O‘zbekiston | 14:30 / 25.08.2019
45188
19 daqiqa o‘qiladi

Ta'lim masalasida videoselektor, erkin suzishga quyilgan dollar kursi, Gulnora Karimovaga yangi ayblovlar va haftaning boshqa xabarlari

O‘tayotgan haftada O‘zbekistonda va jahonda ro‘y bergan voqea va hodisalarning eng muhimlarini Kun.uz’ning an'anaviy haftalik dayjestida yana bir karra esga olamiz.

 O‘ZBeKISTON XABARLARI

O‘zbekiston Prezidenti Shavkat Mirziyoyev islohotlarning borishi bilan yaqindan tanishish maqsadida 20 avgust kuni Qoraqalpog‘iston Respublikasiga bordi.

·       «Odamlar ertaga emas, bugun yaxshi yashashi kerak». Prezident qoraqalpog‘istonlik faollar bilan muloqot qildi

·       Mirziyoyev: Kimdir bizning islohotlarimizga shubha qilsa, Mo‘ynoqqa kelib ko‘rsin

·       Prezident Amudaryo deltasida kichik suv havzalarini barpo etish ishlari bilan tanishdi

·       Prezidentning Nukusda o‘tkazgan yig‘ilishi. Dunyoqarashini o‘zgartirmagan sektor rahbarlari tanqidga uchradi

·       Qoraqalpog‘istondagi tumanlar muayyan sohalarga ixtisoslashtiriladi

 

Prezidentning ta'lim sohasiga bag‘ishlangan videoselektori

·       «Maktab ochgan odam bamisoli qamoqxonani yopgandek gap» — Shavkat Mirziyoyev o‘qituvchilar davlatning faxri ekanini aytdi

·       Shavkat Mirziyoyev: «O‘zim ko‘p yillar o‘qituvchi bo‘lib ishlaganim uchun bu sohaning qanchalik qiyin va mashaqqatli ekanini yaxshi bilaman»

·        «El-yurt taqdiriga loqaydlik — bu sotqinlikdan ham yomon». Prezident qator tashkilotlarni tanqid qildi

·       Mirziyoyev foydalanilmayotgan salohiyat, obro‘yi tushib ketgan «ma'naviyat» tushunchasi va XTV mavqesi haqida gapirdi

·       «Hokimlar maktab va bola tarbiyasi masalasi bilan umuman shug‘ullanayotgani yo‘q» — Prezident

·       Shavkat Mirziyoyev: «Sirti yaltiroq, ichi qaltiroq kollejlarimizga mahliyo bo‘lib, shuncha vaqtni bekorga boy berdik»

·       «O‘qituvchilarni paxtaga, ko‘cha supurishga jalb qilib, obro‘-e'tiborini tushirdik». Prezident ta'limdagi achchiq haqiqatlarni tilga oldi

 

Senatning XII yalpi yig‘ilishi

Hafta ichida Toshkentda Oliy Majlis Senatining XXI yalpi majlisi bo‘lib o‘tdi.

·       Senat raisi: «Qonun normalariga e'tiborsizlik O‘zbekiston obro‘siga putur yetkazadigan axborotlar tarqalishiga olib kelmoqda»

·       «Ilgari faqat qog‘ozlarda aks etgan quruq raqamlardan farqli o‘laroq, YaIM hajmining o‘sishi amalda 5,8 foizga yetdi» — Senat raisi

·       Tanzila Norboyeva: «Davlat va jamiyat rivojiga ijobiy ta'sir ko‘rsatmayotgan qonunlarni ma'qullash amaliyotidan voz kechish lozim»

·       Senatorlar «Xotin-qizlarni tazyiqlar va zo‘ravonlikdan himoya qilish to‘g‘risida»gi Qonuni loyihasini muhokama qilishdi

·       Bosh prokuror o‘rinbosari: «O‘zbekistonda korrupsioner qaysi mansab egasi bo‘lishidan qat'i nazar jazosini oladi»

