘yi amalga oshiriladi? Vazir izoh berdi

·       Elektron hukumat nega to‘liq ishga tushirilmayapti?

·       Faol bo‘lmagan deputatlar vakolatiga chek qo‘yiladi

·       Vazirlik rahbariyati, rektorlar va OTM o‘qituvchilari pora olmaslikka qasamyod qildi

 

Dolzarb mavzular

·       Otabek Umarov: «Avtoulov «tonirovka»si xavfsizlik masalalarini hal qilishda va ta'minlashda bizga to‘siq bo‘lolmaydi. Ushbu masala ko‘rib chiqilmoqda»

·       «O‘ztransgaz» Buxorodagi yong‘in yuzasidan rasmiy axborot berdi

·       Toshkent osmoni uzra «Soyuz MS-13» missiyali raketasi parvozi kuzatildi

·       O‘zbekistonda hokimlarning turar joylar bo‘yicha vakolatlaridan biri bekor qilinadi

·       Avtomobillar oynalarini parda bilan to‘sishga ruxsat berish bo‘yicha taklif kiritildi

·       Pulli tonirovka – adolatsizlikmi yoki mantiqsizlik?

·       «Mening fikrim» portaliga jamoat transportlari oynalarini qoraytirish to‘g‘risidagi petitsiya joylandi va u yetarlicha ovoz to‘pladi

·       Deputatlar avtomobil oynalarini qoraytirish masalasini qanday hal qilmoqchi?

 

Huquq-tartibot

·       O‘zbekistonda Tergov qo‘mitasini tashkil etish taklif qilindi

·       Deputatlar: «Yo‘l harakatiga doir qoidalarni qonun darajasida faqat deputatlar qabul qilishi lozim»

·       O‘zbekistonda barcha migratsiya va fuqarolikni rasmiylashtirish boshqarmalari dam olish kunlari ham ishlay boshladi

·       «Qonun barchaga barobar». Otabek Umarov tezlikni oshirgani uchun jarima to‘ladi

 

Tahliliy maqolalar

·       Sarvarxon Buzrukxonov: «Bugun OTM professorlari eng yuqori maosh oladigan bo‘ldi»

·       So‘zdan so‘zning farqi bor. Elmira Bositxonova bozorda ishlovchi ayollar bo‘yicha nima degandi va nima degan bo‘lib chiqdi?

·       Faktlarga qarshi yurish. Muxbir nega hamkasbiga tosh otib, qurilish maydonida o‘qituvchilarni izlab yuribdi?

·       Yuliy Yusupov yangi taklif bo‘yicha: «Sizlar aholi salomatligi haqida emas, balki korrupsiyalashgan bojxonachilar cho‘ntagi haqida qayg‘uryapsiz»

 

Intervyular

·       Rasul Kusherbayev: «Kelmay, ko‘rmay, bilmay turib deputatlarni «soqov» deyish qo‘pol haqoratdir»

·       Bojxonaning birinchi rahbari sim o‘rniga o‘rab olib chiqilgan tillalar, Rossiyada qolib ketgan pullar, «Uragan» nomi va Samarqanddagi voqea haqida

·       Farhod Ermanov: «Xorazmda qishloq xo‘jaligi va sanoatni rivojlantirish bo‘yicha 20 trillion so‘mlik loyihalarni amalga oshiramiz»

·       Sherzod Shermatov: Savodsizlik - o‘qituvchilari bahor-kuzda dalada bo‘lgan ta'lim tizimi oqibati

·       Sherzod Shermatov: «Bizning vazirligimiz nomlanishida «xalq» so‘zi bo‘lgan yagona vazirlik hisoblanadi»

·       Vazir: «Toshkent shahrida jo‘mrakdan kelayotgan suvni qo‘rqmasdan ichish mumkin»

 

Kun.uz reportajlari va surishtiruvlari

·       Hovuzdagi qurtlayotgan suv: Urgutdagi bir qishloq ahli hattoki kir yuvishga yaroqsiz suvni ichishga majbur bo‘lmoqda

·       «Fuqaroligimni olib qo‘yishdi». Kosonsoylik ayol 16 yildan buyon fuqarolik orzusida

·       Video: O‘ring‘och ko‘lidagi bugungi holat qanday?

