Oyoği yerdan uzilgan deputatlar, yangi liftdagi ölim va yaşirilgan jinoyatlar. Hafta dayjesti
|03:58 / 31.07.202341 54021 min
Kambağallik darajasi eng yuqori viloyat Sirdaryo ekani ma’lum bölgan haftada, şu viloyatning deputatlari hokimlarga 15 ta “inomarka” olib berişga qaror qildi. Respublika darajasidagi boşqa bir deputat esa ayb kambağallarning özida ekanini aytib çiqdi. Yakunlanayotgan haftaning şu va boşqa mavzulari – Kun.uz dayjestida.
“Global qaynaş davri”
Toşkentda ikki oydan beri har kuni qator mahallalarda ta’mirlaş işlari sabab elektr ta’minoti öçirilyapti va bu yangilik bölmay qoldi. Talab ortib ketgan kunlari esa avariyalarning oldini oliş uçun şaxmat tartibidagi öçirişlar ham qöllanyapti. Lekin ba’zan bu ham yetarli bölmayapti. Xususan, 26 iyul kuni poytaxtning 7 ta tumanidagi köplab hududlar bir vaqtning özida elektr ta’minotidan uzilib qoldi. Bu haqda dispetçerlik kanalida e’lon qilingan postlar köp ötmay öçirilib, ommaviy uzilişga taqsimlaş punktlari qizib ketgani sababligi aytildi.
Keyinroq Energetika vazirligi şu kuni Özbekistonda elektr energiyasi iste’moli böyiça rekord yana yangilanganini ma’lum qildi. Unga köra, 26 iyulda Özbekiston böylab 250 mln kWh elektr energiyasi iste’mol qilingan. Bu ötgan yilgi maksimal körsatkiçdan 5 foizga köp. Energetika vazirligi aholidan katta avariyalarning oldini oliş uçun qilinayotgan qisqa muddatli uzilişlarni töğri tuşunişni va qat’iy tejamkorlikka amal qilişni söradi.
Energiyaga talabning ortib ketişi anomal issiq bilan boğliq. Şu hafta Jahon meteorologiya taşkiloti vakillari 2023 yilning iyul oyida kuzatilayotgan jazirama mutlaq rekord darajaga çiqqani, global miqyosdagi bunday isiş “oxirgi ming yillikda ham” kuzatilmaganini ma’lum qildi. BMT boş kotibi Antoniu Guterriş esa vaziyatni obrazli tarzda tasvirlab, “global isiş davri tugagani, endi global qaynaş davri kelgani”ni aytdi.
Özbekistonning faqat energetika sohasi emas, qonunçiligi ham bunday “global qaynaş davri”ga tayyor emas. Kun.uz bir neça marta kötarib çiqqan masala – jazirama issiq kunlarda xodimlarning iş vaqti va mehnat şaroitlari böyiça huquqlarini kengaytirişga qaratilgan normativ özgarişlardan nom-nişon körinmayapti. Biz yana bir bor deputatlar va kasaba uyuşmalaridan bu borada taşabbus körsatişni sörab qolgan bölardik.
Mavzuga oid
Yangi örnatilgan nosoz lift va unda röy bergan odam ölimi
Balki anomal issiq va uning oqibatlari, balki quriliş sohasidagi muammolarimiz, va balki bu omillarning jamlanmasi şu hafta poytaxtimizda noodatiy bir fojiaga yetakladi. 32 yoşli ayol hollivud kinolarida emas, real hayotda, Toşkent deb atalmiş şahardagi yangi liftlardan birida qamalib qolib, halok böldi.
Duşanba kuni soat 14:50 larda Mirzo Uluğbek tumani Parkent köçasidagi yangi qurilgan uylardan biriga kirgan poçtaçi ayol liftda qamalib qolgan. Baxtga qarşi, uy yangi bölgani uçun undagi sanoqli xonadonlarda odam yaşaydi, ular har doim ham liftdan foydalanavermaydi. Natijada ayolning jasadi oradan uç kun ötib, payşanba kuni topilgan. Ekspertiza xulosasiga köra, ayol yurak va nafas yetişmovçiligidan vafot etgan. Uning 6 yaşar qizçasi yetim qolgani aytilyapti.