·       O‘zbekistonda ikkita sohani korrupsiyasiz sohalarga aylantirish bo‘yicha hujjatlar ishlab chiqildi – Erkin Yo‘ldoshev

·       Sodiq Safoyev: «O‘zbek modeli – noto‘g‘ri siyosat bo‘lgan. Uch yil oldin iqtisodiyotimiz halokat yoqasiga borib qolgan edi»

·       Senat raisining birinchi o‘rinbosari: «Investitsiyalar bo‘yicha hokimlarning vakolatini kengaytirish kerak»

·       Sodiq Safoyev: «Investorlarga osh berib, to‘n kiydirishimiz zoye. Ularga qonuniy kafolat kerak»

·       Sodiq Safoyev: «Hozir paxtadan foydamiz – yiliga 2 mlrd dollar. Yaqin kelajakda esa 7 milliardga yetishi kutilyapti»

 

Tayinlovlar va o‘zgarishlar

·       Aziz Abduhakimov endi faqat ta'lim-tarbiya, turizm va sport masalalari bilan shug‘ullanadi

·       Vazirlar Mahkamasi huzurida yangi tuzilma tashkil etiladi

·       Namangan viloyati hokimiga yangi o‘rinbosar tayinlandi

·       Yangi Bojxona kodeksi loyihasi e'lon qilindi

·       O‘zbekistonda ayrim turdagi bog‘ va tokzorlar ekin yerlar toifasiga o‘tkaziladi

·       Bosh vazir maslahatchilari soni yana bittaga ortdi

 

Iqtisodiyot va investitsiyalar

·       Timur Ishmetov: «Valuta kursi o‘zgarishi iqtisodiyot barometri hisoblanadi»

·       Yengil avtomobillar ishlab chiqarish hajmi oshdi

·       Yuliy Yusupov valuta bozoridagi so‘nggi o‘zgarishlarni izohladi

·       O‘zbekiston Rossiyadan avtomobillar import qilish bo‘yicha yetakchiga aylandi

·       Ravon avtomobillari Rossiya bozoriga qaytdi

·       Jahon banki: 2020 yilda O‘zbekiston davlat qarzi YaIM 25 foizigacha yetishi mumkin

 

Bank va moliya

·       20 avgustdan tijorat banklari naqd valuta sotishni boshladi

·       O‘zbekiston tashqi savdo aylanmasi ma'lum qilindi. Import yana eksportdan ko‘p

·       Markaziy bank valutalar kursini yangiladi. Dollar 323 so‘mga ko‘tarildi

·       Endi narxlar barqarorligini Markaziy bank ta'minlaydi

·       Tijorat banklariga ayrim harakatlarni amalga oshirish taqiqlanadi. Ular xorijiy valutaga aloqador

·       So‘m valuta birjasida mustahkamlanishda davom etmoqda

 

Markaziy bank matbuot anjumani

·       MB raisi inflatsiyani to‘xtatish, narxlarni pasaytirishning yagona yo‘lini aytdi

·       Mamarizo Nurmuratov valuta kursining oshishiga nima ta'sir ko‘rsatayotganini ochiqladi

·       «25 yil bozor iqtisodiyotida yopiq eshiklar siyosati olib borildi». Mamarizo Nurmuratov to‘siq va cheklovlar haqida gapirdi

·        Mamarizo Nurmuratov: «Markaziy bank O‘zbekiston oltinining yagona xaridoridir»

·       Mamarizo Nurmuratov pul qiymati o‘zgarishi haqidagi mish-mishlarga oydinlik kiritdi

·       Mamarizo Nurmuratov: valuta kurslari endi bozorda mustaqil shakllanadi

·       MB raisi naqd valuta sotuvi haqida: «Jamoat joylaridagi shoxobchalarda bu tizim hali yo‘lga qo‘yilmagan»

 