·       Toshkentda «snos»: Uy egalari shahar hokimiga o‘z shartlarini aytishdi

·       Ochiq osmon ostida yashayotgan xorazmliklar. Shahar hududida «snos» ishlari avjiga chiqmoqda

 

JAHON XABARLARI

MDH yangiliklari

·       OAVda Turkmaniston prezidenti o‘limi haqida xabarlar tarqalmoqda

·       Ikkinchi jahon urushidagi g‘alabaning 75 yilligi munosabati bilan MDH davlatlari rahbarlarining murojaati tayyorlanmoqda

·       Rossiyaning Samara oblastida 46 nafar o‘zbekistonlik zaharlandi

·       Ukraina Rossiya bilan asirlarni almashishini e'lon qildi

·       Ukraina prezidenti oligarxlar yangi o‘yin qoidalariga tayyor turishlari kerakligini aytdi

·       Putinni haqoratlagan teleboshlovchi efirga qaytadi

·       Tojikiston va Rossiya Xitoyning Shinjon-Uyg‘urdagi siyosatini qo‘llab-quvvatladi. Qirg‘iziston va Qozog‘iston bayonotni imzolamadi

·       Qozog‘iston madaniyat vazirligi lotin imlosiga o‘tish kechiktirilishi haqidagi xabarlarni tasdiqlamadi

 

Jahon yangiliklari

·       Erdo‘g‘an S- 400 kelishuvini Turkiya tarixidagi eng muhim kelishuv deb atadi

·       «3 yillik tarix». Turkiyada amalga oshmagan davlat to‘ntarishi tafsilotlari

·       Millat davlatni qutqargan kecha. Turkiya qanday «to‘ntarilmay qolgandi»?

·       Pentagon: Turkiyani NATOdan istisno qilish qarorini alyansning o‘zi qabul qilishi kerak

·       Xitoyning umumiy qarzi 40 trln yuandan oshib ketdi

·       Germaniya AES va IESdan «muqobil energetika»ga o‘tmoqda: buning sababi nima?

·       Angela Merkel o‘z sog‘lig‘ini shaxsiy masala deb atadi

 

Qiziqarli yangiliklar

·       Janubiy Koreyada hamkasblari va qo‘l ostidagilarga zug‘um qilganlar qamaladigan bo‘ldi

·       Mehnat sharoitlarining yaxshi emasligi – dunyodagi bandlikning asosiy muammosi

·       Fransiya ekologiya vaziri hashamatli ziyofatlar haqidagi maqoladan so‘ng iste'foga chiqdi

·       Dunyoning eng hurmat qilinuvchi jamoat arboblari reytingi e'lon qilindi

·       G‘alati davlatlar ro‘yxati: poytaxsiz, konstitutsiyasiz, armiyasiz...

 

SPORT YaNGILIKLARI

·       DXX raisi O‘FA prezidentligiga saylandi

·       Abdusalom Azizov: «Totalizator, kelishilgan o‘yinlar kabi tushunchalarni yo‘qotish — bizning birinchi darajali vazifamiz bo‘lishi kerak»

·       JCh-2022 saralashi qur'asi: O‘zbekistonning raqiblari ma'lum bo‘ldi

·       «Hayot guruhi»dagi O‘zbekiston va futbol birlashtirgan koreyslar – JCh-2022 saralashi intrigalari

·       O‘FA Ijroqo‘mining yangi tarkibi tasdiqlandi

·       G‘ofur Rahimov AIBA prezidenti sifatidagi vakolatlarini butunlay topshirdi

·       Aziz Haydarov futbolchilik faoliyatini yakunladi, u O‘FAda rahbarlik lavozimini egallaydi

·       Kuper O‘zbekistonning JCh saralashidagi guruhi haqida fikr bildirdi

·       Milliy olimpiya qo‘mitasi bosh kotibi iste'foga chiqdi

·       O‘FA Turg‘unboyev bo‘yicha bayonot berdi. Xalqaro yuridik tashkilot u hamon «Paxtakor» futbolchisi ekanini aniqladi

·       «Buxoro» Tojikiston milliy jamoasi sardorini o‘z safiga qo‘shib oldi

·       Jazoir o‘z tarixida ikkinchi marta Afrika Kubogini qo‘lga kiritdi

Шуҳрат Шокиржонов
Tayyorlagan Шуҳрат Шокиржонов
Kun.uz yangiliklarini Google News'da kuzating
+ Obuna bo'lish

Mavzuga oid