Prokuratura liftning xavfsizlik talablariga javob bermasligi natijasida odam ölimi yuzaga kelgani sabab jinoyat işi qözğatdi. Lift nosozligidan taşqari, “svet” öçib qolgan bölişi mumkinligi haqida ham gaplar bor. Sanoat xavfsizligi davlat qömitasiga köra, ayolning liftda qamalib qolişiga elektr ta’minotidagi uziliş sabab bölgan. Lekin buni hududiy elektr tarmoqlari korxonasi rad etdi. Unga köra, voqea röy bergan kuni bu hududda çiroq öçmagan. Qolaversa, lift elektr uzilişi sabab töxtab qolgan bölsa, ta’minot tiklanişi bilan yana işlab ketişi kerak edi.
E’tiborlisi, Sanoat xavfsizligi qömitasi öz bayonotida lift soz holatda ekanini ham ma’lum qildi. Şu yerda yaşovçi fuqarolar esa muxbirimiz bilan suhbatda lift nosozligi sabab tez-tez işlamay qolişini tasdiqladi. Qömita axborotida aytilişiça, 2022 yilda örnatilgan bu lift foydalanişga topşirişdan oldin belgilangan tartibda davlat röyxatidan ötkazilmagan, çunki na quruvçi kompaniya, na boşqaruv kompaniyasi bu borada inspeksiyaga murojaat qilmagan.
Ön minglab daraxtlarni köçiriş?
Özbekiston jamoatçiligi kesilib ketayotgan daraxtlarni, kamayib borayotgan yaşillikni himoya qiliş uçun quruvçilar, yölsozlar, obodonlaştiriş xodimlari va albatta amaldorlar bilan doimiy kuraşib keladi. Lekin endi faollar ön minglab daraxtlarni butun boşli viloyatlar hokimliklari va Avtomobil yöllari qömitasidan ham himoya qilişga majbur bölyapti.
Gap şundaki, Surxondaryo va Buxoro viloyatlarida avtomobil yöllari qurilişi böyiça loyihalar işlab çiqilgan, bu loyihalarda yöllar böyidagi 50 mingdan ortiq daraxt va butani boşqa joyga köçiriş közda tutilgan. Ekologiya vazirligi bu loyihalarga qarşilik bildirgan. Şu bilan birga, vazirning birinçi örinbosari Obidjon Qudratovga köra, tez orada Surxondaryo va Buxoroda jamoatçilik eşituvlari böladi, şundan keyin bir qarorga kelinadi. Vazirlik boşqarma boşliği Abduraşid Sodiqov esa ekologiya organi qarşi turgani bilan, qonunçilikda daraxtlarni belgilangan tartibda köçirib ötkazişga taqiq yöqligini aytib, bu masalada ularning imkoniyatlari çeklanganiga işora qildi.
Ya’ni, Vazirlar Mahkamasi loyihalarni özgartirmasdan, daraxtlarni köçirişga qaror qilsa, huquqiy jihatdan buning imkoni bor. Lekin qaror qabul qiluvçilar e’tiborga olişi kerakki, Buxoro va Surxondaryo – ekologik ahvol eng oğir hududlarimiz qatorida turadi, bu viloyatlarda bir tup daraxtni kökartirib oliş ming azob. Ekologiya vazirligi öz xulosasida qayd etganidek, daraxtlar va butalar çang-tözon va qum böronlari ta’sirini kamaytirişda muhim örin tutadi. Masalan, 3 yillik saksovulzor qum köçişini 55 foizga kamaytiradi, 7 yillik saksovulzor esa qum köçişini töliq töxtatadi.
Xavotirlisi, ön minglab daraxt va butalarning yoppasiga köçirilişi, agar amalga oşsa, xohlagan daraxtni xohlagan joydan olib taşlaş mumkin va bu muammo emas degan ijtimoiy işonçni mustahkamlaydi. Boşqaça aytganda, bu aksiya daraxt kesişga qöyilgan moratoriyning asl ma’nosini çetlab ötiş böyiça eng katta namuna va master-klassga aylanib qolişi heç gap emas. Xayriyatki, hafta oxirida bu loyihalar daraxtlarni asrab qoladigan tarzda qayta körib çiqilişi ma’lum böldi.
Moratoriyning aylanma yöllar bilan emas, töğridan töğri buzilayotganiga oid xabarlarning esa oxiri yöqdek göyo. Kuni keça Boş prokuratura bergan xabarga köra, Farğona viloyatida, Katta Andijon kanali qirğoğidagi 1200 tup daraxt kesib taşlangan. Holat yuzasidan “Bağdodmaxsussuvpudrat” MÇJ mansabdorlari va boşqalarga nisbatan jinoyat işi qözğatilgan. Tabiatga yetkazilgan zarar 4,6 mlrd sömga baholandi.