Energetika

·       Energetika vazirligiga qo‘shimcha vazifalar yuklandi

·       O‘zbekistonda yana bir yangilik: Quyi Chotqol GES qurilishi boshlandi

·       O‘zbekistonga Xalqaro atom energiyasi agentligi delegatsiyasi tashrif buyurdi

·       1 noyabrdan hisoblagichlarni qiyoslovdan o‘tkazish kechikkani uchun jarima qo‘llanmaydi

·       «Aqlli hisoblagichlar»ga aloqador aksar muammolar ulanish va foydalanish jarayoni bilan bog‘liq - «O‘zstandart»

 

Jamiyat

·       Samarqandda ehtiyojmandlar uchun ijtimoiy do‘kon faoliyat ko‘rsata boshladi

·       Xorijda ishlaganlik davri mehnat stajiga qo‘shiladi

·       Kvartirani qayta rejalashtirish qanday rasmiylashtiriladi?

·       2020 yil 1 yanvardan boshlab bino va inshootlarni qurishda yangi majburiy tartib joriy etiladi

 

Oliy ta'lim

·       Abituriyentlarning tanlov natijalari e'lon qilindi

·       Besh kunlik o‘qish va oliy maktab. Shavkat Mirziyoyev Agrar universiteti bo‘yicha qaror imzoladi

·       Toshkent davlat yuridik universiteti rektori ishdan olindi

·       DTM binosida test topshirgan 39 nafar abituriyent kimlar edi?

·       Ayrim oliy ta'lim muassasalarida qabul kvotalari oshiriladi

·       «Super-kontrakt» narxi qancha va kimlar uchun?

 

Maktab ta'limi

·       Umumta'lim maktablarida yangi o‘quv yili 4 sentyabrdan boshlanadi

·       Prezident maktablariga kira olmagan yuqori natijali o‘quvchilar ixtisoslashtirilgan maktablarga imtihonsiz qabul qilinadi

·       O‘zbekistonda universitet va institutlar maktablarga biriktiriladi

·       O‘zbekistonda xalq ta'limi xodimlari oylik ish haqi oshiriladi

·       Prezident topshirig‘i: barcha hokimlar maktablarga haftasiga kamida uch marotaba boradi va o‘zi dars beradi

 

Huquq-tartibot

·       Gulnora Karimovaga yana bir necha jinoyat ishi qo‘zg‘atildi

·       Samarqandda 3 milliardga yaqin pul saqlanayotgan bankni o‘marishga urinishdi

·       Ichki ishlar vaziriga qator huquqlar berildi

·       Ichki ishlar xodimi jismoniy kuch ishlatishga haqlimi?

·       Jasliq sovetlar davridagi Sibir lageriga o‘xshash bo‘lgan – The Economist

 

Tahliliy maqolalar

·       O‘zbekiston aeroportlariga «Ochiq osmon» rejimi nima beradi? Ekspert izohi

·       Butun dunyo kimyoviy vositalardan voz kechmoqda. Bizda holat qanday?

·       Yerni xususiylashtirish bizga nima beradi?

·       Har qanday «snos»ni sud qarorisiz amalga oshirishga chek qo‘yish fursati yetmadimi? — ekspertlar fikri

 

Dolzarb mavzular

·       Tibbiyot xodimlariga yana tajovuz. Andijonda bemorning o‘g‘li shifokorni yoqib yubormoqchi bo‘ldi

·       Internetda Ortiqxo‘jayev murojaatchilarga qo‘pollik qilgani haqidagi audiolar tarqaldi. Toshkent shahri hokimiyati izoh berdi

·       Xodimlarini uyida loy bosishga majburlagani haqida xabarlar tarqalgan Farg‘ona viloyati arxiv boshqarmasi boshlig‘iga hayfsan berildi

 

Kun.uz reportajlari va surishtiruvlari

·       Uzundagi xaridorsiz bozor: tadbirkorlar sarson, mutasaddilar esa muammoga yechim topish bilan band

·       Mablag‘ yo‘q. Olmaliq shahrini obodonlashtirish uchun ajratilgan mablag‘lar nimaga sarflanmoqda?