Sirdaryo aholisining har beş nafaridan biri rasman qaşşoq. Hokimlari esa “inomarka” minadi
Kambağallikni qisqartiriş va bandlik vazirligi birinçi marta Özbekistondagi kambağallikning hududlar kesimidagi taqsimotini e’lon qildi. Unga köra, Toşkent şahri va Navoiy viloyatlarida kambağallik körsatkiçi eng past – qariyb 9 foizni taşkil etadi. Qoraqalpoğiston Respublikasi, Sirdaryo va Xorazm viloyatlari esa antireytingi bilan ajralib turadi. Bu hududlarda aholining salkam 20 foizi kambağallikda yaşayapti. Aniqroq aytganda, Qoraqalpoğiston, Sirdaryo va Xorazmda yaşovçi har beş kişidan birining oylik daromadi 568 ming sömga yetmaydi.
Agar siz kambağallik çegarasi masalasida rasmiy belgilangan miqdordan boşqaça fikrda bölsangiz, masalan, oylik daromadi 568 ming söm emas, 1 mln sömga yetmaydigan odamni kambağal deb hisoblasangiz, bu hisobingiz böyiça yuqoridagi raqamlar bir neça barobarga ortişini tasavvur qilib körişingiz mumkin. Buni tasavvur qilib köriş ayniqsa Toşkentda, nisbatan töqlikda yaşaydigan hamyurtlarimiz uçun foydadan xoli emas, bizningça.
Juma kuni prezident imzolagan qaror bilan, ijtimoiy himoyaga muhtoj toifalarga tölanadigan nafaqalar miqdori 33 ming sömga oşirilib, 568 ming sömga yetkazildi. Bu yaqinda minimal iste’mol xarajatlari miqdori aynan şunça deb belgilangani bilan boğliq. Yangi miqdordagi nafaqalar 1 avgustdan boşlab tölanadi.
Rasmiy statistikaga köra, Özbekistonda bugungi kunda 1,3 milliondan ortiq oila kambağal hisoblanadi. Respublika böyiça kambağallik darajasi – 14 foiz. Deputat Alişer Qodirovning sözlariga köra, bu körsatkiç 7 yil oldin 34 foiz bölgan. Qodirov bu raqamni Twitter'da yozib, davomidan kambağallik haqidagi fikrini ham qoldirdi.
“Kambağallik mağlubiyatdir! Kim kambağal böladi? Harakati, ilmi, hunari yöq odam kambağal böladi! Davlat qança harakat qilmasin, mağlublar kambağal bölib qolaveradi!” – deb yozdi u.
Şuning ortidan boşlangan virtual bahslarda tarmoq foydalanuvçilari ikkiga bölindi. Ularning bir qismi boqimandalik kayfiyatini kambağallarning asosiy muammosi deb körsatgan bölsa, aksariyat foydalanuvçilar kambağallarning özini ayblayotgani uçun deputatni qoraladi.
Mavzu böyiça Oliy Majlisning boşqa bir taniqli deputati Doniyor Ğaniyev ham fikr bildirib, Nobel mukofoti sovrindorlari Abxijit Banerji va Ester Dyufloning qaraşlarini keltirdi. Bu ikki olimga köra, odamlar mehnat qilmagani uçun emas, köp hollarda “kambağallik qopqoni”ga tuşib qolgani uçun qaşşoqlikdan çiqolmaydi. Bu qopqon oçlik, kasallik, işsizlik, ta’lim ololmaslik va boşqa şakllarda bölişi mumkin.
“Töğri, ilmi, hunari yöq, dangasa odam kambağal bölişi mumkin. Lekin bu hamma kambağal şunday degani emas. Xuddi ahmoq odamlar ham deputat bölişi mumkin-u, lekin bu hamma deputat ham ahmoqligini anglatmagandek”, – deya yozdi Ğaniyev.
Doniyor Ğaniyev hamkasbining ismini tilga olmagan va uni teg qilmagan bölsa-da, ahmoq sözini işlatib misol keltirişi ortidan, deputatlar yana bir-birlarini tilga olmagan holda bahsga kirişdi. Alişer Qodirov ahmoq sözini deputatlarga nisbatan hurmatsizlik deb baholadi. Ğaniyev bu sözni tuşuntiriş uçun misol sifatida işlatganini aytdi. Öz postlarida Qodirov kambağallikdan çiqiş odamning özining intilişiga boğliq degan bölsa, Ğaniyev aholining 14 foizi – naq 5 mln fuqaroni yoppasiga harakatsizlikda ayblaş aporofobik diskriminatsiya ekanini aytib, bunaqa diskriminatsiyaning yana bir namunasi sifatida, Islom Karimov davrida migrantlar “dangasa, noşukr”ga çiqarib qöyilganini eslatdi.
Nima bölgandayam, aholi kambağalligi ham, farovonligi ham avvalo iqtisodiy siyosatga boğliq. Bizdan boşqaçaroq iqtisodiy siyosat yölini tutgan Qozoğistonda, masalan, örtaça pensiya miqdori Özbekistondan salkam 3 baravar yuqori. Şu hafta qirğiz naşri e’lon qilgan taqqoslaşga köra, Qozoğistonda örtaça pensiya 270 dollar, Özbekistonda esa 97 dollarga teng. Örtaça pensiya miqdori böyiça qozoqlar Rossiya va Belarusdan ham özib ketgan.
Kun.uz'ning boşqa bir mavzudagi örganişlari ham Qozoğiston va Özbekiston aholisi turmuşidagi kamida 3 baravarlik farqni körsatib berdi. Taxminiy hisob-kitoblarimizga köra, örtaça oylik daromad oladigan odam oyligini heç narsaga sarflamay, faqat 3 xonali kvartira uçun yiğib yursa, orzusiga yetişi uçun Qozoğistonda 6 yil, Özbekistonda esa 18 yil kerak böladi.
Yana bir xabar bilan kambağallik mavzusiga yakun yasaymiz. Sirdaryo viloyati deputatlari viloyat hokimining örinbosarlari va viloyatdagi tumanlar hokimlariga xizmat maşinasi sifatida Tracker'lar olib berişga qaror qildi. Kengaş qarori bilan, aholi va korxonalar tölagan soliqlarning 4 mlrd sömi 16 dona Tracker xaridi uçun işlatiladigan böldi.
Örganişlarimizga köra, Sirdaryo viloyati hokimining örinbosarlarida ham, viloyatdagi ayrim tuman va şahar hokimlarida ham yangi xizmat maşinasiga ehtiyoj yöq. Bu mavzudagi şu va boşqa batafsil detallarni saytimizdan öqişingiz mumkin. Biz dayjestda faqat yuqorida aytib ötilgan rasmiy statistikani eslatib ötmoqçimiz xolos. Kambağallikni qisqartiriş vazirligi e’lon qilgan ma’lumotlarga köra, Sirdaryo – Özbekistondagi kambağallik darajasi eng yuqori viloyat.
Prezident 2 kunda 44 amaldorni işdan oldi
Şavkat Mirziyoyev prezident bölganidan keyin olib taşlangan blokpostlar Surxondaryo viloyatida yana paydo bölgan. Viloyatga borgan Kun.uz muxbiri tumanlar orasidagi bunday postlarning kamida yettitasi işlayotganiga guvoh böldi. Haydovçilarning aytişiça, bu postlar yoz boşidagi ğalla mavsumida hosil ortilgan yuk maşinalarining harakatini nazorat qiliş uçun örnatilgan, lekin ğalla mavsumi tugasa ham olib taşlanmagan.
Viloyat IIB postlar faqat keçqurun işlayotgani, tungi vaqtda yuradigan haydovçilarning uxlab qolib, halokatga uçraşining oldini oliş uçun şunday qilinganini bildirdi. Lekin bu haqdagi maqola saytimizda e’lon qilinganidan bir neça kun ötib, postlar olib taşlangani ma’lum böldi.
Bu tezkor reaksiya Şavkat Mirziyoyevning juma kungi yiğilişi bilan boğliqdir, ehtimol. Farğonaga borgan prezident öşa yerda içki işlar tizimi böyiça videoselektor ötkazdi. Tanqidiy yiğilişda bir qator rahbarlar, xususan içki işlar vazirining raqamlaştiriş masalalariga mas’ul örinbosari Najmiddin Töraxöjayev işdan olindi. Prezident u öziga yuklatilgan birorta vazifani oxirigaça bajarmaganini aytdi.
Farğona viloyati IIB boşliği Muhiddin Jörayev esa jinoyatçilikka qarşi kuraşiş örniga, statistikani kamaytiriş bilan şuğullanib kelgani uçun işdan böşatildi. Şavkat Mirziyoyevning aytişiça, viloyatda jinoyatlarni röyxatga olmaslik orqali ularni yaşiriş oddiy holga aylanib qolgan.