·       Samarqandda yoshlar uyi narxi 3,65 mln so‘mdan 3,25 mln so‘mgacha arzonlashtirildi, sifatsiz joylar ta'mirlandi — Munosabat

·       Qarshi shahri markazidagi «barak uylar» egalari holat yaxshilanishidan umidvor. Muammoga yechim bormi?

·       «Shamol uyimizga essa, nafas ololmayapmiz» — yangibozorliklar g‘isht zavodlarining zararli ta'siridan aziyat chekmoqda

 

JAHON XABARLARI

Markaziy Osiyo

·       Nazarboyev qo‘shiq kuylab, unga klip oldirdi

·       26 oktyabrgacha hibsda qoldiriladigan Atamboyevning hamqishloqlari Qirg‘iziston prezidentiga murojaat bilan chiqdi

·       Batukayev ishi bo‘yicha qo‘lga olingan Qirg‘iziston sobiq prokurori og‘ir ahvolda kasalxonaga tushdi

·       Qirg‘iziston Bosh prokuraturasi Asqar Aqayev bo‘yicha bayonot berdi

·       OAV: Nazarboyevning qizi 63 mln dollarga Shveytsariyadan qal'a sotib oldi

 

MDH xabarlari

·       Putin 2024 yildan keyin nima bilan shug‘ullanishi haqida gapirishga hali ertaligini aytdi

·       Putin namoyishlar vaqtidagi tartibsizliklarda aybdor bo‘lganlarni jazolashga chaqirdi

·       Lukashenko «haddidan oshib ketgan» pogonlilarni «jamiyatdan yulib tashlash» bilan tahdid qildi

·       Zulm imperiyasining so‘nggi talvasasi. GKChP qanday barbod bo‘lgandi?

·       Moldovada o‘zbekistonliklarga YeI chegarasini noqonuniy ravishda kesib o‘tishda yordam bergan jinoiy guruh qo‘lga olindi

 

Jahon yangiliklari

·       Yevrokengash raisi G7 sammitiga Rossiya o‘rniga Ukrainani chaqirishni taklif etdi

·       Tramp Rossiya «Katta yettilik»ka qaytishining «plyus»lari haqida gapirdi

·       Nyu-York politsiyasida ishlovchi o‘zbekistonlik qiz mayda o‘g‘rilikda gumonlanmoqda. Uning o‘zi buni rad etdi

·       Myanmada rohingya musulmonlari qaytishi uchun zarur sharoitlar yaratilmagani ma'lum qilindi

·       Rossiya va AQSh Isroilning Eronga qarshi harakatlarini qo‘llab-quvvatladi – OAV

·       Pekinda Hongkongdagi voqealar xorijiy kuchlar tomonidan uyushtirilgani aytildi

·       Bloomberg 3 ta yangi iPhone chiqarilishidan xabar topdi

·       BAAda deputatlikka 555 nomzoddan 200 nafarini ayollar tashkil qildi 

 

SPORT YaNGILIKLARI

·       Kuper JCh-2022 yo‘lidagi ilk o‘yin oldidan yig‘inga chaqirgan futbolchilar ro‘yxati e'lon qilindi

·       Server Jeparov: «JCh saralashida guruhimiz favoriti – Saudiya Arabistoni»

·       Andijon viloyati hokimi: «14-o‘rindagi jamoaga nega pul berishim kerak?»

·       O‘zbekiston yana ikki rossiyalik sportchini mahalliylashtirdi

·       Sardor Rashidov «Qatar SK» a'zosi sifatida tanishtirildi

·       Toshkentda xokkey bo‘yicha xalqaro turnir o‘tkaziladi

·       Dzyudo bo‘yicha jahon chempionatiga qur'a tashlandi. O‘zbekistonliklarning dastlabki raqiblari ma'lum

Mavzuga oid