Lavozimidan olingan yana bir yuqori lavozimli mansabdor Milliy gvardiya qömondonining birinçi örinbosari Inomjon Ibragimov böldi. U milliy gvardiya zimmasidagi jamoat joylari, xususan bozorlarda jamoat tartibini ta’minlaş böyiça tizim örnatmagani aytildi. Milliy gvardiyaning Jizzax va Navoiy viloyatlari boşliqlari ham işdan böşatildi. Lavozimdan olinganlar qatorida Andijon, Rişton, Buvayda, Narpay, Yunusobod va Bandixon tumanlari prokurorlari ham bor. Eslatib ötamiz, Bandixon prokurori Soatmurod Mahmanov mahalla raislarini sökib, fermerni kaltaklagani uçun allaqanday intizomiy jazo bilan qutulib qolgandi.
Farğonadagi yiğilişda Jizzax, Xorazm va Surxondaryo viloyatlarining Yöl harakati xavfsizligi boşqarmalari boşliqlari ham lavozimidan ozod etildi. Prezident yöllardagi avariyalarning 48 foizi yöl infratuzilmasidagi kamçiliklar sabab röy berayotganini aytib, eng xavfli yöllar va çorrahalarda tartib örnatişga körsatma berdi. Şavkat Mirziyoyevning sözlariga köra, endi yöldagi dislokatsiya tuşunçasidan voz keçilib, barça yöl-patrul xizmati xodimlari uçun mahallalar böyiça javobgarlik hududi belgilab qöyiladi.
Yiğilişda yagona dispetçerlik xizmati, yoşlarjinoyatçiligi va boşqa yönalişlarda ham topşiriqlar berildi. Davlat rahbari Uçtepa tumanidagi profilaktika inspektorining boğça bolalariga qilgan ma’ruzasini ham tanqid qildi. “Nima iş qiliş kerakligini bilmagan ayrim profilaktika inspektorlari esa boğçalarga borib, 3-4 yoşli bolakaylarga “oq-qorani farqlaş” böyiça ma’ruza öqiş bilan band”, – dedi prezident.
Şavkat Mirziyoyev yiğilişni aynan Farğonada ötkazayotganiga izoh berib, bu viloyatda kriminogen vaziyat “açinarli holda” ekanini aytdi. Farğona şahrida 11 yoşli qizçaning murdasi zörlaş va qotillik alomatlari bilan topilgani vaziyat qançalik oğirligini körsatib turibdi, dedi prezident.
Jamoatçilikni larzaga keltirgan bu fojiada, 11 yoşli qizaloq öldirilişidan avval zörlangan bölişi mumkin. Jinoyatda gumonlanib 17 yoşli ösmir qölga olingan. Qizaloqning yaqinlariga köra, özlariga taniş bölgan oila farzandi – 2006 yilda tuğilgan bu yigit 19 iyul kuni qizning uyiga kelib, onasi uni çaqirayotganini aytgan va uydan olib çiqib ketgan. Bir muddat ötib, qurilişi tugallanmagan bino yonidan qizaloqning jasadi topilgan.
Hafta oxirida jamoatçilik diqqat markazi yana Farğonaga qaratildi. Qöqonda bloger Olimjon Haydarov hibsga olindi. Internetda tarqalgan suratda blogerni qölga oliş uçun niqobli tuzilmalar jalb etilganini köriş mumkin. Farğona viloyati içki işlar boşqarmasi Haydarovni tovlamaçilikda ayblayapti. Boşqarma xabarida u yozgan tanqidiy maqolasini e’lon qilmaslik uçun Qöqondagi savdo kompleksi rasmiylaridan pul talab qilib olganda uşlangani aytiladi. Şu kunning özida sud ajrimi bilan unga nisbatan qamoqqa oliş tarzidagi ehtiyot çorasi qöllangan.
Blogerning yaqinlari bu voqea soxta tarzda atayin uyuştirilgan deb hisoblayapti. Haydarovning ukasi u norozilik sifatida qamoqda oçlik e’lon qilganini aytdi. Voqeaga köplab jamoatçilik faollari, şuningdek, prezident huzuridagi Strategik islohotlar agentligi direktori örinbosari Abdulla Abduqodirov ham munosabat bildirdi. “Olimjon Haydarov. Tovlamaçilik?! Umid qilamanki, bu anglaşilmovçilik. Maqsad kengroq. Tuşunarli. Lekin bu metodlar bilan emas”, deya yozdi u.
Bu hafta yana nimalar röy berdi?
Hududlarda içimlik suvi narxini oşiriş boşlandi. 1 avgustdan Surxondaryo va Qaşqadaryo viloyatlarida, 20 avgustdan Toşkent viloyatida içimlik suvi tariflari 2 barobargaça oşiriladi. Toşkent şahrida 2024 yil 1 yanvardan boşlab oqar suvlar, şu jumladan texnik suvlardan foydalaniş pulli bölişi belgilandi.
Donbassdagi rus qöşinlari safida Özbekiston fuqarolari ham borligi ma’lum böldi. Ukraina harbiylariga köra,özbekistonliklar quriliş işlarida qatnaşiş uçun Mariupolga kelgan, lekin ularning pasportlari olib qöyilib, Rossiya qöşinlari safiga safarbar qilingan. Ukrainaning Toşkentdagi elçixonasi özbekistonliklarni uruşda qatnaşmaslikka çaqirdi.Özbekistonning Kiyevdagi elçixonasi masala yuzasidan örganişlar olib borayotganini ma’lum qildi
Oliy sud Jahongir Uluğmurodovga tayinlangan jazoni yengillaştirdi. Unga nisbatan 3 yil ozodlikdan mahrum qiliş jazosi 3 yil ozodlikni çeklaş jazosiga almaştirildi. Advokatning uni oqlaş haqidagi şikoyati esa rad etildi. Eslatib ötamiz, 21 yoşli Jahongir Telegram'da sinfdoşlar guruhiga diniy qöşiq havolasini yuborgani uçun qamalgandi.
Farğona şahrida 6 kişining ölimiga olib kelgan yonğin sodir böldi. Şanba kuni tuşga yaqin şaharning Sayilgoh köçasidagi bino yertölasida joylaşgan karaoke-kafega öt ketgan. Natijada 6 kişi yonğinning tutunidan zaharlanib halok bölgan, 7 kişi turli darajadagi tan jarohatlari bilan şifoxonaga yuborilgan. Prezident topşiriği bilan, voqeani örganiş va jabrlanganlarga yordam körsatiş maqsadida hukumat komissiyasi Farğonaga jönab ketdi.
Termiz şahri sobiq hokimi 11 yilga qamaldi. 2017-2022 yillarda Termiz şahrini boşqargan Isroil Xudoyberdiyev pora oliş va boşqa korrupsiyaviy jinoyatlarda aybdor deb topildi. Sud hukmi bilan, u bilan birga yana 17 kişiga turli darajadagi jazolar berildi. Ma’lumot uçun, avvalroq Urganç şahri sobiq hokimi Şuhrat Abdullayev 3 yilga, Qarşi şahri sobiq hokimi Jamşid Fozilov 4 yilga, Andijon şahri sobiq hokimi Bahrom Haydarov 10 yilga ozodlikdan mahrum etilgan edi.
Ma’muriy islohotdan yarim yil ötib, turizm sohasi Aziz Abduhakimovga qaytarib berildi. Abduhakimov rahbarligidagi Ekologiya vazirligi huzurida Turizm qömitasi taşkil etildi. Şu tariqa, sayyohlik sohasidagi davlat organining nomi va tuzilmasi oxirgi 7 yilda 5-marta özgardi. Katta ehtimol, Abduhakimov boşqa lavozimga ötkazilsa, 6-özgariş ham özini uzoq kuttirmaydi. Madaniyat va turizm vazirligi esa Madaniyat vazirligiga aylantirildi, uni Ozodbek Nazarbekov boşqarişda davom etadi.
Özbekiston aeroportlarini boşqaruvçi Uzbekistan Airports kompaniyasi Raqobat qömitasi bilan sudlaşyapti. Qömita kompaniyadan Toşkent xalqaro aeroportidagi taksi monopoliyasiga barham berişni, avtoturargoh narxlarini esa pasaytirişni talab qilgan. Bu talabni rad etgan aeroport birinçi va ikkinçi instansiya sudlarida yutqazgan, endi Oliy sudga şikoyat qilmoqçi. Eslatib ötamiz, monopoliyaga qarşi organ bir neça yil oldin UzAuto bilan sudlaşuvlarda singanidan beri, monopolistlar oldiga biror-bir şaklda dadil talab qöyayotgani sezilmay qolgandi. Aeroportga qöyilgan talab qömitaning uyğonayotganidan dalolat, deb umid qilamiz.